I. Kirish. II. Asosiy qism Kasb hunar kollejlarida tasviriy san’at fanining o’rni va maqsadi



Download 0,51 Mb.
bet1/7
Sana02.08.2021
Hajmi0,51 Mb.
#136399
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1444138966 61676


Kasb-xunar kollajlarida tasviriy san’at o’qitishning samaradorligini oshirish

Reja:

I.Kirish

.II.Asosiy qism

1. Kasb hunar kollejlarida tasviriy san’at fanining o’rni va maqsadi.

2. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari.

3. O’qitish metodlari (nutqiy, namoyish etish, amaliy ish).

III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH


Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli o‘zgarishlar jamiyatimizni iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy jihatdan jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olishda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Vatanimiznimizning kelajakda buyuk mamlakatga aylanishi, rivojlangan davlatlari qatoriga qo'shilishida xalqimiz madaniyati, ma'rifati, san''ati va manaviyatining roli beqiyosdir. Xalqimiz ma'naviyat va madaniyatini boyitishda tasviriy san'atning ham o'z o'rni bor. Hozirgi davrda har sohada bo'lgani kabi tasviriy san'atni o’qitish borasida ham katta o'zgarishlar bo'lmoqda. Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisi so'zsiz, tasviriy san'atning ifoda vositalari haqida chuqur ma'lumotga ega bo'lishi, turli badiiy materiallarning xususiyatlari va ulardan foydalanish yo'llarini mukammal egallashlari kerak. Tasviriy san'at o'qituvchisining o'zi qalam va bo'yoqlar bilan rangda ifoda etish ko'nikmalariga ega bo'lish bilan birga, bu sohadagi bilimlarini o'quvchilariga ham yetkaza olishi zarur.

О‘zbekiston xalqlarining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini har tomonlama ilmiy о‘rganish va tahlil etish g‘oyat muhimdir. Shu maksadda respublikamiz hukumatining qator hujjatlari Vatanimizning har tomonlama jahon andozalari asosida rivojlanishiga qaratilmokda. Jumladan, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namuna-laridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashxur bо‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu ma’noda respublika hukumati tomonidan xalq ta’limi tnzimini tubdan isloh qilish maqsadida 1997 yili «Ta’lim tо‘g‘risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash bо‘yicha Milliy dastur»i qabul qilindi. Unda «О‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosatini, umuminsoniy qadriyatlar, xapqning tarixiy tajribasi, madaniyat va fan bobidagi kо‘p asrlik an’analar, jamiyatning istiqboldagi rivojla-mishini hisobga olgan holda yurgiziladi» deyilgan.

Pedagogika fanidan shu narsa ma’lumki, «metodika» so’zi (uslub ifodasi) - ifoda etishdan olingan bo’lib, o’rgatiladigan o’quv materialani o’quvchilarga o’rgatish, o’qitish, va o’zlashtirishning nazariy va amaliy asosi - faoliyati yoki usulidir. Ya’ni «uslub» deganda tasviriy san’atda rasmi chiziladigan ob’ektni, naturani yoki tahlil etiladigan san’at asarini o’quvchilarga tushuntirish yoki uning nazariy va amaliy asoslarini tahlil etib berishni yoki o’rganishni yo’l-yo’riqlarini, uslublarini tushuniladi. Tasviriy san’atni o’qitish uslubiyoti kursi bo’lajak pedagoglarga maktabda tasviriy san’atni o’qitish va o’rgatishni eng oson, qisqa va ilmiy asosda bo’lishi uslubini o’rgatuvchi fandir.

SHular asosida shuni aytish mumkinki, bu kurs va uning maqsadi - vazifasi bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchisiga maktab tasviriy san’atini maqsadi, vazifasi, mazmunini tushuntirib berish, uni maktab o’quvchisiga o’rgatish, o’qitish va tushuntirishni eng samarali yo’llarini ko’rsatib berishdan iborat bo’ladi.

Kurs bo’lajak pedagoglarga o’quvchilar bilan ishlashni ilmiy asoslarni, nazariy va amaliy faoliyatini ko’rsatib beradi. Kursning asosiy maqsadi hozirgi zamon tasviriy san’atining qonun-koidalari asosida uni maktab faoliyatida foydalanish va maktab tasviriy san’atini o’quvchilarga o’rgatishning eng zamonaviy, eng samarali, sinalgan uslublari bilan qurollantirish va maktab tasviriy san’ati bo’yicha tarbiyaviy va ta’limiy faoliyatini amalga oshirishni pedagogika va psixologiyaning eng so’nggi yutuqlari asosida olib borishga tayyorlashdan iboratdir. SHu maqsaddan kelib chiqqan holda kurs bo’lajak pedagoglarga:

1.Kasb hunar kollejda tasviriy san’at o’quv predmetining maqsadi, vazifasi va mazmunini va amaliy jihatlarini tushuntirib berish;

2. Kasb hunar kollejda san’atini dasturi va uning mazmuni bilan qurollantirish;

3. Kasb hunar kollejda bilan ishlashning pedagogik mahorati bilan tanishtirish;

4. Kasb hunar kollejda o’quvchilar bilan tarbiyaviy va ta’limiy ishlarni amalga oshirishga tayyorlash;

5. Tasviriy san’atdan dars berishga tayyorlash, dars berishdagi uslub va didaktik printsiplari bilan qurollantirish;

6. Kasb hunar kollejda dars berishni tarixiy taraqqiyotini yaxshi bilgan holda, hozirgi zamon dars berishni eng samarali uslub va didaktik jarayonini o’zlashtirish va ularni o’z pedagoglik faoliyatida qo’llash, uni takomillashtirib borishga o’rgatish;

7. Bo’lajak rassom-pedagogni ijodkorlik ruhida faoliyat ko’rsatishga o’rgatish kabilarni o’z oldiga bosh vazifa qilib qo’yadi. SHunga ko’ra kurs mazmuniga: Tasviriy san’atni o’qitish metodikasi tarixini, uni dastur va darsliklarini, tasviriy san’atni o’qitish jarayonida didaktik printsiplardan va predmentlararo bog’lanishdan foydalanish, dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, o’quvchilarni fanga qiziqtirish, darslarda o’quvchilarga grafik bilim berishning eng oson, qisqa asosli yo’nalishlarining ilmiy asoslarini o’rgatish kabilar kiradi.

Ma’lumki, o’qitish uslubiyoti davr tanlamaydi, balki davr dars uslublarini tanlaydi.

XVII asrda atoqli CHex pedagogi Ya.O.Komenskiy maktab sistemasini ishlab chiqqan holda, unda foydalaniladigan o’qitishning qator uslublari va didaktik printsiplarini jahon xalqlariga va ularning maktablari uchun tavsiya etgan edi.1

O’zbekiston mustaqillikka erishishi munosabati bilan milliy maktablarimiz shakllandi. Bu maktablar jahon pedagogikasi erishgan eng yuksak - samarali ish tajribalaridan o’zining o’qitish uslublarini tanlagan holda o’zining o’quv-metodik ishlarini amalga oshirmoqda.

Milliy maktablarimizdagi tasviriy san’at o’quv predmeti mustaqillik yillarida yanada ahamiyatli bo’lib, uni o’qitilishini takomillashtirish tadbirlari belgilanmoqda. SHunga ko’ra milliy maktablarimizda o’qitishning asosiy 3 ta uslubidan foydalanilmoqda.


I. - O’quv materialini og’zaki bayon etish uslubi.

II. - Amaliy ishlar uslubi.

III. - O’qitishning ko’rgazmalilik uslubi.

Ma’lumki, milliy maktablarimizda tasviriy san’atni o’qitish ham umumiy ta’lim fanlari qatori yuqoridagi o’qituv uslublaridan foydalanib kelinmoqda. Bu uslublar yaxshi samara bermoqda.

SHunga ko’ra bugungi kunda tasviriy san’atni o’qitish uslubiyoti maktab tasviriy san’ati dasturi asosida uning maqsadi va vazifasini, mazmunini sistemali holda o’rganib, ularni o’qitishning eng samarali uslub va didaktik printsiplarini tanlab, umumlashtirib, bo’lajak rassom-pedagoglarga yetkazib beriladi. SHuningdek, tasviriy san’atni o’kitish uslubiyoti kursi o’zining uslub va printsiplarini bugungi kunda dars berayotgan tasviriy san’at o’qituvchilariga qator uslubiy maqolalar, adabiyotlar asosida yetkazib bermoqda. Tasviriy san’atni o’kitish uslubiyoti bilan O’zbekiston Pedagogika Fanlari Ilmiy Tadqiqot Instituti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti Namangan va Buxoro davlat universitetlarining rassom-pedagog olimlari shug’ullanib kelmoqdalar.

Kasb hunar kollejda tasviriy san’atni o’qitish uslubiyoti jahon pedagogikasi va psixologiyasi to’plagan tajribalarini o’zining ilmiy asosi qilib olgan xolda, ularni yig’ib, takomillashtirib kelayotgan ish tajribalaridan unumli foydalanib kelmoqda. SHu asosda o’quvchilarga tasviriy san’at bo’yicha bilim-malaka berishda o’quvchining yoshi, bilimi, iste’dodi, qiziqishini hisobga olgan holda o’quv jarayonini amalga oshirib kelmoqda. CHunki, jahon pedagogikasining atoqli namoyondalari Ya.O.Kamenskiy, G.Pestalotstsi, K.D.Ushinskiy va N.Rostovtsev, V.Kuzin. Ye.SHoroxov. R.Hasanov kabi pedagog-olimlarning ilmiy tadqiqotlari asosida maktab tasviriy san’ati o’quv predmetini o’qitish, unga qo’yiladigan talablar sistemali amalga oshirib kelinmoqda.

O’qitish metodikasi deganda ta’lim va tarbiyaning maqsadga muvofiq amalga oshirishning eng samarali yo’l va uslublar yig’indisi tushuniladi. Mashg’ulotni metodik jihatdan to’g’ri tashkil etish esa o’qituvchining o’z oldiga qo’ygan maqsadiga ham bog’liq. SHu bilan birga qisqa va oddiy yo’llar bilan, oddiydan-murakkabga borish printsipida ma’lum ketma-ketlikda erishish nazarda tutiladi. Boshqacharoq qilib aytganda, o’qitish metodikasi to’g’ri tanlanganda o’quvchilar ko’zda tutilgan o’quv materialini puxta o’zlashtiradilar va ularda o’zlashtirish darajasi bir qadar yuqori bo’ladi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish