3.Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mahalliy byudjetlarning daromad va xarajatlarini tartibga solish va takomillashtirish Mahalliy byudjet daromadlari mahalliy va umumdavlat soliqlari hisobiga shakllanadi. Umumdavlat soliqlarining mahalliy byudjetlarga ajratiladigan qismi har yili qabul qilinadigan qonun va me’yorlar asosida amalga oshiriladi.
Mahalliy soliqlar va soliqsiz daromadlar mahalliy byudjet xarajatlarini qoplash uchun etarli emas, mahalliy byudjet daromadlarining asosiy qismini boshqariladigan daromadlar hisobiga ta’minlanadi. Bu soliqlar bo‘yicha ajratiladigan me’yorlar soliqlar va hududlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan bo‘ladi va har yili hukumat qarori asosida qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda bu me’yorlarning yildan-yilga oshib borishini kuzatishimiz mumkin. Buni mahalliy byudjet xarajatlarini shu hududdan tushadigan soliqlar hisobiga qoplash va yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga transfertlar hajmini kamaytirish zaruriyati bilan izohlashimiz mumkin. Chunki, soliq bazasining yuqoriligi me’yorlarni past belgilashga sabab bo‘ladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlarini muctahkamlash borasida mahalliy hukumatning soliq undirish va soliq bazalarini kengaytirishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirishni oshirish, ya’ni ortiqcha undirilgan soliqlarning mahalliy byudjetlarga tushadigan qismini oshirishni yo‘lga qo‘yish yaxshi samara beradi.
Mahalliy byudjetlarning daromadlarini mustahkamlash hozirgi byudjet islohatlarining asosiy yo‘nalishi hisoblanmoqda. Bu borada mulkni, erni va tabiiy resurslarni soliqqa tortish asosiy rol o‘ynaydi. Keyingi samarali manba bo‘lib, jismoniy shaxslar daromad soliqlarini uzoq muddatga mahalliy byudjetlarga biriktirib qo‘yish hisoblanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini markazlashtirishni cheklash hamda bu boradagi vazifalarning bir qismini respublikadan viloyat, tuman darajasiga o‘tkazishga asosiy e’tibor qaratilmoqda, buning natijasida ko‘pgina vakolatlar mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga navbatma-navbat o‘tkazilib borilmoqda. O‘tgan davrda bu sohada ko‘p ishlar amalga oshirildi, biroq sohada kelgusida hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab masalalar mavjud. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas’uliyatini qayta ko‘rib chiqishimiz, ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim” degan fikrlari so‘zimizni tasdiqlaydi.
Mustaqillik davrida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutining respublikamizga xos bo‘lgan noyob shakli bo‘lgan mahallalarga bir qancha moliyaviy vakolatlarning berilishi, jumladan bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar yoki moddiy yordamlarning mahallalar tomonidan tayinlanishi ijtimoiy nafaqalar manzilliligini ta’minlash imkonini bermoqda. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohaga ajratilayotganligi mazkur soha rivojida muhim o‘rin egallamoqda, lekin shu bilan birga davlatimiz rahbari tomonidan “hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetlarning mablag‘lari yetarli emasligi” qattiq tanqid qilindi.
Amalga oshirilayotgan bunday islohotlar markazlashgan byudjetdan amalga oshiriladigan xarajatlarning bir qismini quyi byudjetdan amalga oshirilishini obyektiv zaruriyat qilib qo‘ymoqda, chunki mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakolatlarining kengayishi ular xarajatlarini oshishiga olib kelmoqdaki, bu o‘z navbatida mahalliy byudjet daromad manbalarini oshirishni davr talabi darajasiga chiqarmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, hududlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirilishi byudjet tizimi, jumladan mahalliy byudjetlar ahamiyatini yanada oshiradi. Mahalliy byudjetlar umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko‘rsatishlarida asosiy moliyaviy manba bo‘lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o‘ynaydi. Hududlarni ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarning samarasi mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligiga bog‘liqdir. Mahalliy byudjetlar daromadlari asosan mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, bozorlardan tushadigan daromadlar hamda boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar mahalliy byudjetlarining daromadlari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘i uchun aksiz solig‘i mahalliy byudjetlar daromadlariga o‘tkazib beriladi.
O‘z navbatida Respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi munosabatlarni, ularning o‘zaro bog‘liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz hududlarni iqtisodiy rivojlantirish ular o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Zero, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish borasida qabul qilingan “Harakatlar strategiyasi”da ham xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish masalasi mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunga ko‘ra, qayd etilgan masalalar bo‘yicha tarmoqlar va mintaqalarni barqaror rivojlantirish hisobiga ijtimoiy muammolarning hal etilishini ta’minlovchi mahalliy byudjetlarning daromad manbaini kengaytirish bo‘yicha 2017 yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturlari tayyorlanishi va ular asosida mintaqalarning ishlab chiqarish salohiyati kengaytirilishi, mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish va alohida viloyatlar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish bo‘yicha
2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, byudjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, shaharlar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish, fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanishi rejalashtirilgan. Zero, prezidentimiz bu borada “har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga molik yirik korxonalar hissasini e’tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini subvensiyadan chiqarishni so‘zsiz ta’minlash kerak. Bu yil boshqa hokimliklar va tegishli organlar uchun ham subvensiyadan qutilish masalasida sinov yili bo‘ladi4”- deya ta’kidlab o‘tganlar.
Yuqoridagi mazkur holatlar mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlashning oqilona yo‘llarini izlab topishni taqoza etadi. Bu borada mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliqqa tortiladigan bazani kengashtirish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish lozim bo‘ladi. Bugungi kunda mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlash, tushumlar miqdorini yanada oshirishga salbiy ta’sir qiluvchi ayrim muammoli masalalar ham mavjudki, ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin bo‘ladi:
Birinchidan, hududlarda aholi tomonidan yerlardan noqonuniy (tegishli hujjatlarsiz), o‘zboshimchalik bilan foydalanish, o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerlarni qo‘shib olish, yerlardan me’yordan ortiq foydalanish, yangi qurilgan turar va noturar joylarni o‘z vaqtida davlat kadastri ro‘yxatidan o‘tkazmaslik, ularni baholatmaslik, tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, yollanma ishchilardan hujjatsiz foydalanish kabi holatlar mahalliy byudjetga soliq to‘lovchilar soni, ular tomonidan to‘lanadigan mahalliy soliqlarning miqdori va soliqqa tortiladigan ba’zasinining kengayishiga teskari ta’sir qiladi.
Ikkinchidan, joylarda dehqon va mol bozorlarida bo‘sh savdo o‘rinlaridan oqilona foydalanilmaslik, bozor ma’muriyati tomonidan sotuvchi va xaridorlarga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning yetarli darajada emasligi, mavjud imkoniyatlar (tarozi, arava va b. ijarga berish)dan to‘laqonli foydalanmaslik mahalliy byudjetlarning bozorlardan tushadigan daromadlari miqdoriga ta’sir qilmoqda.
Uchinchidan, har bir hududda mavjud tabiiy, mineral-xomashyo resurslar oqilona foydalanilmaslik hamda ular negizida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga bo‘lgan targ‘ibot tadbirlarining sustligi, aholining mavjud tomorqalaridan samarali foydalanish, uning negizida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanish bo‘yicha yetarli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega emasligi hamda ushbu faoliyatlarni amalga oshirish jarayonida zarur bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatuvchi infratuzilma ob’ektlarining hududlarda yetarli darajada emasligi, hududlarning investitsiya salohiyati hamda investitsiya kiritish lozim bo‘lgan sohalar bo‘yicha investorlarning to‘laqonli ma’lumotga ega emasligi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mavjud salohiyatdan samarali va optimal foydalana olmaslik mahalliy byudjetlarni subvensiyalanishini kamaytirishga, shuningdek daromadlarini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
. Mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllantirishningamaldagi holati tahlili Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasining byudjet tiziminingmuhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliyorgani o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniqmoliyaviybaza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab extiyojlarni to‘liqroqhisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibdaamalgaoshiradigan tadbirlar bilan to‘g’ri olib borish imkonini beradi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari – mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishorganlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalarning amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan markazlashtirilgan pul fondini shakllantirishbilanbog‘liq pulli munosabatlar shaklidir. Mahalliy byudjetlarni daromadlarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi“Byudjet kodeksi” ning 52-moddasiga asosan amalga oshiriladi. Ushbu moddaga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan: - yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; - yagona soliq to‘lovi; - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; - tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iybelgilangansoliq; - qo‘shilgan qiymat solig‘i; - aktsiz solig‘i; - yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan: 26 - obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; - transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlikuchunolinadigan soliq; - mol-mulk solig‘i; - yer solig‘i; - yagona yer solig‘i; - ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrimturdagixizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘im;
3)yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushganqaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
5)boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlargadavlatdaromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar,davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanksyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyorigao‘tganmol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va qonun hujjatlarigamuvofiqboshqa daromadlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘i uchun aktsiz solig‘i Qoraqalpog‘istonRespublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o‘tkazib beriladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlarining 2015-2017- yillardagi salmog‘I keltirilgan mazkur jadvalda daromadlar uch guruhga bo‘lingan, mahalliy soliqlar,Umum davlat soliqlaridan ajratmalar, subvensiyalar. Jadvaldan ko‘rinadiki, 2015-2017 -yillarda mahalliy byudjetlar daromadlarining taxminan 25-27foizi mahalliy soliqlar hisobiga shakllangan, umumdavlat soliqlaridan ajratmalar va boshqa daromadlarnin ulushi 61.6 foizdan 66 foizgacha ko‘tarilishi reja qilinmoqda
Respublika va mahalliy byudjetlarni samarali boshqaruvini tizimli tartibgas olishda quyidagi chora-tadbirlarni kelgusida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: soliq yuki darajasini asosli ravishda kamaytirib borish, davlat byudjeti daromadlari tarkibida bevosita va bilvosita soliqlar ulushini oshirish yoki soliqqa tortish nisbatining optimal darajasini aniqlash lozim. Chunki YaIMni soliqlar orqali qayta taqsimlash va davlat xarajatlari salmog‘ining kamaytirilishi iqtisodiyotda ishsizlik darajasini kamayishga xizmat qilib, soliq yukining kamaytishiga mutanosib ravishda davlat xarajatlarining qisqartirilishi yangi ish o‘rinlarini yaratib, ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda oxir oqibat iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga olib keladi. Iqtisodiyotda soliqqa tortish mexanizmining ishlash samaradorligini baholashda YaIMdagi soliqlar ulushi bilan Davlat byudjetida ijtimoiy xarajatlar ulushi ko‘rsatkichini o‘zaro bog‘liqlikda tadqiqet ishmaqsadga muvofiqdir. Mahalliy byudjetlar daromadlar bazasining mustahkamlanishini va yuqori byudjetga bog‘liqlikning qisqarishini ta’minlash hamda bu orqali mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligi va ma’suliyatini oshirish bo‘yicha mamlakatimizda bir qancha chora tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri va poytaxt tumanlarida mahalliy byudjetlarni shakllantirish va xarajat qilishning yangi tartibi tajriba tariqasida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- iyundagi "Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjetv akolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-5075-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirishva xarajatlarini maqbullash tirishda ularning manfaatdorligini oshirishni ta’minlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishmaqsadida:1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkentshahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilarni ta’minlashyuklatilgan:– o‘z hududidagi soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish va soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish,ishlamayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni faoliyatini qayta tiklash orqali mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirish; – tegishli byudjetlarning tasdiqlangan daromadlari rejasini bajarishni,qonunchilik doirasida xarajatlarni, shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlash; – byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish to‘g‘risidagi farmonlari vaboshqanormativ-hujjatlarda belgilangan miqdorlar doirasida oshirish; – byudjet tashkilotlarida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqbelgilanganshtat normativlaridan ortiqcha shtat birliklari kiritmaslik belgilangan