III.6 MBTlarning qiyosiy tahlili
Ushbu BMI da ko`rib chiqilgan MBT GPL litsenziyasi asosida bepul tarqatiladigan MBT hisoblanadi. Buning o`ziga xos yutuq va kamchiliklari mavjud. Bir tomondan ochiq dastur kodi bilan ishlab chiqarivchilar bilan aloqaga kirishmasdan MBT elementlarni oxiriga etkazish,o`zgartirish qo`shish imkonini beradi. Boshqa tomondan yomon niyatlilarga dasturni to`liq o`rganib chiqib kamchiliklarni aniqlashga imkon beradi. Xavfsizlik tomonidan adminstrativ interfeysga ruxsat berish imkoniyatining moslangan imkoniyatlari,axborot materiallarining tekshirish vositaning mavjudligi,foydalanuvchilar o`rtasida adminstrativ huquqlarning taqsimlashning o`ta moslashuvchanligiga ko`ra “Wordpress” himoyaviyroq hisoblanadi. Joomla! MBT ko`proq kamchiliklarga ega bo`lib, doimiy ravishda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yamash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda 1.6 versiyasi ma`qul hisoblanadi.
Qulayligi va funksionalligi jihatidan ikkala tizim o`zlarining yaxshi tomonlarini namoyish qilishdi. Ularning har biri saytning alohida sinflari uchun mo`ljallangan. Joomla! ko`proq buyurtmachilar uchun tanishtiruv vazifasini bajaruvchi standart loyihalar uchun mo`ljallangan. Wordpress Joomla! barcha vazifasini bajarish bilan birga bir vaqtda ko`plab mualliflar bilan ishlash imkoniyati, sozlash va kengaytirishda moslashuvchanroq hisoblanadi.
Foydalanuvchi nuqtau nazaridan qaralganda ikkala tizim ham sahifalarni ko`rish va ma`lumot olishda juda ham qulay hisoblanadi. Joomla! da saytlarni generatsiya qilish vaqti o`zlarining Wordpressnikiga nisbatan kattaroq hisoblanadi.
Ikkala tizim ham yozuvlarni yaratish, tahrirlash va o`chirish; tizimning ichki parametrlarini va ko`rinish berish shakllarini boshqarish; kengaytmalarni qo`shish va foydalanuvchilar bilan amallar bajarishda foydalanilgan adminstrativ interfeysga ega. Wordpress nisbatan foydalanisgda qulay va oson o`zgaradigan adminstrativ panelga ega.
Tizim resurslarini sarfidan kelib chiqsak - Wordpress ko`proq resurs talab qiladi. Server TXQ (OZU)ga bo`lgan yuklama o`rnatilgan qo`shimcha modullarga qarab 50 – 120 mb ni tashkil qiladi. Joomla! dan foydalanganda yuklama 20 - 40 MB ni tashkil qiladi.
Ikkala tizimda ham ko`rinish andozalaribilan ishlash yuqori darajada tashkil qilingan. Ikkalasi ham shablon kodini adminstrator interfeysidan o`zgartirish imkonini beradi. Wordpress moslashuvchan vositalarga va ichki operatorlarga ega bo`lganligi sababli saytga interfaol elementlarni hech qanday cheklovlarsiz qo`shish imkonini beradi. Shablon strukturasiga ixtiyoriy PHP kodni bajarish imkoni mavjud.
Ishlab chiqarish va foydalanishga kiritishda ikkala tizim ham o`zining yuqori darajasini namoyish qildi. Funksional imkoniyatlari batavsil o`rgangandan so`ng, tizimlar turli darajadagi va sinfdagi saytlar uchun mo`ljallanganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Ikkala tizim ham tipik veb - saytlarni yaratishga qodir. Internet hamjamiyatlar yoki yirik media - loyihalarni tashkil qilishda Wordpress yoki undanda jiddiyroq tizimlardan foydalanilgan ma`qul. Reklama va axborot saytlari uchun hamda sutkasiga 5000 dan kam tashriflarga ega saytlar uchun Joomla! MBT to`g`ri keladi.
Xulosa
Predmet sohasi o`rganildi. Natijalar asosida loyiha axborot tizimlarida ma`lumotlarni tasvirlashning yangi strukturasi ishlab chiqildi. Har bir ma`lumot bo`limining modellari yaratildi; amallarni bajarish va qayta ishlash funksiyasini bajaruvchi mavjud ma`lumotlar nazoratchisi qo`yilgan talablar asosida optimallashtirildi; ma`lumotlarni kiritish, chiqarish va qayta ishlash uchun yangi veb-shakllar va dizayn elementlari yaratildi.
“Qarshi DU rasmiy veb-sayti”axborot tizimi virtual xostingga o`tkazildi. Ikkinchi darajadagi alohida domen nomi ro`yhatdan o`tkazildi. Veb-resurslarni ishlab chiqishda ikkita turli MBT qo`llanildi. Bu esa ikkala tizimning qiyosiy tahlilini amalga oshirishga imkon berdi.
Bajarilgan ishning natijasi sifatida to`laqonli axborot tizimlari yaratildi, va ular yordamida resurs foydalanuvchilari o`rtasida bog`lanish vositalarini yaratadigan ixtiyoriy materialni chop etish imkonini beradigan adminstratirlashda qulay va moslashuvchan, foydalanuvchiga intuitiv-tushunarli, keyinchalik rivojlantirishga va kengaytirishga tayyor dasturiy tizim yaratildi.
Universitet uchun yaratilgan internet resursida universitet ma`muriy tuzulmasi kafedralar va fakultetlari universitet manzili abiturentlar uchun foydali ma`lumotlar va boshqa ko`plab eng so`ngi yangiliklarni olish imkoniyatini beradi.
Qo`llanilga tizim zarur qoida yangi bo`limlarini qo`shish imkonini beradi. Axborot texnologiyalari markazi xodimlari mustaqil ravishda saytni yangilay olishga imkon beradigan resursning funksional elementlarini to`laqonli bayoni yaratildi.
Universitet veb-resursi ham axborot strukturasi tomonidan ham sahifalarni aks ettirishning texnik amalgam oshirish tomonlari bo`yicha katta o`zgarishni amalgam oshirgan.
MBT ga o`tish statik sahifalarni chiqarishni bekor qilish imkoniyatini beradi va saytda dinamik qismlarni joylashtirish imkonini berdi. Ko`rinish berish uslubi va grafik andoza yaratildi.
Yangi paydo bo`lgan elektron o`quv-uslubiy majmua bo`limi talabalarninig adabiyotlar bilan bog`liq muammolarini o`zlari hal etishga imkon yaratib berdi.
Ixtisoslashtirilgan bo`limda predmetga oid eng so`ngi yangiliklarni internet tarmog`i orqali omlayn tanishish imkonini berdi. Ko`plab foydalanuvchilar adabiyot qidirib ovora bo`lmasligi uchun kutubxonalarga borishi uchun yo`l sarf harajatlari va boshqa noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida ushbu ishlar amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda universitet saytida unitersitet rektoriga o`z savollarini yo`llashlari uchun foydalanuvchilarga arizalar formasi deb ataladigan vosita yaratilgan. Yangiliklar va maqolalarni bo`limlarga ajratib chiqarish yo`lga qo`yildi. Foydalanuvchilar tashrifi hisob-kitob qilina boshlandi. Keyinchalik ham resurslar doimiy yangilanib turuvchi elementlar bilan mos yangi dolzarb ba qiziqarli maqolalar bilan boyitilish ko`zda tutildi.
Bajarilgan ishlari tahlil qilib yaratilgan veb-saytlarining rivojlanishning bir necha yo`llarini taklif qilish mumkin. Ko`plab foydalanuvchilar o`zlari uchun zarur bo`lgan predmet sahifasiga bo`lgan talablarni saytda yozib qoldirishlari mumkin. Bu talablar o`rganilib chiqilib fanlarga oid elektron ma`lumotlarni rivojlantirib borish imkoniyati mavjud. Universitet hayoti bilan barcha qiziquvchilar veb-resursda berilgan ma`lumotlar bilan qanoatlanishi uchun doimiy ravishda yangilashlar olib boriladi.
Bundan tashqari universitet veb-saytlarini rivojlanishda bajariladigan amallarni avtomatlashtirishga alohida e`tibor qaratish lozim. Veb-sayt yordamida jarayonlarni avtomatlashtirish foydalanuvchi vaqtini tejashga imkon berdi.
Bajarilgan ish yakunlarini xulosalab aytish mumkinki, veb-saytini rivopjlanishga ikkala tizim ham qo`l keladi. Minglab tayyor shablonlar va ochiq dasturlariy kodli platforma ishlab chiqaruvchiga kelajakdagi istalgan maqsad, g`oya va loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |