3.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi kasbiy malakasini
oshirish talablari
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha
quyidagi maxsus fanlardagi mukammal bilimga va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
kerak.
Mutaxassislikka kirish: Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri
mutaxassisligini mazmuni. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari sport trenerlariva
murabbiylari sport yo‘riqchilari kasbining maqsadi va vazifasi. O‘zbekistonda
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini kasbiy faoliyati. Jismoniy tarbiya va
sport mutaxassislarini kasbiy tayrgarliklari. Jismoniy tayyorgarlik, texnik, taktik
tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik, nazariy tayyorgarlik, ma’naviy va ma’rifiy
tayyorgarlik, umumiy va maxsus tayyorgarlik.[101,165,209]
44
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassislarini ish hujjatlarini
tuzish. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari. Yashash joylarida
jismoniy tarbiya tadbirlari, ishlab chiqarish va sanoat korxonalari va qishloq
xo‘jaliklarida jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va boshqarish. Sport
inshootlari va sport johozlaridan foydalanishni talab qoidalari, sport
mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish. Sport turlari bo‘yicha o‘quv yig‘in
mashg‘ulotlari o‘tkazish, sportga saralash va yo‘naltirish tadbirlarini tashkil
etish.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha milliy tadqiqotlar o‘tkazish, jismoniy
tarbiya va sportga doir uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar,
darsliklar, ilmiy maqolalar, tezislar tayyorlash va ishlab chiqish. Jismoniy
tarbiya va sport bo‘yicha qarorlar va farmonlar me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish
va tahlil etish. Ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari tashkil etish va
boshqarish. Maktabgacha muassasalarida kasalxona, dam olish maskanlarida
jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etish va boshqarish. O‘rta
Osiyoning qadimgi halqlari tarixida jismoniy madaniyat Sak, Massaget,
So‘g‘diy, Xorazmiy, Toxar qabilalarining jangavor hayoti. Kushon, Eftolitlar,
Parfiya, Baktriya davlatlarida harbiy jismoniy tayyorgarlik usullari. Grek,
Makedon qo‘shinlari Eronliklar, Qora xitoylar, Arab bosqinchilari, CHingizxon
qo‘shinlari, Rossiya istelochilariga qarshi xalq ozodlik kurashlari va xalq
qahramonlari. Shiroq, To‘maris, Spitamen, Muqanna, G‘urak, Abu Muslim,
Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va boshqalar hayoti.
Temuriylar davrida harbiy jismoniy tayyorgarlik. Amir Temurning harbiy
san’ati Temur tuzuklari. Amir Temurning davlat boshqaruvlari. Turkiy xalqlar
tarixida milliy sport turlari va o‘yinlarining shakllanishi va rivojlanishi. Milliy
urf-odatlar va an’analar. XX asr davomida O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va
sportning taraqqiyoti O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport
tizimi jismoniy tarbiya va sportning boshqaruv organlari. Jismoniy tarbiya va
sport qo‘mitasi. Havaskorlik va professional sport uyushmalari. O‘zbekistonning
45
halqaro sport va halqaro olimpiya harakatida ishtiroki. O‘zbek sportchilarining
halqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Vazirlar
Mahkamasi,
jismoniy
tarbiya
sportni
irvojlantirish
hamda
ommaviylashtirish bo‘yicha buyruq, qaror, farmon va nizomlari. Jismoniy
tarbiya sportni rivojlantirish bo‘yicha jamg‘arma va fondlarni tashkil etish.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tadbirlari.
Sport trenirovkalarini nazariy asoslari: jismoniy rivojlanish, mashq
ko‘rganlik, sport shaklsi. Sportchining tayyorgarligi. Jismoniy tayyorgarlik,
texnik-taktik tayyorgarlik, nazariy tayyorgarlik. Sport trenirovkasi vositalari.
Maxsus jismoniy mashqlar sport natijalariga iqlim sharoiti va atrof muhitni
ta’siri. Trenirovka davrlarini rivojlantirish, tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish
davrlari. Sport mutaxassisligiga erishish. Boshlang‘ich davr, rivojlantirish va
takomillashtirish davri, yuksak natijalarga erishish davri. Sportga yo‘naltirish va
saralash tadbirlari. O‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etish. Sport bilan
mustaqil shug‘ullanish. Sport bilan shug‘ullanishda to‘g‘ri ovqatlanish, dam
olish, gigienik talablarga rioya qilish. Sport bilan shug‘ullanishda tibbiy nazorat
va o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Hakamlikni nazariy asoslari: Sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil
etish va boshqarish. Tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi
musobaqalar, halqaro musobaqalar, Qit’a va Jahon birinchiliklari, olimpiada
o‘yinlari musobaqalari tartib qoidalari. Sport uyushmalari aro sport
musobaqalari ishlab chiqarish sanoat korxonalari –ishloq xo‘jaligi ta’lim va
tibbiyot tizimi, mudofaa va ichki ishlar uyushmalarini sport musobaqalari turlari
mazmuni, maqsadi va jamoa birinchiliklari, an’anaviy sport musobaqalari, ochiq
sport turnirlari. Musobaqalar nizomi. Musobaqalarga talabnoma berish tartibi.
Musobaqalar
bayonnomasini
qayd
etish.
Musobaqalar
o‘tkaziladigan
inshootlarga qo‘yiladigan talablar. Musobaqalarni ommaviylashtirish. Axborot
vositalari, tibbiy yordam, san’atkorlar, muxlis va jismoniy bilimlarni jalb etish.
Musobaqalarni boshqarish, hakamlar tartibi, bosh hakam yordamchi hakamlar,
maydondagi, gilamdagi hakamlar, orbitr referi, axborotchi hakam, vaqtni
46
nazoratchi hakam, kompyuter psixologiyasini boshqaruvchi hakam e’tirozlarini
hal etuvchi hakam, sport turlariga muvofiq hakamlar tartibi va vazifalari.
Musobaqalarda qur’a tashlash va saralash tizimlari. Aylanma va olimpiya
tizimlari. Sport turlari bo‘yicha hakamlar tayyorlash tizimi. Hakamlik toifalari.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, sport mutaxassisliklarini hakamlik
bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi: boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini jismoniy tarbiyasi maqsadi va vazifasi. Jismoniy tarbiya
vositalari, jismoniy tarbiya tadbirlari. Jismoniy tarbiya darslari. Jismoniy
tarbiyada sinfdan va maktabdan tashqari ishlar. Yashash joylarida va oilada
jismoniy tarbiya. Kuni uzaytirilgan guruxlarda jismoniy tarbiya. Boshlang‘ich
sinif o‘quvchilar, engil atletika, kross yugurishlari, gimnastika va xarakatli
o‘yinoarga o‘rgatish uslubiyoti.
Xarakatli o‘yinlar maqsadi va vazifasi. Xarakatli
o‘yinlar turlari
va
mazmuni. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy rivojlanishini nazorat qilish
va baxolash. Jismoniy tarbiya jarayonida tibbiy nazorat. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini sportga yo‘naltirish va saralash. Jismoniy tarbiya ta’sirida
organizimda bo‘ladigan ijobiy va salbiy o‘zgarishlar. To‘g‘ri qadu qomatni
shakillantirish. Xarakat faoliyati sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish.
Sport inshoatlari: Sport inshoatlari turlari va klassifikatsiyasi. Yopiq va
ochiq sport inshoatlari. Sport inshoatlariga qo‘yiladigan texnik sanitar va
gigenik talablar. Sport inshoatlarining muxlis sig‘dirish xajmi va texnik
xavfsizlik talablari. Sport inshoatlarining asosiy maydon, boshqaruv, axborat,
qabulxona, yig‘ilishlar zali, mexmonxona, sanitar gigena xonalari va yordamchi
xonalar. Sport inshoatlarini yoritilish, toza xavo bilan ta’minlanishi , yong‘in
xavfsizligi va favqulotdagi xodisalarga tayyorgarlik talablari.
Sport o‘inlari: Voleybol, Basketbol, Qo‘l To‘pi, Tennis madonlari, futbol,
Regbi, Beysbol, sporti stadionlari, Sport o‘yinlari maydonlarining xajmi. Ochiq
sport arenalari va yopiq sport arenalari. Qishki sport zallari va ularga
qo‘yiladigan talablar. Muz sport saroylari. Sport zallari va ularga qo‘yiladigan
47
talablar. Gimnastika zallari, gimnastik mashq maydonlari, gimnastik jixozlar va
ularga qo‘yiladigan talablar. Yakka kurash sporti maydonlari va zallari, yakka
kurash sporti jixozlari va ularga qo‘yiladigan talablar. Boks, Kurash va yakka
kurash sport zallari, Og‘ir atletika sport zallari xajmi. Og‘ir atletika sporti
jixozlari va ularga qo‘yiladigan talablar. Engil atletika sport stadionlari.
Yugurish yo‘lkalari. Sakrash va uloqtirish, itqitish maydonlari. Engil atletik
jixozlar va ularga qo‘yiladigan talablar. Ochiq va yopiq suzish xavzalari. Suzish
xavzalari xajmi va suv sig‘imi. Suvga qo‘iladigan gigenik , xiik , fizik, texnik,
termik talablar. Suvga sakrash maydonlari, tramplinlar va ularga qo‘yiladigan
talablar. Suv sporti jixozlari va ularga qo‘yiladigan talablar. Milliy sport
o‘yinlari o‘tkazish maydonlari xajmi, kerakli jixozlar va ularga qo‘yiladigan
talablar. Amaliy texnik tayyorgarlik sport maydonlari va ularga qo‘yiladigan
talablar. Ot sporti maydonlari. Epadromlar. Qishki va yozgi ot sporti maydonlari
va ularga qo‘yiladigan texnik va gigenik talablar. Sport inshoatlaridan
oydalanish va ularni boshqarish qoidalari. Sport shaharchalari olimpiya daxalari.
Sport metralogiyasi: Sport turlarida son ko‘rsatkichlarini manitalogik,
statistik, qayta ishlash uslublari. Jismoniy rivojlanganlikning o‘rtacha
ko‘rsatkichi, ko‘rsatkichlar korrelyasiyasi va variatsiyasi, ko‘rsatkichlar
ishonarliligi, xatolar xatolik farqi qvadratik belgilar. Jismoniy rivojlanganlikni
aniqlash jixojlari va ulardan foydalanish usullari. Antropometrik ko‘rsatkichlarni
sport natijalariga ta’siri. Jismoniy fazilatlar ko‘rsatkichlarini mamavzutik,
statestik taxlil etish. Sportga yo‘naltirish va saralash tadbirlarida, sport
natijalarining son ko‘rsatkichlarining axamiyati. Jismoniy tarbiya va sportda
metralogik o‘lcham tadbirlarini tashkil etish va boshqarish. O‘lchashning texnik
vositalari xamda kerakli jixozlar.
Sport mahoratini oshirish: Sport turlariga muvofiq jismoniy texnik, taktik,
ruxiy va nazariy tayyorgarlik ko‘rish. Umumiy va maxsus tayyorgarlik. Sport
turlari xaraktlarining texnik va taktikasini egallash, rivojlantirish va
takomillashtirish. Sport maxoratini oshirishda mashg‘ulotlarni rejalashtirish.
48
Tayyorgarlik musobaqa va o‘tish davrlari. Sport turlari bo‘yicha trenirovka
mashg‘ulotlari shakllari.
Davolash jismoniy madaniyati va massaj. DJM asoslarini yaratilishi.
Massaj va ularning turlari. Massaj tavsiya etiladigan va tasdiqlanadigan
xolatlar. Yurak qon tomir tizimi, nafas olish, ovqai xazm qilish, qon tizimi,
ayrish tizimi, modda almashinuvining buzilishi va tayanch xarakati apparati
xamda asab, ruxiy kasalliklarda DJM dan foydalanish uslublari vositalari,
qoidalari va talablari. Jarroxlikdan va muolajalardan so‘ng, ayollar kasalliklari,
qon va teri kasalliklarida DJM dan foydalanish uslublari, vositalari, shakllari,
talablari va qoidalari. Kasb kasalliklaridan so‘ng qayta tiklanish tadbirlarida
DJM dan foydalanish. Sog‘ligi zaif bolalar maxsus tibbiy guruxga kiritilgan
o‘quvchilar va talabalar bilan DJM mashg‘ulotlari tashkil etish va o‘tkazish.
Bolalar va qariyalar kasalliklarida DJM dan foydalanish uslublari talablari va
qoidalari. Kam xarakatlilik hamda nogironlarni qayta tiklash, jismoniy
rivojlantirish va sog‘lomlashtirishda DJM dan foydalanish shakllari vositalari,
uslublari, talablari va qoidalari.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat baklavri ta’lim olish davrida ta’lim
muassaslari, jismoniy tarbiya dasturida keltirilgan sport turlari bo‘yicha nazariy
va amaliy bilim va malakalariga ega bo‘lish kerak. Hamda bir sport turi bo‘yicha
mutaxassislikni egallab sport bo‘yicha birinchi darajali sportchi talablarini
bajarish kerak.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri ta’lim olish davrida sport
mutaxassisligi bo‘yicha kurs ishlari bajarilish kerak. Kurs ishi qo‘l yozma
xolatida yoki kompyuter texnologiyasida yozilishi mumkin. Kurs ishida mavzu,
reja, matn foydalanilgan adabiyotlar ruyxati, shuningdek jadval, rasm, sxema,
grafiklar berilishi mumkin. Bajarilgan kurs ishi xajmi 25 betdan iborat bo‘lishi
mumkin. Kurs ishi kafedra yig‘ilishida ximoya qilinadi. Kurs ishi 3 yil
davomida kafedrada saqlanadi. Kurs ishi mavzularisport to‘ri tarixi shakllanishi,
rivojlanishi, sportchilarni texnik, taktik, jismoniy nazariy umumiy va maxsus
49
tayyorgarlik trlari, sport trenirovkalarini rivojlantirish. Sport musobaqalarini
tashkiletish va o‘tkazish. Xakamlmk kabi mavzularni taxlil etish mumkin.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavr mutaxassislik buyicha
nazariy fanlardan kurs ishi bajariladi. Nazariy fanlardan bajariladigan kurs
ishiga xam amaliy ishlarga quyiladigan talablar quyiladi. Nazariy fanlardan kurs
ishlari, mavzulari kafedrada o‘quv yili boshida e’lon qilinadi. Jismoniy tarbiya
nazariyasi va uslubiyoti fanidan yoziladigan kurs ishlari jismoniy tarbiyani
nazariy asoslari hamda jismoniy tarbiya uslubiyoti masalalarini yoritishga
qaratilgan bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri ta’lim olish davomida
ikki bosqichli malakaviy amaliyot o‘tadilar. Dastlabki amaliy sport turlari
bo‘yicha o‘quvchilar yig‘ini hamda sayyohlik yurishi shaklida o‘tkazilishi
mumkin. lager yig‘ini amaliyotida sport turlari bo‘yicha trenirovka
mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Sayyohlik yurishlarida tabiat qo‘ynida sayyohlik
yurishlari
tashkil
etiladi.
Jismoniy
harakat
malaka,
ko‘nikmalari
takomillashtiriladi. Malakaviy amaliyotning ikkinchi bosqichi pedagogik
amaliyot shaklida o‘tkaziladi.
Pedagogik amaliyot davomida talabalar, ta’lim muassasalarida, jismoniy
tarbiya darslari, jismoniy tarbiyada sinfdan tashqari ishlash, kun tartibidagi
jismoniy tarbiya tadbirlari va sport to‘garagi mashg‘ulotlari, musobaqalari
tashkil etish va o‘tkazishni o‘rganadilar. Shuningdek jismoniy tarbiya
o‘qituvchilarining ish hujjatlaridan jismoniy tarbiya dasturi asosida ishchi
rejalari, sport mashg‘ulotlari, bayonnomalari, sport musobaqalari kalendar
rejalari, tuzish va tayyorlash, malaka va ko‘nikmalarini egallaydilar.
Pedagogik amaliyot davomida jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti
fani bo‘yicha nazariy bilimlari, hamda sport turlari bo‘yicha egallagan amaliy
tayyorgarliklardan foydalanadilar. Shuningdek o‘quvchilar bilan tarbiyaviy
ishlar olib borish, o‘quvchilar sog‘ligini tibbiy nazorat qilish va tibbiy
guruhlarga
ajratish,
jismoneiy
tarbiya
darslarini
zichligini
aniqlash,
(xronometraj), jismoniy yuklamalarni organizmga ta’siri (pulsometriya) hamda
50
jismoniy tarbiya va sportga oid kechalar, suhbatlar uyushtiriladilar va
o‘tkazadilar. Talabalar pedagogik amaliyot davomida kundalik reja tutadilar.
Pedagogik amaliyot hujjatlarini tayyorlaydilar.
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilimga, tasavvurga va tushunchaga ega
bo‘lishlari, amaliy, malaka va ko‘nikmalari hamda tajribalari shakllanishiga ega
bo‘lishi kerak.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat asoslari: jismoniy tarbiyaning
yangi va namunaviy usullari va shakllari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining
tarkibiy xususiyatlari. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat dolzarb
muammolari, o‘quv sport mashg‘ulotlarini rejalashtirish, sport inshootlari,
moddiy texnika bazasini ta’minlash, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat
mutaxassislarining tayyorgarligini asosiy tushunchalari, shakllari, shaxsning har
tomonlama rivojlanishida jismoniy tarbiyaning samarali uslub va shakllari,
bolalar va o‘smirlar organizmini rivojlanishi. Jismoniy yuklamalarni me’yorlash
talabalar, ta’lim-tarbiya faoliyatining samaradorligini oshirishning yangi
pedagogik texnologiyalari. Jismoniy tarbiya va sportda malaka va ko‘nikmalar
shakllanishini nazorat qilish tizimi. Milliy sport va harakatli o‘yinlari, an’ana va
urf-odatlarining jismoniy tarbiya jarayonida va mutaxassislar tayyorlashdagi
ahamiyati. Jismoniy tarbiya darslarida texnik vositalardan samarali foydalanish,
jismoniy tarbiya va sportda yuksak natijalarga erishi, tamoyillari va tizimlari,
mutaxassislik fanlari bo‘yicha milliy uslubiy tavsiyanomalar tayyorlash,
talabalar ta’lim tarbiya jarayonini rejalashtirish, ta’lim muassasalarida ommaviy
sport sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarish.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat asoslari fanidan muhokama
etiladigan mavzular:
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport tizimida
erishilgan ilmiy pedagogik yutuqlar tavsifi, Jismoniy tarbiya va jismoniy
madaniyat bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tadbirlari o‘quvchi va yoshlarni
jismoniy tarbiyalash va ta’lim berish muammolari ta’lim muassasalarida sinfdan
tashqari ishlar va maktabdan tashqari ishlar hamda yashash joylarida va oilada
51
jismoniy tarbiyani tashkil etish va boshqarish masalalari. Jismoniy tarbiyani
ilmiy uslubiy, moddiy texnik, tashkiliy va huquqiy asoslari, jismoniy tarbiya
jarayonida ta’lim berish va pedagogik nazoratning samarali shakl, uslublari va
vositalari. Jismoniy tarbiya tizimida milliy harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari,
urf-odatlar, an’analardan foydalanish. Qizlar va ayollarning jismoniy tarbiyalash
muammolari. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportga oid
qarorlar, qonunlar va farmonlarning tahlili.
O‘zbekistonga mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sportning
rivojlanishi tarixi va sotsiologiyasi. O‘zbekiston Respublikaisda jismoniy tarbiya
va sport va aholini sog‘lomlashtirish tadbirlariga oid ahamiyati. Milliy olimpiya
qo‘mitasi faoliyatining mazmuni va ahamiyati. Sportchilarning xalqaro arendasi
yuqori natijalari hamda xalqaro sport aloqalari. Olimpiya shuhrati muzeyini
tashkil etish maqsadining mazmuni. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda
davlat va jamiyatlarning ahamiyati. Ijtimoiy tadqiqotlarning asosiy uslublari.
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning tarixi. Jismoniy
tarbiyaning organizmiga ijobiy ta’siri va chiniqish muolajalari, milliy jismoniy
tarbiya tadbirlari haqida sharq mutafakkirlarining ta’limoti. O‘zbekistonda
milliy olimpiya qo‘mitasi va olimpiya harakati. Jismoniy tarbiya va sportga oid
ma’ruza va seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv trenirovka mashg‘ulotlari
hamda sport tadbirlari o‘tkazish. Talabalar o‘rtasida ommaviy sport
sog‘lomlashtirish tadbirlarini ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya haqidagi qonun, qaror va
farmonlar. Jamiyatda jismoniy tarbiya va sportning tutgan o‘rni. Jismoniy
tarbiya va sportni rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan
tadbirlar va davlat siyosati. O‘rta Osiyo xalqlari, Turkiy xalqlar va o‘zbek millati
tarixida jismoniy madaniyat, harbiy jismoniy tayyorgarlik, milliy sport turlari va
harakatli o‘yinlar, urf-odatlar va an’analarini ahamiyati. Sharqda jismoniy
tarbiyaning
tibbiy
asoslarining
yaratilishi,
xalq
qahramonlarining
qahramonliklari va hayoti, harbiy jismoniy tayyorgarlik usullari “Jangnoma”
asarlarida ta’riflanishi. O‘zbekistonda olimpiya harakatiga asos solinishi milliy
52
olimpiya qo‘mitasining faoliyati va xalqaro sport harakatlaridagi aloqalari.
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning traqqiyoti
o‘zbek sportchilarining halqaro sport arenalaridagi yutuqlari. Jismoniy tarbiya
va sport tarixiga oid tavsiyalar.
Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va sport tibbiyoti fani bo‘yicha
mutaxassis quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi kerak. Jismoniy tarbiya va
sport bilan shug‘ullanishda tibbiy nazoratini ahamiyati va xususiyatlari.
Jismoniy rivojlanganlik darajasini baholashni samarali uslub va shakllari.
O‘quvchilar va talabalarni sog‘lomlashtirish va tiklanish usullari shakllari va
yo‘llari. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar jarohatlanishni oldini
olish usullari. Sport natijalarini oshirishni tibbiy asoslari. Sport tibbiyotida ilmiy
tadqiqotlar tashkil etish va olib borish. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisligi
tayyorlashni tibbiyo asoslari. Organizmni qayta tiklanishida jismoniy tarbiya va
sportni ahamiyati. Kun tartibini tashkil etish va rejalashtirish. Sport tibbiyotiga
oid ma’ruzalar, amaliy va nazariy mashg‘ulotlar olib borish. Sport tibbiyotiga
doir ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarni tahlil etish.
Sport tibbiyoti va jismoniy rivojlanishini nazariy qilish orasida muhokama
etiladigan ma’ruza, seminar, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini mavzulari: sport
tibbiyotiga doir fanlar va bilimlarni tashkil etish. Jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‘ullanishda tibbiy nazoratni ahamiyati. Xususiyatlari va ularni tashkil etish.
Jismoniy rivojlanishni baholashni usul va shakllari. Jismoniy tarbiya va sport
bilan shug‘ullanuvchilarni funksional holatini aniqlashni vosita va uslublari.
O‘quvchi va talabalarni sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sportni roli.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishda jarohatlanishni oldini olishni
ahamiyati. Kun tartibi, vositalari va sport natijalarini oshirishni uslub va
shakllari. Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va sport tibbiyotida ilmiy
tadqiqotlar tashkil etish va o‘tkazish.
Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishning samarali usul va shakllari fani
bo‘yicha mutaxassis quyidagi tushuncha va tasavvurlarga, bilim, ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lishlari kerak. Pedagogika va psixologiyaning asosiy
53
qonuniyatlari. O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha
qaror va farmonlari hamda nizomlarining ahamiyati. Jismoniy fazilatlarni
takomillashtirish va rivojlantirishning vosita uslub va shakllari. Jismoniy
fazilatlarni takomillashtirishning sport moddiy texnika bazasini faoliyatini
jismoniy fazilatlarni rivojlanishining yosh xususiyatlari. Jismoniy fazilatlarini
rivojlantirishda qo‘lbola jihozlardan foydalanish.
Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishning amaliy va reyting usulida nazorat
qilish. Jismoniy fazilatlarni rivojlantiruvchi mashqlar va komplekslar. Umumiy
tayyorgarlik mashg‘ulotlarini rejalashtirish, tashkil etish. Jismoniy fazilatlarini
rivojlantirishning yangi pedagogik texnologiyalari va etuk mutaxassislarining
tajribalari. Jismoniy tarbiya va sport jarayoni nazariyasi va amaliyoti
muvofiqligi. Organizm rivojlanishi yosh xususiyatlari va jismoniy yuklamalarni
boshqarish ta’lim tarbiya jarayonini faollashtirishni samarali uslublari. Jismoniy
fazilatlarni rivojlantirishini qizlar, o‘smirlar. Bolalarda yoshi va psixologik
xususiyatlari jismoniy fazilatga mos ravishda jismoniy yuklamalarni me’yorlash
uslublari jismoniy fazilatlarni rivojlantirish jarayonida ta’limning texnik
vositalaridan samarali foydalanish.
Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishning samarali shakl va uslublari fani
bo‘yicha quyidagi mavzular tahlil qilinadi. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirish va
shakllantirishda moddiy texnika bazasini yaratish. Tarbiya vositalarini tanlash va
foydalanishni jismoniy fazilatlarni rivojlantirish samaralarini oshirish. Jismoniy
fazilatlarni rivojlantirishning yosh va jins xususiyatlari. Kuch fazilati, kuch
turlari, kuchni tarbiyalashning uslublari va tamoyillari jismoniy yuklamalarini
me’yorlash uslublari, tezkorlik fazilati. Oddiy va murakkab reaksiyalar.
Tezkorlikning fiziologik asoslari. Tezkorlikning rivojlantirish uslublari.
Chidamlilik fazilati. Umumiy va maxsus chidamlilik. Nafas olish va chidamlilik.
Chidamlilikni rivojlantirishning aerop va anaerop uslubiyoti. Chaqqonlik
fazilati. Muvozanat saqlash va makonni, zamonni xis qilish qobiliyati.
Chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyoti. Egiluvchanlik fazilati. Aktiv va passiv
harakatlar. Aktiv va passiv egiluvchanlik. Egiluvchanlikning
54
rivojlantirish uslubiyoti. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda sport jihozlari va
moslamalaridan foydalanishning samarali usullari. Jismoniy fazilatlarni
rivojlantirishda
jismoniy
qobiliyatlarni
rivojlantirishda
o‘qituvchi
murabbiylarning kasbiy mahorati. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda yosh,
jins. Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy qobiliyatlarga muvofiq yondoshish.
Jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlashni modellashtirishni asoslari
fanidan mutaxassislar quyidagi tushunchalarga, tasavvurlarga, bilimga ega
bo‘lishi kerak. Mutaxassislarni sport darajasini nazorat qilish usullari.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatni tashkiliy va uslubiyo
muammolari. Mutaxassislar mahoratini oshirish va raqobat bardoshliligini
ta’minlashni asosiy yo‘li. Ta’lim tarbiya jarayonini samaradorligini oshirish
usullari. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashni asosiy
tushunchalari va yo‘nalishlari. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida
o‘qituvchilar pedagogik mahorat va tajribalarni ommaviylashtirish. Jismoniy
tarbiya va sport mashg‘ulotlarining samarali shakl, uslub va vositalari.
Mutaxassislarni tayyorlashni rejalashtirish va nazorat qilish. Mutaxassislarni
tayyorgarligini nazorat qilishni reyting usullarini mezonlarini jismoniy tarbiya
jarayonida, jismoniy yuklamalarni me’yorlash va boshqarish. Ta’lim tarbiya
jarayonida o‘qitishni texnik vositalari, kompyuter texnologiyasi, sport jihozlari
va moslamalardan foydalanish. O‘quv tarbiya jarayonida pedagogik, didaktik,
biomexanik, gigienik, fiziologik bilimlardan foydalanish. O‘zbekiston va O‘rta
Osiyo mamlakatlari hamda horijiy mamlakatlar etuk mutaxassislarini pedagogik
tajribalarini umumlashtirish o‘quvchilar va talabalar mustaqil ta’lim olish
jarayoni ilmiy, uslubiy tashkil etish. Mutaxassislar nazariy va amaliy
tayyorgarligi takomillashtirish va nazorat qilish.
Jismoniy tarbiya mutaxassislari tayrlashni modellashtirish asoslari fanidan
quyidagi mavzular tahlil etiladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va
murabbiylarining belgilangan va kommsunitativ qobiliyati. Yangi pedagogik
texnologiyalaridan jismoniy tarbiya jarayonida o‘qituvchi va murabbiylarni
pedagogik mahorati. O‘qituvchi va murabbiylarni ruxiy va estetik
55
tayyorgarliklari, nutq majdaniyati. Pedagogik tajribalarni takomillashtirish
O‘zbekiston, O‘rta Osiyo va xorijiy mamlakatlar mutaxasislarni pedagogik
tajribalarni o‘rgatish va taxlil etish. Ta’lim tarbiya jarayonida texnik vositalash
kompyuter texnalogiyalaridan foydalanish. Yangi pedagogik texnalogiyalar.
Ta’lim tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishni uslub vositalari. Fan
dasturlarini va ularni ta’lim tarbiya jarayoniga tadbiq etish jarayonlari.
Mutaxasislar tayyorlash sportini nazorat qilishni rejalashtirish, ilmiy asosda
tashkil etish.
Jismoniy tarbiya va sportda menedjment va marketing fani bo‘yicha
quyidagi tushuncha tasavvur, bilim malakalarga ega bo‘lishi kerak. Sport
marketingini tashkil etish maqsadi va vazifalari hamda xususiyatlari, Bozor
iqtisodiyoti sharoitida shart marketingini boshqarish. Sport jihozlaridan sport
xizmatlaridan foydalanish. Sportda xomiylik va retsenziyalash. Sport marketingi
kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish. Jismoniy tarbiya va
sportda mablag‘ bilan ta’minlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy tarbiya
va sportda menedjment. Jismoniy tarbiya va sportda reklama, targ‘ibot va
tashviqot tadbirlari. Jismoniy tarbiya va sportda menedjment va marketing
huquqiy , moddiy texnik va tashkiliy asoslari. Jismoniy tarbiya va sportda
menedjment va marketing tizimini rejalashtirish, boshqarish va foydalanish.
Jismoniy tarbiya va sportda menedjment va marketing fani bo‘yicha quyidagi
mavzuda tahlil etiladi. Jismoniy tarbiya va sportda menedjment va marketingni
maqsadi va vazifasi. Jismoniy tarbiya va sportda mablag‘ bilan ta’minlashni
xususiyatlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida. Jismoniy tarbiya va sportda
menedjment va marketingni tashkil etish. Jismoniy tarbiya va sportda
menedjment va marketing boshqarish va uning xususiyatlari. Sport jihozlari,
inshootlari va mutaxassislari g‘oya va rejalari va sport xizmatlarini tashkil etish.
Reklama targ‘ibot, tashviqot qilish. Jismoniy tarbiya va sportda homiylik
retsenziyalash tadbirlari.
56
Xulosa
Kurs ishiimizda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylarining
kasbiy faoliyati shakllari va turlari tahlil etildi. Jismoniy tarbiya mutaxassislari
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tayyorlanadilar. Ularning ta’lim
tarbiya jarayoni nazariy bilimlar va amaliy malaka va ko‘nikmalar egallash
shakllaridan iborat bo‘ladi.
Nazariy bilimlar ma’ruza, seminar va tajriba mashg‘ulotlari davomida berib
boriladi va o‘zlashtiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda sport turlari va jismoniy
harakatlarning texnik va taktik shakllari o‘rganiladi xamda jismoniy fazilatlar
takomillashtirilib boriladi.
Shuningdek sport turlari bo‘yicha mutaxassislik mashg‘ulotlarida texnik va
taktik xamda jismoniy tayyorgarlikdan ega bo‘lgan sport tayyorgarligi malaka
va ko‘nikmalari shakllantiriladi. To‘liq mutaxassislikka ega bo‘lgan jismoniy
tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylari faoliyati ta’lim muassasalari xamda
yashash joylarida jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil
etish va boshqarishdan iborat bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badan tarbiya,
jismoniy tarbiya darslari, dars davomidagi fikult daqiqalar, katta tanaffusdagi
harakatli o‘yinlar, sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar, sport musobaqalari va
bayramlar, kun tartibidagi sayrlar va sayyohlik yurishlaridan iborat bo‘ladi.
Bolalar bilan yashash joylarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya tadbirlari
harakatli o‘yinlar, sport mashg‘ulotlari, musobaqalar, bellashuvlar va bayramlar
shaklida tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya mutaxassislari bolalar va aholi bilan jismoniy tarbiya sport
va sog‘lomlashtirish tadbirlarini nazariy mashg‘ulotlar, amaliy mashg‘ulotlar
shakllarida tashkil etadilar. Nazariy bilimlar jismoniy mashqlar va sport
turlarining maqsadi va vazifasi, shakllari xamda ularning organizmga ta’siri kabi
masalalarni o‘rgatadi. Amaliy mashg‘ulotlarda jismoniy harakatlar malaka va
ko‘nikmalari shakllantiriladi. Sport turlari harakatlarining texnika va taktikasi
egallanadi xamda jismoniy fazilatlar rivojlantiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda
57
shug‘ullanuvchilar harakatlarni amalda bajarib malaka va ko‘nikma xosil qiladi.
Buning uchun jismoniy tarbiya mutaxassislari mashqlarni amalda bajarib
ko‘rsatadilar. Bu murabbiylarni amaliy tayyorgarliklari yuqori bo‘lishligini talab
etadi.
Jismoniy tarbiya mutaxassislarining barcha faoliyat turlari bolalarni va
aholini sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal etishga
qaratilgan bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy
tayyorgarliklarini takomillashtirish hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini
samarali tashkil etilishi bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kasbiy
tajribalarini ortirib borish keng tashkil etilgan.
Kasb hunar kollejlari jismoniy tarbiya mutaxasssilarining kasbiy
tayyorgarliklarini takomillashtirish maqsadida har uch yilda kasbiy malaka
oshirish va qayta tayyorlash tashkil etiladi. Kasbiy malakalarni oshirishda va
qayta tayyorlash jarayonlarida tinlovchilarga jismoniy tarbiya va sport
sohasining etuk mutaxassislari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar.
Mashg‘ulotlar
yangi
pedagogik
texnologiyalar
asosida
tashkil
etilib
tinglovchilarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bilimlari bilan birga
iqtisodiy va xaquqiy bilimlari, horijiy tillarni o‘rganish darajalari hamda ta’lim
va tarbiya jarayonlarida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish
malakalari ortirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |