Mundarija:
I. Kirish……………………………………………….………3
O’zbekiston Respublikasida Soliq Siyosati .……….…….3
II. Asosiy qism: ..…….………………………………………10
1- bob. Soliq Siyosatining huquqiy asoslari ……………….10
1.1. Soliq modellarining xususiyatlari……………….……….10
1.2. Soliq tizimining xususiyatlari……………………………28
1.3. Soliq mexanizmining elementlari………………….…….37
2- bob. Soliqqa tortish vazifalari, funksiyalari va
tamoyillari……………………………………………………39
2.1. Soliqqa tortish vazifalari…………………………………39
2.2. Soliqlar funksiyalari……………………………………...41
2.3. Soliqqa tortish tamoyillari………………………………..45
III. Xulosa……………………………………………………52
IV. Ilova……………………………………………...……….54
V. Foydalanilgan adabiyotlar……………………….……..63
2
KIRISH
O’zbekiston Respublikasida Soliq Siyosati
O ‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati-asosan M ustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab amalga oshirildi. O ‘zbckiston Respublikasining 1991-yil 31-avgustdagi « O ‘zbekiston Respublikasining daviat Mustaqilligi to ‘g'risida»gi Q onunda «Shu kundan e ’tiboran O 'zbekiston Respublikasi o ‘zining m ustaqil soliq siyosatini olib boradi», deb ko'rsatilgan. Davlatning soliq siyosatining asosiy yo'nalishlari O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham ko'rsatib o ‘tilgan. M ustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab soliq sohasida bir qancha qonunlar qabul qilingan edi. Shulardan eng asosiylari O 'zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar va birlashm alardan olinadigan soliqlari to'g'risida* va «O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lm aganlam ing solig'i to ‘g‘risida»gi qonunlari va ularga kiritilgan o'zgarishlar, to'ldirishlar edi. Soliqlarning huquqiy asosi 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan « O ‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi» bo'ldi. Soliq kodeksining qabul qilinishi soliq siyosatining izchilligi va yaxlitligini ta ’minlashda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Um uman, siyosat deganda, davlatning ilgaridan belgilab, aniqlab qo'ygan chora-tadbirlari yig'indisi tushuniladi. Soliq bo'yicha ishlami tashkil qilish ham muayyan siyosat tarzida amalga oshiriladi. Soliq siyosati davlatning moliya siyosatini eng muhim , tarkibiy ajralmas qismidir. Soliq siyosati nima? Soliq siyosati-davlatning soliq borasidagi farmon, qonun va qarorlari ijrosini ta ’minlash hamda uni tashkil qilishdagi chora-tadbirlari, sa’y-harakatlari yig'indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o ‘z mustaqil soliq siyosatiga ega bo‘la oladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Daviat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirishga va rivojlanishiga har tomonlama faol ta’sir ko‘rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati ham iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi edi.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |