Kiritilgan matnni fayl ko’rinishida diskda saqlash. Agar foydalanuvchi fayl nomini ko’rsatmasdan Word dasturi bilan ishlashni boshlasa, kompyuter yangi matnli xujjatni «Dokument1», keyingilarini «Dokument2», «Dokument3» va hokazo nom bilan nomlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab matnni kompyuter xotirasiga kiritishi, so’ngra esa uni kompyuter tavsiya qilgan yoki ixtiyoriy boshqa nom bilan saqlab qo’yishi mumkin.
Foydalanuvchi faylni ixtiyoriy boshqa nom bilan saqlashi uchun menyuning Файл bo’limidan Сохранитькак... buyrug’ini tanlaydi va muloqot oynasining «Имяфайла» darchasiga faylning yangi nomi kiritiladi va Сохранить tugmachasi bosiladi. Fayl bir marta nomlanadi. Diskda saqlangan faylga kiritilgan keyingi har bir o’zgarishni saqlash uchun menyuning Файл bo’limidan Сохранить buyrug’i yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |