§1. Tarjima nazariyasi predmeti va uning vazifalari
Tarjima nazariyasi predmeti - tarjima amaliyoti, tarjima asarlari, tarjima jarayonlari, tarjimon faoiiyati, tarjima tarixi va ularni o‘rganish asosidatug‘ilgan til bilan chambarchas bog‘liq, tarjimaning qonun-qoidalari, yo‘l-yo‘riqlarini aks ettiradi va umumlashtiradi.
Tarjima nazariyasi tarjimaning keng jonli amaliyoti bilan
bog‘liq
|
bo‘lgan qarashlar, nuqtai nazarlar, kuzatishlar,
|
rang-
|
barang tajribalami
|
ilmiy-tanqidiy
|
o‘rganadi, tarjima qoidalari va
|
tamoyillarini, ulaming chegaralari, me’yorlarini bayon qiladi.
|
|
Shu ma’noda tarjima nazariyasi va tarjimashunoslik (xuddi
|
adabiyot
|
nazariyasi va adabiyotshunoslik
|
kabi) bir-biriga juda
|
yaqin va biri-birini
|
toMdiruvchi tushunchalardir. Faqat esda tutmoq
|
kerakki,
|
tarjimashunoslik
|
ichiga
|
tarjima
|
tanqidi
|
ham
|
kiradiki,
|
u ta’bir joyiz bo‘lsa, tarjimashunoslikning
|
tilchisi
|
va
|
shu
|
bilan
|
birga uning avangardidir. Tarjima tanqidi bag‘oyat xayrli
|
sohadir.
|
U tarjimachilik tajribalari,
|
tarjimalarning
|
sifati, saviyasi, amaliy
|
ahamiyati, o‘quvchilar doirasiga ta’siri, ijtimoiy-estetik qirralari, tarjima tiliga har tomonlama ta’siri (lug‘at boyligini kengaytirishi, yangi tushunchalar, atamalar, terminlar bilan to‘ldirishi, ifodaviy-hissiy ta’sir quvvatini ko‘tarishi) tafakkur qobiliyatining yangidan yangi qirralarini ochishi, ijtimoiy-madaniy jarayonlami sezilarli tarzda faollashtirishi va o‘z o‘mi bilan tezlashtirishiga xizmat qiladi.
Tarjima tanqidi tarjima bilan birga asliyat va uning muhitiga ham kirib boradi. Nazariyaning boyishi yo‘lida izlanishlar olib boradi, tarjima qoidalari va prinsiplarining hayotiyligi, ilmiy qimmatini oshiradi, ongli amaliyotni mustahkamlaydi, turli konsepsiyalami sinovdan o‘tkazadi. Nazariy yangiliklarga yo‘l ochadi, nazariyani qotib qolishidan, dogma tusiga kirishidan va qolaversa, G‘arb tarjimashunoslik ilmida boMayotganidek nazariyani ortiqcha murakkablashtirish, ba’zi o‘rinlarda uni tushunib boMmaydigan
darajada soxta ilmiylashtirishdan ogohlantiradi. Tarjima barcha ijod jarayonlari kabi og‘ir kechadi. Lekin bu degani uning qonun-qoidalari, prinsiplarini haddan ortiq chigallashtirish, ayrim hollardan pashshadan fil yasashga sira hojat yo‘q. Chunonchi, yirik Amerika olimi, tarjimashunos va lingvisti YU. Nayda tarjimada ekvivalentlik haqida gapirganda, uni nisbiy (formal) hamda dinamik ekvivalentliklarga ajratib ko‘satadi. Nisbiy ekvivalent!ikda har bir so‘z doim unga muvofiq so‘z bilan tarjima etiladi, asliyat tilidagi gap bo‘laklari, nutq birliklari tarjima tilida o‘zgartirilmasdan o ‘z holicha saqlanadi. Barcha idiomalar kalka qilinadi. Asliyatdan uzoqlashishlat izohlab boriladi. Dinamik ekvivalentlikda esa leksika va grammatika adaptatsiya qilinadi, matn o‘quvchiga tushunarli bo‘lishiga harakat qilinadi. “Avtor tarjima tilida shunday yczgan bo:lardi”, deydigan darajaga yetkaziladi (B.H. Комиссаров. Общая теория перевода. Проблема переводоведения в освещении зарубежных ученых. М. 1999. с.53-54). Tarjimada eng yaqin ekvivalentlikka erishishni Yu. Nayda muhim deb hisoblaydi. Ikki til o‘rtasidagi muvofiqliklar va farqlanishIarhamdabulamiyengibo‘tishdaqo‘shish,tushiribqoldirish va o‘zgarish!ar qilishga to‘g‘ri kelishini ta’kidlab ko‘rsatadi. Endi bu fikrlami V.V. Alimovning “эквивалентом является равнозначное соответствие, как правило, независящее от контекста” (В.В. Алимов. Теория перевода. М. 2005 г. стр. 35) degan ta’rifi bilan qiyoslab ko‘ring. Boshqa ko‘p nazariy kitoblardagi ta’riflar ham shunday rnurakkab va chigal. Nazariyotchilar tarjima qoidalarini iloji boricha bir-birlaridan chigalroq va shu bilan originalroq qilib chiqarishga musobaqalashayotganiday taassurot qoldiradilar. Qancha ko‘p rnurakkab va noyob terminlar qo'llansa, nazariya shunchalik ilmiyroq bo‘lib ko‘rinadi deb o‘ylaydilar. Nazariya nazariyotchilar uchun emas, amaliyotchilar uchun, jarayonlarni ravshanlashtirish uchun yozilishini xuddi unutib qo‘yganday boMadilar. Amerika tarjimashunosi S. Bassnett-Makgayr xonim «Tarjimon avvalo o‘quvchi, u matnni talqin etuvchi o‘quvchi», deb yozadi. (B.N. Komissarov. Yuqoridagi kitob. str.59). Matnni talqin etuvchi o‘quvchi degan gap, avvalo, tanqidchiga tegishli. Tarjimon ham bir
qarashda faqat o‘quvehi, talqinchi bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin uning asosiy xususiyati o‘quvchiligi emas, tarjimonligi va undan ham muhimi, ijodkorligi. Biz hammamiz, avvalo, o‘quvchimiz. Lekin o'quvchilik bu - ishning boshlanishi, xolos. Tarjimon o‘z ona tilida yangi matn yaratadi.
Ertalab quyosh chiqib, ufqdan bosh ko‘targanda, u okeanning ko‘z ilg‘amas muhitida aks etadi. Quyoshning okeandagi jilvalangan aksi bu quyoshning ayni o‘zi emas. Lekin biz buni ayni o‘zi deb o‘rganib qolganmiz. Quyoshning aksi to‘lqinJarda tovlanadi, alvon ranglar hosil qiladi, uning jilvalarida milliardlab mayda baiiqlar raqsga tushadi. Asliyat matni, tili bilan tarjima matni tili o‘rtasida quyosh bilan uning okeandagi aksi o‘rtasidagi farqqa o‘xshash o‘zgachaliklar bo‘ladi. Adaptatsiya, adekvatlik, ekvivalentlik va o‘zga turfa transformatsiyalarda, transpozitsiyalarda, interferen-siyalarda shunday farqlar va muvofiqliklar, muodilliklar aks etib turadi. Nazariy qoidalarni murakkablashtirmay ularni ko‘proq amaliy rang-barang misollar bilan tushuntirish va talqin, tahlillarda teranlikka erishish - nazariyaning vazifasidir.
Albatta, qoidalar ishni saranjom qilishga, tartibini belgilashga yordam qiladi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Buni qadimdanoq tarjimonlar va mualliflar, tasnifchilar juda yaxshi bilganlar. Ko‘hna xitoy donishmandi Konfutsiy (Kun-szi) fikrini eslash kifoya: “Qoida bo‘Imagan narsaga qarama! Qoidasi boMmagan narsani —eshitma! Qoida boMmagan narsani - gapirma! Qoidasiz harakat qilma!” (Lunyuy, XII, I). Hayot va odob qoidasini esa u quyidagicha tushuntirgan edi: “Ota-onang tirik ekan, ularga qoidasi bilan xizmat qil. Ularqazo qilgach, qoidasi bilan yerga topshir. Qoidasi bilan ularga qurbonlik qil”. U yana shunday deydi: “Agar hukumat qoidaga rioya qilsa, xalqni boshqarish oson”. Ko‘rinib turibdiki, qoida xoh hayotda bo‘lsin, xoh fan va ijod sohalarida tartibga soluvchi, vazifalami belgilovchi, ularni ado etishlikning yoi-yo‘riqlarini ko‘rsatuvchilik ahamiyatiga ega.
Tarjima nazariyasi adabiyot nazariyasi bilan yaxshi qo‘shnichilikning totuv aloqalarida shakllandi, o‘z qonun-qoidalari,
prinsiplari, konsepsiyalarini ishlab chiqdi deb baralla aytishimiz mumkin. Shu bilan birga tarjima nazariyasi o‘z mustaqil yo‘li, asosi, juda boy hayotiy tajribalar maktabiga ega. Shuning uchun u mustaqil fan sohasi sifatida qad rostlay oldi va yashovchan fan sifatida o‘zini oqladi.
Tarjimashunoslik esa tilshunoslik, tarixshunoslik, falsafa, psixologiya, adabiyotshunoslik kabi o‘zaro yaqin fanlarning doimiy ta’sirida oyoqqa turdi. XX asrning 60-yilIaridan e’tiboran ushbu “ittifoqchi” fanlar safiga san’atshunoslik ham tortildi. Tarjima tanqidi doirasida tarjima poetikasi va estetikasi degan bepoyon mavzular silsilasi ham maydonga chiqdi.
Adabiy-badiiy, ilmiy-texnik, gazeta-jumal, og‘zaki-sinxron, mashina tarjimalarning amaliyotdan kelib chiqayotgan qonun-qoidalari yo‘l-yo‘riqlari, me’yorlari, usullari, ko‘nikmalari shakllana boshladi. Ishda mukammallikka intiluvchi bu ijodiy-ilmiy jarayon hech qachon to‘xtamaydi.
Tarjimachilik nazariyasining vujudga kelishi va uning universal qoidalarining ishlanishi ijodiy tarjima amaliyotiga keskin va xayrli ta’sir qildi. XX asming o‘rtalaridagiga nisbatan olganda ham, tarjimalarning sifati va saviyasi sezilarli darajada ko‘tarildi. Tarjimada savodsizlik, taglama (подстрочник) tarjimalardan foydalangan holda tarjima qilish, vositali tillar orqali tarjima qilish ancha kamaydi. Asliyat va tarjima tilining butun qirralari va nozikliklari, bir-birlariga qay darajada mos va muvofiq ekanliklari, ziddiyatli, murakkab tomonlarini qiyosan mukammal bilish hozirgi zamonda tarjimaning eng birinchi shartlaridan ekanligi hamma yerda tan olindi.
Adabiy-badiiy asarlar tarjimasi uchun bu ham kamlik qiladi. Asliyat va tarjima tillarining poetik ifoda xazinalarini
bilish, so‘zlar va gap qurilishlarining semantik,
|
sintaktik, stilistik
|
olamlarida,
|
tilshunoslik dunyosida
|
o‘z ishini aniq biluvchi
|
va
|
tasavvur qiluvchi ko‘zi ochiq usta
|
g‘aw os kabi
|
harakat qilish
|
-
|
badiiy
|
so‘z,
|
ilmiy tafakkur sohalarida nozik hissiyotli san’atkor
|
singari
|
ijod
|
qilish - tarjimonlik kasbining bosh
|
xususiyati, uning
|
mas’uliyatni
|
qanday bilishi,
|
madaniyatining asosi, tamal toshi deb
|
qaraladigan
|
bo‘ldi. Tarjima
|
matnining asliyat
|
matniga va
|
uning
|
janr hamda
|
poetik xususiyatlariga mosligi,
|
adekvatligi,
|
barcha
|
xususiy va
|
umumiy universal talablarning
|
o‘zaro uyg‘unligi,
|
ekvivalentlik va interpretatsiya tamoyillari, so‘zlaming bir tildan boshqa tillarga o‘tganda metamorfozasi, rang-barang pragmatik kuzatishlar va xulosalaming barchasi o ‘z ilmiy andozalarini topdi. Tarjima ikki til yoki tillar o‘rtasidagi voqelikning hosilasi. Tarjima nazariyasida lingvistikaning o‘mi beqiyos. Keyingi o‘n yillarda nazariyada lingvistik muammolar ko‘p va qayta-qayta ishlamnoqda. IJlardan ma’lum bo‘lmoqdaki5 tarjimada lingvistikasiz ishonch bilan qadam tashlash qiyin. Shu bilan birga lingvistik muammolar qatorida tarjimaning poetik, estetik, psixologik, falsafiy, ijtimoiy muammolarini chuqur va izchil o‘rganish, tarjima tanqidiga hozirgiga qaraganda kuchliroq e’tibor qaratish bu jozibador sohaning muhim vazifalari sirasiga kiradi. Tarjimashunoslik o'zining mana shunday qirralari bilan hamisha jozibador va samarali bo‘loladi.
Tarjimon mehnatini hech qachon ikkinchi darajali deb tushunmaslik kerak. Uning mehnati yozuvchi mehnati bilan barobar. Ulug‘ Gumboldtning “til - faoliyat” degan mashhur aforizmi hammadan ko‘ra ko‘proq tarjimonlarga tegishlidir. Tarjimon tilni harakatga keltiradi. Uning mehnati tilni faoliyat manbayiga, faoliyatni esa til manbayiga aylantiradi. Zotan tarjimon mehnati bois tillarnmg xazinalari yangi so‘zlar, terminlar, ifodalar, gapning g‘aroyib, ilgari ko‘rilmagan, sinalmagan sintaktik qurilishlari bilan boyiydi. Tarjimonning ijodiy mehnati bois til yangilanadi.
Tarjimonni o‘quvchi dedik, ijodkor dedik, tilchi, razvedkachi dedik, yangilik yaratuvchi dedik. Bulaming bari tarjimon mehnatida o‘z moddiy aksini topadi. Tarjimon me’nnatining qandayligi, bu mehnatning tabiati, yo‘nalishini juda oddiy bir jumla tahlili vositasida ko‘rib chiqaylik.
Olaylik, “Iskandarning shoxi bor” degan jumla. Tarjimon, aytaylik, bir ertakning kontekstida inglizchaga, fransuzchaga yoki nemischaga, umuman Yevropa xalqlari tillaridan biriga o‘girmoqchi.
Qaraylik, uning izlovchi fikri nimalar ustida to‘xtaladi, nimalarga diqqat-e’tiborini qaratadi.
Avvalo, jumla sodda. U allaqanday afsonaviy Iskandar degan shaxsning shoxi borligidan darak beryapti. Bu juda kutilmagan favqulodda xabar. Odam bolasining ham shoxi bo'Madimi? Shox shoxdor hayvonlardabo‘ladi. Lekin uch so‘zdan, ikki qo‘shimchadan, o‘n to‘qqizta xarfdan, o‘n sakkizta tovushdan tuzilgan bu ega kesimli gap yetti bo‘g‘inli bir misra she’rga ham o'xshaydi. 4+3 tarzida ravon turoqlarga ham bo‘linadi. Tarjimon bu jumla Tskandar haqidagi tarixiy afsonaga tegishli ekanligini biladi. U Iskandar zamonasi yunon sarbozlari buqa mugizli bosh kiyim dubuig‘a kiyganlaridan xabardor. Tskandar ham janglarda o‘z askarlari qatori shunday mugizli shlem kiyganligi ehtimoldan uzoq emas. U Sharq kishilarining ko‘ziga manglayida shoxi bor odam bo‘lib ko‘ringan. Ruslar Aleksandr Dvurogiy deydilar. Lekin рогоносец emas aslo. Ammo Yevropa o‘quvchisi “Iskandaming shoxi bor” degan jumlani qanday qabul qilarkin? Tarjimon shox va bor so‘zlarining ko‘p ma’nolar tashuvchi so‘zlar ekanligiga ham qaraydi. 0 ‘zbek tilida omonimiya hodisasi ancha rivojlanganligi, hatto unga asosiangan tuyuq degan sof turkiy she’riy janr ham mumtoz adabiyotda ko‘p qo‘llanilganligini xayolidan o‘tkazadi. Shox - butoq, cho‘p; shox - mugiz; shox - podshoh; shox so‘zi vositasida yasalgan birikmalar: palonchining shoxi bormi? shoxi chiqibdimi? palonchining shoxini sindirmoq; palonchi shox tashlayapti; palonchining shoxiga uryapti; maqol: ho‘kizning shoxiga ursang, tuyog‘i sirqiraydi. Leksemalar: shox ariq, shox yo‘l, shox soqqa va h.k. Afsonada “Iskandarning shoxi bor” degan so‘z bu - sir. Shunday degan kishi darhol jazoga tortiladi. Bu sirdan xabardor cho‘pon uni ko‘tarib yurolmaydi. Uni kimgadir aytib, ichini bo‘shatib, sirdan xalos bo'lishni o‘ylaydi. Sirni borib quduqqa aytadi. Qutuldim deb, yengil tortadi. Quduqdan qamish o‘sib chiqadi. Cho‘pon qamishdan nay yasab chaladi. Naydan hadeb “Iskandarning shoxi bor”, degan sado chiqadi. Afsonaning ma’nosi: inson bolasi birovning sirini ko‘tarib yurolmaydi. U ochiq yashashni istaydi. Lekin har qanday sir bir kun kelib yuzaga chiqadi.
Ko‘rinishdan oddiy jumla tarjimon hayolida shuncha assotsiatsiyalar uyg‘otadi. U jumlani yevropa tillariga tarjima qilarkan, bularning barini hisobga oladi.
Tarjima tillarni mukamal bilish, egallash bilan yuzaga chiqadi. Qadimgi adiblarimizdan biri Yusuf Xos Xojib mashhur “Qutadg‘u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida inson hayotida tilning o‘mini shunday ta’riflagandi:
Uquvga, bilimga tilmochdir bu til
Yoritguvchi emi ravon tilni bil.
Kishini til ulug‘lar, topar qut kishi
Kishini til tubanlar, yorilar boshi...
Tarjimon tilning mana shunday ulug‘lovchi, odamni baxtiyor qiluvchi imkoniyatlarini ishga solib, taraqqiyotga xizmat qiluvchi shaxsdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |