Matnli ma’lumotlarni saralash. Word dasturida matnli ma’lumotlarni alfavit bo’yicha saralash mumkin. Buning uchun dastlab saralanishi kerak bo’lgan matn bo’lagi belgilanadi va so’ngra menyuning Таблицаbo’limidan Сортировкаbuyrug’i tanlanadi. Ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi (6-rasm).
6-rasm.
Matnni saralashni uskunalar majmuasidan belgi yordamida ham bajarish mumkin. Misol tariqasida quyidagi matn
Abdullayev Amin
Sobirov Akbar
Aliyev Sobir
Nizomov Mansur
Yarashev Odil
saralangandan keyin quyidagi ko’rinishni oladi:
Abdullayev Amin
Aliyev Sobir
Nizomov Mansur
Sobirov Akbar
Yarashev Odil
Matnni ustunlar(kolonkalar)ga bo’lish. Gazeta va ba’zi kitoblar(asosan lug’at va ensiklopediyalar)da ma’lumotlarni bir nechta ustunlarga bo’lish kerak bo’ladi. Buning uchun dastlab ustunlarga bo’linadigan matn qismi belgilanadi hamda menyuning Форматbo’limidan Колонкиbuyrug’i tanlanadi va ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi(7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |