I kurs, I semestrda ilmiy-tadqiqot ishi va malakaviy amaliyot rejasi bo‘yicha magistrant tomonidan bajarilgan ishlar HISOBOTI Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi boʻyicha har xil namunaviy modellar, obʼekt va jarayonlarni oʻrgandim. Oʻzim ham darslar davomida “Mini biogaz qurilmasi” ni yasadim. Geotermal energiya va quyosh energiyasiga doir modellar bilan tanishdim va ularning ishlash prinsipini oʻrgandim.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi yoʻnalishida bajarilgan ilmiy ishlarni oʻrgandim. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani oʻqituvchisi Turobova bizdan avval magistrlar tomonidan yozilgan magistrlik dissertatsiyalarini koʻrsatdi. Biz ulardagi yutuq va kamchiliklarni topishni oʻrgandik.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi sohasidagi yangi ilmiy tadqiqot ishlarini oʻrgandik. Ustozimiz A. Narbayev bizga “Google Scholar”, “Research Gate”, “Proquest”, “Science Direct” kabi saytlardan tadqiqot ishlarini topishni oʻrgatdi. U yerda bizga kerakli boʻlgan tezis, monografiya, avtoreferat va maqolalarni bepul olishni oʻrgandik.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi boʻyicha har xil ilmiy adabiyotlar bilan tanishdim va eng muhimlari boʻyicha katalog tuzdim. Ilmiy tadqiqot metodoligiyasi fani boʻyicha mustaqil taʼlim uchun topshiriq berildi. Unga koʻra Magistrlik dissertatsiyamiz mavzusi boʻyicha 30 ta ilmiy adabiyot topdik va uni muhimligi boʻyicha saralab oʻqituvchimizga topshirdik.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi yoʻnalishida bajarilgan ilmiy ishlarni oʻrgandim. Ilmiy tadqiqot ishlari va natijalarini tahlil qildim. Hamda ulardagi yutuq va kamchiliklarni oʻrgandim. Magsitrlik dissertatsiyam mavzusi boʻyicha qanday tadqiqot olib borish haqida koʻnikmaga ega boʻldim.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi sohasidagi yangi qaror va meʼyoriy hujjatlarni oʻrgandim. Magistrlik dissertatsiyam mavzusi boʻyicha normativ-huquiy hujjatlar izladim va ularni muhimligi boʻyicha saraladim. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari borasidagi Prezidentimizning farmon va qarorlarini oʻrgandim va ularni ham normativ-huquqiy hujjatlar siarsiga kiritdim.
Magistrlik dissertatsiyam mavzusini tanladim. Boshida mavzu tanlash juda qiyin boʻldi. Menga negadir mavzusi yaqin tuyuldi. Mavzu “Quyosh fotoelektrik qurilmasi asosidagi elektr quvvatlashga moʻljallangan oʻrindiqlar tayyorlash” eshitilishidan yangi va qiziqarli mavzuga oʻxshabdi. Shuning uchun shu mavzuni tanladim.
“Quyosh fotoelektrik qurilmasi asosidagi elektr quvvatlashga moʻljallangan oʻrindiqlar tayyorlash” mavzusi boʻyicha annotatsiya tayyorladim. Annotatsiyani 3 tilda: oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorladim. Annotatsiya bu Dissertatsiyaning yuragidir. Shuning uchun uni puxta tayyorlashga harakat qildim. Dissertatsiyamning rejasini tayyorladim.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi sohasidagi nazariy manbalar bilan tanishdim, mavzum bo‘yicha ilmiy metodlar, uslublar, isbotlash yo‘llari va texnologiyalarni o‘rgandim va eng muhim holatlarni konspektlashtirish kerakligini tushunib yetdim. Mavzumga aloqador nimaiki koʻrsam hammasini daftarimning bir chetiga yozib qoʻyayapman.