I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


243 
XI BOB. SUG‘URTA TASHKILOTINING AKTUAR HISOBOTI VA 
UNING AUDITORLIK TEKSHIRUVINI TASHKIL ETISH 
 
11.1 Sug‘urta tashkilotining aktuar hisoboti 
 
Sug‘urta tashkilotining
 
aktuar hisoboti ikki nushada tuziladi aktuar 
hizmatlarini bevosita ko'rsatgan aktuariy tomonidan imzolanadi, aktuar 
tashkilotning rahbari tomonidan imzolanadi va ushbu tashkilotning muhri bilan 
tasdi?lanadi. Aktuar hisobotining varaqlari raqamlangan, tikilgan va aktuar 
tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan bo'lishi lozim. Aktuar hisobotidagi 
ma'lumot mahfiydir. 
Aktuar hisoboti sug’urtalovchiga aktuar hizmatlarini ko'rsatish shartnomasida 
nazarda tutilgan aktuar hizmatlarini ko'rsatish muddati tugaganidan keyin 10 ish 
kuni davomida taqdim etiladi. 
Aktuar hisobotida aktuar hizmatlarini ko'rsatishning borishi, aniqlangan hato 
va kamchiliklar to'g’risidagi batafsil ma'lumotlar, shuningdek aktuar hizmatlarini 
ko'rsatish natijasida olingan boshqa ma'lumotlar aks ettiriladi. 
Aktuar hisoboti quyidagilarni o'z ichiga olishi lozim: 

hisobotning nomi, tuzilgan sanasi va joyi; 

kirish qismi; 

tahliliy qismi; 

yakuniy qismi. 
Aktuar hisobotining kirish qismida aktuar tashkilotning (shu jumladan, 
bevosita aktuar hizmatlarini ko'rsatgan aktuariyning familiyasi, ismi, otasining 
ismi, malaka sertifikatining seriyasi, raqami va berilgan sanasi) va 
sug’urtalovchining (shu jumladan, sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun 
litsenziyaning seriyasi, raqami va berilgan sanasi) rekvizitlari, shuningdek aktuar 
hizmatlarini ko'rsatishning asosi va sug’urtalovchi faoliyatining umumiy tavsifi 
bayon etiladi. 
Aktuar hisobotining kirish qismida quyidagilar bayon etiladi: 


244 
aktuar hizmatlarini ko'rsatishning borishi tavsifi va umumiy natijalari; 
aktuar hizmatlarini ko'rsatish uchun sug’urtalovchi tomonidan taqdim etilgan 
ma'lumotlarning tavsifi; 
sug’urtalovchi moliyaviy yil boshiga moliyaviy holatining bazaviy tavsifi, 
sug’urtalovchi tomonidan oldingi aktuar hizmatlarini ko'rsatish natijasida 
aniqlangan hato va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha amalga oshirilgan 
choralar (aktuar tekshiruvi amalga oshirilganda); 
moliyaviy yil davomida amalga oshirilgan sug’urta operasiyalarining tahlili, 
tavakkalchilik siyosatini, ushlab qolish siyosatini, zahiralarni shakllantirish 
siyosatini, tarif siyosatini baholash, sug’urtalovchi tomonidan majburiyatlarni 
bajara olmaslik ehtimolini olib borilayotgan sug’urta operasiyalarining 
tavakkalchilik o'lchovi sifatida baholash (aktuar tekshiruvi amalga oshirilganda); 
moliyaviy yil davomida amalga oshirilgan investitsiya operasiyalarining, 
investitsiya portfelining diversifikatsiyasi, qaytarilishi, foydaliligi va likvidligining 
tahlili, umumiy investitsiya portfelida zahiralarning (ajratilgan aktivlarning) holati 
(diversifikatsiya, qaytarilish, foydalilik va likvidlik talablariga muvofiq kelgan 
holda) (aktuar tekshiruvi amalga oshirilganda); 
tahlil, baholash va hisob-kitobning boshqa turlari; 
aktuar hizmatlarini ko'rsatish natijasida aniqlangan hato va kamchiliklar, 
shundaylar mavjud bo'lganda; 
aktuariy ihtiyoriga ko'ra boshqa ahborot. 
Aktuar hisobotining yakuniy qismida aktuariyning hulosalari, maslahatlari va 
takliflari bayon etiladi (shu jumladan, aktuar tekshiruvi amalga oshirilganda 
aniqlangan hato va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha, amalga oshirilayotgan 
sug’urta 
va 
investitsiya 
operatsiyalarining 
samaradorligini 
oshirish, 
sug’urtalovchining umumiy moliyaviy holatini yahshilash bo'yicha maslahatlari va 
takliflari). 
Aktuar hisoboti bir-birini istisno etuvchi, bir-biriga zid bo'lgan va 
yanglishtiruvchi faktlarni, ma'lumotlarni, hulosalarni va ularning har hil talqinlarini 
o'z ichiga olmasligi lozim. 


245 
Bila turib yolg’on aktuar hisobotlarini tuzish qonun hujjatlariga muvofiq 
javobgarlikka olib keladi. 
Aktuar hizmatlarini ko'rsatish davomida aktuariy tomonidan olingan 
sug’urtalovchi hujjatlarining mazmuniga mos kelmaydigan aktuar hisoboti bila 
turib yolg’on tuzilgan hisoblanadi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish