I. Kirish Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 243,67 Kb.
bet3/11
Sana09.07.2022
Hajmi243,67 Kb.
#761377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
umida kurs ishi tugallangan new w1

Neft sanoati — ogʻir sanoat sohasi. Neft va gaz konlarini qidirish, kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish, neft gazini qayta ishlash, neftni quvurlar orqali joʻnatishni oʻz ichiga oladi. Neft sanoati neft quduqlarini mexanik usulda qazishga oʻtilgan davrdan (AQSH, 1859) rivojlana boshladi, deb hisoblanadi. Rossiyada 1-neft qudugʻi Kubanda 1864-yilda qazilgan. Neft sanoati Kanadada 1862-yildan, Venesuelada 1917-yildan, Eronda 1908-yildan paydo boʻlgan. Oʻzbekistonda dastlabki neft koni 1904-yilda ochilgan (Fargona vodiysidagi Chimyon neft konida 278 m chuqurlikdan sutkasiga 130 t neft olingan). Oʻsha yili Vannovsk (hozirgi Oltiariq) temir yoʻl stansiyasida neftni kayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Oʻzbekistonda neft sanoatining paydo boʻlishi shu sanadan boshlanadi. Keyinroq Fargona botigʻida Yorqoʻton, Selroxs konlari ham ochildi, Chimyon-Vannovsk neft quvuri qurildi, neftni qayta ishlash zavodi kengaytiriddi. Shu davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni toʻla oʻz nazoratiga oldi. "Santo" — Oʻrta Osiyo neft savdosi shirkati tashkil etildi. 1913-yilda jami 13 ming t neft qazib olindi. Oktabr toʻntarishidan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari natsionalizatsiya qilinib, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham shoʻrolar hokimiyati ix-tiyoriga oʻtkaziddi. Oʻzbekistonga boshqa respublikalardan, ayniqsa, Rossiyadan koʻplab mutaxassislar kela boshladi. Qoʻqon shahrida "Oʻzbekneft" (1924), Termiz shahrida "Termizneft" (1936) trestlari tashkil qilindi. Qoʻqon neft texnikumi (1935) ochildi. Urushgacha boʻlgan davrda Surxondaryo viloyatida ham neft konlari ochildi va ishga tushirildi (1935; Uchqizil, Xavdag). 1940-yilda mamlakatda neft olinadigan konlar soni 11 taga yetkazildi. [7]1941—45 yillarda yangi neft konlari (Fargʻona vodiysida Jan. Olamushuk, Polvontosh, Andijon) ochildi va tez fursatda ishga tushirildi. Oltiariq zavodi kengaytirildi. Oʻsha davrda respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham vujudga keldi. 1941-yilda 196 ming t, 1945-yilda 478 ming t neft qazib olindi, 50-yillardan neft konlarida telemexanizatsiya vositalari qoʻllanildi, turbinali burgʻilash joriy qilina boshladi. 1959-yilda Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining oʻzidan 1460 ming t dan ziyod neft olindi. Usha davrda Buxoro-Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirildi, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etiddi. 70-yillar boshidan ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaydi. Yangi neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazish oʻzlashtirildi. Voruxda 5200 m, Gʻumxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m oʻta chu kur neft quduqlari burgʻilandi. 1985-yilda Buxoro-Xiva provinsiyasida yaxshi tarkibli, neft-gaz kondensatli Koʻkdumaloq koni ochildi. [8]Oʻzbekiston Respublikasi mustakillikka erishganidan soʻng Neft sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi. 1992-yil 23-dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyam tashkil etildi. 1993-yil Fargʻona botigʻining oʻta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqdi (qidiruv burgʻilash ishlari davom etmoqda). [8] Respublika neft sanoati xalq xoʻjaligining neftga boʻlgan talabini toʻliq qondirish imkoniyatlariga ega. Ayniqsa, Koʻkdumaloq koni jadal surʼatlar bilan ishga tushirildi. 1995-yilda Oʻzbekistonda 7 mln. t ga yaqin neft va kondensat qazib olindi. 1991—2003-yillarda Oʻzbekistonda neft va gaz kondensatini olish 2,8-marta oshdi (1990-yilda 2,81 mln. t; 1997-yilda 7,9 mln. t) va 1995-yilda neft importini tugatib, respublikaning neft mustaqilligini taʼminlashga imkon yaratdi. 2001-yilning yanvariga kelib Oʻzbekistonda 59 kondan neft olindi, 17 ta kon ishlatishga tayyorlangan va konservatsiyada. 13 ta kon qidiruv holatida. Neft qazib olish va konlarni izlab-tekshirish boʻyicha Oʻzbekiston — Malayziya qoʻshma korxonasi (Oʻz-Maloyl) (1994) tashkil etildi. Oʻzbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi. 2000-yilda Oʻzbekiston Neft sanoatida gaz kondensata bilan birga 7,53 mln. t neft qazib olindi. Neft-kimyo sanoatining rivojlanishi tufayli hozirgi zamon iqtisodiyotida neftning ahamiyati ortib bormoqda. Jahonda Neft sanoati AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt, Venesuela, Xitoy va boshqa mamlakatlarda rivojlangan. Gaz sanoati — yer bagʻridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilgʻilardan sunʼiy gaz olish, aholi va sanoat taʼminoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi yer bagrining 200–7000 m chuqurlikdagi gʻovak jinslarida boʻladigan yonuvchi tabiiy gazdir. Uning tarkibi metan (SN4)dan iborat. 1 m3 tabiiy gaz 8000—8500 kkal issiqlik beradi. Neft tarkibidan ajralgan gazlar ham boʻladi, ular neft konlaridan neft bilan birga chiqadi.[9] Bunday gazlardan 10000 kkal/m3 gacha issiqlik ajraladi. Sunʼiy gazlar qattiq va suyuq yoqilgʻini termik yoʻl bilan qayta ishlash hamda koʻmirni yer ostida gazga aylantirish natijasida hosil qilinadi. Generator gazi, koks gazi kabilar sunʼiy gazlar hisoblanadi. Generator gazining 1 m3 1000—1050 kkal issiqlik beradi. Gaz yoqilgʻisi isteʼmolchilarga magistral gaz quvurlari, gazni maʼlum bosimda uzatadigan murakkab kompressor st-yalari va yer osti gaz omborlari vositasida yetkaziladi. Gaz sa’noati dastlab 18-asrning oxiri — 19-asr boshlarida Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya kabi davlatlarda toshkoʻmirdan olingan gazdan shaharni yoritish maqsadida foydalanish yoʻlga qoʻyilgandan boshlab shakllana boshladi. Keyinchalik 19-asrning 2-yarmida kumirdan gaz oluvchi qurilma — gaz generatori yaratildi. Bundan tashqari 20-asrning 20-yilllarigacha neft gazlaridan ham foydalanib kelindi. Lekin bu davrgacha hali tabiiy gaz zaxiralari aniqlanmagan, ulardan foydalanilmas edi. Tabiiy gaz zaxiralari topilgach, uning afzalliklari (boshqa yoqilgʻi turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qulayligi, mehnat sharoitini yengillatishi va b.) G. s.ning tez surʼatlar bilan taraqqiy etishiga olib keldi. Shuning uchun gaz konlarini topish va ularni ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat berildi. Dunyodagi gazning geologik zaxirasi 150—170 trillion m3 ga yetadi. Ammo uning mintaqalar boʻylab taqsimlanishi turlicha boʻlganligi bois Gaz sa’noatining dunyo mamlakatlardagi rivoji ham turlichadir. Oʻzbekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1932-yildan olina boshladi, lekin u vaqtda chiqarilgan tabiiy gazning miqdori juda ham oz edi (yiliga 0,7—3 mln. m3). Respublikada 50-y.lar oxirigacha gazning yaxshi oʻrganilgan zaxirasi 24 mln. m3 ni tashkil etgan boʻlsa, 60-yilllarga kelib qator gaz konlarining ochilishi va ishga tushirilishi bilan bu sohada tub burilish yasaldi. 1962-yilga kelib Gazli gaz-neft koninkng ochilishi bilan Oʻzbekistonda ulkan magistral gaz quvurlari yaratishga asos solindi (Jarqoq— Buxoro— Samarkand— Toshkent gazoprovodi; 1960, Buxoro — Ural gazoprovodi, 1963; Buxoro—Toshkent—Bishkek— Ol-maota gazoprovodi, 1965; Oʻrta Osiyo— Markaz gazoprovodi, 1967). 1968-yilga kelib Oʻzbekistan konlaridan gaz tarqatadigan quvurlar uz. (Oʻrta Osiyo — Markaz gazoprovodini hisobga olma-ganda) 8500 km ga yetdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Gaz sa’noatini rivojlantirish sohasida ham islohotlar oʻtkazila boshladi. Neft va gaz sanoati hamda ular bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "Oʻzbek-neftgaz" milliy korporatsiyam tashkil etildi. Mamlakatning yoqilgʻi mustaqilligiga erishish va eksport salohiyatini oshirish yoʻlida korporatsiya tomonidan bir qancha loyiha ishlari rejalashtirildi. Hozirgi vaqtda Ustyurt, Buxoro — Xiva, janubiy-gʻarbiy Hisor, Fargʻona, Surxondaryo kabi neft va gazga boy hududlarda 175 ta neft va gaz konlari ochilgan. Gaz qazib olish esa 2000-yilda 1990-yildagiga nisbatan 1,37 barobar oshdi. Shoʻrtan gaz konidagi hozirgi mavjud imkoniyatlardan foydalanib sutkasiga bir necha oʻn tonnagacha suyuq gaz va yiliga bir necha ming tonna yuqori sifatli oltingugurt olish mumkin. Gaz sanoati tarmogʻidagi magistral gazoprovodlar tizimini kengaytirish, yangi yer osti gaz omborlarini yaratish, shuningdek mavjudlarini texnik jihozlash, qayta taʼmirlash ishlari jadal olib borilmoqda. Maye, Gazli — Nukus, Paxtakor — Yangiyer — Toshkent gaz yoʻllari qurilishi nihoyasiga yetkazildi. Bu tarmoq Qoraqalpogʻiston va Xorazmni respublikaning oʻz gazi bilan taʼminlash imkoniyatini berdi (bungacha mazkur hudud Turkmanistondan gaz olgan). Hozirgi mavjud gaz sanoati korxonalari yiliga 47 mlrd. m3 gazni qayta ishlash va 350—400 ming tonna oltingugurt ajratib olish imkoniyatiga ega. (yana Gaz ombori)1999-yilda respublika Gaz sanoatida 55,6 mlrd. m3 gaz, shu jumladan 24,1 mln.m3 siqilgan gaz ishlab chiqarildi. [10]



Download 243,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish