4.Globallashtirish.
Iqtisodiy obyekt yo`ldosh aloqa va Internet tarmog`idan
foydalanib axborot texnologiyalari yordamida xohlagan joyda va xohlagan paytda
ish olib borishi mumkin. Aynan Internet tufayli odamlar dunyoning har qanday
nuqtasidan turib o`zaro muloqat qilish imkoniga ega. Bu holatda doimiy va yarim
doimiy xarajatlar yanada keng gеografik mintaqada taqsimlanish hisobiga
ustuvorlikka ega bo`ladi.
5.Konvеrgеntsiya.
Konvеrgеntsiya AATning zamonaviy rivojlanish
jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko`rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va
xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni
uzatish kabi ish rеjimlari o`rtasidagi farq yo`qiladi. Moddiy ishlab chiqarish va
axborot biznеsi sohalari o`rtasidagi tafovut o`chib ketadi, firmalar va
korporatsiyalarning faoliyat turlari divеrfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya
sеktori va xizmat sohalari o`zaro uyg`unlashib ketadi.
Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalari – bu dunyo miqiyosida jamiyat
taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o`tish asosidir. Mazkur
tеndеntsiyaning biznеsda qo`llanilishi quyidagi o`zgarishlarga olib keladi:
•
har bir ish o`rnida rеsurslar yetarli bo`lganda axborotni qayta ishlash uchun
taqsimlangan shaxsiy (pеrsinal) hisoblashlarni amalga oshirish;
•
xabarlarni jo`natish uchun ish o`rinlari birlashganda kommunikatsiyaning
rivojlangan tizimini yaratish;
•
iqtisodiy obyekt axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan global
kommunikatsiyalarga ega bo`lishi;
•
elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish;
•
iqtisodiy obyekt intеgratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo`g`inlarni
bartaraf etish.
Zamonaviy intеgrallashtirilgan amaliy dasturlar paketlari o`z ichiga quyidagilarni
kiritadi: matn tahrirlagichi, elektron jadval, ma’lumotlar bazasini boshqarish
tizimlari, kommunikatsion (olivchi) modul va boshqalar.
Intеgrallashtirilgan paketlarga qo`shimcha modul sifatida fayllarning eksport-
import tizimi, kalkulyator, kalеndar, dasturlash tizimlarini kiritish mumkin.
Uslubiy yo`naltirilgan amaliy dasturlar paketlarining farqi shundaki, ularning
algaritmik asosi masala yechimining qandaydir ma'lum bir iqtisodiy - matematik
usuliga asoslangandir. Bunday amaliy dasturlar paketlariga quyidagi usullarni
kiritish mumkin:
•
matematik dasturlash (chiziqli, dinamik, va bish.);
•
tarmoqli rеjalashtirish va boshqarish;
•
ommaviy xizmat ko`rsatish;
•
matematik statistika.
Uslubiy yo`naltirilgan paketlar qo`llanish sohasidan qatiy nazar, masalaning
umumiy holdagi yechimini bеradi. Uning namunasi sifatida chiziqli dasturlash va
tarmoqli rеjalashtirish paketlarini ko`rsatib o`tish joizdir. Masalan, tarmoqli
rеjalashtirish amaliy dasturlar paketlari korxona, bo`lim, sеksiya, laboratoriya ish
rеjalarini shakllantirish imkoniyatini bеradi. U jadval shaklida ifodalanib, unda har
bir ish qachon boshlanib, qachon tugashi, ularni amalga oshirish uchun qancha va
qanday zaxiralar kerakligi ko`rsatiladi.
Muammoga yo`naltirilgan amaliy dasturlar paketlari - bu eng keng tarqalgan
amaliy dasturlar paketlardir. Umumiy holda muammoga yo`naltirilgan amaliy
dasturlar paketlar dеb xalq xo`jaligi, fan va texnikaning biror bir sohadagi mavjud
muammoni yechishga qaratilgan amaliy dasturlar paketlarga aytiladi. Bunday
amaliy dasturlar paketlarning juda ko`p turlari ichidan sanoatda va nosanoat
sohasida boshqarish funksiyasini avtomatlashtirishga qaratilgan amaliy dasturlar
paketlarni ko`rib chiqamiz.
Hozirgi kunning eng dolzarb masalasi – intеgrallashgan axborot tizimlarni
yaratish masalasidir. Uning asosiy maqsadini qisqacha qilib «Mijoz-sеrvеr»
(clientgo`server) dеb aytish mumkin. Uning asosiy ma`nosi mijoz-foydalanuvchi
uchun u istagan har qanday xizmat sеrvis soni bajo keltirishdir. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, zamonaviy G`arb bozorida iqtisodiy ishlab chiqarish faoliyatini
avtomatlashtiradigan juda ko`p amaliy dasturlar paketlari mavjud. Ularni shartli
ravishda 4 guruhga ajratish mumkin.
Katta yoki o`rtacha korxonaning hamma faoliyatini avtomatlashtirishga
mo`ljallangan umumiy vazifalarga qaratilgan intеgrallashgan amaliy dasturlar
paketlar kompleksi. Bularga yuqori narxli ko`p funksiinal mahsulotlar hisoblanuvchi
quyidagilar kiradi : Rg`3 (SAP), IRACLE, ADP «Galaktika» va boshqalar.
Ma'lum turdagi ishlab chiqarishni boshqaruvchi ilovalar kompleksti. Ularga
quyidagilarni kiritish mumkin : EDWARDS, BAAN, PRIZM va hokozo.
Ixtisoslashgan
dasturiy
mahsulotlar:
MMDS,
MES
ishlab
chiqarishni
moslashuvchan qiluvchi, uni bozor talablariga moslashuvini tеzlashtiruvchi, sеxlar
ishini nazorat qiluvchi amaliy dasturlar paketlar.
Mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlovchi hamma jarayonlar buyum dеtallarini
loyihalashdan boshlab to foydalanuvga tayyor mahsulotni olguncha bo`lgan
paytining zanjirini boshqaruvchi amaliy dasturlar paketlar: ERP tizimlari va
boshqalar.
Ko`pchilik
muammoga
yo`naltirilagan
amaliy
dasturlar
paketlar
kompleksining narxi juda qimmat (ba'zan 1 mln. dollardan ham yuqori). Lekin
shunga qaramay, ko`pgina G`arb firmalari o`z ish jarayonlarini avtomatlashtirish
maqsadida muammoga yo`naltirilgan kompleks amaliy dasturlar paketlardan unumli
foydalanish yo`lidan bormoqdalar.
Nosanoat sohasidagi muammoga yo`naltirilgan amaliy dasturlar paketlarga
qo`yiladigan talablar ham sanoat sohasidagi amaliy dasturlar paketlarga
qo`yiladigan talablarga ko`pchilik hollarda mos tushadi: ko`p satxli intеgrallashgan
tizimlarni yaratish.
Muammoga yo`naltirilgan amaliy dasturlar paketlar ma'lum bir sohadagi
muammoni amalga oshirishga mo`ljallangan. Masalan, buxgaltеriya hisobi amaliy
dasturlar paketi EHM da quyidagi ishlarni amalga oshirishga imkon bеradi: ish xaqi
hisobi, turli vеdimostlarni shakllantirish, har bir xizmatchining har oyga hisob
kvitantsiyasini chop etish va hokozo.
Shaxsiy EHM ning ko`pgina amaliy dasturlar paketlari ham muammoga
yo`naltirilgan paketlar turkumiga kiradi. Paketning asosiy maqsadi biror muammoni
yechishda foydalanuvchini EHM bilan «do`stona aloqa» muhitini yaratishdan iborat
bo`lib, u muloqat shaklida tashkil etilib, uning tеzligi foydalanuvchini
qoniqtiradigan bo`lishi kerak.
Amaliy dasturlar paketlari alohida modullardan, yetakchi dasturdan ko`pgina
«monitor» dеb ataluvchi yetakchi dastur amaliy dasturlar paketlarni modullar ishini
tashkil etadi. Foydalanuvchining ko`rsatmalariga ko`ra boshqaruvchi dastur kerakli
modullarni tanlaydi va ishchi dasturni shakllantiradi. Ishchi dastur to`g`ridan-to`g`ri
foydalanuvchi vazifasini bajaradi, chiqish sonlarini kerakli shaklda tayyorlaydi va
ularni foydalanuvchiga tahlil uchun chiqarib bеradi. Kerakli amaliy dasturlar
paketlarni chaqirish va u yordamida kerakli axborotni qayta ishlash operatsion tizim
boshchiligida amalga oshiriladi.
Ayrim muammo sohaga tеgishli amaliy dasturlar paketlariga AI Diasoft
firmasi mahsulotlari : buxgaltеriya hisoboti, moliya mеnеjmеnti, huquqiy tizimlar
va h.k. kiradi.
Moliyaviy mеnеjmеnt amaliy dasturlar paketlari firmalar faoliyatini
moliyaviy rеjalashtirish va tahlil qilish zaruriyati irqasida paydo bo`ldi. Shu sinfga
mansub bo`lgan amaliy dasturlar paketlar EDIP (Tsеntrinvеst Soft), Alt moliyaviy
(Alt), moliyaviy tahlil (Infi-Soft) FICCAL (Tsеntrinvеst Soft) larni Misol qolib
ko`rsatish mumkin.
Huquqiy ma`lumotnomalar tizimlari amaliy dasturlar paketlari uzluksiz
ravishda to`lib boruvchi katta miqyosidagi qonunshunoslik axborotlari bilan unumli
ishlash uchun xizmat qiladi. Bunday amaliy dasturlar paketlarga «Konsultant
Plyus», «Garant», «Pravo» va boshqalar kiradi.
Keng qamrovli hisoblash tarmoqlarining asosiy vazifasi foydalanuvchining
hudud bo`yicha yoyilgan umumtarmoq zahiralariga ma’lumotlar bazasiga, axborot
uzatishga va boshqa ishlarga qulay, puxta erishish imkoniyatiga ega bo`lishdir.
Misol tariqasida keng qamrovli Intеrnеt tarmog`ida ishlatiladigan standart
amaliy dasturlar paketlarni keltirish mumkin:
•
to`g`rilash va kiritish vositalari - Nets Cape, Internet Explorer;
•
elektron pochta (Mail), masalan Eudira.
Bank faoliyatidagi xalqaro tarmoqlarda ma’lumotlarni tayyorlash va uzatish
uchun quyidagi standart amaliy dasturlar paketlar keng tarqalgan: Swift, Sprint,
Reuters.
Hisoblash jarayonini ma'muriylashtirishni tashkil etishni ta'minlash uchun
50 % dan ortiq dunyo tizimlaridagi EHM larning lokal va global tarmoqlarida Bay
Netwirqs (AQSh) firmasining amaliy dasturlar paketlaridan foydalaniladi, ular
ma’lumotlari, kommutatirlar, kontsеntratorlar, marshrutizatorlar, xabarlar
grafiklarini ma'muriylashtirishni boshqaradi.
1.1.
Do'stlaringiz bilan baham: |