I iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/372
Sana08.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#333457
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   372
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

to'rtta  shakli 
alohida  ajratilib 
ko'rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir. 
 
Erkin  raqobat  sharoitida  bir  xil  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  tarmoqda  juda  ko'p  sonli 
korxonalar mavjud bo'ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko'plab sotuvchilar o'zlarining 
mahsulotlarini taklif qiladilar. 
 
Raqobatlashuvchi korxonalar bir xil yoki turda mahsulotlar ishlab chiqaradi. Narxlar bir xil 
darajada bo'lganda iste'molchiga qaysi sotuvchidan mahsulotni xarid qilish farqsiz bo'ladi. 
 
 
Erkin  raqobatli  bozorda  alohida  korxonalar  mahsulot  narxi  ustidan  sezilarsiz  nazoratni 
amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo'lmaydi. 
Shu  sababli  alohida  korxonada  ishlab  chiqarishni  ko'payishi  yoki  kamayishi  umumiy  taklifga, 
demak mahsulot bahosiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. 
 
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo'lgan 
korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo'lishi va 
ularning  raqobatli  bozorda  mahsulotlarini  sotishga  huquqiy,  texnologik,  moliyaviy  va  boshqa 
moddiy iqtisodiy to'siqlar bo'lmaydi. 
 
Erkin  raqobat  ikki  darajada  namoyon  bo'ladi:  tarmoq  ichida,  ya'ni  bir  xil  tovarlar  ishlab 
chiqaruvchi  korxonalar  o'rtasidagi  raqobat  va  tarmoqlaro,  ya'ni  turli  tarmoqlardagi  korxonalar 


o'rtasidagi  raqobat.  Tarmoqlar  ichidagi  raqobat  ishlab  chiqarish  va  sotishning  qulayroq  sharoitiga 
ega bo'lish, qo'shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o'rtasida boradi. Har bir tarmoqda 
texnika  bilan  ta'minlanish  darajasi  va  mehnat  unumdorligi  darajasi  turlicha  bo'lgan  korxonalar 
borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil 
bo'lmaydi. 
 
Tarmoq  ichidagi  raqobat  tovarlarning  ijtimoiy  qiymatini,  boshqacha  aytganda,  bozor 
qiymatini  aniqlaydi  va  belgilaydi.  Bu  qiymat,  odatda,  o'rtacha  sharoitda  ishlab  chiqarilgan  va 
muayyan  tarmoq  tovarlarining  anchagina  qismini  tashkil  etadigan  tovarlarning  qiymatiga  mos 
keladi. 
 
Tarmoqlar  ichidagi  raqobat  natijasida  texnikaviy  darajasi  va  mehnat  unumdorligi  yuqori 
bo'lgan korxonalar qo'shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, 
o'zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo'qotadilar va zarar ko'radilar. 
 
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqpar korxonalari o'rtasida eng yuqori foyda normasi olishi 
uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bo'lgan tarmoqlardan 
foyda  normasi  yuqori  tarmoqlarga  kapitallarning  oqib  o'tishiga  sabab  bo'ladi.  Yangi  kapitallar 
ko'proq foyda keltiruvchi sohalar intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko'payishiga olib 
keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda 
keltiruvchi  tarmoqlardan  kapitalning  chiqib  ketishi  teskari  natijaga  olib  keladi:  bu  yerda  ishlab 
chiqarish  hajmi  o'zgaradi,  tovarlarga  bo'lgan  talab  ular  taklif  qilishidan  oshib  ketadi,  buning 
oqibatida  narxta  ko'tariladi,  shu  bilan  birga  foyda  normasi  oshadi.  Natijada  tarmoqlararo  raqobat 
obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga 
sarflanganligidan  qatyiy  nazar,  teng  kapital  uchun  teng  foyda  olinishiga  intilipshi  ta'minlaydi. 
Demak,  tarmoqlararo  raqobat  kapital  qaysi  tarmoqqa  solinmasin,  xuddi  shu  tarmoq  foyda 
normalarini o'rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi». 
 
Monopoliya. Tarmoq bitta firmadan iborat bo'lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat) ning 
yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish