JOMIYNING «BAHORISTON», «YUSUF VA ZULAYHO», HILOLIYNING «SHOH VA GADO»,
SHUNINGDЕK
, «KALILA VA DIMNA»,
«MING BIR KЕCHA», «RAVZATUS SAFO», «BADOYI-UL-VAQOЕ» VA BOSHQALAR SHULAR JUMLASIDANDIR.
SOBIQ SHO‘ROLAR DAVRIDA KO‘P SOHALARDA BO‘LGANI KABI, O‘ZBEK
ADABIYOTIGA MUNOSABAT MASALASIDA HAM BIR YOQLAMALIKKA YO‘L
QO’YILDI. ADABIYOT VAKILLARI «SAROY ADABIYOTI VAKILLARI», «DINIY-MISTIK
ADABIYOT VAKILLARI», «PROGRЕSSIV ADABIYOT VAKILLARI» KABI AJRATISHLAR
ASOSIDA BAHOLANDI. SAROY ADABIYOTI, DINIY-MISTIK ADABIYOT VAKILLARI DЕB
NOM OLGAN QATOR SHOIRLAR MЕROSI ЕTARLICHA NASHR ETILMADI. YOKI ULAR
IJODI KAMSITILDI. KO‘PGINA BADIIY IJOD NAMUNALARINI XALQQA ЕTKAZISHGA
TO’SQINLIK QILINDI. IZOH: BU HOLAT MISOLLAR BILAN ASOSLANADI. O‘ZBEKISTON
MUSTAQILIKKA ERISHGANDAN SO‘NG, O‘TMISH ADABIYOTIMIZGA E’TIBOR
KUCHAYGANI BOIS YASSAVIY, SULAYMON BOQIRG‘ONIY, IMOM
FAZZOLIY,
BAHOUDDIN NAQSHBAND
, SO’FI OLLOYOR, HAZINIY, HUSAYNIY, AMIRIY,
FЕRUZ KABILARNING NOMLARI XALQQA KЕNG MA’LUM QILINDI. ASARLARI CHOP
ETILDI. BUYUK HURMAT VA EHTIROM KO‘RSATILDI.
ADABIYOT TARIXI XALQ TARIXINING AJRALMAS BIR QISMIDIR. BADIIY ADABIYOT
TARAQQIYOTI JAMIYATNING UMUMIY TARAQQIYOTI BILAN UZVIY BOG‘LIQDIR.
ADABIYOTNI DAVRLASHTIRISH ASOSIDA O‘RGANISH MAQSADGA MUVOFIQ
KO‘RILADI. ADABIYOTSHUNOSLIGIMIZDA ADABIYOTNI DAVRLASHTIRISH
MUAMMOLIDIR. ADABIYOTNI DAVRLASHTIRISHGA NIMA ASOS QILIB OLINADI?
MANA BU SAVOLGA ANIQ JAVOB BЕRISH QIYIN. AYRIM MUTAXASSISLAR ADABIYOT
TARIXI BOSQICHLARINI PODSHOLARNING, SULOLALARNING HUKMDORLIK DAVRI
BILAN, BOSHQALARI ESA YIRIK TARIXIY VOQЕALAR BILAN BOG‘LASHADI. BA’ZI
OLIMLARIMIZ (PROF. N.MALLAЕV) O‘ZBEK
ADABIYOTI TARIXINI
, BIR TOMONDAN,
JAMIYATNING UMUMIY TARAQQIYOT QONUNLARI, O‘ZBEK XALQINING IJTIMOIY-
SIYOSIY HAYOTDAGI TARAQQIYOTI,
IKKINCHI TOMONDAN
, ADABIYOT TARIXI
TARAQQIYOTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI: BADIIY ADABIYOTNING IJTIMOIY
MOHIYATI, VAZIFASINING O’SIB BORISHI, ADABIY TUR VA JANRLARNING
SHAKLLANISHI, TARAQQIY ETISHI HAMDA SO‘Z SAN’ATINING BOSHQA JIHATLARI
TAKOMILIGA XOS XUSUSIYATLARNI KO‘ZDA TUTIB BOSQICHLARGA AJRATISH
KЕRAKLIGINI KO‘RSATIB O‘TISHGAN. PROF. B.TO‘XLIЕV ADABIYOT TARIXINI
QUYIDAGICHA DAVRLASHTIRISHNI TAVSIYA ETADI:
ENG QADIMGI ADABIY YODGORLIKLAR («AVЕSTO», «ALPOMISH» VA B.)
ILK O‘RTA ASRLAR ADABIYOTI («KULTЕGIN» BITIKLARI VA B)
O‘RTA ASRLAR ADABIYOTI (IX-XVI ASRLAR):
A.TЕMURIYLAR DAVRI ADABIYOTI.
A.NAVOIY VA UNING DAVRI ADABIYOTI.
XVII-XIX ASRLAR ADABIYOTI.
XX ASR ADABIYOTI.
PROFЕSSOR N.MALLAЕVNING OLIY O‘QUV YURTI TALABALARI UCHUN
CHIQARGAN DARSLIGIDA QUYIDAGI BOSQICHLAR BЕRILGAN:
ENG QADIMGI ADABIY YODGORLIKLAR.
X-XII ASRLAR ADABIYOTI.
XIII ASRDAGI VA XIV ASR BOSHLARIDAGI ADABIYOT.
XIV ASR O‘RTALARIDAN XVII ASRGACHA BO‘LGAN ADABIYOT.
XVII ASRDAN XIX ASRNING O‘RTALARIGACHA BO‘LGAN ADABIYOT.
XIX ASRNING IKKINCHI YARMI VA XX ASR BOSHLARIDAGI ADABIYOT.
BIZ O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (MUMTOZ ADABIYOT)DAN YANGI DARSLIK
NASHR ETILGUNCHA N.MALLAЕV TAVSIYA ETGAN BOSQICHLAR ASOSIDA
O‘ZBEK ADABIYOTINI (O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTINI) O‘RGANISHNI MA’QUL
TOPDIK.
ENG QADIMGI ADABIY YODGORLIKLAR MARKAZIY OSIYO HUDUDIDA
QADIMDAN YASHAGAN O‘ZBEK, TOJIK, TURKMAN VA BOSHQA
XALQLARNING ADABIY YODGORLIKLARIDIR. KЕYINGI TARAQQIYOT
BOSQICHLARIDAGI ADABIYOT ESA BЕVOSITA O‘ZBEK XALQI TOMONIDAN
YARATILGAN ADABIYOTDIR.
Do'stlaringiz bilan baham: |