I. I. Ish tartibi



Download 427,13 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2022
Hajmi427,13 Kb.
#417639
  1   2
Bog'liq
1-лаборатория иши


I – laboratoriya ishi
I. LABORATORIYA ISHLARI TEXNIKASI

I. I. ISH TARTIBI


Kimyo laboratoriyasida ishlash vaqtida quyidagi qoidalarga rioya qiling:
1. Darslikdan va lektsiyadan tegishli bo’limlarni, o’qib chiqing va laboratoriya ishining mazmuni bilan tanishing.
2. Tajriba uchun kerak narsalar (idishlar, asboblar, reaktivlar) borligi aniqlanguncha tajriba boshlamang.
3. Tajriba o’tkazish vaqtida ishning qo’llanmada ko’rsatilgan tartibi va ketma – ketligiga rioya qiling.
4. Hamma ehtiyot choralariga rioya qiling (kerak bo’lgan taqdirda, ishni mo’rili shkafda bajaring, yonuvchi va havfli moddalar bilan ishlaganda ehtiyot bo’ling).
5. Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating va uning tafsilotlarini bilib oling.
6. Ish tamom bo’lgandan keyin, ish o’rnin tartibga soling.
7. Kuzatilgan barcha hodisalarni va bo’lgan reaktsiyalarning tenglamalarini tajriba tamom bo’lishi bilanoq ish daftarlariga yozib qo’ying.
8. Ish daftarlariga ish o’tkazilgan kunni, temaning nomini, ishning mazmunini yozing (asbobning sxemasi yoki rasmini chizing), kuzatish natijalari, reaktsiya tenglamalari, hisoblar va xulosalar va xulosalarni yozing.

1.2. REAKTIVLARDAN FOYDALANISH QOIDALARI


Eritmalar va quruq reaktivlar jips berkitadigan shisha tiqin, rezina yoki yog’och probka bilan berkitiladigan shisha idishlarda (sklyankalarda, bankalarda) saqlanish kerak. Reaktiv solingan har qaysi sklyanka yoki bankaga reaktivning nomi, sifat («texnik», «toza», «analiz uchun toza», «ximiyaviy toza») va kontsentratsiya (eritmalar uchun) yozilgan etiketka yopishtirib qo’yilishi kerak.
Reaktivlardan foydalanish quyidagi qoidalarga rioyaqilish kerak:
1. Bajariladigan ish uchun reaktivdan qancha olish kerakligi aytilmagan bo’lsa, ularni mumkin qadar kamroq oling (bunday qilingan material ham, vaqt ham tejaladi).
2. Ortib qolgan reaktivlarni shu reaktiv olingan idishga qaytarib solmang.
3. Reaktivlardan kerakgi olingandan so’ng, o’sha zahotiyoq, banka yoki sklyankaning probirkasini tiqib, joyiga qo’ying.
4. Quruq reaktivlarni muguz, chinni yoki metall qoshiqchalar yoxud shpatlar bilan oling. Ular hamma vaqt toza va quruq bo’lishi kerak; ishlatib bo’lgandan so’ng ularni filtr qog’oz bilan yaxshilab arting.
5. Reaktivni pipetka bilan olsangiz, pipetkani yuvmay turib, unda boshqa sklyankadan reaktiv olmang.
1.3. LABORATORIYADA ISHLASH VAQTIDA RIOYA QILINISHI KERAK BO’LGAN EHTIYOT CHORALARI
1. Zaharli va badbo’y moddalar bilan qilinadigan tajribalarni mo’rili shkafda bajaring.
2. Ajralib chiqadigan gazni yaqin turib hidlamang. Gazni hidlash zarur bo’lsa, ehtiyot bo’lib, havoni qo’lingiz bilan idish og’zidan o’zingiz tomon yelpitib hidlang.
3. Kuchli kislotalarni, ayniqsa, sulfat kislotani suyultirishda suvni kislotaga quymang, kislotani suvga jildiratib quying.
4. Reaktivlarni quyishda ularni yuzingizga yoki kiyimingizga sachratmasligi uchun hech vaqt idishning tepasiga engashmang.
5. Suyuqlik qizdirilayotgan idish ustiga engashib qaramang, chunki suyuqlik ba‘zan sachrab chiqishi ham mumkin.
6. Probirkaga biror narsa solib qizdirayotganingizda uning og’zini o’zingizga yoki yoningizda turgan idishga qaratib tutmang.
7. Yuzingizga yoki qo’lingizga suyuqlik sachrasa, suv bilan darhol yuvib tashlang va sochiq bilan arting. Kuchli kislota sachrasa, avval ko’p miqdor suv bilan, so’ngra esa sodaning suyultirilgan eritmasi bilan yuving. Teriga ishqor sachraganda uni suv bilan to silliqlik yo’qolguncha yuvish kerak.
8. Oson o’t oluvchi uchuuvchan moddalar bilan qilinadigan
tajribalarni o’tdan uzoqroqda va, imkoni bo’lsa, mo’rili shkafda o’tkazing.
9. Benzin, spirt, efir o’t olib ketsa, alanga ustiga qum sepib o’chiring.
10. Zaharlanib qolsangiz va qattiq kuysangiz darhol vrachga ko’rsating.

1.4. XIMIYAVIY IDISH VA U BILAN ISHLASH.


Ximiyaviy tajribalar vaqtida moddalar bilan qilinadigan ishlarning ko’pchiligi yupqa shisha idishlarda bajariladi. Bunday shisha temperaturaning birdan o’zgarishiga odatdagi shishaga qaranganda yaxshi chidaydigan bo’ladi. eng ko’p ishlatiladigan shisha idishlar probirka, stakanb yumaloq tupli kolba, yassi kolba, konus shaklidagi kolba, Vyurts kolbasi va retortalardir (2 - rasm).
Kristalizatorlar, har xil voronkalar, soat oynalari, allonjlar ham shisha idishlarga kiradi.
SHisha idishlar bilan bir qatorda, chinni kosachalar va tigelllar ham ishlatiladi. (3 - rasm).
Ish vaqtida idishlarni mahkamlab qo’yish uchun halqali va qisqichli temir shtativlar ishlatiladi. shisha idishlar (stakanlar, kolbalar) qizdirilayotganda sinmasligi uchun ular asbeslangan metall to’rlar ustiga qo’yiladi.
Moddalarni qattiq qizdirish kerak bo’lsa, chinni tegillardan foydalaniladi; bunda ular chinni nay kiygizilgan sim uchburchaklar ustiga qo’yiladi. Qattiq moddalar chinni hovonchalarda tuyiladi.
Suyuqliklar, odatda, chinni kosachalarda bug’latiladi.
Suyuqliklarning hajmini o’lchash uchun o’lchov idishlar: o’lchov kolbalari va tsilindrlar, minzurkalar ishlatiladi.
Suyuqliklarni juda aniq hajmda qilib o’lchab olish uchun pipetkalar ishlatiladi. Ular kichikroq diametrli, o’rtasi keng naylardir.
Qattiq qizdirilgan ximiyaviy idishni, ayniqsa shisha idishni darrov sovuq stolga yoki temir shtativ tagligaga qo’yish va sovuq suvga tegizish yaramaydi. Ichida qaynab turga suvi yoki eritmasi bo’lgan kolbani sovuq suvga botirish yoki vodoprovod jumragi ostida sovitish mumkin. Bunda kolbaning suyuqlik tegmay turgan qismiga suv sachramasligi lozim. Suyuqliklarni probirkaga solib qizdirishda probirkaning suyuqlik sathidan yuqori qismini yoki faqat
tubini qizdirish mumlaqo yaramaydi. Probirkaning suyuqlik sathidan yuqori qismi qizdirilsa, probirka yorilishi, tubi qizdirilganda esa suyuqlik otilib chiqishi mumkin. Probirkaning suyuqlik turgan qismi alangada bir tekis qizdirilishi kerak.

1.5. TAROZI VA TORTISH.


Tarozi ximiya laboratoriyasining zarur asbobidir. Shuning uchun, laboratoriyada ishlovchi har bir kishi tarozini ishlata bilishi kerak.
Ximiya laboratoriyada, odatda, aniq tortish kerak bo’lmagan hollarda ishlatiladigan tarozilar (oddiy tarozilir), texno – kimyoviy va analitik tarozilar ishlatiladi. Oddiy tarozilar («savdo taroziliri») 1- 2 g ortiq yoki kami ahamiyatga ega bo’lmagan hollarda ishlatiladi.
Texno – ximiyaviy tarozilar esa 0,01 g aniqlik bilan tortishga imkon beradi. Ular, ko’pincha, sintez ishlarida, reaktsiya uchun olingan va reaktsiya natijasida hosil bo’lgan moddalarni tortishda ishlatiladi.
Analitik tarozilar eng aniq tortadigan tarozilar bo’lib, ular, asosan, analiz vaqtida ishlatiladi. Bu tarozilarda 0,0001 – 0,0002 g aniqlik bilan tortish mumkin.
Har qaysixil tarozining o’z tarozi toshi bo’ladi: oddiy tarozilarda, odatdagi toshlar, texno – ximiyaviy tarozilarda aniq toshlar, analitik tarozilarda esa analitik toshlar ishlatiladi. texno – ximiyaviy va analitik tarozilarda ishlatiladigan toshlar maxsus qutichalarga (g’iloflarga) solib qo’yiladi; ular mayda toshlar deyiladi. odatdagi toshlar qo’l bilan olinadi; aniq va analitik toshlarni qo’l bilan olish yaramaydi, aks holda ularning aniqligi buziladi. Shuning uchun mayda toshlar g’ilofi ichida pittset bo’ladi va tortish vaqtida toshlar anashu pintset bilan qisib olinadi.
Odddiy tarozilar har qanday stolga qo’yilishi mumkin. Biror narsani tortish uchun, bu narsa tarozining chap pallasiga, tosh esa o’ng pallasiga qo’yiladi.
Texno – ximiyaviy tarozida tortishda qo’yidagi qoidalarga qat‘iy rioya qilish kerak:
1. Texno – ximiyaviy tarozi buzuq bo’lsa, uni tuzatish o’z qo’lingizdan kelmasa, darhol o’qituvi yoki laborantga murojaat qiling.
2. Tarozi pallasiga issiq, ho’l va iflos narsalarni qo’ymang. Suyuqliklar bilan ishlatganda ularni taroziga va toshlarga hech qachon tomizmang.
3. Tortiladigan moddani to’g’ridan – to’g’ri tarozi pallasiga qo’ymang.
4. Tortiladigan narsani tarozining chap pallasiga, toshchalarni esa o’ng pal*lasiga qo’ying. Tortiladigan narsani va toshlarni tarozi pallasining o’rtasiga qo’ying.
5. Toshlarni faqat pintset bilan oling va ularni tarozi pallasidan olgandan keyin g’ilofdagi o’z joyiga qo’ying; toshlarni stolga qo’yish yaramaydi, chunki ular iflos bo’lishi va yo’qolishi mumkin.
6. Bir laboratoriya ishida har xil moddalar ketma–ket tortiladinan bo’lsa, bir tarozidan va bir g’ilofdagi toshlardan foydalanish kerak.
7. Tortib bo’lganingizdan keyin, tarozida hech narsa qoldirmang.
8. ish tugallangandan so’ng, tarozi va toshlarni tekshiring hamda tarozini arretirlab qo’ying.

Download 427,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish