2. Appertseptsiya
Idrok obrazlari ularni vujudga keltiruvchi ob'ektlar va shaxsning o'zida bo'lgan bir qancha omillar bilan taqozo etiladi.
Kishi psixik hayoti va shaxsiy xususiyatlarining idrokka ta'siri va unda aks etuvchi mazmunni appertseptsiya deydilar. Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma'lumotlari, turmush tajribalari, kasblari, sinfiy chiqishlari, temperament, xarakter, dunyoqarashlari jihatidan turlicha idrok qiladilar. Kishining qaysi sohaga doir bilim va tajribasi qanchalik boy bo'lsa, uning shu sahadagi idroki ham to'liq, chuqur va sermazmun bo'ladi. Masalan, biror yangi mashinani mutaxassisning idrok qilishi va mutaxassis bo'lmagan kishining idrok qilishi, bir mevali bog'ni rassom, agronom va savdo xodimining idrok qilishi bir-biridan farq qiladi.
Appertseptsiya hodisasi og'zaki nutqni idrok qilishda ham yaqqol ko'rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |