Zardo’sht ta’limotining bunday yaxlit mushriklik tizimi sifatida muayyan siyosiy-ijtimoiy va tarixiy
sabablarga ko’ra bizning o’lkalarda emas, balki hozirgi Eron hududida Sosoniylar sulolasi hukmronligi
davrida uzil-kesil shakllanganligiga ishora qiluvchi ancha-muncha tarixiy dalillar mavjud.
podshoh, aql - vazir‖ deb e’lon qiladi G’azzoliy va ayni ko’ngilni poklash
masalasini birinchi o’ringa olib chiqadi. Ko’ngil poklansa, undan bevosita ―olami
malakutga‖(ya’ni farishtalar olamiga) ravzana (darcha) ochiladi, deydi alloma.
Ya’ni, uning fikricha, ilmi laduniy(g’ayb ilmi)ga ko’ngilni poklash orqaligina
erishish mumkin. Aslida sufiylar olg’a surgan ―ishqi ilohiy‖ning ham mohiyati
ayni shu ko’ngil ko’zgusiga sayqal berish jarayoni bilan bog’liqdir.
Imom G’azzoliy va barcha tasavvuf piri murshidlari ―ilohiy ishq‖qa juda
katta e’tibor beradilar, uni ―ishqi haqiqiy‖ deb hisoblaydilar. Sovet davrida bu
tushuncha mutlaqo johilona talqin qilindi, bunday dahriyona talqin oqibatlari
hanuz ko’pchilik ziyolilarimiz ongini to’liq tark etgani yo’q. ―Ishqi haqiqiy‖ va
―ishqi majoziy‖ nisbatining badiiy tahlili Sanoiy, Anvariy, Xusrav Dehlaviy,
Sa’diy, Hofiz, Lutfiy kabi mintaqa mumtoz adabiyotining ulkan namoyandalari
ijodida boshlanib, Alisher Navoiy asarlarida mukammal nazariy ifodasini topdi.
Navoiy ―avom ishqi‖ va ―xos ishq‖ning o’zaro farqini aniq ko’rsatib bergach,
masala yechildi. Hadisda aytilgan ―Majoz haqiqatning ko’prigidir‖ degan
hikmatning chuqur ma’nosi oydinlashdi. SHunday qilib. Alisher Navoiy ijodi
milliy ma’naviyatimizning ham nazariy, ham amaliy mukammal shakllanishida hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.
25
Xalq ma’naviyatini, millat ma’naviyatini sun’iy ravishda, qandaydir o’ylab
topilgan aqidalarga, dogmalarga tayanib, yuzaga keltirib ham, keskin o’zgartirib
ham bo’lmaydi. CHunki ma’naviyat tushunchasining mazmuni bir kunda, bir yilda,
hatto bir asrda shakllanadigan narsa emas, u har bir xalqning juda uzoq tarixi
qa’ridan oziq olib, teranlik kasb etib keladi.
Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko’zda tutganligini
hali mustaqillikka erishmasimizdan - 1990 yili O’zbekiston Prezidenti sifatidagi
birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan edi. Prezident ushbu ma’ruzasida
inson ruhiyatining nozik va murakkab tomonlari bilan, ―xazinalarga to’la milliy-
tarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik‖
yaqin o’tmishimizda jamiyatga qanchalar zarar keltirganligini qayd etib, yangicha
vazifalarni olg’a surgan edi:
―Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining
ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan.
Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damda madad bo’lgan.
Bizning vazifamiz - shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish,
so’zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini
ta’minlashimiz kerak‖
26
.
Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg’izlikda rivojlanmaydi ham.
Do'stlaringiz bilan baham: