I.Kimyoning asosiy tushunchalari.
Atom – kimyoviy elementning oddiy va murakkab moddalar molekulasi tarkibiga kiruvchi eng kichik zarrachasidir.
Atom – musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida aylanib yuruvchi manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.
Molekula – ayni moddani kimyoviy hossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha.
M: kislorod – O2,vodorod – H2,azot – N2
Kimyoviy element –”element” so’zi tarkibiy qism degan manoni anglatadi.Yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turi kimyoviy element deyiladi.Hozirgi kunda 118 ta kimyoviy element bor.
Oddiy moddalar – bir element atomlaridan tuzilgan moddalar.
M; O2,Fe,S,C,P,H2,
Murakkab moddalar – bir nechta element atomlaridan tuzilgan moddalar.
M; KCl, H2O, KMnO4, SO2
Do'stlaringiz bilan baham: |