2.4. Sinfdan tashqari o’qish darsida “Ota-ona e’zozi-farzandlar burchi” mavzusini o’rgatish.
Darsning tipi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozi: Kaykovusning “Odobnoma” kitobi matni mazmuniga moslab ishlangan rasm. Darsning borishi:
Asarni o’qishga tayyorgarlik. O’quvchining hikoyasi: Ota-ona hayo timiz ustunlari, bizni dunyoga keltirib, voyaga yetkazgan, tarbiya bergan, maktab ostonasiga olib kelgan. Bu barcha hizmatlar mashaqqatini bilishimiz va ota-onaning hurmat-izzatini joyiga qo’yishimiz zarur. Bugun o’rganadigan mavzuimiz aynan ana shu haqda. XI asrda yashab ijod etgan Kaykovusning “Qobusnoma” nomli mashhur asarini yaratgan.
Bu asarda u o’z o’g’liga hayotiy zarurat bo’lgan juda ko’plab maslahatlarni bergan. Shu maslahatlardan biri-ota-onani hurmat qilish haqida. Bugun shu bilan
Kaykovusning shu mavzudagi fikrlarini o’qib o’rganamiz.
Asarni o’qish. O’qituvchi asar matnini qiroat bilan o’qib beradi.
Asar yuzasidan dastlabki suhbat.
Matnni qismlarga bo’lib o’qitish. Asar uyda o’qituvchi tomonidan qismlarga bo’lib kelingan bo’ladi, har bir qism bir o’quvchiga oqitiladi.
O’qituvchi: - Matnni hamma o’qidimi, uni necha qismga bo’lish mumkin? Birinchi qismni kim o’qidi? Kim sarlavha topadi?
Har bir qismga qo’yilgan sarlavha reja ko’rinishida doskaga yozib boriladi.
R e j a:
Ota-ona farmonbardor.
Ota-ona haqi.
Ekkaningni o’rasan.
Aql-inson ziynati.
Tanlab o’qish.
O’quvchilarga rejaning 1-qismiga javob bo’ladigan parchani o’qitish, 2,3,4-qismlar ham shu tarzda amalga oshiriladi.
To’liq va qisman qayta hikoya qilish bajariladi.
Lug’at ustida ishlash amalga oshiriladi.
Taqsim-taqsimlangan, bo’lingan;
Zinhor-hech qachon;
Rizq - nasiba;
Asardagi tushunarsiz bo’lgan so’zlar o’quvchilar bilan aniqlanib, izoh beriladi.
Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Ota-onani nima uchun hurmat qilish kerak deb o’ylaysiz?
Ota-onaning vazifasi va farmoni nimadan iborat ekan?
Inson qaysi jihatdan boy bo’lishi kerak, nima uchun?
Pand-nasihatlar mazmunini o’z so’zlaringiz bilan gapirib bering.
O’quvchilarga uyda o’zlari ham savollar tuzib kelib, o’zaro savol-javob qilishlari topshiriladi.
Asar haqida fikrlari so’raladi.
O’qituvchi darsi yakunlaydi.
Siz nimalar haqida bilib oldingiz?
Bugungi mavzuni o’rganganimizdan so’ng, siz ota-onangizga bo’lgan hurmatni yanada oshirasiz, g’amxo’rlikni kuchaytirasiz degan fikrdamiz.
O’quvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa beriladi.
Asarning tarbiyaviy tomonlarini qamrab boshqa boblardan ham darsdan tashqari o’qishda foydalanib, quyidagi ishlarni amalga oshirish taklif qilinadi.
O’qituvchi kaykovusning hayoti va faoliyati haqida o’quvchilarga ma’lumot beradi.
Har bir bobdagi axloqiy vazifalarga alohida e’tiborni qaratadi.
“Odobnoma - tarbiyaviy asar” mavzusida tarbiyaviy tadbirlar turkumuni tashkil etadi.
Yuqorida keltirilgan bir soatlik darsning namunaviy rejasi to’g’ri tashkil etilsa, shuningdek, asosiy e’tibor dars va darsdan tashqaridagi tarbiyaviy tadbirlarga qaratilsa, ular o’quvchilarning ota-onani e’zozlash, ular oldidagi farzandlik burchini to’laroq his qilishlariga ko’maklashadi. Bu esa barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |