75
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Informatika darslarida bilim, malaka
va ko’nikmalarini nazorat qilish tushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Informatika darslarida bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish to’g’risidagi
tushunchalarga ega bo’ladilar.
2. Informatika darslarida bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish to’g’risidagi
tushunchalarni farqlay oladilar.
1-asosiy savol bayoni: Ta`lim mazmunini takomillashtirish o’qituvchining bilimi,
pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalarni ta`lim-tarbiya tizimiga qay darajada qo’llay
olish mahorati bilan uzviy bog’liq ekanligini avvalgi mavzularda ko’rib o’tdik.
O`qituvchining kasbiy faoliyati samarasi talabalar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma
va malakalarda o’z ifodasini topadi. Talabaning mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosida
mantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: "o’quv-bilish
jarayonidagi mustaqillik", "ta`lim-tarbiya jarayonidagi faollik", "ijodiy qobiliyatning
rivojlanganlik darajasi" talaba bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining
asosiy mezoni hisoblanadi. Bu ko’rsatkich talabani bo’lajak o’qituvchi sifatiga xos bo’lgan
shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham o’z ichiga qamrab olishi lozim. Demak, talaba shaxs sifatida va
bo’lajak o’qituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy
xususiyatlarida uzaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob talaba faoliyatiga qo’yilgan baho
hisoblanadi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim jarayoniga xos
qaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda bo’lajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy
xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e`tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning
nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga bo’lgan e`tiborsizlikka olib
keladi.
Talabalar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy turlarga bo’linadi. Nazoratning
joriy turi barcha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni undan avval o’zlashtirilgan bilimlar
darajasini prognoz qilish bilan bog’liq bo’ladi. O`quvchi yoki talaba dastur talablari asosida har
bir mavzuni o’z vaqtida o’zlashtirib bora olishi yoki o’zlashtira olmasligi joriy nazoratda
ma`lum bo’ladi. Joriy nazoratning afzalligi ham aynan mana shu joyda ko’rinadi. Demak, joriy
nazoratning asosiy vazifasi o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malaka asosida navbatdagi
o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni ilmiy-uslubiy jihatdan aniqlab borish hisoblanadi.
Ta`limning tizimiylik va izchillik qoidasiga muvofiq, oraliq nazoratda yirik mavzular,
boblar yoki modullashtirilgan mavzular to’plamiga oid bilimlar baholanib boriladi.
Har ikkala nazorat turida talabalarning erkin fikr mustaqilligi va faolligiga alohida
e`tibor beriladi. Bu jarayonda har bir talaba o’zini o’zi nazorat qilish imkoniyatiga ham ega
bo’ladi.
Dasturda belgilangan soatlar (ya`ni rejadagi barcha mavzular) to’liq bajarilib bo’lingach,
yakunny nazorat qabul qilinadi.
Yakuniy nazoratda ta`limning ilmiyligi va ta`lim-tarbiyaning birligi printsipiga alohida
e`tibor qaratiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va. baholashda B.Blumnnng pedagogik
taksonomiyasiga asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda talabaning qay darajada
ta`limiy maqsadni qo’ya olishi va unga erishish yo’llari, ya`ni talaba bilimlarini qaysi
bosqichga muvofiq kelishi aniq bo’ladi. Shu bilan birga, talabaning intellektual - ijodiy
76
imkoniyatlari, o’quv-metodik tajribalari hamda professional tayyorgarligi xususida
prognostik malumotlar olinadi. Bunda asosiy e`tibor talabani mustaqil bilim olish ishlariga, shu
asosda, zarur ko’nikma va malakalarning nechog’li shakllanib borayotganligi hamda uni kasb
amaliyotida qo’llay olish qobiliyatiga e`tibor qaratiladi. Bular talabaning kasb faoliyatiga qay
darajada kirib kelayotganligini baholash texnologiyasi hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta`limda o’quvchi faoliyatini baholash va unga muvofiq keluvchi
reyting tizimi joriy etilgan.
Oliy ma`lumotli bakalavr o’qituvchi kadrlar tayyorlaydigan DTS talabiga muvofiq ishlab
chiqilgan reyting tizimida talabaning bilim sifatini nazorat qilish tartibi quyidagicha amalga
oshiriladi:
• nazorat turlari (joriy, oraliq. yakuniy);
• nazorat usullari (og’zaki, yozma, pedagogik test);
• baxo shkalasi;
• talabaga qo’yilgan bahoni predmet bo’yicha umumiy baho(ball)ga birlashtirish.
Buni "Informatika fanini o’qitishda innovatsion texnologiyalar" fani bo’yicha
joriy etilib kelinayotgan reyting ishlanmasi misolida quyidagicha ko’rsatish mumkin:
ma`ruza- 26soat, amaliyot - 36soat va seminar 10-soat, jami - 72 soat
Do'stlaringiz bilan baham: