S.Otamuratov, J. Ramatov, S.Xusanov. Ma’naviyat asoslari (Ma’ruzalar matni). T. 2000, b.30.
E.Yusupov. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. T.-«Universitet»-1998, b. 5.
So’zimizning isboti uchun jumlani soddalashtirib ko’ramiz: ―... ma’naviyat – insonning ruhiyatini ,... qobiliyatini,
Aslida bunday ta’rif marksistik nazariyadagi ―materiya‖ va ―ong‖ nisbatining boshqacha atamalar bilan
ifodalanishi deyish ham mumkin. Har holda sobiq sho’rolar davridagi ―materialistik‖ aqidani ongiga puxta ―joylab
olgan‖ bizning ―faylasuflarimiz‖ hanuz ―materiya –birlamchi, ong – ikkilamchi‖ degan aqidadan qaytgan emas, shu
sababli ular ―ma’naviyat‖ deganda sho’ro olimlari ishlab chiqqan ―materialistik‖ madaniyatshunoslik nazariyasiga
xos ―ma’naviy madaniyat‖ (duxovnaya kulьtura) atamasi bilan qamrab olinadigan hodisalar tizimini tasavvur
qiladilar. M.Imomnazarov, M.Lapasov, M.Sobirova MA’NAVIYaTSHUNOSLIK (Teoriya i istoriya natsionalьnoy
kerak bo’ladi.
Bugun biz insonni birinchi o’ringa qo’yib, uning yaratuvchilik fazilati,
ijtimoiy faolligi, ma’naviy qudratiga urg’u bermoqdamiz. CHunki O’zbekistonning
buyuk kelajagini shakllantiruvchi bosh omillar – shular. Ammo yuqoridagi kabi
ta’riflarda inson moddiy borliqning bir unsuri sifatidagina e’tirof etilib, boshqa
maxluqotlardan farqli mustaqil mohiyati soyada qolib ketmoqda. Insonning
mohiyati aslida murakkab bo’lib, ayni moddiyat va ma’naviyatning tutashuvi bilan
izohlanadi. Ularning qaybiri ikkinchisi orqali ta’riflana boshlasa, inson mohiyati
haqida biryoqlama tasavvur hosil bo’la beradi.
Jahon ilmida ma’naviyat masalalari ilgari aslo ko’tarilmagan desak, to’g’ri
bo’lmaydi. Masalan, 1989 yilda Moskvada ―Nauka‖ nashriyotida ―Proisxojdenie
duxovnosti‖ degan qalingina kitob bosilib chiqqan. Uning so’z boshisida shunday
jumla keltiriladi: ―Sredi mnogoobraznыx vidov chelovecheskoy deyatelьnosti
V.G.Afanasьev, sleduya K.Marksu, vыdelyaet tri osnovnыe gruppы:
materialьnuyu (proizvodstvennuyu), sotsialьno-politicheskuyu i duxovnuyu.‖
14
Taniqli marksist-faylasuflardan hisoblangan V.G.Afanasьevning 1977 yilda
Moskvadagi ―Politizdat‖ nashriyoti chiqargan ―CHelovek v upravlenii
obщestvom‖ kitobida shunday jumla bor ekan. Aslida ―ma’naviyat‖ so’zi
SHo’rolar davri lug’atlarida ko’p uchramaydi. Ko’proq madaniyatshunoslik fanida
―moddiy madaniyat‖ va ―ma’naviy madaniyat‖ (―materialьnaya‖ i ―duxovnaya‖
kulьtura) degan tushunchalar qabul qilingan edi. Yuqorida nomi tilga olingan
kitobda ―duxovnostь‖ tushunchasi ―dusha‖ so’zi bilan bog’liqlikda olinib, uning
materialistik talqiniga urg’u berilgan.
Kitobda insonning asosiy (tayanch) ehtiyojlari (―bazisnыe potrebnosti‖) uch
qismga (sohaga) ajratiladi: 1.Insonning moddiy hayotini ta’minlash (saqlab qolish
va davom ettirish) uchun zarur bo’lgan (―vitalьnыe‖ – hayotiy, biologik) ehtiyojlar,
ya’ni uning taomga, suvga, uyquga, issiq-sovuqdan, turli xavf-xatarlardan
saqlanishga bo’lgan ehtiyojlari. 2. Insonning tor ma’nodagi ijtimoiy ehtiyojlari,
ya’ni muayyan bir ijtimoiy guruhga taalluqli bo’lish, ushbu guruhda muayyan o’rin
egallash, o’zgalar nazdida qadrlanish, hurmat-e’tiborga sazovor bo’lish kabilar. 3.
Ideal (ma’rifiy) ehtiyojlar (idealьnыe (poznavatelьnыe) potrebnosti) – hayotning
ma’nosi va maqsadini, borliqda o’z o’rnini anglab yetish ehtiyoji
15
.
Kitobning
asosiy
mualliflaridan
biri
akademik
P.V.Simonov
asl
mutaxassisligi tibbiyot olimi bo’lib, ma’naviyatning kelib chiqishini aniqlash
maqsadida kalamushlar, itlar va maymunlar ustida turli tajribalar o’tkazib, ular
faoliyatida atrof-muhitni tushunishga intilish va alьtruizm unsurlari mavjudligini
Do'stlaringiz bilan baham: