Imom al- Gazzoliy darslari. «Ma’naviyat tarkibi.» Uzini bilish. Olloxni bilish. Bu dunyoni bilish.
1.2
Markaziy Osiyoda yaratilgan qadim yozma adabiyotlarda ma’naviyat
masalalari
Demak, ma’naviyat insonning insoniylik mohiyatini belgilovchi o’zak
tomiri, insonni mustaqil shaxs sifatida qiyofalanishining bosh manbai desak,
yanglishmas ekanmiz. Millat ma’naviyati esa o’tmishda, bugun va kelajakdagi
ushbu millatga aloqador barcha shaxslar ma’naviyatining majmuidan iborat, deyish
mumkin. SHu bilan birga ajdodlarimiz yana qaysi manbani o’z ma’naviyatlarini
shakllantirishga asos qilib olgan bo’lsalar, o’sha manbalar ham millat
ma’naviyatiga bevosita aloqador bo’lib qoladi. Masalan, xalqimiz 1300 yil ilgari
islom dinini qabul qilgan bo’lsa, demak, bu e’tiqodning asos manbalari bo’lmish
Qur’oni karim va Hadisi shariflarsiz milliy ma’naviyatimizni tasavvur qilib
bo’lmaydi. Imomi A’zam, Imom G’azzoliy, Ibn al-Arabiyning ma’naviy merosi
haqida ham shunday deyish mumkin.
Aslida milliy ma’naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga
tayanish, uning asoslarini qaerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida
avvalboshidanoq aniq ko’rsatib berilgan edi va yangi kitobda yana birma-bir sanab
chiqilgan. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz
merosidir.
22
Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros – milliy
ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni
yaratib qo’yipti, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan
qutlug’ an’ana – ulug’ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi
allaqachon o’z muqaddas mulki deb tan olgan ma’naviy meros sohiblarining
yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va
ularning ijrosi ayni shu masala – milliy ma’naviyatimiz sarchashmalariga butun
xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod e’tiborini jalb etish maqsadini ko’zda
tutadi.
Demak, milliy ma’naviyat nazariyasini biz qandaydir o’zga yurtlarda
yaratilgan falsafiy qarashlardan, sobiq SHo’rolar davrida bizga tiqishtirilgan
uydirma mafkuralardan keltirib chiqarishga urinmay, o’z xalqimiz va
millatimizning azaliy qadriyatlariga murojaat qilganimiz maqsadga muvofiqdir.
Faqat yuqorida tilga olingan metodologik yondoshuvni, ya’ni ulug’ ajdodlarimiz
asos qilib olgan ilm va imon birligi, naqliy va aqliy bilimlar uyg’unligi tamoyilini
nazardan qochirmasak bo’ldi.
«Avesto»da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat
bilan uyg’unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog’liq holda
ko’rsatilgani ko’p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyosini
22
M.Imomnazarov, M.Lapasov, M.Sobirova «
MA’NAVIYaTSHUNOSLIK»
(Teoriya i istoriya natsionalьnoy duxovnosti)
Toshkent - 2012
shakllantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta’sir
o’tkazib kelganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb qiladi.
23
Yurtimizdagi bizga ma’lum ilk shakllangan yaxlit ma’naviyat tizimi
―Avesto‖ kitobida o’z aksini topgan. Ammo davr asotir tafakkur davri edi. SHu
sababli bu kitobda bayon etilgan ma’naviy qadriyatlar tizimi keyinchalik
mushriklik aqidalari bilan chalkashib ketdi. Masalan, Zardusht gohlarida tilga
olingan 7 amshosipandlar mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, qadim avesto
tilida Spinta Maynyu (Sipand Miynu) - ―tafakkur olami‖, Ashah Vahishta
(Ardabehesht) – ―go’zal haqiqat‖, ―mukammal nizom‖, Vuhuvmana (Bahman)–
―ezgu niyat‖, Spinta Ormaitiy (Ispandormaz) - ―komil aql‖, Zashra Vayrayah
(SHahriyor)– ―umid dunyosi‖, Amirmitota (Amurdod) – ―umrboqiylik‖,
―abadiyat‖, Xavravatot (Xo’rdod) – ―komillik‖, ―to’g’rilik‖ ma’nolarini anglatib
kelgan. Keyinchalik kohinlar talqinida bularning harbiri ilohiy xilqat sifatida
tasavvur qilinib, ularga sig’inish qoidaga aylangan, ya’ni Zardusht da’vatidagi
yagona Parvardigor - Axura Mazda(ilohiy bilim egasi, ma’nosida)ga e’tiqod qilish
o’rniga yuqoridagi kabi ma’naviy qadriyatlarni ilohlar, ya’ni sig’inish ob’ektlariga
aylantirish holati yuz bergan.
24
Islom dini bu sohada masalani oydinlashtirdi. Qur’oni karimning nozil
bo’lishi bilan umumbashariy miqyosda uzil-kesil asotir tafakkurdan ilmiy
tafakkurga o’tishning e’tiqodiy asoslari mukammal tus oldi. Sunna shakllangach,
ma’naviyatga oid fanlarning umummetodologik asosi - naqliy va aqliy bilimlar
uyg’unligi mustahkam poydevorga ega bo’ldi. Asta-sekin ma’naviyatning ilmiy
nazariyasini yaratish harakati boshlandi.
Imom G’azzoliy har sohada baquvvat olim bo’lib yetishdi. U o’z davrining
yetakchi mutakallimi, faylasufi, faqihi edi, bu fanlardan madrasada dars berdi,
ulug’ asarlar yaratdi. Ammo o’zining bu ishlaridan qoniqmadi. Oxiri madrasani
tashlab, uzlatga chekindi, xonaqohda sufiylar irfonini o’zlashtirishga kirishdi. Va
nihoyat 10 yil o’tib, o’z tajribalari asosida 40 kitobdan iborat ―Ihyoyi ulum ad-din‖
(Diniy ilmlarning qayta tirilishi) asarini yozdi. Bu kitobda bayon qilingan ilmni
alloma ―muomala ilmi‖ deb ataydi. Mohiyatan G’azzoliy tilga olgan ―muomala‖ -
insonning Borliq haqiqati bilan muomalasi, ya’ni o’z davri uchun bugungi
tilimizdagi ma’naviyat ilmi edi. Kitob arab tilida yozilgan. Keyinchalik alloma o’z
kitobini fors tilida soddaroq va qisqaroq bayonini yaratib, uni ―Kimiyoi saodat‖
(Baxt-saodatga erishish kimyosi) deb atadi. Ana shu kitobning muqaddimasida
ma’naviyatni talqin etishda mutlaqo yangicha yondoshuv taklif etiladi. ―Ko’ngil –
Do'stlaringiz bilan baham: