Ikkinchi laboratoriya mashg'ulot da quyidagi dori moddalarning tahlili olib boriladi.
Solutio Ergocalciferoli oleasa 0,125%
Ergocatsiferolning 0,125 moydagi eritmasi
Solutio Vitamini D2 oleosa
D2 vitaminning moydagi eritmasi
Tarkibi.
Kristallik ergokalsiferol . . . . .1,25 g
Presslash usulida olingan
soya (GOST 7825-55) yoki kungaboqar
rafinirlangan moyi (GOST 1129-55) . 1 l gacha
Tasvirlanishi. Och sariqdan to’q sariq ranngacha bo’lgan tiniq suyuqlik, hidsiz.
Chinligi. 0,1 ml preparatni 1 ml xloroformda eritiladi, 2% atsetil xlorid saqlagan surma xloriddan 6 ml qo’shilganda zarg’aldoq-pushti rang hosil bo’ladi.
Alyuminiy oksidi qotirilgan plastinkaning start chizig’iga narkoz uchun ergokalsiferolning, 1 ml da 1,25 mg (50 000 XB) ergokalsiferol va 0,04 ml preparatning xloroformdagi eritmasini saqlovchi (1:1, hajm bo’yicha) standart namunasidan 0,02 ml tomiziladi. Plastinkani darhol bir necha tomchi dimetilformamid qo’shilgan (4-5 tomchi 100 ml ga) narkoz uchun xloroform solingan xromatografik kameraga joylashtiriladi. Erituvchilar fronti 10-12 sm ga ko’tarilgach, plastinka kameradan chiqariladi va 2% atsetil xlorid saqlagan surma xloridning xloroformdagi eritmasi bilan purkaladi. Xromatogrammada ergokalsiferolning zarg’aldoq rangli dog’i hosil bo’ladi. Ushbu dog’ va start chizig’i orasida faqat bitta qo’shimcha dog’ hosil bo’lishiga ruxsat beriladi.
Miqdoriy tahlil. Preparatning aniq tortimiga (1 g atrofida) 0,1 g gidroxinon, 30 ml 95% spirt, 3 ml 50% kaliy gidroksidning eritmasidan qo’shilib, 30 daqiqa davomida qaytar sovutkich ulagan holda suv hammomida isitiladi. Kolbadagi eritma sovutiladi, so’ng 50 ml suv qo’shilib, sovunlanmaydigan fraksiya (ergokalsiferol) ajratkich voronkada asta-sekin aralashtirgan holda, 1 marta 50 ml va 2 marta 30 ml efirdan foydalanib narkoz uchun efir bilan ekstraksiya qilinadi. Efir ajratmalari birlashtiriladi va 30 ml dan fenolftalein bo’yicha salbiy reaksiya bermaguncha suv bilan yuviladi. Yuvilgan efir ajartmasiga 8 g atrofida suvsiz natriy sulfat solib vaqti-vaqti bilan chayqatib turgan holda 30 daqiqaga qorong’u joyda qoldiriladi. So’ng ajratma haydash kolbasiga qog’oz filtr orqali filtrlanadi. Natriy sulfat va filtr efir bilan bir necha marta 10 ml dan yuvilib, xuddi shu kolbaga yig’iladi. Qoldiq xloroformda eritiladi va aniq miqdori o’lchab olinib sig’imi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga o’tkaziladi, eritma hajmi xloroform bilan belgisigacha suyultiriladi. Bu eritmaning 1 ml ga shliflangan tiqinli probirkada 6 ml 2% atsetil xlorid saqlagan surma xloriddan 6 ml qo’shiladi. 2 daqiqadan so’ng eritmani qatlam qalinligi 1 sm bo’lgan kyuvetaga solib , surma xlorid eritmasini qo’shgandan so’ng aniq 3 daqiqa o’tgandan o’tkazish maksimumi 500 nm bo’lgan svetofiltrdan foydalanib eritmaning optik zichligi o’lchanadi. Asbob xloroform eritmasi yordamida nolga keltiriladi.
Parallel ravishda 1 ml da 0,05 mg (2000 XB) ergokalsiferol saqlovchi xloroformning standart eritmasi reaksiya o’tkaziladi.
1 ml preparat tarkibidagi ergokalsiferolning milligramlardagi miqdori (X) quyidagi formula orqali hisoblanadi:
,
bu yerda D1– preparat sovunlanmaydigan fraksiyasining xloroformdagi eritmasining optik zichligi;
D2– ergokalsiferol standart namunasining optik zichligi;
0,05 – 1 ml preparat tarkibidagi ergokalsiferolning milligramlardagi miqdori, mg;
– preparat tortimi, g;
– preparat zichligi.
1 g ergokalsiferolga 40 000 000 XB vitamin D2 ga mos keladi.
1 ml preparatdagi C28H44O miqdori 1,1-1,5 mg (44 000 – 60 000 XB) bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |