STANDARTLASTIRISH- testni unifikatsiyalash jarayonini va baholarini yagona me’yorlarga keltirishdir. Metodikani standartlashtirish tufayli turli sinovdan o’tayotganlarning olingan natijalarini solishtirishga erishiladi va test baholarini standartlashtirish ko’rsatkichlari tanlovga nisbatan aks ettirish imkoniyati paydo bo’ladi. Diagnostik metodika har qanday tadqiqotchilikdan shunisi bilan farq qiladiki, bu farq standartlashtirishdir2.
Standartlashtirish (A.Anastazi bo’yicha) bu xatti xarakat jaroyonining va testni bajarishni baholashning bir xilligidir. Shu tariqa standartlashtirish ikki o’rinda ko’rinadi. Eksperiment jarayoniga yagona talablarni ishlab chiqish sifatida va diagnostik sinovlar natijalarini baholashning mezonini aniqlash sifatida ko’riladi3. Eksperiment jarayonini standartlashtirish qo’llanmani, tekshiruv blanklarini, natijalarni qayd etish usullarini, tekshiruvni o’tkazish sharoyitlarini unifikatsiyalashni taqozo etadi.
Eksperimentni o’tkazishdagi qo’yiladigan talablar quyidagilar4:
1. Qoidalarni sinaluvchilarga bir hilda, odatda yozma yetkazish kerak;
Og’zaki ko’rsatmalar berishda ular turli guruhlarda hammaga tushunarli bir hil ohangda bir hil so’zlar bilan yetkazilishi kerak.
2. Biror bir sinovdan o’tayotgan shaxsga boshqalardan ko’ra hech qanday imtiyoz berilishi kerak emas.
3. Eksperiment jarayonlarida yana alohida kishilarga qo’shimcha tushintirishlar berish kerak emas.
4. Turli guruhlar bilan eksperimentlarni imkoniyat darajasida kunning bir paytida o’xshash o’tkazish zarur.
5. Berilgan vazifalarni yechishning vaqt chegarasi barcha sinovdan o’tayotganlar uchun bir hil bo’lishi lozim va h.k.
Psixodiagnostik testlarni standartlashtirish test baholarini chiziqli yoki nochiziqli qayta tashkil etishdan iborat. Boshlang’ich test baholarini qayta ishlab chiqish mazmunini, ularni taqsimlash xarakterini o’zgartirish va shu bilan test natijalarini tushinishni va talqin etishni yengillashtirishdan iborat. Odatda qayta tashkil etishning uch asosiy turi qo’llaniladi:
1. Normal ko’rinishga keltirish.
2. Standart shaklga keltirish.
3. Kvantill standartlashtirish.
Psixodiagnostik testlarni standartlashtirish normallik aksiomasi deb nomlanadigan ko’rinishga asoslanadi. Ya’ni barcha psixik xarakteristikalar populyatsiyada GAUSS ning “normal qonuni” bo’yicha degan mulohazaga tayanadi. Test natijalarini normal taqsimlash haqidagi mulohazalar biroz ideal hisoblanadi. Amaliyotda ko’plab testlar beradigan natijalar taqsimoti normaldan farq qiladi. Shuning uchun ko’p hollarda malumotlarni normal ko’rinishga keltirishning usullarini topishning qo’shimcha vazifasi yuzaga keladi. Bu keltirishning usullarini izlab topishing eng avvalida gistogrammalar qurish va taqsimlash poligonini yaratish katta yordam berishi mumkin. Ular normallikdan chap yoki o’ng tomonga assimetiryani, og’ishni oson aniqlash imkonini beradi.
Psixologik tadqiqotlarda logarifmik tasdiqlashdan ko’p foydalaniladiki ularning xususiyati poligonning qattiy chap tarmog’i va o’ng ( yani chastota test baholarning o’sishi bilan keskin tushub ketadi ) hisoblanadi. Boshlang’ich test ma’lumotlarni logarifimlashda egri taqsimlashning chap tarmog’i cho’ziladi, xamda taqsimlash biroz normal ko’rinish kasb etadi. O’ng tomonli assimetiryali taqsimlashni normallshtirish uchun ma’lumotlarni tirigonametrik va darajaviy qayta tashkil etishdan foydalinadi. Shu tariqa normal taqsimlash qonuniga bo’ysunmaydigan test baholarini qayta tuzish imkoni tug’uladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |