II.2.Sport seksiyalarida bolalarni tanlashda xalq harakatli oʻyinlari
Harakatli o’yinlar, estafeta o’yinlari maktab sport seksiyasida Yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.Harakatli o’yinlar basketbol, voleyvol, futbol, qo’l to’pi va boshqa Seksiyalarda ko’proq qo’llaniladi. Shuningdek, gimnastika, yengil Atletika va suzish seksiyalarida ham harakatli o’yinlardan foydalaniladi.Seksiyalarda har xil o’yinlardan muntazam ravishda o’rinli Foydalanish o’quvchilarning jismoniy jihatdan o’sishlariga, orttirgan Malakalarining takomillashuviga anchagina yordam beradi. O’quvchilarda zaruriy jismoniy xislatlarni taraqqiy ettirish uchun Jismoniy tarbiya darslarida ilgari o’tilgan o’yinlarni qaytarib turish mumkin. Bunda ilgari o’tilgan o’yinni yangi qoidalar asosida yangi Variantlarda o’tish lozim.Seksiyalar ishida harakatli o’yinlardan foydalanish bolalarning Yosh xususiyatlariga, shuningdek, mahalliy va mavsumiy sharoitlarga Bog’liq bo’ladi. Uncha tayyorgarlik ko’rmagan kichik yoshdagi O’quvchilarga juda ko’p va xilma-xil o’yinlar o’rgatilad.
Ko’proq tayyorgarlik ko’rgan guruhlarda o’yinlar kamroq oʻ’tkaziladi. O’zbekistonda bahor, yoz va kuz paytlarida ayniqsa basketbol, voleybol, qo’l to’pi, tennis va yengil atletika seksiyalari ishlab turishi lozim. Bunday vaqtlarda “Dasta chikaldak” (chillak o’yini),“Qoziq o’yini”, “Kamalak”, “Oq tosh” singari milliy va rus xalq O’yinlaridan foydalanish lozim.Turli harakatli o’yinlar va sport xarakteridagi o’yinlardan, Shuningdek, har xil yengil atletika mashqlaridan foydalanish paytida oʻquvchilarda musobaqalarga qiziqish uyg’otish lozim. Bu eng yaxshi yutuqlarga erishishga yordam beradi.O’quvchilar ko’pincha o’yinga berilib ketib, uni o’zgartiradilar, Eski qoidalarni yig’ishtirib qo’yib, yangilarini o’ylab chiqaradilar, Maqsadga erishish yo’lini qiyinlashtiradilar va shu tariqa yangi o’yinni Vujudga keltiradilar. Ana shuning uchun ham o’yinni qaytarishdan (ayniqsa bu qaytarish bolalarning istagi bilan bog’liq bo’lgan hollarda) Sira qo’rqmaslik kerak.
Xulosa
Xalqning sog’lig’ini mustahkamlash O’zbekistondagi jismoniy madaniyatning asosiy vazifasidan biridir. Istiklol davrida, ayniqsa, sport va jismoniy tarbiyaga e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Jismoniy tarbiya oldida jismoniy madaniyat va sportni xalqimizning hayotiga ko’proq singdirish; yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashda jimoniy tarbiya va sportning barcha turli-tuman shakllaridan, jumladan, xalq an’analaridan keng foydalani, insonlarning sog’ligini yaxshilash vaularni Ona Vatan mudofaasiga tayyorlash va Shu singari katta vazifalar turibdi. Xalqimizning milliy o’yinlari esa ana Shu maqsadda keng qo’llanib kelinayotgan muhim jismoniy va sport vositalaridan biridir. Shuning uchun xalq milliy harakatli o’yinlariga e’tiborni kuchaytirish zaruriyati yanada yaqqol ko’rinmoqda.
Qadriyatlarga e’tibor qaratish SHarq xalqlari madaniyatining juda ko’p unsurlari (elementlari) ni saqlab qolishga va ulardn amaliy foliyatda foydalanishga imkoniyat yaratiladi. Qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar va milliy bellaShuvlar qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular xalq marosimlarida, rasm-rusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mustahkam o’rin olgan jismoniy madaniyatning, rasm-rusumlarida va mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mutahkam o’rin olgan. Jismoniy madaniyatning bunday o’ziga vositalar yordamida bobolarimiz o’sib kelayotgan avlodda chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi xususiyatlarni shakllantirganlar. Farzandlarini hayot qiyinchiliklariga vatabiatning qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |