Imzoni tekshirish:
W=b-1modq hisoblanadi.
U1=(H(m)W)modq hisoblanadi.
U2=(aW)modq hisoblanadi.
v=(gu1yu2modp)modq hisoblanadi. Agar v = a bo‘lsa imzo to‘gri qo‘yilgan bo‘ladi.
2.GOST R 34.11-94 xesh funksiyasi algoritmi
Rossiyaning GOST R 34.11-94 xesh funksiya standarti axborotni kriptografik usulda muhofaza qilish uchun, xususan GOST R 34.10-94 va GOST R
34.10-2001 elektron raqamli imzo algoritmlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan [35]. Xesh funksiyaning qiymatini hisoblash jarayonida GOST 28147-89 shifrlash standartidan foydalaniladi.
GOST R 34.11-94 xesh funksiya standartida chiqish uzunligi belgilangan qadamli xeshlash funksiyasidan foydalanuvchi ketma-ket xeshlash usulidan foydalaniladi. Xesh funksiya argumentining uzunligi 256 bit bo‘lgan funksiya bo‘lib, xesh qiymat uzunligi 256 bit bo‘ladi. Xeshlanadigan ma’lumot uzunligi ixtiyoriy bo‘lib, ma’lumot uzunligi 256 bit bo‘lgan bloklarga ajratiladi. Oxirgi blok uzunligi 256 bitdan kichik bo‘lsa, 256 bitgacha nol bilan to‘ldiriladi. Undan tashqari, bu bloklarning oxiriga ma’lumot uzunligining kodini bildiruvchi va nazorat yig‘indisini bildiruvchi yana ikkita 256 bitlik bloklar qo‘shiladi. Ma’lumot uzunligining kodini blok xeshlanadigan ma’lumotning bit uzunligi mod 2256 bo‘yicha hisoblanib (bu protsedura MD kuchaytirish deyiladi) hosil qilinadi. Nazorat yig‘indisining kodini bildiruvchi blok esa, oxirgi to‘liqmas blok nol bilan to‘ldirilgandan keyin barcha bloklarning yig‘indisi mod 2256 bo‘yicha hisoblanib hosil qilinadi.
GOST R 34.11-94 xesh funksiyasini hisoblashda quyidagi belgilashlardan foydalaniladi:
M – xeshlanishi kerak bo‘lgan ma’lumot, h – M ma’lumotni h(M)∈V256(2) ga akslantiruvchi xesh funksiya, bu erda V256(2) – uzunligi 256 bit bo‘lgan barcha ikkilik so‘zlar to‘plami, EK (A) - A ni GOST 28147-89 shifrlash algoritmidan foydalanib K kalitda shifrlash natijasi, N∈V256(2) – berilgan boshlang‘ich vektor.
GOST R 34.11-94 xesh funksiyasini hisoblash uchun quyidagilar zarur:
qadamli xeshlash funksiyasi X:V256(2)*V256(2) →V256(2) ni hisoblash algoritmi;
xesh qiymatni iterativ hisoblash jarayoni.
Qadamli xeshlash funksiyasi uch bosqichda hisoblanadi. Birinchi bosqichda uzunliklari 256 bit bo‘lgan to‘rtta K1, K2,K3,K4 kalit generatsiya qilinadi. Ikkinchi bosqichda boshlang‘ich N vektor har birining uzunligi 64 bit bo‘lgan to‘rtta blokka ajratiladi va bu bloklar mos K1, K2, K3, K4 kalitlar bilan GOST 28147-89 algoritmi yordamida shifrlanadi. Uchinchi bosqichda shifrlash natijasini aralashtiruvchi akslantirish bajariladi.
Quyida xesh funksiya standartidagi akslantirish jarayonlarining har bir qadami ko‘rib chiqiladi:
Xulosa
Demak, axborotni ruxsatsiz foydalanishdan, atayin o‘zgartirishdan, yo‘q qilishdan va boshqa buzg‘unchi harakatlardan himoyalash zaruriyati tug‘iladi. Axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida Internet paydo bo‘lganidan boshlab, axborot o‘g‘irlash, axborot mazmunini egasidan iznsiz o‘zgartirib va buzib qo‘yish, tarmoq va serverlardan beruxsat foydalanish, tarmoqqa tajovuz qilish, avval qo‘lga kiritilgan uzatmalarni qayta uzatish, xizmatdan yoki axborotga daxldorlikdan bo‘yin tovlash, jo‘natmalarni ruxsat etilmagan yo‘l orqali jo‘natish hollari jahon miqyosida ko‘paydi.shuning uchun davlatlar oz huquqlarini muhofaza qilish maqsadida electron raqamli imzo imzo algortimi yani DSA va GOST R 34.10-94 standartlarini ishlab chiqishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |