I. Gofman dramaturgiyasi Reja: M. Xorkxaymer va uning “jamiyatning tanqidiy nazariyasi”. T. Adorno va sotsiologiya metodologiyasi



Download 36,75 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi36,75 Kb.
#758970
Bog'liq
Frankfurt maktabining “tanqidiy” nazariyasi va


2-Mavzu: Frankfurt maktabining “tanqidiy” nazariyasi va
I. Gofman dramaturgiyasi
Reja:
1. M.Xorkxaymer va uning “jamiyatning tanqidiy nazariyasi”.
2. T.Adorno va sotsiologiya metodologiyasi.
3. G.Marko’zening shaxs to'g'risidagi kontseptsiyasi.
4. Yu.Xabermasning kommunikativ harakat nazariyasi.
5. I.Gofman tomonidan jamiyatning dramaturgik modelining taqdim etilishi.
1. G’arbiy falsafa maktablarining markazidan bir necha 10 yillik davomida falsafaga o'zining sezilarli darajada ta'sirini utkazayotgan maktablaridan biri bu - Frankfurt maktabidir. Bir necha iktidorli siyosatchilarga bo'lgan munosabati radikal- tanqidiy faylasuflar, sotsiologar, iqtisodchi, tarixchilar, adabiyotshunoslar. 1923 yilda Frankfurt Universiteti qoshida ijtimoiy ko’zatishlar instituti atrofida to'plandilar. Frankfurt maktabi 1931 yildan, ya'ni Maks Xorkxaymer (1895-1973) boshqara boshlagandan beri faol shakllanib bordi. Teodor Adorno (1903-1959) G’oyalari shakllanishda mutlaqo ishtirok etdi va aynan u Frankfurtning yo’zi bo'lib qoldi. Ikkinchi jaxon urushigacha va undan keyin institut bilan hamkorlikda ishlagan taniqli faylasuflar qatoriga V.Benyamin, G.Marko’ze, E.Fromm, P.Lazarsfelьd, F.Pollok va boshqalar kirishgan. Frankfurt maktabining kechroq ta'siri bizning davrimiz faylasuflari Yu.Xabermas va K.O.Apellarda o’z ifodasini topadi. Shuni aytish joizki, «Frankfurt maktabi» atamasiga Tanqidchilar 1950 yildan so'ng ishlatishni boshlagan. Xorkxaymer va Adorno esa ushbu atamaga juda kam murojat qilishgan. Shunday bo’lsada, adabiyotlarda bu atama muxrlanib qolgan va u hozirda keng qo'llaniladi. «Tanqidiy nazariya» va «Frankfurt maktabi» nomlari bizning asrimizda muxim ijtimoiy- falsafiy yo'nalishni belgilab beradi. Uning asoschilari ishlarida (Xorkxaymer, Adorno, BenJamin, Marko’ze) butun bir davr taqdiri yoritilib beriladi. Ushbu faylasuflar rasmiy fan chegarasidan chiqishga jur'at topa oldilar. Buning sababi, siyosiy ta'sir hamdir, ya'ni ushbu paytda xokimiyatga «milliy sotsialistlar» kelishadi. Shuning uchun ham bu faylasuf va nazariyachilar ko'chishga majbur bo'ladilar. Asosiy emmigratsiya joylari bu Jeneva, London, Parij, N'yu-York va nixoyat Los-Anjelos bo'lgan. Bu davrda fashizm oqimiga cho’kib borayotgan Yevropa G’arb falsafasi yangi yo'nalishlar o’ylab topdi. Chuqur shubxaga qaramasdan Frankfurtchilar ideal gumanistik jamiyatiga o’z sadoqatlarini saqlab qolishdi. Ular bizni ong va harakat analizini o’tkazishni, ya'ni aniq jamiyat fenomenlariga asoslangan analizdir. Ikkinchi jaxon urushidan keyin ijtimoiy ko’zatuvlar intsituti namoyondalari birin-ketin o’z yurtlariga qayta boshladilar va 1950 yildan boshlab ushbu institut Frankfurtda yana faoliyat yurita boshladi. Frankfurt maktabining ilk davrlarida uning yirik va ko'zga ko'rinarli vakillari bu Xorkxaymer va T.Adornodir.
M.Xorkxaymer (1895-1973). 1895 yil Shtu'tgardda fabrikachi oilasida dunyoga keladi. 1919 yilda otasini kasbini davom ettirish ishtiyoki so'ngandan so'ng u o’z yo’lini tanladi. U Myunxen universiteti talabasi bo'ldi. Undan so'ng esa o’z o'qishini Freyburg va Frankfurt universitetlarida davom ettirdi. Uning mutaxxasisiligi geshtal psixologiya bo'lgan, qisman qurish ongi muammolari bo'lgan. 1922 yili kandidatlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. Shu bilan bir qatorda Xorkxaymer Gusserl va yosh Xaydegger falsafasi bilan ham shug'ullangan. 1925 yil u doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. 1926 yilda esa u Frankfurt universitetining dotsenti bo'ldi.
20-yillarda Xorkxaymer marksizmning juda katta ta'siri asosida uni formasini tiklagan. Yevropada juda kenglikda tarqalgan. Bu ishlar Georg Lukach, Antonio Gramshi, marksizm ta'sirida «Frankfurt teoritiklarini inkor qilishi mumkin bo’lmagan biroq bunda, muloqotlar bu yerda qiyinroq va buni tabiatan tushunish oson emas». Xorkxaymerning dogmatika buyruqni rad etib marksizm absolyuti yo’lida haqiqatni ko'rsatadi. F.Engels dogmatik qarashlariga tabiiy qarshi chiqadi (Lukach bilan birga).
1930 yidda Frankfurt universiteti Xorkxaymer uchun ijtimoiy-falsafa kafedrasini tuzdi. 1931 yilda (1965 yilgacha) u yuqorida aytib o'tilgan ko’zatuvlar instituti direktori bo'lgan. Undan tashqari «Ijtimoiy ko’zatuvlar» jurnalini chop eta boshlagan. Xokxaymer falsafaning birinchi Marks fikrlari bilan chuqurroq zich joylashtirdi va chuqurligi yuqori darajada ko'rib chiqildi. Jamoadagi iqtisodiy strukturani aniq tadqiqotlar bir-birini boshlaydi. Natijada va umumiy jamoa teoriya kritikasi tugaydi. Xorkxaymer T.Adorno va boshqa filosoflar bu nazariyani Germaniyada yaratilgan emas, 30-40-yillarda Amerikada yaratilgan, degan. Yechilgan fazalarni ishlab chiqarishni 1942 yilda T.Adorno bilan birgalikda yozdi. «Dialektika yaratilishi» (1947 yilda chop etildi). Bunda shu ishlar haqida va keyingi ishlar haqida gapirib o'tgan.
Xorkxaymerning Tanqidiy nazariya yaratilishidagi xissasi uning keng falsafiy, ijtimoiy-falsafiy sotsilogik eruditsiyasi bilan tushuntiriladi. Marksizmdan tashqari Xorkxaymer Tanqidiy nazariyasi jamiyatda har xil falsafiy-psixologik, sotsilogik kontseptsiyalar - Kant Tanqidiy falsafasi, Gegel ta'limoti, Shopengauer ta'limoti, Geshtal psixologiyalari ta'siri sezilarlidir.
1943-1949-yillarda Xorkxaymer Amerika yaxudiylar qo’mitasi ilmiy bo'limi boshlig’i bo'lgan. U antisemitezim tadqiqotlariga bag'ishlangan va ko'plab loyihalarni boshqargan. 1949 yil Germaniyaga kaytgach, Xorkxaymer Frankfurt universitetida professor bo'lib tayinlanadi. 1959 yili Germaniya ijtimoiy tadqiqotlar instituti qayta shakllandi.1959 yili Xorkxaymer professorlik lavozimidan ketib institut direktori bo'lib qolaverdi. 1973 yilda N'yurnbergda vafot etadi. Xorkxaymer asarlaridan (“Ma'rifat dialektikasi”dan tashqari) quyidagilarni sanab o'tish joizdir. "Burjuaziya falsafasi chashmasi" (1930yil), "Instrumental idrok Tanqidiga lektsiya va keng qamrovdagi nashri" (1944 yil), "Idrokning so’nishi" kitoblari chiqqan. "1949-1965 yillarda qaydnoma (Xorkxaymer tuplami 6-tom). Jamiyat Tanqidiy nazariyasi asosiy g’oyalar tizimini tashkil qilishdan oldin "Ma'rifat dialektikasi" asarida yozilganidek, ushbu kitobning 2-muallifi bo’lmish Teodor Adornoning ma'naviy rivojlanishidagi asosiy ko’rinishlarini ko'rib chiqishimiz lozim.
2. Teodor Vizengrund Adorno (1903-1969) Mayndagi Frankfurtda vino sotuvchi oilasida tug’ilgan. 1922-1923 yillarda Frankfurt universitetida falsafa, sotsiologiya, psixologiya, musika nazariyalarini o'rganadi. Gusserlga bag'ishlangan seminarlardan birida Adorno Xorkxaymer va Polak bilan tanishadi. 1924 yili Adorno Gusserl fenomenologiyasidagi moddiy va notematik transendentsiya" mavzusi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Musikiy iste'dodga ega Adorno 1925 yilda Venada kompozitor Shonberg qo’lida taxsil oladi. 1930 yili esa Pavel Tellik qo’lida dissertatsiyasini ximoya qiladi. 1928 yili Adorno Ye.Blox bilan tanishadi. Uning asarlari Adornoga qattiq ta'sir qiladi. Ushbu davrda Adornoga Valter Binyamin ijodi ham sezilarli ta'sir o’tkazadi. 1933 yil 30 yanvarda Gitler xokimiyat tepasiga kelgan kuni Adorno "Kerkegor estetik konstruktsiyasi" ishi nashr etildi. 1934 yili u Oksfordga ko’chib ketadi. Bu vaqtga kelib Adorno keyinchalik o'zining "Aniqlash nazariyasi metatanqidi" kitobida yozib o'tgan fenomenologik idealizmdan ajraydi. 1938 yildan boshlab uning immigratsiyaviy xayoti AQSHda davom etadi. Adorno 1928 yildan beri yopiq bo'lgan ijtimoiy tadqiqot institutida ishlay boshlaydi. Amerikada Teodor Vezengrund o'zining mualliflik ismi - Adornoni qabul qiladi. 1941 yili u Kalliforniyaga kuchib utadi. U yerda Xorkxaymer bilan birgalikda "Ma'rifat dialektikasi" ustida ishlay boshlaydi.
1949 yilda Adorno Germaniyaga qaytadi. 1953 yildan boshlab faylasuf Adorno ijtimoiy tadqiqot intitutida hamkor direktor, 1958 yildan boshlab direktor va bir vaqtning o'zida 1956 yildan boshlab Frankfurt institutida falsafa va sotsiologiya
professori bo'lib ishlaydi. 1966 yili uning "Salbiy dialektika" asari nashr etildi. 1969 yili T.Adorno Shveytsariyada vafot etadi. Adornoning 20 tomli asarlar tuplami 1973 yildan boshlab chika boshlaydi, qolaversa Adornoning "Musikaning yangi nazariyasi" (1949 yil) asarini eslab o'tish ham joizdir.
3. Gerbert Marku’ze 1898 yilda Germaniyaning Berlin shahrida tuFidgan. Uning ham ota onasi yaxudiylardan bo'lgan. Lekin ular harbiy xizmatchi oilasi bo'lgan. Gerbert Marko’ze Falsafa fanini sevib o’qigan, va oqibatda Frayburg universiteti tomonidan doktorlik unvonini yoklagan. U AQShda davlat xizmatida ishlagan (1950 yilgacha), undan so'ng esa Kolumbiya universiteti, Brandeys universiteti va San Diyegodagi Kaliforniya universitetida ishlaydi. Gerbert Marko’ze yoshligida urushga qarshi harakatlari bilan 1960-1970-yillarda tanilgan edi. 1979 yilda Gerbert Marko’ze vafot etadi.
4. XX asr 70-yillarining oxiriga kelib sotsiologiyada krizis davri tugaydi, buni sotsiologik bilimning eng yangi, eng ma'qul paradigmasini kidirishga intilish, raqobatdagi paradigmalarni integratsiyalash, mumtoz bosqich merosining «renessansi» g’oyasini targ’ib qilishning susayishida ko’rish mumkin. XX asrning oxirgi o’n yilliklarida sotsiologiyaning rivojlanishida sotsial jarayonlar xususiyatining sotsiologiyaning shakllanishi va ilk rivojlanish boskichlari bilan takkoslaganda ancha o’zgarganligini anglash ko’zga tashlandi. Bu yerda quyidagi tendentsiyalarni ko’zatish mumkin: postindustrial iqtisodiyotni, konsvyumerizm, ya'ni ham firmalar, ham inidvidlarning iqtisodiy faoliyatining asosiga aylangan iste'mol darajasini ustirish strategiyasiin shakllantirish, postideologik siyosatni rivojlantirish, turli ilmiy yo'nalishlar, turli milliy an'analarga xos g’oyalar. usullarni uyg'unlashtirish. ya'ni fanda eklektizm shaklida ommalashgan postmodernizmning shakllanishi.
Shuning uchun bu davrda yaratilgan tadqiqot ishlarini postmodernistik sotsiologiya deb nomlash mumkin.
Ilgari bir-birini inkor etuvchi tadqiqot yondoshuvlarini integratsiyalashga intilishni 1980-yillardagi quyidagi yirik nazariy ishlanmalarda ko’rish mumkin: Yu.Xabermasning kommunikativ harakat nazariyasi, E.Giddensning strukturatsiya nazariyasi, P.Burd'ening konstruktivistik strukturalizmi. Ko'plab sotsiologlar tomonidan tan olingan bu olimlarning tadqiqot yondoshuvlari integrativ paradigmalar nomini oldi.
Kommunikativ harakat nazariyasi - bu shunday tadqiqot yondoshuviki, unga ko’ra jamiyatni, bir tomondan tizim sifatida, boshqa tomondan - xayotiy dunyo sifatida tasavvur qilish lozim. Bu yondoshuvning asoschisi nemis sotsiologi Yu.Xabermas (1929 y.) o'zining «Kommunikativ harakat nazariyasi» (1981) asarida e'tiborni ob'ektiv strukturalar va sub'ektiv ma'nolarga qaratuvchi makrosotsiologik paradigmalar (strukturaviy funktsionalizm, tarixiy materializm) va mikrosotsiologik paradigmalarning (fenomenologik sotsiologiya, simvolik interaktsionizm) nisbiy haqkoniyligini ko'rsatishga harakat qilgan. Bu paradigmalarning chegaralanganligi, Xabermasning fikriga ko’ra, shunda ko’rinadiki, ular ijtimoiy xayotning ikkita ajralmas jihatlari o’rtasidagi alokani «o’zadi». Xabermas sotsial harakatning ikkita turini ajratadi:
1) ob'ektlarni manipulyatsiya qilishga qaratilgan maqsadli-ratsional harakat, bu yerda jismlar ham, tirik jonzotlar, jumladan, insonlar ham ob'ekt sifatida olib qaralishi mumkin;
2) o’zaro harakat qiluvchi insonlarni o’zaro tushunishiga va konsensusiga erishishga yunaltirilgan kommunikativ harakat.
Maqsadli-ratsional harakat jamiyatni tizim, ya'ni individlarning farovonligi va xavfsizligini ta'minlashning eng samarali usullarini belgilab beruvchi rasmiy me'yorlar kompleksi sifatida qayta ishlab chiqadi. Iqtisodiyot - individlar harakatini pul yordamida koordinatsiya qiluvchi faoliyat soxasi sifatida, siyosat - harakatni xokimiyat yordamida koordinatsiya qiluvchi soxa sifatida tizimni tashqil etuvchi kismlardir. Insonlar kelishib harakat qiladilar, yoki bir inson boshqalarning harakatiga haq to'laydi, yoki ayrimlari boshqalarining xukmiga buysunadi.
Kommunikativ harakat jamiyatni xayotiy dunyo, ya'ni individlar tomonidan vokea-xodisalar va bir-birining harakatiga mazmun-moxiyat kasb etish usullarini belgilab beruvchi ramziy strukturalar kompleksы sifatida qayta ishlab chiqadi. Xayotiy dunyoni tashqil etuvchi elementlar sifatida madaniyat, jamoa, shaxs ijtimoiylashuvini olish mumkin. Bu individlar harakatini nutk kommunikatsiyasi vositasi sifatidagi til yordamida koordinatsiya qilinadigan soxalardir. Insonlar kelishib harakat qiladilar, agar ayrimlari u yoki bu harakatning zarurligi va foydaliligini isbotlashga harakat kilsa, boshqalari bu argumentlarni ishonarli deb qabul qiladi.
Tizim va xayotiy dunyo bir-biri bilan o’zviy bog'liq va bir-biriga tobe. Tizim kommunikativ harakatning «moddiy asos»ini ta'minlaydi. Buni quyidagilar orkali bajaradi: bilimlarni to'plash va o’zatishni tashqil etish jarayonlari va texnik ta'minotini; iqtisodiy farovonlikni; huquqiy tartibotni va jamoaning harbiy xavfsizligini, individlar kuch-kuvvati va sokligini q’o’llab-quvvatlashda maqsadli- ratsional harakat ne' mat lari va natijalaridan samarali foydalanish. Xayotiy dunyo esa maqsadli-ratsional harakatning motivatsiyasini ta'minlaydi. Buni insonlar madaniy, ijtimoiy va individual jihatdan ma'qo’l maqsadlarni tanlashda hamda maqsad va vositalarni muvofiklashtirishda yo’naladigan ob'ektlar va xodisalarga ma'no-mazmun berish orkali bajaradi. Lekin zamonaviy dunyoda, Xabermasning fikriga ko’ra, tizim va xayotiy dunyo o’rtasidagi muvozanat bo'zilgan va tizim xayotiy dunyoni mustamlakaga olgan. Mustamlaka ramziy strukturalarni yaratuvchi xayotiy faoliyat soxalarini byurokratlashtirish va kommertsializatsiyalash shaklida namoyon bulmoqda. Xayotiy dunyoni mustamlakaga olish zamonaviy dunyoda ko'plab sotsial muammolarning asosiy sababchisi bo'lib xizmat kilmoqda. Bunday sharoitda tadqiqotning asosiy maqsadini shunday tafakkur va faoliyat motivatsiyasi shaklini rivojlantirish tashqil etishi lozimki, u xayotiy dunyoni qo'llab-quvvatlash va tizim ekspansiyasini jilovlab turishga g'oyaviy asos va amaliy vosita bo'lib xizmat qila olishi kerak.
Xabermas bunday tafakkur va faoliyat motivatsiyasi shaklini ifodalash uchun kommunikativ ratsionallik tushunchasini kiritdi, uni tizimning instrumental ratsionalligiga qarama-qarshi qo’ydi. Kommunikativ harakat nazariyasida tizim tomonidan xayotiy dunyoni mustamlakaga olish kontseptsiyasi va kommunikativ ratsionallik kontseptsiyasi yordamida ob'ektivistik paradigmalar (strukturaviy funktsionalizm va fenomenologik sotsiologiya) aktivistik paradigmalar (tarixiy materializm va Tanqidiy nazariya) bilan integratsiyalashadi.
Kommunikativ harakat nazariyasi insonlar xayotiy faoliyatini tashkil etishning bir-biri bilan o’zviy alokador va bir-birini to’ldiruvchi ikki turini tasvirlaydi va tushuntiradi: o’zaro harakatning rasmiy egasi bo’lmagan namunalari - «tizim» va kundalik shaxslararo kommunikatsiyalar - «xayotiy dunyo». Lekin bu nazariya individual harakatlarni (ham maqsadli-ratsional, ham kommunikativ) sotsial strukturalar (ham tizim, ham xayotiy dunyo) belgilab beradimi yoki harakatlar strukturani keltirib chiqaradimi, degan savolga javob bermaydi.
Bu yerda keltirilgan ma'lumotlar Tanqidiy nazariya deb nomlanadi. Bu bobni bunday nomlanishiga sabab, bu nazariya Tanqidiy nuktai nazardan jamoatchilikni va kadriyatlarni baxolashni amalga oshiradi va uni rivojlantiradi (masalan, tenghuquqlilik, individuallik va jamoaviylik). Tanqidiy nazariya tushunchasi 1923 yilda Frankfurt, Germaniyada ochilgan mustakil Sotsial Tadqiqot Instituti (STI) asoschisi, Frankfurt maktabi yetakchisi Asan nomi bilan bog’liq. Bu qatorga yana Teodor Adorno, Maks Xorkxaymer va Gerbert Marko’zelarni ham kiritish mumkin. Bundan tashqari sotsiologiya fanining professori Yurgen Xabermasni ham yuqoridagilar safiga kushsak bo'ladi. Marksizm “boshqaruv printsipi” maktabi hisoblanib, Xorkxaymer bu maktabga 1930 yilda direktor bo'ldi. 1933 yilda esa Adolf Gitlerni xukumat qarshisiga kelishi, Tahrirdagi siyosiy tuntarishlar, Kairni Muborakning avtoritar to’zumiga o'tishi, Fukusimadagi yirik atom avariyasi, Yaponiyadagi sunami oqibatidagi yer kimirlashlari, Usama Ben Ladenning AQSh xukumati tomonidan Islomobod yakinida o’ldirilishi, Liviya yetakchisi Muhammad Kaddafining ushlab olinib o’ldirilishi, Feysbuk ijtimoiy tarmog’idagi ro’yhatdan o'tganlarning soni 1mlrd.dan,Tvitterda esa 500 mln.dan oshganligi, Muhammad Morsining Misrning prezidenti etib tayinlanganligi, AQSHda yo’z bergan “Sendi” tufonining 100 dan oshiq insonning xayotiga zomin bo'lganligini, Misr prezidenta Morsining xukumat tepasidan ag’darib tashlanishi, xukumat va Morsining tarafdorlari bir-birlari bilan qonli to’qnashuvlarni uyushtirayotganliklari, har oyda Tvitter ijtimoiy tarmotaga kiruvchilarning soni 200 mln.dan oshiqligi haqidagi ma'lumotlarni Tanqidiy nazariyaga yakkol misol qilib olsak bo'ladi. Yuqoridagi maktabning kutubxonasi xukumat tomonidan bosib olinsada uning moliyaviy nuktalari yopib qo’yilmagan edi. Germaniyadan xaydalgan Xorkxaymer va uning hamkasblari AQSHga ko’chib ketishga majbur bo'ladilar (boshida Kolumbiya universitetida ishlaydilar, Nyu York). Va faqatgina urush tugaganidan so'nggina o’z mamlakatiga va Yevropaga qaytadi. Ularning bir kamchiligi yozgan kitoblarining aksariyat qismi nemis tilida bo'lganligi sababli Angliya va boshqa tildagi mamlakatlar foydalana olmagan. Masalan Xorkxaymer va Adornoning “Enligh tenment” nomli asari faqatgina 1974 yilda tarjima qilingan (1944 yilda birinchi asari nashr ettirilgan). Tanqidiy nazariyachilarni aytishiga qaraganda tanqidy fikr jamiyatdagi insonlarning ratsional fikrlarini sustlashishiga olib keladi.
Maks Xorkxaymer 1895 yilda Germaiyaning Shtu'tgarte shaharchasida tug’ilgan. Uning otasi mashxur yaxudiy ishbilarmoni bo'lgan. U otasining badavlatligi sababli Yevopani kezib chiqqan. Maks Xorkxaymer otasining qo’lida ko’pp vaqt ishlaganidan so'ng u akademik bilimlar bilan mashgul bo'ladi. Maks Xorkxaymer harbiy xizmatdan qaytgach Immanuil Kant bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi va oqibatda 1930 yilda Sotsial Tadqiqot Institutining direktoriga aylanadi. Nemis fashistlaridan kuvFinlikda bo'lib, AQShda yurak xastaligi bilan kasallanadi. Doktorining talabiga ko’ra u ham “Pacific Palisades”ra kuchib utadi. U yerda Xorkxaymer Adorno bilan birgalikdagi “Ezgulik dialektikasi” nomli asarini yozadi. Xorkxaymer urush tugaganidan so'ng bir necha marta Frankfurtga va AQShlariga kaytib kelib yurgan. U 1973 yilda Germaniyada AQSh fukarosi bo'lib olamdan utadi.
Teodor Adorno 1903 yilda Germaniyaning Frankfurt shahrida dunyoga kelgan, ota- onasi katolik-yaxudiylardan bo'lgan. U Avstriyaning Venadagi musika maktabida taxsil oladi, falsafa fanini ham juda maroq bilan o’qiydi, doktor Edmund Gusserlьning ijodi bilan ham qiziqadi. Adorno Frankfurtdagi Sotsial Tadqiqot Institutiga 1938 yilda kiradi. Angliyaning Oksford universitetida 4 yil taxsil olib, kasbdoshlari bilan kuvtanlikda yurib, urush tugaguniga kadar AQShda o’z faoliyatini olib boradi. Los-Anjelosning “Pacific Palisades” ga ko’chib ketishidan oldin Adorno o'zining musikiy bilimlarini yanada boyitib, ulardan foydalangan xolda Kolumbiya universitetining radio tadqiqot yo'nalishida o’z faoliyatini olib boradi. U madaniy Jaz soxasida o'zining ilmiy ishlarini olib boradi va bu yo'nalishdagi musiqa insonni kay darajada sindirishi va ruxini tetiklashtirishi haqidagi izlanishlarini olib boradi. U radio bilan kig’oyalanibgina kolmay balki televidiniyadagi va gazeta-nashrlardagi novatorlik qobiliyatlarini ishlatgan xolda yangilik kiritgan. Adorno 66 yoshida ya'ni 1969yilda vafot etadi. Xorkxaymer va Adornoning birgalikdagi juda ko’p ijodlari mavjud.
O’sha davrda yashab ijod etgan Xorkxaymer va Adornolarning o’z davri uchun yozgan asarlarining taxlili, texnologiyasi va madaniyatliligi jihatidan hozirgi davr zamoniga mosligini ta'kidlabo'tish lozim. Ularni fikri bo’yicha texnologiyalar odamzod tarixidagi eng to’g’ri rivojlanishlardan biri hisoblanib, ular insonlarning turmush tarzini yengillashtirish uchun eng katta yutq hisoblanib, ulardan biz kundalik
xayotimizda foydalanishimizni, bu jarayonlar bizga ko’proq imkoniyatlar yaratib berishi haqidaaytib o'tishgan.
Gerbert Marko’ze 1898 yilda Germaniyaning Berlin shahrida tug’ilgan. Uning ham ota onasi yaxudiylardan bo'lgan. Lekin ular harbiy xizmatchi oilasi bo'lgan. Gerbert Marko’ze Falsafa fanini sevib o’qigan, va oqibatda Frayburg universiteti tomonidan doktorlik unvonini yoklagan. U AQShda davlat xizmatida ishlagan (1950 yilgacha), undan so'ng esa Kolumbiya universiteti, Brandeys universiteti va San Diyegodagi Kaliforniya universitetida ishlaydi. Gerbert Marko’ze yoshligida urushga qarshi harakatlari bilan 1960-1970-yillarda tanilgan edi. 1979 yilda Gerbert Marko’ze vafot etadi (Jey 1973: 28, 71, 80, 284).
Yurgen Xabermas 1929 yilda Germaniyaning Kyolna shahrida tug’ilgan. U yoshligidan falsafa, tarix, psixologiya va nemis adabiyotini o'rganib borgan va natijada 1954 yili Bonna universitetida doktorlik unvoniga erishadi. Shundan so'ng u Adornonining ilmiy hamkasbi sifatida faoliyat yuritadi va Frankfurtda qayta tashqil etilganidan so'ng u yerga ishga utadi. Harbermas juda muxim bo'lgan professorlik darslarini AQShdagi universitet va intstitutlarda o’tkazadi. U o'zining bir necha yirik asarlarini muallifi bo'libgina kolmay balki bir necha G’arb siyosatiga sharx yozgan hisoblanadi (Outxvait 2000: 659-661).
Bir uylab ko’ring, kanchadan kancha vaqtimizni va xotiramizni keraksiz elektron ma'lumotlar, telefon so’zlashuvlari va sms habarlari bilan, yoki internetdagi ma'lumotlar bilan (kitoblar, siyosat, restoran) to’ldirib boramiz(Feysbuk, Tvitter, Yutub va x.k.). Tanqidiy nazariyachilarning fikricha bu ma'lumotlardan tugri foydalanish oqibatida sotsial institutlarning mavkeini oshirish mumkinligini ta'kidlashadi. X. Va A. har xil afsonalarni bekor qilishni istashgan. Texnologik va sotsial rivojlanishni normativ baxolash. Bu yo’lda ular bilimlarni oshirish lozimligini, lekin Xorkxaymer va Adorno omadsizlikka uchragani haqidayozgan. Bundan tashqari ular shuni ma'lum qilishadiki, M.Veberdan so'ng u instrumental yoki texnik ratsionallikda tuxtaganligini, ta'sir doirasi metodining qo’yilgan maqsad uchun xech qanday fikrsiz erishish mumkin emas deydi.
Xorkxaymer va Adorno ratsionallikka qarshilik bildirishmagan va ular bundan fanni va texnologiyalarni rivojlantirishda foydalanishgan, lekin ular fan va texnologiyalarning xayotimizdagi o’rnini tasvirlab berishgan. Misol uchun siyotchilarning saylovlardagi kompaniyalari tomonidan qayta qulayroq qilish tizimini (robocalls) olsak bo'ladi. Bu jarayonda bu texnologiya bir necha minglab saylovchilarga qunqiroq qilib, oldindan yozib olingan yozuvlar orqali gaplashish imkoniyatini beradi. Bu texnologiyani boshqa juda muxim va foydali vaziyatlarda foydalanish mumkin (oldindan tornado bolishi haqidaogoxlantirish maqsadida). Lekin siyosatchilarning bu texnologiyadan foydalanishiga asosiy maqsad bu o’zlarining nomini yanada yorqinroq bo’lishiga, saylovchilarning ongiga ta'sir etish uchun foydalanishadi. Bu xolat siyosatchi uchun juda qo’l keladigan xolatdir. Biroq, Tanqidiy nazariyachilar bu usulni demokratiya ko’rish uchun to'g'ri yo’lmi yo’q’mi degan savol bilan chiqishgan. Agar tarqatiladigan ma'lumotlar haqiqatdan ham rost bo’lsa va uni saylovchilarga foydali tomonlari bo’lsagina to'g'ri yo’l tutilgan bo'ladi. Lekin bunday texnologiyadan boshqa yo’llar ham bor, masalan, siyosatchilarni rasmlari katta plakatlarga chiqarishdir. Bu texnologiyalarni yaratilishi Harbermasning fikricha jamiyat uchun insoniyatni yaratgan ilohiyotlardan voz kechishga boshlovchi, insonlarni ongida Xudoni rad etishga olib kelishi mumkinligini aytib o'tgan. Bu uning eng muhim va eng o’ylantirgan masalalaridan biri hisoblangan. Bu tezisni u har doim olg’a surgan. Bu fikrga kelishga Harbermas va Adornoni ikkinchi jaxon urushidagi insonlarning o’limi, millatchilik sabab bo'lgan. Ikkinchi jaxon urushi insoniyat tarixidagi eng mudhish vokealardan hisoblanadi. Insoniyat tomonidan yaratilayotgan jamiyat xayotni yengillashtirish uchungina xizmat qilib qolmaygina balki qurol yaroq sifatida fodalanilmoqda, masalan, Atom bombasi, u energiya manbai sifatidagina qo'llanishidan tashqari insonlarning xayotiga taxdid solish maqsadida ham ishlatilmoqda. Veberning gaplariga keladigan bo’lsak jamiyatning qanday yashashi lozimligi to'g'risidagi savollarga ilmiy jihatdan javob berish juda kiyin hisoblanadi - Harbermas va Adornonining fikriga ko’ra insoniyatga kerakli qonun- qoidalarni to'g'ri kiritish lozimligini takidlaydi. Va bu qonun-qoidalarni insoniyat jamiyatni saqlab qolish uchun zarurligini tushunib yetishi lozim. Lekin bu jamiyatda bu qonun-qoidalarni chetlab o’tib, o’zmanfaatlarini o’zgalarni manfaatlaridan ustun qo’yib, boshqa insonlarning ustidan o’z boshqaruvini o’rnatishga harakat qiladiganlar ham yo’q emas. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak bizlar u insonlar tomonidan ilm-fanning sir asrorlari tufayli aldanib kolmasligimiz kerak: biz buning uchun o’z bilimlarimizni oshirib borishimiz, sotsial progresslar qilishim lozim. Biz o’z xayotimizni, o’z turmush tarzimizni o'zimiz xoxlagandek olib boramiz deb o’ylaymiz, lekin aslida esa bizni xayotimizni boshqa insonlar, iqtsodchilar, siyosatchilar, jamoaviy guruhlar boshqarib, o’zlari xoxlagan usulda yashashga yetaklayotganini bilmay qolamiz. Biz xayotimiz davomida bir necha katta yutuklarga erishgan xolimizda, jamiyatdagi kamchiliklarni bartaraf qilishim mumkin bo'lgan bir paytda (masalan, ochlik, qashshoqlik, madaniyatsizlik), hamma orzu qilgan jamiyatni touzishni imkoni bo’lsada, Harbermas va Adornoning aytishicha biz bu imkoniyatlarimizdan strategik yo’llarda foydalanib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan kuchli bo'lgan guruhlarni manfaatlarini ximoya qilishga kirishamiz.
Dialektik ta'lim. Bu iqtisodning va texnologiyalarning strategik tarafdan foydalanib insonitni buysindirishga qaratilgan dialektik ta'limdir. Bu jumlani nomlanishidan xech ham qo’rqish kerak emas. Bu degani ta'limning insonlar uchun keltirishi lozim bo'lgan foydasini teskari bo'lib borayotganini anglatadi.
Texnologik rivojlanishlar sotsial, iqtisodiy va siyosiy jihatdan Xorkxaymer va Adorno o’sha davrda o’ylaganidan ham hozirgi davrda rivojlanib ketdi. Qo’l telefonlari va internet, ayniksa telefon orkali xat yozishmalar, Feysbuk, Yutub va shunga o’xshash boshqa ijtimoiy tarmoklar yoshlarning ongini zaharlab, ularni nazarot qilishni imkonini pasaytirmoqda (ota-onalar, o’qituvchilar, davlat nazoratini). 2011yil Tunisdagi va Misrdagi katta noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari 2013 yildagi Turkiyadagi xolatlarni olish mumkin. Bu xolatda internetning o’rni juda katta. Yoshlarning ongini zaharlash va keraksiz ma'lumotlarni tashish vazifasini bajarmoqda. Bir zumda yetib boradigan sms habarlar va rasmlarni juda qisqa vaqt ichida yetkazish imkonini beruvchi bu qurilmalar boshqa insonlarning ham bu miting va noroziliklarga qoshilishiga sabab bo'ladi. Lekin shu bilan bir qatorda internet jamiyat xayotidagi muxim rollardan birini o’ynaydi. Albatta har bir yomon narsani yaxshi tarafi ham bo'ladi.
Iste'mol va madaniyat xajmi. Tanqidiy nazariya asoschilari madaniyatga ham e'tibor berish lozimligini ta'kidlab o'tishadi. Televideniye yaratilganidan beri insonlarni har qanday voqealardan ogohlantirib turish uchun har bir mamlakat o’z faoliyatini olib boradi (masalan, NBC, CBS va ABC hamda Buyuk Britaniyada BBC). Ularni asosiy maqsadi dunyo, mamlakat bo’ylab sodir bo’layotgan siyosiy, iqtisodiy, sotsial jarayonlarni jamiyat a'zolariga yetkazib, ularni habardor qilishdan iborat. Lekin so'nggi paytlarda bu jarayon faqatgina mo’may mablag’ topish uchungina bo'lib qoldi. Bunga misol qilib AQSHni olsak bo'ladi. AQShning juda ko’p ko’ngilochar kanallari bor (108-109 betlarga qarang, yangiliklar, teleshoular, kongilochar dasturlar). Bu ommaviy ma'lumot olish vositasi hozirgi kunga kelib juda katta mablag’ aylanadigan vositaga aylandi. Yani unda har xil reklama roliklar, tele-shoular olib boriladi. Hozirda insoniyat xayotini bu ommaviy axborot vositlarisiz tasavvur qilib bo’maydi. Bu hammamizni birdek kasallantirgan vosita desak xato bo’maydi. Kino, radio va jurnallarni san'at darajasida tasavvur qilib bo’may qoldi. Bulardan chiqadigan chiqindini ham biznes sifatida qabul qila boshladi odamzod.
5.Kanada-Amerika sotsiologi Irvin Goffmanni (1922-1982) ko’pincha ramziy interaktsionizm vakili deb hisoblashadi. Chikago universitetining sotsiologiya
maktabini "utab" (uning maxobati va ahamiyati susaygan davrda), J.Mid G’oyalari ta'sirida shakllanib va rivojlanib, u mazkur universitetda 1953 yili Shetland orollaridagi kommunikatsiya strukturalarini o'rganishga bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. U avval Vashingtonda (Ruxiy salomatlik milliy institutida) ishladi, so'ngra Berklida professor bo'ldi. Goffman 1981 yili Amerika sotsiologiya assotsiatsiyasining prezidenti etib saylandi. Bu esa AQSH ilmiy hamjamiyati uning katta xizmatlariga munosib baxo berganini ko'rsatadi.
Uning asosiy asarlari: "Kundalik xayotda o'zini boshqalarga namoyon etish" (1959), "Alokalar" (1961), "Boshpanalar" (1961), "Jamoat joylarida o'zini to'tish" (1963), "TamFa" (1964), "O’zaro harakat taomili: yo’zma-yo’z harakat ocherklari" (1967), "Strategik o’zaro harakat" (1969), "Xadli taxlil" (1974), "Suxbat shakllari" (1981).
Ramziy interaktsionizm doirasida «Men» tushunchasiga bag’ishlangan eng muxim tadqiqot — bu Irvin Goffmanning «Kundalik xayotda o'zini boshqalarga namoyon etish» asaridir (1959)1. Goffmanning «Men» kontseptsiyasi Mid G’oyalaridan ko’p narsa olgan, xususan, I (spontan o’zlik) bilan Me (o’zlikning sotsial cheklovlari) o’rtasidagi nizoni ko'rib chiqish shu jumlaga kiradi. Mazkur ziddiyat Goffmanning u «bizning umuminsoniy «Men» va bizning ijtimoiylashgan «Men» tushunchalari o’rtasidagi muxim kelishmovchilik» deb atagan muammoga bag’ishlangan tadqiqotida aks etgan. Bu nizo odamlar harakatlarimizdan kutayotgan natija bilan biz extimol kutgan tartibsiz harakatlar o’rtasidagi tafovutlardan kelib chiqadi. Biz, odamlar bizlardan kutilgan ishlarni bajarish talabiga duch kelamiz. Bundan tashqari, biz ikqilanmasligimiz lozim. Goffman shu xususda aytganidek, «biz u yoki bu tarafga og’ishga moyil bo’lmasligimiz lozim». O’z imijini barqaror saqlab turish uchun, odamlar o’zlarining sotsial ommasi oldida chiqadilar. Teatrallikka qiziqishi tufayli, Goffman dramaturgiyaga yoki sotsial xayotga qarashga e'tibor qaratdi.
Goffmanning «Men» tushunchasi uning dramaturgiyacha yondashuvi orqali shakllandi. Goffman uchun (Mid va boshqa ramziy interaktsionistlarning aksariyati uchun ham) «Men» ma'lum bir vaziyatda joylashgan organik xodisa emas... Shuning uchun, «Men»ni taxlil eta turib, biz uning egasidan, insondan chalg’iymiz. U esa «Men» tufayli hammadan ko’prok yutadi yoki yutkazadi, chunki bu inson va uning tanasi shunchaki tayanchni ta'minlaydi, ana shu tayanch ustida ma'lum vaqt davomida jamoaviy faoliyatning biror maxsuloti o'zini to’tib turadi... «Men» tushunchalarini ishlab chiqarish va karor toptirish vositalari bu tayanch ichida mavjud bo’maydi.
Goffman sotsial «Men»ni aktorning mulki kabi emas, balki ko’proq ijrochi va tomoshabin o’rtasidagi saxnalashtirilgan o’zaro aloqa mahsuli sifatida tushunardi. O’zlik «teatr effekti bo'lib, ...ijro etilayotgan saxna tomonidan yaratiladi»2. O’zlik - saxnalashtirilgan o’zaro aloka maxsuli bo'lgani sababli, u tomosha chog’ida nobud bo’lishi mumkin. O’z dramaturgiyasida Goffman bunday bu'zilishlarning oldi olinadigan yoki neytrallashtiriladigan jarayonlarni ko’zdan kechiradi. Garchi uning mulohazalarining katta qismi dramaturgiyaning ana shu extimolliklariga qaratilgan bo’lsa-da, Goffman ko’pgina saxnalar muvaffaqiyatli ijro etilayapti, deb uqtirardi. Natijada, odatdagi vaziyatlarda, ijrochilarga barkaror «Men» nisbati beriladi va u ijrochidan chiqayotgandek «ko’rinadi».
Goffman fikricha, individlar o’zaro aloqa qilgan chog’ida, ular boshqalar qabul qiladigan shaxsiy «Men»ni muayyan tushunishni tasvirlashni xoxlaydilar. Ammo, xatto bu «Men»ni taqdim eta turib ham, ijrochilar tomoshabinlarning bir qismi spektaklni bo'zishlari mumkinligini anglab yetadi. Shu sababli ijrochilar ommani, ayniqsa uning ko’poruvchi ta'sir ko'rsatadigan a'zolarini nazorat qilish zaruriyatiga moslashadilar. Ijrochilar umid qilishicha, ular ommaga taqdim etadigan «Men» tushunchasi ular ijrochilarni o’zlari istagandek aniqlash uchun yetarli bo'ladi, deb umid qiladilar.
Shuningdek, ijrochilar bu ommani o’zlari xoxlagandek harakat qilishga majbur etishini ko’zlaydilar. Goffman bu juda muxim vazifani «tasavvurni boshqarish» kabi ifodaladi. Bu boshqarish, ijrochilar duch keladigan muammolarga qaramay, muayyan tasavvo’rni saqlab turish qo’llaydigan usullarni hamda ular bu muammolarni xal etish uchun qo’llaydigan usullarni o’z ichiga oladi.
Teatr bilan shunday o’xshashlikka rioya qila turib, Goffman «saxnaning old tomoni» atamasidan foydalandi. Saxnaning old tomoni — bu tomoshani ko’zatayotgan odamlar uchun vaziyatni odatda barkaror va umumlashgan xolatda aniqlashtiradigan saxna joyidir. Keyin ana shu peshsaxna doirasida Goffman saxna anjomlari va shaxsiy old tomonni ajratib ko'rsatadi. Saxna anjomlari odatda tomosha chog’ida mavjud bolishi kerak bo'lgan jismoniy saxnaga taallukli. Busiz ijrochilar o’ynay olishmaydi. Masalan, jarroxga operatsiya xonasi, taksichiga - mashina kerak va xokazo. Shaxsiy old tomon ekspressiv bezaklar elementlaridan iborat. Omma bu elementlarni ijrochilarga qiyoslaydi va ular ijrochilarga saxnada hamrox bolishini kutadi. Masalan, jarrox tibbiy xalat kiyishi, unda ma'lum anjomlar bolishi ko’zda to'tiladi.
So'ngra Goffman shaxsiy old tomonni tashqi ko’rinish va uslublarga ajratdi. Tashqi ko’rinish bizga ijrochining sotsial maqomi haqida ma'lum qiladigan jihatlarni o’z ichiga oladi (masalan, jarroxning tibbiy xalati). Uslublar esa, ijrochi mazkur vaziyatda qanday rolni o’ynashini ma'lum qiladi (masalan, muayyan odatlarni qo’llash, tashqi harakatlar). Xususan, keskin va yumshoq harakatlar uslubi tamomila turli tomoshalar turlarini namoyish etadi. Umuman olganda, biz tashqi ko’rinish va uslublarning hamoxangligini kutamiz.
Garchi Goffman old tomon va o’z tizimining boshqa jihatlarini ramziy interaktsionist sifatida ko’zdan kechirgan bo’lsa-da, u ularning tarkibiy xususiyatini ham tadqiq etdi. Masalan, uning fikricha, old tomonlar instituttsionallashuvga moyil bo'ladi, chunki muayyan tomonda yo’z beradigan xodisalar haqida «jamoaviy tasavvurlar» xosil bo'ladi. Juda ko’p xollarda, ijrochilar belgilangan rollarni o’ynashganida, ular bunday tomoshalar uchun ma'lum, belgilab bo’lingan old tomonlarni aniqlaydilar. Natijada, Goffman ta'kidlaganidek, old tomonlarni yaratish emas, balki tanlash tendentsiyasi mavjud. Bu g’oya biz odatda ko’pchilik ramziy interaktsionistlardan kutganimizdan ko’ra ko’prok tarkiblashtirilgan obrazni ifodalaydi.
Shunday tarkibiy yondashuvga qaramay, Goffman eng qiziq yutuqlarga interaktsiya soxasida erishgan. Uning ta'kidlashicha, odamlar peshsaxnadagi tomoshada odatda o’zlarining ideallashtirilgan manzarasini takdim etishga harakat qilganliklari sababli, ular o’z tomoshalarida nimanidir yashirishlari kerakligini tushunadilar.
Birinchidan, ijrochilar extimol, xufyona ko’ngilxushliklarni (masalan, alkogol iste'molini) yashirishni istashi mumkin. Ular bu tomoshadan avvalgi vaqtda yoki o’tmishda yo’z bergan bo’lishi (masalan, narkomanlar kabi) va hozirgi saxna tomoshasiga to’g’ri kelmasligi mumkin.
Ikkinchidan, ijrochilar extimol, tomoshani tayyorlash vaqtida yo’l qo’yilgan xatolarni hamda ularni tuzatish bo’yicha ko’rilgan choralarni yashirishni istashi mumkin. Masalan, taksichi extimol, avvaliga noto'g'ri yo'nalishda yurganini yashirishga harakat qilishi mumkin.
Uchinchidan, ijrochilar faqat yakuniy maxsulotlarni ko'rsatishi va ularni tayyorlash jarayonini yashirishi mumkin. Misol uchun, professorlar ma'ruzaga tayyorgarlik ko’rish uchun bir necha soat sarflashi mumkin, ammo ular extimol, o’zlarini materialni doim yaxshi bilgandek ko'rsatishi mumkin.
To’rtinchidan, ijrochilar yakuniy maxsulotni yaratish choFida qanday og’ir ishlar qilinganini ommadan yashirishlari mumkin. Og’ir ishlar esa, «jismonan nopok, yarimqonuniy, shafqatsiz va beadab» vazifalarni o’z ichiga olishi mumkin.
Beshinchidan, ma'lum bir rolni o’ynay turib, ijrochilar extimol, boshqa biror bir me'yorlardan voz kechishi mumkin.
Nixoyat, ijrochilar extimol, tomosha davom etishi uchun amalga oshirilgan istalgan haqoratlar, kamsitish va kelishuvlarni yashirishi mumkin. Umuman olganda, ijrochilarning g’arazli manfaati o’z ommasidan bunday turdagi barcha faktlarni yashirishdan iborat3.
Dramaturgiyaning peshsaxnadagi boshqa jihati shundaki, ijrochilar ko’pincha ommaga haqikatdagidan ko’ra ko’prok yaqindek taassurotni uyg’otishga harakat qiladilar. Masalan, ijrochilar bu tomosha ular uchun yagona yoki xech bo’lmasa eng muxim bo'lgandek taassurotni xosil qilishga urinishi mumkin. Buning uchun ijrochilar, ularning ommasi bir-biridan shu tarzda ajratib qo’yilganki, tomosha soxtaligini xech kim payqamasligiga amin bolishlari kerak. Agar xatto soxtalik aniqlangan taqdirda ham, Goffman ta'kidlashicha, ommaning o'zi extimol, ijrochining ideallashtirilgan qiyofasini buzmaslik uchun, soxtalik tasavvurini yengib o'tishga harakat qilishi mumkin. Turmush haqida spektakllarning interaktsiya xususiyati ana shunda namoyon bo'ladi. Tomosha muvaffaqiyati barcha ishtirokchilarning jalb etilishiga bog’liq. Taassurotni shu tarzda boshqarishga yana bir misol - ijrochining omma bilan munosabatidagi qandaydir noyob jihatning mazkur tomoshada ham mavjudligi haqida g’oyani yetkazishga urinishidir. Omma ham, noyob tomoshani ko’zatayotganiga ishongisi keladi.
Ijrochilar muayyan tomoshaning barcha elementlari bir-biri bilan bog’langaniga ishonch xosil qilishga intiladi. Ba'zi xollarda yagona ziddiyatli jihat spektaklni barbod etishi mumkin. Ammo tomoshalar talab qilingan muvofiqliklar soni bo’yicha farqlanadi. Agar ruhoniy ibodat chog’ida sirpanib yiqilsa, bu daxshatli xato bo’lardi, agar taksichi boshqa ko’chaga burilsa, bu tomoshaga jiddiy zarar yetkazishi dargumon.
Yanglishtirish - ijrochilar qo’llaydigan boshqa usul. Ko’pincha ijrochilar omma bilan aloqani cheklash orqali o’z chiqishlari bilan yanglishtirishga intiladi. O'zi va omma o’rtasidagi «sotsial masofani» yarata turib, ular ommada qandaydir e'zozli xayajon xissini uyg’otishga harakat qilishadi. Bu esa o’z navbatida, ommani tomoshaning haqiqiyligidan shubxalanishdan to’xtatib turadi. Goffman yana bir karra ko'rsatdiki, ijrochi bilan “masofani” saqlay turib, ijroning haqqoniyligi tasavvurini saqlab turishga ko’pincha ommaning o'zi yordam beradi4.
Bu esa bizni Goffmanning jamoalarga qarashlariga olib keladi. Goffman, ramziy interaktsionist sifatida, ma'lum bir aktorlarga katta e'tibor berish o’zaro aloqa haqidagi muxim ma'lumotlarni yashiradi, deb hisoblardi. Taxlilning bazaviy birligi Goffman uchun jamoa emas, balki shaxs hisoblanar edi. Jamoa - bu istalgan individlar guruhi bo'lib, ular muayyan xayotiy o’zaro aloqalarni amalga oshirishda qatnashadi. Shu tariqa, ijrochi va omma o’rtasidagi munosabatlarning tasvirlangan muxokamasi aslida jamoalarga taalluqli. Jamoaning har bir a'zosi boshqalarga bog’lanib qolgan, chunki har bir a'zo tomoshani barbod etishi mumkin va har bir a'zo spektaklda mashg’ul ekanligini anglaydi. Goffman shunday xulosa qiladi: jamoa — bu o'ziga xos «yashirin jamiyat».
Goffman saxna ortidagi maydonni ham ko’zdan kechirgan. U yerda old tomonda yashirilayotgan dalillar yoki turli xil norasmiy harakatlar namoyon bolishi mumkin. Saxna orti maydoni odatda peshsaxnaga tutash, ammo shu vaqtning o'zida undan ajratib ham qo’yilgan. Shubxasiz, ijrochilar omma a'zolari saxna ortida paydo bo’lmasligiga umid qilishlari mumkin. Bunga ishonch xosil qilish uchun, ular taassurotlarni boshqarishning turli usullarini qo’llaydilar. Agar ijrochilar tomoshabinlarning saxna ortida paydo bolishiga yo’l qo’ygudek bo’lsa, tomosha ko'rsatish extimol, qiyin kechishi mumkin. Shuningdek, uchinchi, qoldik soxa, tashqi xudud ham borki, u na peshsaxna, na saxna orti emas.
Xech qanday xayot soxasi barcha vaqt davomida ana shu uch soxadan biri bo’lolmaydi. Buning ustiga, muayyan soxa turli vaqt davrlarida uch soxaning barchasini egallaydi.
Professorning ofisi unga talaba tashrif buyurganda peshsaxnaga, talaba chiqib ketganda saxna ortiga, professor universitet basketbol musobaqasiga ketganida tashqi xududga aylanadi.



1 Gofman I. Predstavleniye sebya drugim v povsednevnoy jizni. - M., 2000.



2: George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Mc Graw-Hill. 2010. - P. 376.

3 Qarang: George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Mc Graw-Hill. 2010. - P. 377.



4 Qarang: George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Mc Graw-Hill. 2010. - P. 378.



Download 36,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish