I guruhning asosiy guruh elementlari bo'yicha yopiq test savollari.
1. Galet qanday modda?
2.Spodumen qanday modda?
3. Ishqoriy metallar qanday sharoitda saqlanadi?
4. Ishqoriy metallarning qaysilari suv bilan reaksiyaga kirishganda alanga hosil qilmaydi?
5. Qaysi ishqoriy metall qizil degan man'noni anglatadi?
6. Seziy alangani qanday rangga buyaydi?
7. Litiy xona tempraturasida qanday oddiy moddalar bilan reaksiyaga kirishadi?
8. Litiyning qanday tuzlari suvda oz eriydi?
9. Ishqoriy metallarning yuzasi xona sharoitida qanday moddalar bilan qoplanadi?
10. Litiy karbit qanday olinadi?
11. Kaliy superoksid qaynoq suv va sovuq suv bilan reaksiyaga kirishganda qanday moddalar hosil qiladi?
12. Ishqoriy metallarning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari qanday tabiatli moddalar va suvda eriganda qanday moddalar hosil qiladi?
13. Natriy sanoatda qanday usullarda olinadi?
14. Kaliy sanoatda qanday usullarda olinadi va nima uchun uni elektroliz qilib olib bulmaydi?
15. Ishqoriy metallarning galogenli birikmalari uchun eng muhim hususiyat?
16. Natriyning qanday tabiiy izotopi bor?
17. Kaliyning qanday tabiiy izotoplari bor?
18. Ishqoriy metallarning qaysi biri karbonat va gidrokarbonatlar hosil qilmaydi?
19. Na dan Cs ga tomon ularning gidrokarbonatlarining barqarorligi qanday uzgaradi?
20. Natriyning qanday tuzi ichni yumshatuvchi modda sifatida ishlatiladi?
21. Natriy sulfat nima maqsadda ishlatiladi?
22. Vodorodning tritiy izotopini qaysi ishqoriy metall asosoida sintez qilish mumkin?
23. Bura natriyning qanday birikmasi?
24. Mirabillit qanday modda?
25. Qaysi ishqoriy metall alkil va aril radikal tutgan metall-organik birikma hosil qiladi?
|
26. Natriy gidroksid qanday usullarda olinadi va kimyoviy usulining reaksiya tenglamasini yozing.
27. Ishqoriy metall oltingugurt bilan reaksiyaga kirishib qanday moddalar hosil qiladi va ular suv bilan reaksiyaga kirishsa qanday moddalarni hosil qiladi?
28. Kaustik soda shisha idishda saqlansa qanday kimyoviy jarayon sodir buladi?
29. Suyuq shishaning tarkibini aniqlang?
30. Silvin qanday modda?
31. Karnallit va kainit qanday modda?
32. Kaliy oksid alyuminiy oksid bilan reaksiyaga kirishganda qanday modda hosil qiladi?
33. Soda ko'mir bilan qattiq qizdirilsa qanday moddalar hosil qilinadi?
34. Natrit va kaliyning qanday tuzlari suvda yaxshi erimaydi?
35. Ishqoriy metallar ammiak bilan reaksiyaga kirishib qanday moddalarni hosil qiladi va hosil bo'lgan murakkab moddani sivda eritsak qanday moddalar hosil bo'ladi?
36. Rux natriy metali bilan reaksiyaga kirishib o'zining qanday birikmasini hosil qiladi?
37. Alyuminiy natriy gidroksid bilan reaksiyaga kirishib, o'zining qanday moddasini hosil qiladi?
38. Qaysi ishqoriy metall o'simliklarga ozuqa element hisoblanadi va uning qanday kimyoviy birikmasi o'g'it sifatida ishlatiladi?
39. Ishqoriy metallarning qaysi biri tabiatda uchramaydi?
40. Xonalardagi karbonat angidrid gazini yig'ib olish uchun qanday modda ishlatiladi va bu jarayonda qanday kimyoviy reaksiya sodir buladi?
41. Sovuq kaustik soda xlor bilan reaksiyaga kirishib qanday moddalarni hosil qiladi?
42. Kul tarkibida qaysi ishqoriy metallning tuzi mavjud?
43. Natriy gidroksid qanday idishda saqlanadi?
44. Kalsinatsiyalangan soda bilan kristallik sodaning farqi nimada?
45. Qaynoq kaliy gidroksid xlor bilan reaksiyaga kirishib qanday moddalarni hosil qiladi?
|