I. kirish II. Asosiy qism



Download 0,67 Mb.
bet1/8
Sana28.03.2020
Hajmi0,67 Mb.
#42854
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Baltayeva Gulnoza

REJA:

I. KIRISH

II. ASOSIY QISM:


1 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga matematikani o‘rgatish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etilishi

2.O‘qitish mеtоdi tushunchаsi

3. O‘quv bilish fаоliyatini tаshkil qilish mеtоdlаri


4. O`quvchilarda yozma hisoblash ko`nikmalarini hosil qilish.

5. Og`zaki hisoblash mashg`ulotlarining turlari.

6. Og`zaki va yozma hisobda o`rin almashtirish, guruhlash va taqsimot qonunlarini qo`llashga asoslangan usullar

7. Maktabda tez (chaqqon) og`zaki hisoblashni o`stirish mashg`ulotlarini tashkil qilish.


III. XULOSA


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

KIRISH

“Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan bo`lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma`naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning aniq mexanizmlari belgilab berilganligi to‘g‘risida fikrlarini bildirib, ushbu strategiyaning nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi e’tiborini o‘ziga jalb etgan muhim hujjatga aylanganligini alohida ta’kidlab, o‘tamiz. “Harakatlar strategiyasida ta’lim sifatini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari alohida o‘rin egallaydi. Harakatlar strategiyasidan ko‘zlangan asosiy maqsad - O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasiga yanada kengroq jalb qilishdir. Yoshlarning bilim va iqtidorini chuqurlashtirish, ularning kelgusida malakali kadrlar bo‘lib O‘zbekistonni yanada rivojlantirishdagi ishtirokini ta’minlash maqsadida ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda. 1 Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o‘stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish uchun o‘zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o‘zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri kengayadi.

1- Prezidentimiz juda o‘rinli ta’kidlab o‘tganlaridek, «chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan fikr odamlarni chalg’itadi. Faqat bahs-munozara, tahlil mevasi bo‘lgan xulosalargina bizga to‘g’ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin».2

Boshlang`ich matematika kursining asosini natural son va nol, butun musbat sonlar ustida to`rt arifmetik amal hamda ularning asosiy hossalari haqidagi aniq tasavvurlar va bu bilimlarga asoslangan og`zaki va yozma hisoblash usullarini ongli va puxta o`zlashtirishni tashkil etish, shuningdek jadval hollaridagi hisoblash malakalarini avtomatizm darajasiga yetkazishni tashkil etadi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin davlatimizda ko`pgina ijtimoiy – iqtisodiy o`zgarishlar ro`y berdi. Ayniqsa, ta`lim –tarbiya sohasiga katta e`tibor qaratildi. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitini matematika fanisiz tasavvur qilib bo`lmaydi.. Hozirgi davr, hozirgi jarayon har bir kishidan matematikani yaxshi bilishni talab qiladi. Chunki, har qadamda, bozorda, avtobusda, magazinda yoki qayerda bo`lmay hisob –kitob muammolariga duch kelaverasiz.

Mavzuning dolzarbligi.Barchamiz yaxshi bilamizki, kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy hususiyatimizdir. Mustaqillik tufayli juda ko`plab yo`qolib borayotgan milliy qadriyatlarimiz tiklana boshladi. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma`naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, jahon ahamiyatiga molik kadrlar chiqarish maqsadida katta ahamiyat berib kelinmoqda.

Kurs ishining maqsadi: 1-sinflarda matematika o`qitishning og`zaki va yozma metodlarini amaliyotga tad ibig`i

Kurs ishining ob`yekti: 1-sinflarda matematika o`qitishning og`zaki va yozma metodlarini amaliyotga tad ibig`i jarayoni.

Kurs ishining predmeti: 1-sinflarda matematika o`qitishning og`zaki va yozma metodlarini amaliyotga tad ibig`i jarayoni mazmuni.

Kurs ishining vazifalari: 1-sinflarda matematika o`qitishning og`zaki va yozma metodlarini amaliyotga tadbig`i holatini o’rganish. 1-sinflarda matematika o`qitishning og`zaki va yozma metodlarini amaliyotga tadbig`i va ularning samaradorligini o`rganish.

Kurs ishining metodologik asoslari:

O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta`lim tizimining mazmunini belgilab beruvchi direktiv-me`yoriy hujjatlar, xususan, O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida» gi qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy va O’rta maxsus xalq ta`limi vazirliklari tomonidan qabul qilingan qarorlar, me`yoriy hujjatlar; pedagogika, psixologiya va metodika bo’yicha boshlang’ich sinf tarbiya darslarida o’quvchilarda ijodiy qobiliyatini shakllantirishga oid xorijiy tajribalar, nazariyalar va kontseptsiyalar, shuningdek, respublikamiz olimlarining qarashlarini o`rganish.



Kurs ishining ahamiyati: 1-sinflarda matematika o`qitishning og`zaki va yozma metodlarini amaliyotga tadbig`i omillari, yo’llari, pedagogik shart-sharoitlarini ko’rsatib berish. Kurs ishida ishida ilgari surilgan nazariy qarashlar ta`lim-tarbiya jarayonini mazmunan boyitadi, ushbu jarayonni takomillashtiradi, hamda ta`lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ta`lim to`g`risidagi qonunda boshlang`ich sinf o`qituvchiga katta talab qo`yilgan. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi o`z kasbini sevguvchi o`z ustida tinmay ishlaydigan, bilimli, kelajagimiz bo`lgan bolalarni ardoqlaydigan, ularni hurmat qiladigan tarbiyachi bo`lishni talab qiladi. Shunday ekan, o`tmishimizga nazar tashlamasdan ilojimiz yo`q. Chunki biz o`tmishda yashab o`tgan olimu fozillarimiz bilan fahrlansak arziydi.

Ba`zan matematika nihoyatda qiyin va murakkab fan, uni tushunish uchun alohida qobilyat kerak, degan gaplarni eshitib qolamiz. Shu bilan birga matematika keng tadqiqotlarga ega bo`lgan fan hisoblanadi. U ming yillar davomida kishilik jamiyati, fan va texnikada uchraydigan turli masalalarga tadbiq etib kelinyapti. O`tmishda Al –Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug`bekka o`xshagan buyuk allomalarimiz o`tishgan ulardan biri ulug` vatandoshimiz, Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al –Xorazmiydir (783-850). U 783 yilda Xorazmning qadimiy poytaxti Kog yaqinida tug`ilgan. U o`zining “Al muqobala hisobi” haqida kitobini yozishdan maqsadini bayonetib, Al –jabr algebraning meros taqsim qilishida, vasiyatnoma tuzishda, savdoda va har qanday bilimlarda, shuningdek, yer o`lchashda, kanallar o`tkazishda muhandislik va shunga o`xshash turlicha ishlarda kishilar uchun zarurligini uqtiradi. Ma`lumki, bu shoh asarni Al –Xorazmiy amaliyot masalaridan kelib chiqib yaratdi. Xorazmiy o`zining matematikaga oid asarlarida Hindlarning to`qqizta raqamida 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 va 0 yordamida sonni oson hamda qisqacha ifodalagan. Xorazmiy arifmetikaning qo`shish, ayrish, ko`paytirish va bo`lish qoidalarini yaratdi. Al-Xorazmiyning asarlari soni hozirgacha ma`lum bo`lmasada, uning fan tarzida muhum o`rin tutgan arifmetika, algebra, astranomiya, va geografiyadan yozgan beshta asari bizga yetib kelgan. Xorazmiy qo`shish va ayrish amalini hozirda biz qanday bajargan bo`lsak, shu yo`lda bajargan faqat amallar yuqori xonadan boshlab bajarishni tavsiya qiladi. Shunday ekan hozirgi zamonda matematika sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirib uni sevib o`rganmoq lozim. Buning uchun maktablarda matematika faniga bo`lgan qiziqishlarni uyg`otib o`rganishga jalb qilish, yangi – pedagogik texnologiya talablari asosida o`qitishni talab qiladi.

Boshlang`ich sinflarni o`qitishda arifmetika asosiy o`rinni egallaydi. Arifmetika nazaryasi (amallarni xossalari natijalari va kompanentlar) orasidagi o`zaro bog`lanish, kompanentlardan biri o`zgarganda amallar natijalarining o`zgarishi ko`proq yoritligan, nazaryaning amaliy masalalar (sanoq, o`lchashlar, hisoblashlar, masalalar yechish) bilan bog`lanishini yanada mustahkamlangan: eng muhim tushunchalar (son, sanoq sistemasi, arifmetik amallar)ni shakillantirishning birmuncha mukammal sistemasi ko`zda tutilgan. Kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qitishning barcha bosqichlarida ularning fikrlash faoliyatlarining aktivlashtirishga tayin faktlar va kuzatishlarni o`z ichiga olib umumlashtirishga, ayrim masalalar orasidagi o`zaro bog`lanishni tayinlashga, bolalarda mustaqil ishlash uquvlarini paydo qilishga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslublari maktab dasturlariga kiritilgan.


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish