I ham dam ov, Z. Bobom uradov, E. Hamdamova



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/120
Sana31.12.2021
Hajmi6,12 Mb.
#275719
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120
Bog'liq
Ekologiya lot.

Noogenez  bosqichi.
  Kishilik  jamiyatining  paydo  bo'lishi  bilan  bio- 
sferaning  noogenez  davri  boshlanadi.  Bu  davrda  biosferaning  evolutsiyasi 
insonning  ongli  mehnat  faoliyati  ta ’sirida  davom  etadi.  Noosfera  tushun- 
chasi  1924-yilda  fransuz  olimi  E.  Lerua  tomonidan  kiritilgan  yunoncha 
«noos»—aql,  «sfera»—shar  so'zlaridan  olingan.  V.I.Vernadskiyning  ta ’biriga 
ko‘ra  noosfera  inson  mehnati  va  ilmiy  faoliyati  ta’sirida  o'zgargan  bios- 
feradir.  Odamning  paydo  boiishi  biosferaning  o'zgarishiga  kuchli  ta ’sir  et- 
gan.  Fanning,  texnikaning  va  sanoatning  juda  tez  rivojlanishi  elementlar- 
ning  biogen  migratsiyasi  tezlashtirib  yubordi.  Inson  o‘z  faoliyatining  dast- 
labki  bosqichlaridan  boshlaboq  o'simliklar,  hayvonlar  ayrim  turlarining 
yo'qolib  ketishiga  sabab  bo'lgan.  Tosh  asrida yashagan odamlar  mamontlar 
kabi  yirik  sut  emizuvchilarning  yo'qolib  ketishiga  sabab  bo'lgan  inson  ham 
biosferaning  bir  qismi  bo'lib,  u  o'ziga  kerak  bo'lgan  narsalaming  xilma- 
xilini  biosferadan  oladi.  Biosferaga  esa  faqat  sanoat  chiqindilarini  ajratib 
chiqaradi.  Keyingi  vaqtlarda  inson  faoliyati  natijasida  tabiiy  resurslar  to- 
boro  kamayib  ketmoqda.  Ko'plab  o'simlik  va  hayvonlar  turlari  yo'qolib 
bormoqda.  Muhit  sanoat,  turmush  chiqindilari  zaharU  kimyoviy  moddalar 
tomonidan  ifloslantirilmoqda  va  zaharlanmoqda.  Tabiiy  ekosistemalar, 
ko'llar,  o'rm onlar  buzilmoqda.  Biosferadagi  bunday  noqulay  o'zgarishlar 
o'simliklar  va  hayvonot  olamiga,  insonning  o'ziga  ham  kuchh  ta ’sir 
ko'rsatmoqda.  Insonning  gidrosferaga va  atmosferaga ta’sirining  tobora  ku- 
chayib  borishi  biosfera  doirasida  iqlimning  o'zgarishga  olib  kelmoqda. 
Buni  keyingi  mavzularda batafsil  yoritamiz.
So'nggi  yillarda  Antarktida  atmosferasida  ozonning juda  kamayib  ke- 
tishi  natijasida  «ozon  teshiklari»  hosil  bo'lishi  kabi  ayanchli,  xavfli  hodis- 
alar  kuzatilmoqda.  Bu  hodisaning  va  ozon  qatlami  buzilishining  oldini 
olish  maqsadida  Kanadaning  Monreal  shahrida  50  mamlakat  vakillari 
(1987)  freonlar  ishlab  chiqarishni  o'rtacha  50  %ga  kamaytirish  to'g'risida 
xalqaro  bitimga  qo'l  qo'ydüar.  Biroq  atmosferaning  ifloslanishi  yildan  yilga 
davom  etib  kelmoqda.  Atmosferaning  ifloslanishi  sanoat  korxonalarining 
chiqindilari,  tranport  vositalari  ajratib  chiqaradigan  birikmalar,  ayniqsa, 
H 2S,  uglerod  va  og'ir  metallardan  qo'rg'oshin,  mis,  kadmiy,  nikel  va 
boshqa  metallar  zarrachalari  hisobiga  tobora  ortib  bormoqda.  Atmosferaga 
har yili  100  mln  tonna  ifloslanuvchi  moddalar ajratiladi.
Tojikistoning  Tursunzoda  shahri  atrofida  qurilgan  aluminiy  zavodi 
chiqindilari  Surxondaryo  viloyatidagi  mashhur  anorzorlar  hosilining  keskin


kamayishiga,  mevalarning  maydalashib  ketishiga,  hayvonlar  va  odamlar 
orasida  kasalliklaming  ko'payishiga  olib  keldi.  Sug‘orish  va  sanoat 
korxonalari uchun  suvdan isrofgarchilik bilan  foydalanish  kichik daryolarn- 
ing  qurib  qolishiga  yirik  daryolar  suvining  keskin  kamayib  ketishiga  olib 
kelmoqda.  Bunday  ayanchli  hodisalarning  tipik  misoli  Orol  dengizi 
muammosidir.  Mineral  o‘g‘itlaming  chorvachilik  chiqindilari  va  kanalizat- 
siyaning  suv  havzalariga  qo‘shilishi,  suvda  azot  va  fosforning  ortib  ket­
ishiga,  suv  o‘tlarining  ko'payib  ketishiga  olib  kelmoqda.  Kislorod  zaxirasi 
kamayishi natijasida suvdagi  hayvonlar,  ayniqsa,  baliqlar qirilib  ketmoqda.
Keyingi vaqtlada o‘rmonlarning  ko‘proq kesilishi,  yong‘inlar natijasida 
ularning  qisqarishi,  iqlimning  keskin  o ‘zgarishiga,  suvdagi  baliqlarining 
kamayishiga,  tuproq  holatining yomonlashishiga  olib  kelmoqda.
Shu  sababH  tabiatni  muhofaza  qilish  hozirgi  vaqtda  eng  dolzarb  ma- 
salalarga  aylanmoqda.  Tabiatni  muhofaza  qilish  maqsadida  xalqaro  «Bios­
fera  va  inson»  —  (qisqacha  MAV)  dasturi  qabul  qilingan.  Bu  dastur  doira- 
sida  O'zbekistonda  ham  alohida  dastur  tuzilgan.  «Biosfera  va  inson»  das­
turi  atrof-muhitning  holatini  va  insoning  biosferaga  ta ’sirini  o'rganadi.  Bu 
dastuming  asosiy vazifasi  hozirgi  davrdagi  inson  xo'jalik  faoliyatining  kela- 
jakda  qanday  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligini  aniqlash,  biosfera 
boyliklaridan  oqilona  foydalanish,  uni  muhofaza  qilish  choralarini  ishlab 
chiqishdir.

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish