2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Fanning ta`lindagi o’rni va
mazmunini talabalarda shakllantirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Fanning ta`lindagi o’rni va mazmuni to’g’risidagi ma`lumotlarga ega bo’ladilar.
2. Fanning ta`lindagi o’rni va mazmuni to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
2-asosiy savol bayoni:«Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar» fani
“Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi», hamda
«Pedagogika», «Psixologiya», «Pedagogik texnologiyalar» fanlarining nazariy va
amaliy xulosalariga tayanadi.
«Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar» fani bo’lajak informatika
o’qituvchilarining umumiy o’rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar
kaollejlarida o’qitiladigan mutaxassilik fanlarini o’qitishda muhim o’rin tutib,
fanlarning nazariy va metodik ta`minotini bilishi va ularni o’quvchilarga etkazib
berishida, innovatsion pedagogik jarayonni tashkil etishda muhim o’rin tutadigan fan.
Uning o’quvchi va talabalarning pedagogik madaniyati, dunyoqarashini, pedagogik
faoliyat tarixidagi butun dunyoga mashhur ajdodlarimiz tajribalari asosida
vatanparvarlik, qadriyatlarga hurmatni shakllantirishdagi ahamiyati katta. Bo’lg’usi
informatika o’qituvchisini umumta`lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar
kollejlari informatika ta`limi jarayonida innovatsion o’quv-biluv faoliyatni tashkil
etishga tayyorlashda bu fan bo’yicha belgilangan talabalar bilim, ko’nikma va
malakalarini samarali shakllantirish muhimdir
Fanning o’qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli
foydalanish ko’zda tutiladi. Nazariy ma`lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan
mustaxkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo’lish mumkin.
Talabalarning “Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar» o’quv fanini
o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi
axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim
ahamiyatga egadir.
Fanni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashda ta`lim
jarayonini optimallashtirish uchun omil bo’ladigan interfoal usullardan “Fikrlar
hujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig’ich” «T-
sxema», o’yinli texnologiyalari va boshqalardan foydalaniladi.
Fan mazmunida informatika o’qituvchisi innovatsion pedagogik faoliyatining
nazariy- metodik asoslari quyidagilardan iboratdir:
- umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari informatika
o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan asosiy talablar, ta`lim jarayonida
innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari;
- Uzluksiz ta`lim tizimi informatika o’qituvchisining innovatsion pedagogik
faoliyatini amalga oshirish metodikasi;
8
- informatika o’qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish
vositalari: innovatsion o’quv-biluv faoliyati, maxsus kurslar, malakaviy amaliyot;
- pedagogik texnologiyalar asosida informatika fanlarini o’qitish metodikasi, yani
informatika fanlarini o’qitish jarayonida o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini
faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar, shaxsga yo’naltirilgan ta`lim
texnologiyalari asosida informatika fanlarini o’qitish, informatikani o’qitishda
hamkorlikda, jamoada, muammoli o’qitish, modul, didaktik-o’yin texnologiyalari,
informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta`lim, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish;
- umumta`lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika
fanlarining maqsadi, mazmuni, uzviyligi va uzluksizligini ta`minlashga qaratilgan
innovatsiyalar;
- multimediyali darslar asosida informatika ta`limi samaradorligini oshirish;
- informatika darslarida o’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat
qilish,
baholashning zamonaviy metodlari va vositalari.
Talaba mustaqil ta`limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga
olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- ma`ruzalar qismini mustaqil o’zlashtirish;
- elektron darsliklar va o’quv qo’llanmalar, avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va
nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
- maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni o’rganish;
- talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar
bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish;
- faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;
- masofaviy ta`lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |