So’zning morferik tahlili
So`zning lеksik ma'nosini aniqlash maqsadida uni morfеmalarga ajratish til haqidagi fanda o`zining nazariy asosiga ega. Bu haqida tadqiqotimizning oldingi qismida fikrlarimizni bayon etdik. Morfеmalarning qo`shilishi bir-biriga ta'sir qiladi, bundan tashqari, ko`pgina o`zak va so`z yasovchi qo`shimchalar ko`p ma'noli. Shunga qaramay, ko`p so`zlarning lеksik ma'nosini uning morfеmik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu maqsadda so`zni morfеmalarga ajratishdan foydalanishga to`g`ri kеladi. O`quvchilar so`zning morfеmik tarkibini va so`z yasalishini o`rganishlariga qarab, so`zni morfеmalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama so`zlarning lеksik ma'nosini so`zlarning sеmantik o`xshashlgiga qarab bilib oladilar. So`zlarning morfеmik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos ravishda o`qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi: So`zning morfеmik tarkibi ustida ishlash bilan o`quvchilar so`zning lеksik ma'nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda o`qituvchining vazifasi bolalar so`zlarning lеksik ma'nosi va morfеmik tarkibi bir-biriga bog`liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug`atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi.
So`z yasalishi haqidagi elеmеntar bilim ham o`quvchilarning tilimizning yangi so`zlar bilan boyishining asosiy manbaini tushunishlari uchun muhimdir. Yangi so`z tilda mavjud bo`lgan morfеmalardan, ma'lum usul va modеllar asosida vujudga kеladi (yasaladi). So`z yasalishini kuzatish o`quvchilarda so`zga faol munosabatni shakllantirishga ijobiy ta'sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishga olib kеladi. So`z yasalishi asoslari bilan tanishish o`quvchilar lug`atini atrof-muhit haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon bеradi. Prеdmеt, jarayon, voqеa-hodisalar haqidagi tushunchalar so`z bilan ifodalanadi. So`zlar o`rtasidagi ma'no va tuzilish jihatidan bog`lanishni bеlgilash o`zaro munosabatda bo`lgan tushunchalar o`rtasidagi bog`lanishga tayanadi (masalan, traktor va traktorchi so`zlari o`zaro munosabatda bo`lgan tushunchalar, shu tufayli ma'no va tuzilishiga ko`ra bog`langan). O`quvchilar so`zlarning ma'no va tuzilishiga ko`ra o`zaro munosabatini haqiqatan bilsalar, atrof-muhitda mavjud bo`lgan prеdmеtlar, jarayonlar, voqеalar o`rtasidagi bog`lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar. So`zda morfеmaning ahamiyatini anglash, shuningdеk, affikslarning sеmantik ma'nosini bilish o`quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta'sir etadi. O`qituvchining vazifasi o`quvchilar so`zning lеksik ma'nosini tushunibgina qolmay, matnda aniq affiksli so`zlardan ongli foydalanishlarini oshirish hisoblanadi. So`zning morfеmik tarkibini o`rganish orfografik malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Morfologik prinsip o`zbеk orfografiyasining yеtakchi prinsipi bo`lib, bunga binoan so`zlar va ularning tarkibiy qismi (o`zak va qo‘shimchalar) asliga muvofiq yoziladi. Maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdеk, shu asosda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish tushuniladi. So‘zning tarkibi va yasalishini o`rganishda to`rt bosqich ajratiladi: Birinchi bosqich — so`z yasalishini o`rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning vazifasi — o‘quvchilarni bir xil o`zakli so`zlarning ma'no va tuzilishiga ko`ra bog‘lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning qo`yilishiga sabab, birinchidan, so`zning ma'no va tuzilishi jihatidan bog‘lanishini tushunish, o`zining lingvistik mohiyatiga ko`ra, bir xil o`zakli so`zlarni va so`z yasalishini o‘zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga asos bo`lgan so`zlar bir-biri bilan ma'no va tuzilishi jihatidan bog‘lanadi: traktor — traktorchi, paxta — paxtakor. Ikkinchidan, o`quvchilar bir xil o`zakli so`zlarni va morfemalarni o`rganishda qiyinchiliklarga duch kеladilar: ular bir xil o`zakli so`zlarning ma'nolaridagi umumiylikni tushunishda qiynaladilar, chunki ularda mavhum tafakkur hali yеtarli rivojlanmagan bo‘ladi; o`zak, so`z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalarnnng vazifalarini o‘zlashtirishda ularga bir xil o`zakli so`zlarning ma'no va tuzilishi jihatidan o‘xshashligi va farqini aniqlash anchagina qiyinlik qiladi. Shuning uchun so`zning morfеmik tarkibini maxsus o`rganishdan oldin uning ma'no va tarkibiga ko`ra yaqinligi kuzatiladi. Sintaksisning o’rganish tariхi qadimgi asrlarga borib taqaladi. Sintaksis ostida gap va uning qismlari haqida ta’limot tushuniladi. Bu nazariya antik davrning lisoniy an’analarini ifodalashdan kelib chiqqan. Sintaksis (grek tilidan sintaksis — birlashtirish, tuzilish) til tizimining bir sathi hisoblanib, so’z shakllaridan iborat bo’ladi. Sintaksis masalasi antik davrdan o’rganilib kelinmoqda va hanuzgacha sintaksis masalalari dolzarb hisoblanadi. Sintaksis grammatika fanining bir bo’lagi sifatida ko’riladi. Ma’lumki, grammatika fani ikki qismdan, ya’ni morfologiya va sintaksis yo'nalishlaridan iborat. Sintaksis ta’rifiga ingliz, rus va o’zbek olimlari har tomonlama yondoshgan. Jumladan, rus olimi V. V. Vinogradov sintaksis so’zning so’z birikmasi va gap tarkibidagi birikish qoidalarni va usullarni hamda so’z birikmalarini, ularning tuzilishini, funktsiyasi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan deb hisoblaydi. “Olimning ta’kidlashicha, sintaksisning xarakterli xususiyati shundaki, uning har bir o’rganish ob’yekti o’zidan yuqoriroq bo’lgan grammatik birlikning struktur elementi sifatida funktsiyalashadi: so’z va uning shakllari so’z va gapning, so’z birikmasi turli yoyiq gaplarning, gap doirasida esa, o’z navbatida, sodda gap qo’shma gapning struktur elementi sifatida xizmat qiladi”. Shunday qilib, sintaksisning o’rganish ob’yekti gapligini tasdiqlaydi. Hozirgi kunda, V.Vinorgadovning nazariyasi va ta’limoti o’rta maktablarning darsligida o’z o’rnini topgan, ya'ni, maktab o’quvchilarini o’qitishda aynan ushbu olimning fikrlariga tayaniladi. O’zbek tili sintaksisi tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida dastlab Fitrat tomonidan “nahv” atamasi ostida o’rganildi. Shundan so’ng H.Qayumiy va S.Dolimov ham ikki qismli “Grammatika” asarini yozib, ikkinchi qismini “nahv” deb nomlaganlar. Gap nazariyasi ham turli tadqiqotchilar tomonidan keng o’rganilgan. Til o‘z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma — gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha — fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga tayaniladi. Gap, aslida, so‘zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so‘zning bog‘lanish qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda o‘rganiladi. So‘z birikmalarini o‘rganish gap ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so‘zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvning lisoniy mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zning birikuvi bo‘lgan qo‘shma so‘z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yog‘ini yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog‘lanishga ega emas. Sintaksis atamasi grammatika atamasining o‘zi kabi ikki ma’noli: 1) tilning sintaktik qurilishi; 2) grammatikaning tarkibiy qismi. Atamani ana shu ikkinchi ma’nosida qo‘llab, birinchi ma’no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. Gap barcha tillarda grammatikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Gap turlarinining o'rganilishiga, gap tadqiqi bilan bog’liq muammolar va turli tillarda gaplarning taqqoslash va qiyoslash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuning uchun turli oila va guruhlarga mansub tillardagi gaplarni va ularning turlarini qiyoslash va farqlash bugungi kun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda gaplar tishunoslikning turli yo'nalishlarida o’rganilib kelmoqda, jumladan, kontrastiv tilshunoslik, areal tilshunoslik, qiyosiy tipologiya, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya va pragmatik tilshunoslik. Albatta, tilshunoslikning har bir yo'nalishida gaplar va ularning muammolarini tahlil qilish yangicha yondashuvlarni va usullarni talab qiladi. Shuning uchun, gaplarning asosiy til birligi sifatida alohida o’rganish mavzusi diqqatga sazovordir. O’zbek tili sodda gap sintaksisning takomillashuvida B.O’rinboyevning “Hozirgi o’zbek tilida vokativ kategoriya”, N.Mahmudovning “O’zbek tilidagi sodda gaplarda mazmun va shakl assimetriyasi” monografiyalari ahamiyatli bo’ldi. O’zbek tili qo’shma gap sintaksisi shakllanishida akademik G.Abdurahmonov va M.Askarovlarning xizmati kattadir. O’zbek tili qo’shma gaplarning tadqiqiga bag’ishlangan “Hozirgi zamon o’zbek tilida ergashgan qo’shma gaplarning sostavi” asari bilan o’zbek tilida qo’shma gaplar alohida tadqiq qilinishni boshladilar. 1955 yilda F.Kamol “Qo’shma gaplarga doir masalalar” kitobini nashr etdi va unda qo’shma gaplarning maqomi, ularning tasnifi haqida dastlabki ma’lumot berdi. O’zbek tilida qo’shma gaplar tadqiqiga bag’ishlangan G.Abdurahmonovning ishini ko’rsatishimiz lozimdir. Jumladan, olim qo’shma gaplarni mazmun jihatdan quyidagi guruhlarga bo’lib chiqadi: aniqlovchi, ega, kesim, payt, o’rin, sabab, shart, maqsad, to’siqsiz, natija, ravish, qiyoslash ergash gapli qo’shma gaplar. O’z navbatida, qiyoslash ergash gapli qo’shma gaplar uchga bo’linadi: chog’ishtirish, o’xshatish, miqdor-daraja ergash gapli qo’shma gaplar. G.Abdurahmonov qo’shma gaplarning 15 turini izohlaydi. G.Abdurahmonov bog’lovchisiz qo’shma gaplar va komponentlarning biriktiruvchi bog'lovchilar, bog’lovchisiz qo’shma gaplar va ularning komponentlarining sabab, natija, shart kabi mazmun munosabatlari, murakkab qo’shma gaplar va uning turlari bo’yicha masalalarni atroflicha talqin etdi. Professor G.Abdurahmonov qo’shma gaplar nazariyasi va ular bilan bog’liq masalalarni chuqur o’rganib, hattoki, xorij mutaxassislari e’tibor bermagan masalalarga e’tibor qaratdi. Misol tariqasida, uyushiq kesimli gaplar haqida shunday ta’rif beradi: “Sodda va qo’shma gaplarni farqlashda qiyinchilik tug’diradigan holat shundan iboratki, ba’zi bir sintaktik konstruktsiyalarning tarkibida faqat bir ega — sub’yekt bo’lishiga qaramay, qo’shma gap sanaladi, chunki bu xil konstruktsiyani tashkil etgan qismlarning ham Grammatik, ham semantik jihatdan o’ziga mustaqil ekanligi ko’rinib turadi; bu xil konstruktsiyani tashkil etgan qismlarning har biri ma’lum fikr tugalligini ifodalaydi, ularning predikativlik va modallik xususiyatlari bo’ladi”. Qo’shma gaplarning o’rganilishi L.Asqarovaning ishlarida qo’shma gaplarning o’rganilishi davom ettirildi. Olima qo'shma gaplarni bog’langan, ergashgan, bog’lovchisiz kabi turlarga ajratadi. G.Abdurahmonov tomonidan tavsiya berilgan qo’shma gaplarning turlarini qiyoslab va chog’ishtirib o’rgandi. Shuningek, A.Berdaliyev qo’shma gaplar sintaksisi sohasiga tizimli tilshunoslikning o’xshashlik (paradikmatika), sintaktik ziddiyatlar (oppozitsiya) kabi tushunchalarni olib kirdi. Lekin A.Berdaliyevning ishida qo’shma gaplarning ajratilish va tasniflash masalalari qo'yilmagan. Mazkur masala G.Abdurahmonov, M.Asqarova va N.Turniyozovlarning ishlarida ko’rinadi. A.Nurmonov o’z ishlarida qo’shma gaplarni mazmun jihatdan o’rganib, gaplarning semantik tizimidagi propozitsiya aspekti, predikativ qurilmalar va kommunikativ aspekti kabi masalalarga o’z e’tiborini qaratdi. R.Sayfullayeva o’z tadqiqotlarida qo’shma gaplarni substantsial jihatdan talqin etgan. Hozirgi kunda qo’shma gaplar nazariyasi keng o’rganilmoqda. Jumladan, professor G.Hoshimov qo’shma gaplarni hajm jihatdan tadqiq qilish alohida ahamiyatga egaligini ifodalaydi. Olim qo’shma gaplarni quyidagi turlarga bo’lib chiqadi: politaksema o’z navbatida kollotaksema (collotaxeme), parataksema (parataxeme), gipotaksema (hypotaxeme), gipertaksema (hypertaxeme), supertaksema (supertaxeme), ultrotaksema (ultrataxeme), arxitaksema (architaxeme), sinkrotaksema (syncrotaxeme) larga bo’linadi. Qo’shma gaplarning tadqiqi ustida ko’plab olim-u olimalar, professorlar izlanishlar olib borgan va olib boryapti. Ko’rinib turibdiki, qo’shma gaplarni har tomonlama tadqiq etish nihoyatda dolzarb masala hisoblanadi. Hozirgi o‘zbek tili nutq uslublarining qariyb hammasida, ayniqsa badiiy va publitsistik asarlarda komponentlari hatto, faqat, yolg‘iz, -gina yuklamalari; ya`ni, masalan, ayniqsa, jumladan, shaxsan kabi kirish so‘zlar; deylik, demak, boshqacha aytganda, shunday qilib kabi fe`l-kirishlar, shu bilan birga, shunday qilib kabi birikmalar, emas to‘liqsiz fe`li va boshqalar yordamida bog‘langan qo‘shma gap tiplari ko‘p uchraydi. Bu vositalar, asosan, uslubiy vazifa bajaradi: ular orqali shakllangan qo‘shma gaplar miqdor-qurilishi jihatidan bog‘lovchili qo‘shma gapning u yoki bu tipiga (bog‘langan yo ergash gapli) o‘xshasa ham, mazmun-hukm nuqtai nazaridan o‘ziga xos ayrim tomonlari bilan ajralib turadi. Bunday gaplarda ayni bir fikr ikki sodda gap orqali berilib, ikkinchi qism birinchi gapda berilgan fikrga aniqlik kiritadi, izohlaydi; u yoki bu belgini ta`kidlash, kuchaytirish maqsadida u gap alohida zarb bilan aytiladi; fakt yo hodisalar solishtiriladi; nihoyat, badiiy va publitsistik asarlarda fikr tadrijiy rivojlantiriladi (gradatsiya): YAshagil, ketmonim, nonim, mehnatim, YA`ni ona-Vatan, senga tashakkur! (G‘.G‘.). Ilmiy nutqda esa ana shu ikki gap orqali umumiylik va xususiylik orasidagi nisbat ochiladi. Bog‘lovchili qo‘shma gaplarda ifoda imkoniyatlari, bog‘lovchisiz qurilmalarga nisbatan, xiyla keng bo‘ladi. Jumladan, ergashtiruvchi bog‘lovchi orqali hosil bo‘lgan qo‘shma gaplarda biror stilistik ehtiyoj bilan ergash gapning o‘rnini o‘zgartish (inversiya) mumkin: Ona kulganda, olam yailarar.— Olam yasharar, ona kulganda. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar uchun quyidagi tip gaplarni kiritish mumkin: 1.Bosh gap tarkibida ko‘pincha ko‘rsatish olmoshlari (u,bu, shu) va ularning turli shakllari (uni, shuni va b.) bo‘ladi: Odatim shu: ishning chalasini yomon ko‘raman. Bunday gaplar og‘zaki nutqda ko‘p uchraydi. 2. Qo‘shma gap qismlarida antonimlar qo‘llanib, ular yorda-mida gaplar mazmuni aniqlanadi: YAxshi oshini eydi, yomon — boshini. 3.Ayrim gaplarda bo‘laklar takrorlanishi mumkin: Bunda bulbul kitob o‘qiydi, bunda qurtlar ipak to‘qiydi. (H. 0.) 4. Qo‘shma gapning birinchi qismi shunday mazmun ifodalab, shunday ohang bilan aytiladiki, undan keyin ikkinchi gap kerak-ligi aniq sezilib turadi: SHukur, befarzand emasman: ikki o‘g‘il-cham, bir qizim bor. (0.) Badiiy nutqda bir necha sodda gap vositasida biror shaxsga tavsif berilsa yoki tabiat manzarasi chizilsa, ortiqcha belgiga o‘rin qolmaydi. Agar ular orasida har safar biror bog‘lovchi qo‘llayversak, ifodaga «ortiqcha» yuk bo‘ladi; ayrim bog‘lovchi takrorlanib qolsa, fikr g‘alizlashadi. Poetik asarda ritm, vazn talabi tufayli bog‘lovchiga sira ehtiyoj qolmasligi mumkin: Daryolar quriydi, nuraydi tog‘lar, Xazon bo‘lar hatto yam-yashil bog‘lar... Ona mehri yashar qalblar-da, Dillarni- dillarga umrbod bog‘lar...(H.O.) Bog‘lovchisiz shakllangan qurilmalar mazmunan uzviy bog‘liq bo‘ladi; ular shunday tartibda joylashadiki, bir gap ikkinchisi uchun juda zarur elementga aylanadi, bir-birini talab qiladi. Ular orasidagi ohang esa ifodaga tasviriylik, obrazlilik, jonlilik kiritadi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ta`siriy bo‘yoq, tasviriylik, jozibalilik kuchli bo‘ladi; ifoda ravonligi tufayli engil o‘qiladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘lovchili qo‘shma gaplarga sinonim bo‘lib, uslub tomondan ikki xil qo‘llanadi: a) bog‘langan qo‘shma gapga teng keladigan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning qismlari payt bildirsa, ular orasiga biriktiruvchi bog‘lovchini, zidlik munosabati ifodalansa, lekin, ammo, biroq bog‘lovchilaridan birini (ba`zan -u, -yu, -da yuklamalarini) qo‘yish mumkin: Oftob so‘ndi, ufqda qip-qizil shafaq yondi. (S. Ahm.) — Oftob so‘ndi va ufqda qip-qizil shafaq yondi. Bulbul ketdi — gul qoldi;— Bulbul ketdi, lekin gul qoldi. Olam quyosh bilan yorug‘„ odam esa ilm bilan;— Olam quyosh bilan yorug‘, odam — ilm bilan. Bu gaplar mazmunan bir-biriga teng bo‘lib, ifoda va uslubda farq qiladi. b) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ergash gapli qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi: Otangiz bor: belingiz baquvvat, o‘g‘lim (0.) - Otangiz bor, shuning uchun belingiz baquvvat, o‘g‘lim. YUrt tinch — sen tinch.— YUrt tinch bo‘lsa, sen ham tinch. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ayrim mazmuniy munosabatlar xiyla umumlashib ketadi: Sen yana kelding, yasandi dunyo, Sahrolarga to‘shaldi gilam. (Qiyos uchun qo‘shma gapga aylantirish zarur). Lekin, biroq, ammo bog‘lovchilari yordamida ko‘proq tazod (antiteza) hosil qilinadi: ey sen, buyuk shahar, muzaffar poytaxt, SHohi jahonlarni tuproqqa qording, Ammo menga yasab shunday taxt, Jahon shohi qilib ko‘tarding. (E. V.) Bu bog‘lovchilar o‘rnida faqat, yolg‘iz, -u (-yu), -da yuklamala-ri, emas, bo‘lsa, esa fe`llari, balki so‘zi kelib, xilma-xil ma`-no bo‘yoqlari (kutilmaganlik, to‘siqsizlik, zidlik, ta`kid, kinoya, voqea-hodisalarning almashinuvi kabi) ifodalanadi. Bu hol so‘zlashuv, badiiy va publitsistik nutqda ko‘proq uchraydi. -u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchilariga sinonim bo‘la oladi. Bu vaqtda qiyoslash, zidlik, tenglik, sabab, natija kabi ma`nolar anglashiladi: Mashina xo‘p yaxshi narsa-yu, o‘ziga yarasha uning ham nag‘malari bor-da. (S. A.) Ikki yil burungi eoqeani eslayman-u, vujudim titraydi. (Y. Sulaymon.) . Demak, zidlov, biriktiruv, qiyos, inkor bog‘lovchilari orasida uslubiy vazifadoshlik bor. SHuning uchun hatto zndlik bildir-gan gaplar ba`zan va bog‘lovchisi ham qo‘llanishi mumkin. Baxt axtarar va qora taqdir Mazax bilan qilar haqorat. (H.0.) Hozirgi zamon poetik asarlarida, ba`zan prozada ham, xilma-xil uslubiy bo‘yoqlarni (ritorika, savol, ta`kid) berish uchun hatto bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasida keladigan -chi yuklamasi qo‘llanmoqda: Bir chelak suv bo‘lib aylanar jahon, Men-chi, bir tomchiman o‘sha to‘lqin-da. (E. V.) Oftob olamni yaratgani rost, Ona-chi, odamni yaratgan zot. (J. J.) Mumtoz adabiyotda ham, bugungi poetik va publitsistik asarlarda ham bir gapning o‘zida ikki va undan ortiq har xil ma`noli bog‘lovchilar qo‘llanib, uslubiy vazifa bajarganini ko‘rish mumkin: Agarchi ahli navodur vale ul oy boqmas. (N.) Lekin u kamroq topildi, garchi bisyor istadim (N.). Bu faktlar sinonimiyaning bog‘lovchilar orasida ham kuchli ekanini ko‘rsatadi. Demak, bog‘lovchilarning yakka yoki qo‘shaloq, hatto uch marta qo‘llanishi ham muayyan-maqsad bilan bog‘langandir: ta`kid va zidlik ma`nosini berish uchun -u (- yu), -da yuklamalari bilan bir qatorda lekin, ammo, biroq bog‘lovchilari ham qo‘llanadi: Kolxozda ishlarim boshdan oshib yotibdi-yu, lekin kelmaslikka ilojim yo‘q. (As. M.) Tenglik va zidlik ma`nolarini ifodalash uchun va, lekin (biroq, ammo) bog‘lovchilari yonma-yon keladi: Do‘sti sodiq yo‘q ekan, deb o‘rtanib kuyma va lek Mehr uyin keng ochsang, erkin, do‘st bo‘lur begona ham. (E. V.) Tenglik va ayiruv ma`nolarini bir yo‘la berish uchun va, yo (yoki) bog‘lovchilari ishlatiladi: Ko‘l uzra oqqushlar parvoz etdimi Va yo o‘ylaringni olib ketdimi, Sochlaringni silab o‘tganda shamol? (E. V.) Zaruriyat tufayli ba`zan, ayniqsa, so‘zlashuv uslubida ikki bir xil bog‘lovchi yonma-yon keladi: Ammo lekin, SHohistaxonim, vahima bo‘lib qolibsiz. (U.) Xullas, bog‘lovchilarning o‘ziga xos mohiyati, gapda o‘z o‘rni va uslubiy vazifasi bo‘ladi. Badiiy adabiyotda, ba`zan publitsistikada teng bog‘lovchilardan oldin nuqta qo‘yib, ikkinchi gapni bosh harf bilan berish hollari ham uchraydi. Аntitezali qoʼshma gaplarning sistemali tadqiq etish mezonlari quyidagicha: 1) antitezaning stilistik ifoda vositasi – stilema sifatidagi maqomi; 2) antitezali qoʼshma gaplar struktural-semantik modellari turlari va miqdori; 3) antitezali qoʼshma gaplarda bogʼlovchi vositaning morfologik-sintaktik tavsifi (bogʼlovchi, yuklama, koʼmakchi va hokazolar); 4) antitezali qoʼshma gaplarda komponentlar oʼrtasidagi sintaktik bogʼlanish turlari: a) anaforik b) inforik v) kataforik 5) antitezali qoʼshma gaplarning kommunikativ-pragmatik turlari va ularda ifodalanadigan (qoʼshma gap komponentida ifodalangan maʼnoviy (mazmuniy) va mantiqiy vaziyat, ish harakatlar, holatlar va maʼlumotlarning bir-biriga munosabatidagi nomutanosiblik (yaʼni zidligi, ular oʼrtasidagi antonimik munosabatlar) muddaolar; 6) antitezali qoʼshma gaplarning sigʼimi (hajmi); komponentlar soni va ularni keltirib chiqaruvchi omillar; 7) antitezali qoʼshma gaplar komponentlaridagi struktural uyqashlik (yaʼni komponentlar sintaktik qoliplarining bir xilligi) 8) antitezali qoʼshma gaplarning mavjud funktsional stillarga taalluqliligi a) adabiy b) ogʼzaki v) publitsistik uslub g) rasmiy xujjatlar uslubi d) sheʼriy uslub va hokazolar. 3) zidlov bogʼlovchilarining qoʼshma gap komponentlarini bogʼlashda qoʼllanilishi 9) antitezali qoʼshma gaplar komponentlarida soʼzlar (boʼlaklar) tartibi 10) antitezali qoʼshma gaplar komponentlarining joylashuv tartibi (bosh gap → ergash gap/ergash gap → bosh gap) 11) antitezaning (lingvostilistik hodisa sifatida) adabiy hodisa kontrastga qiyoslanishi 12) antitezali qoʼshma gaplarda fonetik-fonologik musiqaviylik vua ritmlilik 13) antitezali qoʼshma gaplar orqali paremiyalarning (maqol va matallarning) ifodalanishi 14) antitezali qoʼshma gaplar punktuatsion jihatlarii. Tildagi asindeton, polisindeton, antiteza va xiazmlarning yuqoridagi mezonlariga tayanib, sistemali tadqiq etish yangi, oʼziga xos sistemali tahlil metodikasini tashkil etadi, bunday tahlil metodikasi esa qoʼshma gap orqali ifodalangan boshqa stilemalar, jumladan, anafora, epifora, katafora, infora, anadiplosis, apokoynu, klimaks, antiklimaks va hokazolarni atroflicha va chuqur tadqiq etishda juda ham qoʼl keladi. Til me’yori katta ijtimoiy ahamiyatga ega: u tilda uni buzilishdan saqlaydi, avlodlar o’rtasidagi aloqani, turli davrdagi madaniy an’analar izchilligini ta’minlaydi. Shuning uchun adabiy til normalari stabil (barqaror) va mustahkam bo’lishi kerak. Ammo haddan ortiq barqarorlik ham tilning hayotiy va samarali rivojlanish jarayoniga to’g’anoq bo’ladi. Masalan, ish-harakatning kelasi zamonda bajarilishi o’zbek adabiy tili tarixida, asosan, -ur formasi orqali ifodalanar edi: qilur, kelur, olur kabi. Hozirgi tilimizda bu formaning, asosan, -ar shakli qat’iylashdi.
Til normasini belgilaydigan belgi-xususiyatlardan biri me’yorning uzluksiz rivojlanib borishidir. Adabiy til normalari doimiy rivojlanib, o’zgarib turadi. Me’yorlarning o’zgarib turishi til rivojining ichki taraqqiyoti tufayli sodir bo’ladi. Ayni nutqning o’zi, ya’ni tilning konkret xarakati til normasi o’zgarishning manbai hisoblanadi. Ammo nutqda yangi fakt tilning e’tirof qilingan normasi bo’la olishi uchun muayyan muddat o’tishi zarur, boshqacha qilib aytganda, ushbu hodisa ma’lum malakaga ega bo’lishi kerak. Masalan, 30-yillargacha o’zbek tilida qo’llanib kelgan ba’zi so’zlar o’tkinchi bir hodisa bo’lganidan normaga aylanmay, so’ngi yillar davomida ishlatilishdan chiqib ketdi. Chunonchi, mehnatkash, mirg’azab (turma nazoratchisi) kabi so’z va terminlar hozir faqat o’tmish lug’atiga xos birliklar sanaladi. Amaliyotda esa adabiy til normalari e’tiborli yozuvchilarning so’z ishlatishlarini kuzatib borish yo’li bilan belgilanadi. Adabiy misollarga tayanish, ularni dalil qilib keltirish u yoki bu so’z va iboralarning to’g’riligini tasdiqlovchi usuldir. Ammo, «adabiy til» va «Badiiy adabiyot tili» bir xil tushuncha emasligini unutmaslik kerak. Badiiy adabiyot til va doirasidan birmuncha chetga chiqadi. Hayotning haqiqiy tasvirini berish maqsadida yozuvchilar o’z asarlarida «adabiy bo’lmagan» so’z va iboralarni qo’llaydilar, adabiy til normasidan asosli ravishda qilingan chekinishlarga yo’l qo’yadilar. O’zbek tilshunosligining fan sifatidagi tarixiy taraqqiyoti bosqichlari va ularga xos vazifalar. XX asr 50-80 yillari o’zbek tilshunosligini muammolari, yechimi, amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlili talqini. XX asr oxirlari o’zbek tilshunosligi muammolari, yechimi haqida. XXI asr boshlari o’zbek tilshunosligining dolzarb muammolari tadqiqining boshlanishi, borishi, natijalarining yangiligi. Formal, substansial va antrpotsentrik tilshunoslik. Ularning umumiy jihatlari va farqlari. Jahon lingvistikasining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri, dunyo tilshunoslik fani oldida turgan dolzarb maslalarni ijobiy hal etishga munosib ulushini qo’shib kelayotgan o’zbek tilshunosligi ham o’tgan asr davomida rang-barang dunyoqarashlar, ta’limotlar, nazariyalar ta’sirini boshidan kechirdi, umumlingvistik jarayonlar qamrovida qoldi. O’zbek nomli etnosotsial jamoa, ya’ni millatga taalluqli, uning boy tarixini o’zida aks ettiruvchi, kundalik aloqa-muloqat ehtiyojini to’la-to’kis qondiruvchi, uni birlashtiruvchi, jipslashtiruvchi o’zbek tilining tabiatini, shakllanish, taraqqiy topish bosqichlari kechagi va bugungi holati, ertangi istiqboli xususida aniq hamda ravshan tasavvurga ega o’zbek tilshunosligi uchun hozirgi zamon jahon tilshunosligida yuz berayotgan o’zgarishlar yot emas. Hech ikkilanmay ta’kidlash lozimki, o’zbek tili tizimida nafaqat qardosh turkiy tillarga oid xususiy jihatlar, shuningdek dunyoning besh qit’asida mavjud mustaqil tillarga doir umumiy qonuniyatlar ham qaror topgan. Shu nuqtayi nazardan o’zbek tilshunosligi bosib o’tgan murakkab yo’lga ilmiy yondashishda, obyektiv baho berishda unga xos qonuniyatlarni umumlingvistik hodisalar, jarayonlardan ajratib qo’ymaslik yoki yulib olmaslik talab qilinadi. Ma’lumki, XX asr boshlarida sotsiologiya va psixologiyadan uzoqlashgan lingvistika “Til o’zida va o’zi uchun” shiorini o’zining yagona obyekti sifatida e’lon qildi. F. de Sossyur ilgari surgan umumiy semiologiya loyihasi semiotikada qisman ifodasini topgan bo’lsa-da, lingvistika o’z mustaqilligini yo’qotmadi, semiotikadek umumiy fanning qismiga aylanib ketmadi. Y.D.Aprsyanning qayd etishicha, struktur paradigma tufayli sodir bo’lgan qayta qurish an’anaviy lingvistik muammolarni yanada chuqurlashtirdi, boyitdi va kengaytirdi; lingvistikani “ilmiy haqiqatni izlash, axtarish metodologiyasi” bilan qurollantirdi.
XX asr oxiriga kelib tilni belgilar tizimi tarzida tadqiq etish masalasi tadqiqotchilarni ortiqcha qiziqtirmay qo’ydi. Lingvistika yana psixologiya va sotsiologiya bilan yaqindan munosabatga kirishishga intila boshladi. Kognitivistika Sossyurning til-nutq, sinxroniya-diaxroniya, sintaksis-semantika, leksika-grammatika kabi til dixotomiyalaridan voz kecha boshladi. Tilni insonning kognitiv qobiliyatlaridan biri sifatida baholandi, tilshunoslikni esa kognitologiyaning bo’lagi deb e’lon qilindi. Natijada, tilshunoslik tag’in o’z mustaqilligini yo’qotay dedi. Shunga qaramay til haqidagi fanning yakkalikdan chiqishiga, unga tegishli ijtimoiy ahamiyatning yanada o’sishiga shak-shubha yo’q edi. XX asr lingvistikasi bosib o’tgan yo’lni kuzatar ekanmiz, undagi bir qator xususiyatlarni e’tirof etish lozim bo’ladi: 1. Tilshunoslik har doim boshqa, xoh gumanitar, xoh tabiiy fanlar bilan bajonidil aloqaga kirisha oldi. Biologiya, sotsiologiya, psixologiya bilan lingvistikaning yaqindan aloqasi bois biolingvistika (bu yo’nalish o’zbek tilshunosligida hozircha shakllangan emas), sotsiolingvistika, psixolingvistika tarkib topdi. 60-yillardan e’tiboran injener lingvistikasi, keyinroq matematik lingvistika, buning zamirida esa, komputer lingvistikasi vujudga keldi. Bunday aloqalar natijasi o’laroq tilshunoslikka oid tadqiqotlarda turli-tuman tushunchalarni ifodalovchi terminlar o’z ifodasini topdi. Shunga qaramasdan, tilshunoslikda uning predmetiga mos xususiyatlargina saqlanib qolaverdi, mos tushmaydiganlari o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketdi yoxud sof lingvistik mazmun bilan qanoatlandi.
2. Kiritilayotgan tushuncha uchun aniq ta’rifning yo’qligi uning samarali qo’llanishiga to’sqinlik qilolmadi, “lisoniy bilish”, “lisoniy qiyofa”, “borliqning lisoniy tasviri”, “diskurs”, “konsept” singari terminlar mohiyati qator izlanishlar negizida aniqlashtirib borildi.
3. Tilshunoslikda L.Elmslevning glossematika nazariyasidan boshqa biron bir lingvistik loyiha va lingvistik ta’limot o’zining mantiqiy poyoniga erishmadi, amalda mujassam bo’lmadi. Shunday qilib, lingvistika uchun mustaqillik maqomining tabiiyligi, va aksincha, boshqa fanlarning ta’siri sezilarli bo’lsa-da, ammo muvaqqat xarakterdaligi ayon bo’ldi. Zikr etilgan jihatlar o’zbek tilshunosligida ham o’z ifodasini ma’lum darajada namoyon etdi. Milliy istiqlol tufayli o’z taraqqiyot yo’liga tushib olgan ona tilining tabiatiga mos mezonlarni ishlab chiqish, unut bo’lgan boyliklarini qayta tiklash, sofligini ta’minlash, kelajak istiqbollarini belgilash kabi ustivor jihatlarga «Davlat tili haqidagi», “Ta’lim to’g’risidagi” qonunlarda, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda boshqa ko’pgina hujjatlarda alohida e’tibor qaratildi. O’zbek tilshunosligi so’nggi yillar davomida ma’lum darajada o’sib, taraqqiyot ta’sirida paydo bo’layotgan masalalarni hal etishga diqqatini qaratdi. Jahon tilshunosligidagi singari o’zbek tilshunosligida ham endilikda e’tibor til strukturasi muammosidan tilning inson faoliyatining turli sohalaridagi vazifasiga ko’cha boshladi. Tilning sistem xarakteri, til birliklarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari, o’zaro munosabatini atroflicha tahlil etish kun tartibidan barqaror joy oldi. Bugun zamonaviy jahon tilshunosligidan muhim o’rin olayotgan jihat bu inson faoliyatining turli sohalar bilan uzviy bog’liq bo’lgan ilmiy ma’lumotlar singishi va o’zaro ta’siri hisoblanadi. Lingvistikaning turli fan sohalari bilan munosabatga kirishi natijasida tilshunoslikda etnolingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, matematik lingvistika, kompyuter tilshunosligi kabi paydo bo’lgan yangi yo’nalishlarning o’ziga xos xususiyatlari haqida talabalarga puxta bilim berish, yosh iste’dodlarni mazkur sohalarga dadil yo’llash lozim. Bugun oliy o’quv maskanlarida o’zbek tilini o’qitish jarayonida unga tizim sifatida yondashish, tizim qonunyatlari negizida til va uning birliklari hamda hodisalarini talqin etish, shakl va mazmun asimmetriyasi, ona tilining funksional ko’pqirraligi haqida chuqur ilm berish, nazariy jihatdan etuk lingvistlar tayyorlashda tarixiy tilshunoslik tutgan mavqeini aniq belgilash zarur. Oliy ta’lim tizimini tashkil etishning ustuvor vazifalaridan biri tarzida talaba bilimining sintezi, fanlararo aloqa omilining e’tirof etilishdir. O’zbek lingvistlari oldida hozirgi vaqtda tilni ham nazariy, ham amaliy jihatdan mukammal o’zlashtirishni ta’minlovchi ta’lim maqsadiga mos dastur, qo’llanma va darsliklar, o’quv-metodik ishlari barpo etishdek dolzarb vazifa turibdi. Ushbu masalani ijobiy hal qilish uchun oliy o’quv yurtlari hamda O’zRFA tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari o’rtasidagi aloqalar samaradorligini oshirish, salohiyatli kuchlarni birlashtirish, moddiy-texnika bazasini hamkorlikda yaratish va undan unumli foydlanish zarur bo’ladi. Oliy ta’lim tizimida til o’qitishdan bosh maqsad talabaning o’rta maktab ta’limida egallagan to’g’ri so’zlash, savodli yozish, aniq tafakkur qilish malakasini yuqori bosqichga ko’tarishdir. Bunda, shubhasiz, o’zbek tilining unga xos fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini puxta egallash, og’zaki va yozma nutqda ularga qatiy rioya qilish, adabiy tilning me’yorlariga oid bilimlardan yaxshi xabardor bo’lish alohida ahamiyatga ega. Jahon tilshunoslari safida XXI asrga shaxdam qadam qo’ygan o’zbek olimlari oldida ham o’tgan asrda o’z echimini uzul-kesil topmagan “Til va jamiyat”, “Inson va uning tili” kabi masalalar bilan bog’liq vazifalar ko’ndalang bo’lib turibdi. Xo’sh, tilshunoslardan tinimsiz mehnat, ulkan chidam va iqtidorni talab qiluvchi lisoniy masalalarni ijobiy hal etish maqsadida avvalambor til qurilishining qaysi jihatlariga diqqatni qaratish, qanday izlanishlarni ro’yobga chiqarish lozim bo’ladi?
1) zamonaviy lingvistikadagi yangi yo’nalishlar bo’yicha olib borilayotgan izlanishlar ko’lamini aslo sekinlatmagan tarzda, an’anaviy tilshunoslik doirasidagi tadqiqotlar sur’atini yanada kengaytirish;
2) XVIII asr oxiridagi I.Gerder hamda umumiy tilshunoslik fanining asoschisi V.Gumboldt tomonidan ilgari surilgan tilning xalq madaniyati, urf-odati, rusumi, xarakteri bilan chambarchas bog’liqlikda o’rganuvchi etnolingvistikani shakllantirish va rivojlantirish;
3) komparativistika, ya’ni qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nuqtayi nazardan qardosh turkiy tillarni o’zbek tili bilan muqoyasa qilish borasida keyingi paytlarda yo’l qo’yilayotgan sustkashlikka barham berish, nafaqat o’zbek va turk, shuningdek o’zbek, qozoq, turkman, qirg’iz, qoraqalpoq, tatar tillari materiallarini qiyoslashga jiddiy e’tiborni qaratish, natijada turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasini o’zbek tilida yaratish;
4) o’zbek tilshunosligini uning bosh yo’nalishlaridan biri turkologiyasiz aslo tasavvur etib bo’lmaydi. O’zbek turkologlari erishgan yutuqlar turkologiyada munosib baholangan. Ular haqida mavridi kelganda alohida mulohaza bildirish mumkin. Hozir esa, mazkur yo’nalish oldida o’z echimni kutayotgan jihatlargagina diqqatni tortmoqchimiz:
a) skiflar, saklar, sarmatlar, kushonlar, toxarlar davriga taalluqli onomastikani atroflicha o’rganish, qadimgi yunon, xitoy olimlari, muarrixlarining turkiy qabilalar haqidagi ma’lumotlarini sinchiklab tahlil qilish;
b) oltoy tillarining genetik qarindoshligi, turkiy, mo’g’ul, tungus-manjur tillarining yagona til asosida shakllanganligi to’g’risidagi mavjud dunyoqarash kesimida chuqur ilmiy izlanishlar olib borish;
d) turkologiya bo’yicha bibliografik sravochnik tayyorlash, keng jamoatchilikni turkologiyaning tarixi, hozirgi holatidan xabardor qilish va h.k.;
5) XX asrning 20-30 yillari o’zbek matbuoti tili, milliy uyg’onish davri alifbo va imlo masalalari, adabiy til va jonli so’zlashuv tili muammolari bo’yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni jadallashtirish;
6) muayyan tilning rivojlanishi darajasi undagi lug’atlarning rang-barangligi, miqdori bilan o’lchanishini e’tibordan qochirmagan holda, lingvistikaning turli sohalariga xizmat qiluvchi lug’atlar tuzish, so’nggi texnika vositalari bilan ta’minlash, xalqaro axborot tizimiga integratsiyalashish va undan foydalanish;
7) o’zbek tilining dinamik holatini tadqiq etishda bebaho manba hisoblanuvchi yozma obidalarni atroflicha, chuqur ilmiy asosda o’rganish, yoshlarni bu yo’nalishga dadil jalb etish;
8) belgilar sistemasidan iborat sifatida e’tirof etilyotgan tilning kommunikativ va ekspressiv funksiyalarini ochib beruvchi izlanishlarga jiddiy e’tiborni jalb etish;
9) so’nggi paytlarda o’z holiga tashlab qo’yilgan terminalogiyada mavjud boshboshdoqlikka barham berish, terminlarni muvofiqlashtirish va unifikatsiya qilish va h.k. Jahon lingvistikasi yutuqlarini o’rganayotgan, ularni har tomonlama tahlil etayotgan, ayni chog’da, tilshunoslikda yuz berayotgan keskin metodologik bahslarda munosib o’rin egallashga intilayotgan til haqidagi fanimizmning XXI
III BOB XULOSA
Xulosa qilib aytganimizki, tilni ilmiy asosda o'rganuvchi mustaqil va aniq fan tilshunoslik deyilar ekan. Lingvistika termini lotincha lingvo-til, tika-ta'limot kabi tushunchasini anqlatadi. Tilshunoslik fanini o'rganadigan soha ijtimoiy hodisa sanalgan tilning o'zidir. Bu fan tilning kelib chiqishi. tarixiy taraqqiyot jarayonlari hamda uning qonuniyatlarini ilmiy asosda tekshiradi va xulosalar chiqaradi. Tilshunoslik jami tilni qaysi nuqtai nazardan o'rganishga qarab muayyan (xususiy). umumiy va qiyosiy tilshunoslik kabi sohalarga bo'linadi. Muayyan (xususiy) tilshunoslik aniq birorta til (masalan o'zbek tili)ning lug'at tarkibi, fonetik tizimi va grammatik qurilishi, uning shakllanishi hamda taraqqiyot yo'llari, boshqa tillarga munosabati kabi masalalarni ilmiy asosda o'rganish orqali uning tovush tizimini tekshiradi va grammatikasini yaratib beradi. Umumiy tilshunoslik esa. umumaii tilning kelib chiqishi, yani paydo bo'lishi, uning ijtimoiy mohiyati, til bilan taffakurning o'zaro munosabati. tillaming taraqqiyot va shakllanish yo'llari, uning jamiyat hayotida tutgan o'mi, vazifasi, fonetik. leksik. grammatik qonuniyatlari. tillarni tekshirish va tasnif qilish usullarini umumlashtirish asosida ilmiy xulosalar ehiqaradi. Qiyosiy tilshunoslik esa birdan ortiq (qardosh yo qarindosh yoki qarindosh bo'lmagan) tillaming fonetik leksik, grammatik xususiyatlarini o'zaro chog'ishtirib qiyoslab o'rganish orqali ular orasidagi o'xshash va noo'xshash lingvistik hodisalar haqida ma'lumotlar beradi. Tilshunoslik fanining boshlang'ich bosqichi tilshunoslikka kirish hisoblanadi va u tilning boshqa hodisalari ichida tutgan o'rni, tuzilishi umuman, til haqidagi fanning asosiy tushunchalarini o'rganadi.
IV BOB Foydalanilgan Adabiyotlar
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat –yengilmas kuch. –T.: Ma‘naviyat, 2008.
–B. 89-90.
Karimov I.A. Til elni birlashtirishi lozim. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O‘zbekiston. 2012., 439 b, 66-bet.
3. «Ta'lim to‘g‘risida» gi Qonun // Barkamol avlod–O‘zbеkiston
taraqqiyotining poydеvori.-T., 1997.-B. 27.
Abuzalova M. Gapning eng kichik qurilish qoliplari haqida\\ O`TA. 1991. N 5. 42-46 b.
Zikrillaеv K.N . O`zbеk tili morfologiyasi. Buxoro. 1994. 94-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |