Bog'liq 19.39 V guruh Janobidinov Shukronidin Power point dasturida ishlashni oʻrganish
Prezentasiyada slaydlarning namoyish vaqtlarini belgilash. Taqdimotni namoyish kilish paytida ma'ruzasi slayddan slaydga o‘tishni o‘zi boshkarishi yoki bu ishni dasturga topshirish mumkin. Navbatdagi slaydga o‘tish avtomatik ravishda bajarilishi uchun slaydlarni almashtirish va renetasiya mulokot darchalarida xar bir slaydni ko‘rsatish vaktini (soniyalarda) belgilab topshirik berish kerak.
Buning uchun:
slaydlar rejimida yoki saralovchining rejimida namoyishning davomiyligi ular uchun belgilanayotgan slaydlarni ajrating;
slaydlarni ko‘rsatish menyusidan slaydning o‘tishi buyrug‘ini tanlang;
xarakatlantirish soxasida keyin avtomatik ravishda opsiyasini o‘rnating. So‘ngra slaydlarni ko‘rsatish kancha davom etishi lozimligini soniyalarda ko‘rsating;
ushbu ko‘rsatmaning ta'siri fakat ajratilgan slaydlarga tatbik etilishi uchun ko‘llanilsin tugmasini bosing. Agarda ushbu ko‘rsatma taqdimotning xamma slaydlariga taalukli bo‘lsa, xammasiga ko‘llanilsin tugmasini bosing;
vaqt intervalini yaxshi tanlaganingizga amin bo‘ling. Buning uchun slaydlarni ko‘rsatish tugmasini bosing.
Vaqt intervallari (oraliklari)ni tanlashning boshka usuli - ma'ruzani repetisiya kilishdir. Uni o‘tkazish uchun Power Point repetisiya vaktida u yoki bu slaydni ko‘rsatish kancha vakt davom etganini avtomatik ravishda yozib boruvchi maxsus uskunalar ko‘zda tutilgan. Repetisiya davomida slaydlarni badiiy bezalishini tekshirib ko‘rish va xabarlar tayyorlash mumkin.
Eslatma. Agar taqdimotni sozlash mulokot darchasining slaydlarni almashtirish soxasida ko‘lda pereklyuchateli o‘rnatilgan bo‘lsa, repetisiyaning borishi paytida o‘rnatilgan vakt intervallari rad etiladi (ammo chikarib tashlanmaydi).
Repitisiyani o‘tkazish uchun slaydlarning saralovchisi rejimiga o‘tish va slaydlarni ko‘rsatish menyusidagi vaktni to‘g‘rilash (sozlash) buyrug‘ini faollashtirish yoki standart uskunalar panelidagi vaktni ko‘lda to‘g‘rilash (sozlash) tugmasini chertish kerak. Buning natijasida ekranning pastki o‘ng burchagida ma'ruzaning vaktini xisoblovchi sekundlarli darcha paydo bo‘ladi.
Taqdimotning oxirgi slaydi ko‘rsatib bo‘linganidan (yashiringan slaydlar repetisiya davomida aks ettirilmaydilar) va vakt to‘g‘rilab ko‘yilganidan so‘ng ekranda so‘rov darchasi paydo bo‘ladi. Agar sozlash natijalari sizni koniktirsa, Xa tugmasini bosish kerak.
Saralovchi rejimida xar bir maydonning ostiga foydalanuvchi ushbu slaydni namoyish etish uchun ajratgan vakt ko‘rsatiladi. Vaktning to‘g‘rilanishi (sozlanishi) natijasida slayddan slaydga o‘tish avtomatik ravishda bajariladi.