Teatrshunoslik
Teatrshunoslik
- teatr tarixi va nazariyasini oʻrganuvchi fan. Mustaqil ilmiy yunalish sifatida
teatr sanʼatining umumiy taraqqiyoti bilan bogʻliq holda 20-asrda shakllangan. T. dastlab, asosan
drama teatrlari faoliyati bilan bogʻlangan bulsa, keyinchalik opera va balet, operetta, musiqali
drama, bolalar teatri, qoʻgʻirchoq teatri, teatr lool taʼlimi, sahna nutqi, dekoratsiya sanʼati, teatr
libosi va pardozi, sahna harakati, havaskorlik teatri sohalari va yoʻnalishlarini uz ichiga oladi.
T. kurtaklari Sharq va Gʻarb mamlakatlarida teatr sanʼatini shakllanishi va taraqqiyoti bilan
bogʻliq holda turli davrlarda, kup hollarda tarix, falsafa, adabiyotshunoslik fanlari ichida vujudga
kelib, mukammalashib borgan. Teatr amaliyotini nazariy jihatdan umumlashtirish Yunoniston,
Rim, Hindiston, Xitoyda paydo bulgan. Aristotelning "Poetika"si sanʼat, jumladan, drama va teatr
nazariyasi buyicha birinchi tajribadir. Gʻarbiy Yevropada dramaturgiya va teatr sanʼatini tadqiq
etish Uygʻonish davrida antik davrda yaratilgan qoʻlyozmalarni oʻrganishdan boshlangan.
Angliyada 16-asrda gumanistlar teatr sanʼatining axloqiy tarbiyadagi Urni, estetik ahamiyatini
yoklab bir qator ilmiy asarlar yozishgan. Alohida yoʻnalish sifatida drama nazariyasi rivojlanadi.
18-asr teatr tanqidchiligi ham rivojlana boshlaydi. 19-asrning 2yarmida Angliyada T.ning ilmiy
uslub va tamoyillari qaror topadi. Germaniyada T.ning ilmiy poydevori 18-asrda qoʻyildi:
I.K.Gotshed tadqiqotlaridan boshlandi. 18-asr oxiri va 19-asr boshida Gyote va Shiller T.
taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdi. 19-asrning 2yarmida koʻplab T. ishlari, memuarlar, bibliografik
manbalar nashr qilindi. 90y.lardan Bonn va Leypsig untlarida maxsus T. kurelari uqitilib, Kyoln va
Kilda T. ilmiy tadqiqot intlari ish boshladi. 1902-yil Berlinda teatr tarixini oʻrganish jamiyati
tuziladi. Fransiyada T. yozuvchi va faylasuf D.Didro asarlarida (18-asr) yorqin kurindi. 19-asrning
2yarmi, 20-asr boshlarida teatr tarixi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati buyicha fundamental
tadkikrtlar yaratildi. 1933-yilda Fransiyada teatr tarixi jamiyati tuzildi. Rossiyada 19-asrda
P.I.Sumarokov, A.Pushkin, N.Gogol, V.Belinskiy va boshqa T. rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 1939-
yil Peterburgda Teatr, musiqa va kinematografiya instituti ish boshlaydi. 20-asrning 60—
80y.larida mazkur dargoxlarda bir qator oʻzbek teatrshunoslari nomzodlik va drlik
dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Sobiq ittifoq doirasida boshqa milliy teatrlar qatorida
oʻzbek teatri boʻyicha ham monografiya va maqolalar eʼlon qilingan. Bu oʻrinda O.Olidor
(Kaydalova), M.Grigoryev kabilarning xizmatlari alohida.
Oʻzbekistonda T. mustaqil fan sifatida 20-asrning 50y.larida shakllandi. Bunda hozirgi Sanʼat
intining oʻrni katta. Int malakali teatrshunos kadrlarni tayyorlab yetishtira boshlashi bilan
etnografiya, adabiyotshunoslik doirasida tetapoya qila boshlagan ilmiy yoʻnalish professional
yulga chiqib oldi. Biroq T.ning dastlabki koʻrinishlari Furqat, M.Behbudiy va boshqalarning
maʼrifatchilik yoʻnalishidagi maqolalarida yevropa shaklidagi yangi teatr yaratish harakati bilan
bogʻliq holda paydo boʻlgan. 1914-yil Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda teatr
jamoalari tarkib topib, xalq madaniy hayotidan oʻrin ola boshlashi bilan, teatr tanqidchiligi ham
paydo boʻldi. Mirmulla, Mirmuhsin Shermuhamedov, Fitrat, Gʻ.Yunus, S.Husayn, Choʻlpon, S.Siddiq
kabi tanqidchilar aniq spektakllarga taqriz yozish bilan cheklanmay, teatr jarayoni, tajribalarni
umumlashtirishga kirishadilar. Shu tariqa T.ning dastlabki koʻrinishlari maydonga keladi.
20y.lardayoq T.da 2yoʻnalish koʻzga tashlanadi: biri — anʼanaviy teatr tarixini oʻrganish (Gʻ.Zafariy
va boshqalar), ikkinchisi — yangi teatr tajribalarini umumlashtirish (S.Husayn, Choʻlpon va
boshqalar). 1929-yilda S.Husaynning "Oʻzbek teatri" toʻplami, 1935-yilda M.Solihovning "Oʻzbek
teatri tarixi uchun materiallar" kitobi bosilib chiqdi.
40—50y.larda teatr tarixini oʻrganishga asosan 2 tashkilot — Sanʼatshunoslik i.t. instituti, Teatr
va rassomlik sanʼati instituti qoshida tashkil topgan teatr va xoreografiya boʻlimi (1940) va
teatrshunoslik kafedrasi xodimlari tomonidan olib borildi. T.ning keyingi taraqqiyotida shu intni
bitirib chiqqan M. Rahmonov, M. Qodirov, T.Bayandiyev, F.Joʻrayev, L.Avdeyeva, T.Tursunov,
V.Dyachenko, S.Tursunboyev, E.Ismoilovlar teatr tarixiga oid turli mavzularda tadkiqot ishlari
olib bordilar. Bu ishga Moskva teatr sanʼati intini tugatgan X.D.Ustaboyeva, A.Ribnik, Ya.Feldman
kabilar ham oʻz hissalarini qoʻshdilar. 50—80y.lar anʼanaviy va yangi oʻzbek teatri tarixi boʻyicha
manbalar toʻplash va ularni tartibga solish avj oldi. "Hamza nomidagi teatr" (oʻzbek va rus tilida,
1957), M.Rahmonovning "Hamza va teatr" (oʻzbek va rus tilida, 1958), Ya.Feldmanning "Xarakter
naroda i ssenicheskiye obrazoʻ" (1962), M.Qodirovning "Oʻzbek xalq ogʻzaki dramasi" (1963),
mualliflar guruhi tayyorlagan "Uzbekskiy sovetskiy teatr" (1966), S.Tursunboyevning "Andijon
teatri" (1970) kitoblari shular jumlasidan. T.Tursunovning dramaturgiya tarixi, T.Bayandiyevning
qoraqalpoq teatri tarixi boʻyicha tadqiqotlari bosildi. Keyinchalik M. Rahmonov, M.
Qodirovlarning monografiyalari tufayli Oʻzbekiston hududida oʻtmishda anʼanaviy teatr uzluksiz
faoliyat koʻrsatib kelganligi isbot qilindi. Teatrshunoslarning 2-boʻgʻini T.Izlomov, E.Muxtorov,
M.Toʻlaxoʻjayeva, M.Hamidova, Ye.Panova, T.Yoʻldoshev, I.Rahimjonov, N.Zohidova, N.Kim,
R.Azizova, H.Ikromov, K.Umurzoqovlar aktyorlik sanʼati, rejissura, musiqali drama janri,
dramaturgiya, bolalar teatri, sahna nutqi sohalarida i.t. ishlari olib bordilar. S.Kdsirova,
S.Axmedov, O.Rizayev, D.Raxmatullayeva, Sh.Rizayev, N.Qurbonboyeva, O.Tojiboyeva,
B.Shodiyevlardan iborat teatrshunoslarning 3boʻgʻini ham T. fani metodologiyasi va yutuklariga
tayangan hodda teatr sanʼatining turli yoʻnalishlarida i.t. ishlari olib bormoqdalar. T. fani ichida
raqsshunoslik va sirkshunoslik tarkib topdi. Dastlab rake sanʼatini Gʻ.Zafariy bilan etnograf Iraida
Vaxta oʻrganishga harakat qildilar. Musiqashunos Ye. Romanovskaya xamkorligida Fargʻona
mumtoz raqsi "Katta oʻyin" yozib olindi. Lekin haqiqiy raqsshunoslikning paydo boʻlishi Lyubov
Avdeyeva nomi bilan bogʻliq. Uning "Tamara Xanum" (1956), "Mukarrama Turgunbayeva" (1958),
"Oʻzbekiston rake sanʼati" (rus va oʻzbek tilida, 1963, 1966), "Balet Uzbekistana" (1973)
monografiya va ijodiy portretlari nashr etilgan. Roziya Karimova "Ferganskiy tanets" (1973),
"Xorezmskiy tanets" (1975), "Buxarskiy tanets" (1977) nomli kitoblarida oʻzbek anʼanaviy rake
sanʼatining asosiy yoʻnalishlariga xos raqs harakatlarini tizimli bayon etgan va shularga tayangan
holda "Tansoʻ ansamblya Baxor" (1979), "Tansoʻ Ravii Atadjanovoy" (1983), "Uzbekskiye tansoʻ
v postanovke Isaxara Akilova" (1987) raqs toʻplamlari yuzaga keldi.
Oʻzbek sirki tarixini oʻrganish boʻyicha Toʻlqin Obidov (1933— 1997)ning xizmati katta. Uning
"Dorbozlar qissasi" (1963), "Mastera uzbekskogo sirka" (1973), "Arena Akrama Yusupova"
(1976), "Oʻzbek polvonlari" (1979) risolalari va ayniqsa, "Traditsionnoʻy sirk v Uzbekistane.
Genezis i evolyutsiya" mavzuida Moskvada ximoya kilgan drlik dissertatsiyasi (1990)
sirkshunoslikning tarkib topishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. 20-asr sirk tarixini oʻrganishda
Poʻlat Toshkanboyevning ishlari eʼtiborlidir.
Mustaqillik davrida demokratik gʻoyalar, milliy gʻurur, Vatan tuygʻusining kuchayishi
teatrshunoslarni anʼanaviy teatr tarixiga alohida eʼtibor berib, mavjud kemtiklarni tuldirishga, 20-
asr teatr tarixini kayta koʻrib chiqish, uni uzluksiz tarixiy jarayon sifatida qarashga daʼvat etdi.
Tomosha sanʼati, bayramlar tarixini oʻrganish sezilarli darajada oʻsdi. 20-asr oʻzbek teatrini yaxlit
holda tadqiq etishda M. Rahmonov, M. Krdirov, E. Muxtorov, M. Toʻlaxoʻjayeva, T. Islomov, M.
Hamidova, S. Krdirova, D. Rahmatullayeva, Ye. Panova va boshqalarning ishlari eʼtiborli boʻldi.
Ayniqsa, M. Rahmonovning 2000-yil Oʻzbek milliy akademik drama teatri tarixining 1-kitobi nashr
qilinishi, M. Rahmonov, M. Toʻlaxoʻjayeva, E. Muxtorov tomonidan shu tarixning 2-kitobi nashrga
tayyorlanishi T.da katta vokeadir. Shuningdek, L. Avdeyevaning "Bernora Qoriyeva" (1995),
"Oʻzbek milliy raqsi tarixidan" (oʻzbek va rus tillarida, 2001), L. Avdeyeva, M. Qodirov, Yu.
Ismatovalarning "Tanavor raqsi jilolari" (oʻzbek va rus tillarida, 2002), R. Karimovaning "Oʻzbek
raqslari" (2003) kitoblari raqsshunoslikka muxim hissa boʻlib qoʻshildi.
Teatrshunoslar bevosita mustaqillik yillarida teatr sanʼatida yuz bergan uzgarishlarni, oqim va
tendensiyalarni chuqur oʻrganish, istiqbolini belgilash ishiga ham muhim hissa qoʻshmoqdalar.
Sanʼatshunoslik i.t. instituti tomonidan chiqarilgan "Oʻzbekiston sanʼati (1991—2001)"
tadqiqotidan teatr, raqs va sirk sanʼati oʻrin olgan. Ayniqsa, 2002-yil "Uzbekteatr" tomonidan
nashr etilgan "Istiqlol va milliy teatr" toʻplami muhim voqeadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |