I. Kirish; II. Asosiy qism: Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish


Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish



Download 137,5 Kb.
bet8/9
Sana23.06.2022
Hajmi137,5 Kb.
#697941
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
moliya HHISOBOTI

Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish

Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot joriy buxgalteriya ma’lumotlariga asosan tuzilib, unda tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun muhim ko’rsatkichlar mavjud.


Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga asosan korxonaning bozor faolligi ko’rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. Bu ko’rsatkichlar kompaniyaning aksiyalarini qiymati va daromadliligini ta’riflaydi.
1. Bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda (AF) quyidagicha aniqlanadi:


AF = Sof foyda – imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividеndlar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar

Bu ko’rsatkich muomaladagi bir oddiy aksiyaga qancha sof foyda to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zaruriy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.


2. Aksiyaning bozor bahosi bilan bir aksiyaga to’g’ri keladigan foydaning munosabati (BF) quyidagicha aniqlanadi:


BF = Bir aktsiyaning bozor qiymati / AF

Bu ko’rsatkich kompaniyaning bir so’m sof foydasiga aksionerlar necha so’m to’lashga roziligini bildiradi. Masalan, «A» kompaniyasida bu ko’rsatkich 10 bo’lib, «B» kompaniyasida 8 bo’lsa, investorlar «A» kompaniyasining investitsiya sifatini afzalroq baholaydi. Bu ko’rsatkich boshqa kompaniyalarning bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda dinamikasi va umumiy bozor dinamikasi bo’yicha baholanadi.


3. Bir aksiyaning balans qiymati (ABQ) quyidagicha aniqlanadi:


ABQ = Aktsionеr kapitalining qiymati – imtiyozli aktsiyalar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar

Bir aksiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga binoan bir oddiy aksiyaga to’g’ri keladigan korxonaning sof aktivlari qiymatini ko’rsatadi.


4. Bir aksiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning balans qiymatiga qaraganda bozor qiymati qancha ekanligini ko’rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:


Bq = Bir aktsiyaning bozor qiymati / Bir aktsiyaning balans qiymati

5. Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi:


Dividеnddan daromad ( haq. qiymat mе'yori) = Bir aktsiya bo’yicha dividеnd / bir aktsiyaning bozor qiymati


6. Aksiyaning daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi:
AD = D + (S* - S) / S, bu yerda

D – aksiyaga egalik qilish davrida olingan dividend summasi,


S* - sotish narxi,
S – sotib olish narxi
7. Тo’lanadigan dividendlar ulushi (ТDU) quyidagicha aniqlanadi:


TDU = Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan dividеnd / Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan sof foyda

Bu ko’rsatkich tahlilining xususiyati shundan iboratki, uning «yaxshi» va «yomon» darajasi bo’lmaydi. Lekin buning umumiy ko’rsatkichi 1 dan oshmasligi kerak. Bu demak kompaniya dividend to’lash uchun yetarli darajada foyda olganligini ko’rsatadi. Agar bu ko’rsatkich 1 dan oshib ketsa, kompaniya moliyaviy imkoniyatidan oqilona foydalanganmaganligini yoki zaxira kapitalidan qarz olganligini ko’rsatadi. Dividendlar xususiy kapitalni kamaytiradi, chunki ular kompaniya tasarrufida qolgan sof foydadan to’lanadi.


Xulosa


Moliyaviy hisobot- xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan mahsulotlarini sotish, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, moliyaviy-xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks ettirishdir.
Shuningdek, ushbu hisobotni tuzish tamoyillarini, uni taqdim etish tartibi to’g’risida nazariy hamda amaliy ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar berilgan. Ma’lumki, moliyaviy natija faqat buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Shuning bilan birga moliyaviy natijani aniqlash ma’lum metodologiyaga asoslangan bo’lib, u har bir davrning talab va xususiyatlaridan kelib chiqib buxgalteriya hisobini yuritish va uning ma’lumotlari asosida moliyaviy natijani aniqlash ma’lum xususiyatlarga ega.
Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligi korxonalarida moliyaviy natijani aniqlash “Mahsulot (ish, xizmatlar)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’grisidagi nizom” talablari asosida aniqlab u bo’yicha ma’lumotlarbmoliyaviy hisobotni tarkibiy qismi bo’lgan “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl )” da o’z aksini topgan.
Xulosa qilib shuni aytsak bo’ladiki, hozirda iqtisodiyot ulkan tezliklar bilan rivojlanayotgan bir davrda, moliya sohasining ham o’rni ortib bormoqda. Aynan moliya hamda moliyaviy hisobot haqida davlatimiz tomonidan qator qonun hujjatlari ishlab chiqilganidan ham moliya sohasining naqadar keraklik soha ekanini bilib olishimiz mumkin. Misol qilib aytadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” gi 2019-yil 15-fevraldagi 1209-10-son buyrug’i mavjud. Ushbu buyruq orqali moliya hisoboti qonun tarafdan tartibga solib qo’yilgan. Ushbu ishimizning so’ngida aytmoqchimizki, biz yoshlar hozirgi iqtisodiy janglar ketayotgan bir davrda iqtisodiyot, moliya sohasidagi bilimlarimizni kuchaytirish orqali O’zbekistonimizni moliya hamda iqtisodiyotdagi hozirgi ayrim kamchiliklaridan qutqarib qola olamiz.



Download 137,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish