habar berish (rang, tovush bilan);
energiyadan foydalanishni rejalashtirish hisobiga energiya resurslariga ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish maqsadida energiyani hisobga olish kattaliklarining parametrlarini oldindan bashorat qilish (qisqa, o’rta va uzoq muddatili);
inson ishtirokini minimumga keltirish va boshqarish sifatini ta‟minlash hisobiga energiya resurslariga ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish
maqsadida ma‟lum mezonlar va iste‟molchilar-rostlagichlarni ulash/uzish
funksiyalarida prioritet sxemalar asosida energiya iste‟molini avtomatik boshqarish;
sinxron o’lchashlarni ta‟minlash hisobiga energiya resurslariga ishlab chiqarish bo’lmagan harajatlarni minimallashtirish maqsadida yagona tizim vaqtini ushlab turish. Ishlab chiqarish korxonalarining ko’plab amaldagi ENHAT o’z tuzilmaviy va funksional cheklashlari tufayli ko’rib chiqilgan masalalarni faqat qismini echadi.
Optik port orqali hisoblagichlarda so’rov o’tkazish orqali ENHAT ni tashkil etish ENHAT tashkil etiladigan tizimlarning eng soda varianti bo’lib hisoblanadi. Bunda hisoblagichlar bir-biri bilan o’zaro bog‟lanmagan. Hisoblagichlar va ma‟lumotlarni yig„ish markazi orasida aloqa yo’q. Barcha hisoblagichlardagi ma‟lumotlar operator hisoblagichlarni ko’rib chiqishi jarayonida ularga so’rov berish orqali amalga oshiriladi.
Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish
ko’chma kompyuter vaqti bilan so’rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko’chma kompyuter vaqti ma‟lumotlarni yig„ish markazi vaqti bilan hisoblagichlar so’roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish paytida amalga oshadi. Avtomatlashtirilgan tizim qurishning bu
2.1-rasm. Optik port orqali hisoblagichlarda so’rov o’tkazish orqali ENHAT ni tashkil etish
sxemasi boshqa sxemalarga nisbatan arzon hisoblanadi. Bu variantdagi ENHAT ni qurish
davomida qurilma va vositalarni qo’llashni
maksimal tejash maqsadida ma‟lumotlarni yig„ish markazi rolini ko’chma kompyuterga yuklash mumkin. So’rov optik port orqali so’rov natijalari faylini shakllantiradigan ko’chma kompyuterda joylashgan dastur yordamida bajariladi. Ma‟lumotlarni yig„ish markazi kompyuteri berilgan so’rovga fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma‟lumotlar omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta‟minlangan bo’lishi lozim.
ENHAT ni tashkil etishning bu usuli kamchiliklari hisoblagichlardan
ma‟lumotlarni yig„ishning murakkabligi va tizimda impuls chiqishli elektron hisoblagichlardan foydalanishning imkoni yo’qligi hisoblanadi. Shuning uchun bu sxemani tijorat asosidagi hisobga olish tizimini tashkil etish uchun tavsiya qilish mumkin. Uning tarkibida axborotlarni xotirada saqlash moduli va EHM bilan almashinuv asosida hisobga olish tizimi interfeysi bo’lgan qimmat uncha ko’p bo’lmagan sonli tijorat hisoblagichlari ishlatiladi.
Optik port orqali hisoblagichlarda so’rovni o’tkazilishi bilan ENHAT ni tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
iste‟mol parametrlarini aniq o’lchash:
korxona va uning ob‟ektlari bo’yicha energiya resurslarini tijorat va texnik asosida hisobga olish;
berilgan limitlarga va quvvatni texnologik jarayonlarda cheklashlarga nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) hisobga olish nuqtalari va ob‟yektlari bo’yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
elektr energiyani hisobga olish bo’yicha ma‟lumotlarga qayta ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish;
ma‟lumotlarning to’liqligini tahlil qilish;
ob‟yektlarning elektr bog„lanishlarini va ularning xarkteristikalarini tavsifini olish;
hisoblagichlarni tahlil qilish;
yagona tizim vaqtini ushlab turish.
Do'stlaringiz bilan baham: |