I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

Soliq huquqbuzarligi
53
 
deb huquqning turli sohasi qonunchilik hujjatlarining 
me’yorlari tomonidan yuridik javobgarlik ko‘zda tutilgan, qonunchilik 
me’yorlarini bajarmasligi yoki kerakligicha bo‘lmagan tarzda bajarilishida 
ifodalangan huquqqa xilof, aybdor qilmish (harakat, harakatsizlik)ga aytiladi. 
Ushbu ta’rif umumlashtiruvchi xususiyatga ega va huquqbuzarlikning turli 
xillari: ma’muriy, jinoiy, moliyaviy-huquqiy huquqbuzarliklarni qamrab oladi.
52
“Солиқ ҳуқуқи” Л.Б.Хван. “Консаудитинформ” Тошкент. 2001й. (118-119бетлар). 
53
“Солиқ ҳуқуқи” Л.Б.Хван. “Консаудитинформ” Тошкент. 2001й. (118-119бетлар). 


222 
Soliq huquqbuzarligi quyidagi turlarga bo‘linadi: 

davlatning moliyaviy manfaatlariga qarshi huquqbuzarliklar; 

soliq to‘lovchilarning erkinliklari, huquqlari va qonuniy manfaatlariga qarshi 
huquqbuzarliklar; 

faoliyati soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlarining faoliyat 
ko‘rsatishi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar; 

soliq tizimini ma’muriylashtirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar.
Soliq huquqbuzarliklari ijtimoiy xavfi(ziyoni)ning yuridik ifodasi bo‘lib 
ularning Soliq kodeksi, Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeks bilan ta’qiqlanishi hisoblanadi. 
Sug‘urta kompaniyalari ham yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan, soliq 
huquqbuzarliklari bo‘yicha yuridik shaxs sifatida bundan mustasno emas.
O‘zbekiston Respublikasida soliq munosabatlarini tartibga soluvchi va uni 
olib boruvchi, soliq qonunchigini amaliyotda tadbiq etish va uning amal qilishini 
nazorat qiluvchi hamda davlat byudjetini soliqlar orqali mablag‘ bilan o‘z vaqtida 
va doimiy ravishda ta’minlash vazifasi topshirilgan asosiy davlatning vakolatli 
organlaridan biri bu davlat soliq xizmati organlari hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati 
to‘g‘risida”gi Qonun
54
da davlat soliq xizmati organlarining vazifalari, huquqlari va 
majburiyatlari 
ko‘rsatib 
o‘tilgan. 
Ushbu 
Qonunning 
3-moddasining
1-bandida Davlat soliq xizmati organlariga qo‘yidagilar kirishi qayd etilgan: 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va uning viloyatlardagi soliq 
boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning 
davlat soliq inspeksiyalari. Mazkur moddaning 5-bandida davlat soliq xizmati 
organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha yuridik va 
jismoniy shaxslar uchun majburiyligi ta’kidlab o‘tilgan.
Ushbu Qonunning 4-moddasida davlat soliq xizmati organlarining asosiy 
vazifalari aniq qilib ko‘rsatilgan. Unda: 
54
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ахборотномаси 1997 й 9-сони (57-67 бетлар). 


223 

soliqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar to‘g‘ri 
hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish; 

soliq tug‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-
sharoitlarni ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha majburiyatlarni 
bajarishlarida yordam ko‘rsatish; 

soliq siyosatining ro‘yobga chiqarilishida bevosita qatnashish;

soliqqa tortiladigan ob’ektlar va sub’ektlarning to‘liq hamda o‘z vaqtida 
hisobga olinishini ta’minlash; 

soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni 
aniqlash va bartaraf etish. 
5-modda esa davlat soliq xizmati organlarining huquqlari haqida bo‘lib, unda: 
- soliq to‘lovchilar
55
ning (shu jumladan, soliq to‘lovchi bilan bog‘liq bo‘lgan 
sub’ektlarning) moliyaviy hujjatlari, shartnomalari. rejalari, smetalari, daromadlar 
haqida deklaratsiyalari va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash bilan bog‘liq 
boshqa hujjatlarini shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq 
hujjatlarini tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha zarur 
tushuntirishlar, ma’lumotnomalar va axborot olish;
- yuridik va jismoniy shaxslardan soliq to‘lovchilarning faoliyatiga taalluqli 
axborotlar, ma’lumotnomalar, hujjatlar va ularning nusxalarini olish; 
- soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan yuridik 
va jismoniy shaxslardan daromadni (foydani) va soliqqa tortiladigan boshqa 
ob’ektlar yashirilganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni, shuningdek huquqbuzarlik 
predmetlarini olib qo‘yish;
- savdo qoidalariga, tovarlarni berish va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya 
qilinishini tekshirish; 
- yuridik va jismoniy shaxslardan qonun hujjatlarining buzilganligi 
aniqlangan hollarni bartaraf etishni talab qilish; 
55
Бу ерда: ушбу бобда солиқ тўловчи юридик шахс номи билан келганда суғурта ташкилотлари тушунилсин. 


224 
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlarga oid qonunbuzarliklar 
haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaxslarga nisbatan 
moliyaviy jazolar qo‘llash;
- ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy 
jazo choralarini qo‘llash; 
- yuridik va jismoniy shaxslarning g‘ayriqonuniy ravishda olgan mablag‘larin 
davlat daromadiga undirish haqida ularga nisbatan sudda da’vo qo‘zg‘atish. 
- soliqlar bo‘yicha boqimandalarni, shuningdek jarima summalarini qonun 
hujjatlariga muvofiq so‘zsiz undirib olish; 
- daromadlar (foyda) yoki boshqa soliqqa tortish ob’ektlarini yashirish hollari 
aniqlanganida qonu hujjatlariga muvofiq surishtiruv o‘tkazish, jinoiy ishlar 
qo‘zg‘atish va ularni tergovga tegishlililgiga ko‘ra o‘tkazish.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan davlat soliq organlariga hukumat tomonidan 
berilgan huquqlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, asosan soliq to‘lovchilarning 
davlat byudjeti oldidagi majburiy to‘lovlarni amalga oshirishini talab qilishlari va 
nazorat qilishini tushunishimiz, bu bilan jumladan sug‘urta tashkilotlarini ham 
soliqlar bo‘yicha majburiyatlarini nazarda tutishimiz mumkin.
“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq Soliq 
to‘lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida banklar va boshqa moliya-kredit 
tashkilotlari jumladan sug‘urta tashkilotlari : 

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga 
olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-
kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi 
haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar 
beradilar; 

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar byudjet oldidagi o‘z majburiyatlarini 
bajarganliklari to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlarining xulosasi taqdim 
etilgan taqdirdagina xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hisob-kitob va boshqa 
hisobvaraqlarini yopishlari mumkin; 


225 

davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchi mijozlaridan belgilangan 
muddatda to‘lanmagan soliqlar va jarimalarni so‘zsiz undirish to‘g‘risidagi 
farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan 
kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, mualliflik shartnomalari bo‘yicha 
haq to‘lashga doir, shuningdek hayot va sog‘liqqa etkazilgan zaraning o‘rnini 
qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘lari 
o‘tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari bo‘yicha mablag‘lar 
hisobidan chiqarilganidan keyin bajaridilar; 

soliq to‘lovchi mijozning mablag‘lari bo‘lsa, uning hisb-kitob yoki boshqa 
hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan 
kuni soliqlar va jarima summalarini byudjet daromadiga o‘tkazadilar; 

yuridik shaxslarning so‘mdagi mablag‘lari etishmagan va valyuta 
hisobvarag‘ida mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat soliq xizmati 
organlarining taqdimnomasiga binoan mazkur valyuta mablag‘larini byudjet 
oldidagi qarzni to‘lash uchun zarur bo‘lgan hajmda sotuv kunidagi kurs bo‘yicha 
valyuta birjasida so‘zsiz tartibda sotadilar; 

davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi bo‘yicha soliq to‘lovchi 
mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari berish, 
o‘tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir barcha operatsiyalarni to‘xtatib 
qo‘yadilar; 

davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga yuridik 
shaxslarning hisob – kitob va boshqa hisob varaqlari bo‘yicha amalga oshirilgan 
operatsiyalarni tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l 
qo‘yadilar. 
Davlat soliq xizmati organlari boshqa organlar bilan jumladan sug‘urta 
tashkilotlarini soliqlar bilan tartibga solishning bir ko‘rinishi sifatida bank va 
boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi Qonunning yuqorida ta’kidlangan
7-moddasi bandlaridagi ruxsat berilgan hamkorlik imkoniyatlari orqali sug‘urta 
tashkilotlari faoliyatini tartibga solish misolida ko‘rish mumkin. 


226 
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining me’yorlari buzilganda, ularni buzganlik 
uchun tegishli jazo qo‘llaniladi, sababi soliq huquqbuzarligini aniqlash uchun. 
Agar soliq huquqbuzarligi sodir etilgan bo‘lsa, huquqiy nuqtai nazardan 
qaralganda u qasddan yoki ehtiyotsizlik bilan harakat qilgan. Bu huquqiy 
aksiomadir. Soliq xizmati ushbu soliq huquqbuzarlikni isbotlashi va uni sodir etish 
holatlariga baho berishi shart. Biroq soliq haqidagi qonun hujjatlari ko‘pincha 
ziddiyatli bo‘lib, isbotlash mushkul kechadi.
Ma’lumki, yuridik shaxslarga nisbatan ayb mansabdor shaxslarning ayb 
mansabdor shaxslarning aybi orqali belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksi soliq huqubuzarligi uchun javobgarlikni tashkilotlarga nisbatan ham, 
jismoniy shaxslarga nisbatan ham beligilaydi. YUridik shaxsning soliq 
huqubuzarligiga yo‘l qo‘yganligi uchun javobgarlikka tortilishi etarlicha asoslar 
mavjud bo‘lgan hollarda uning mansabdor shaxslarning ma’muriy, jinoiy yoki 
boshqa javobgarlikdan6 ozod etmaydi. Agar huquqbuzarlik yuridik shaxs 
tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, u holda mansabdor shaxslarga nisbatan ish 
qo‘zg‘atish bunday yuridik shaxsdan moliyaviy jazolarni undirish bo‘yicha ish 
yuritish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 
Agar ma’muriy-huquqiy javobgarlikning chorasi sifatida ma’muriy jazo 
ishtirok etsa, moliyaviy-huquqiy javobgarlikning chorasi sifatida jarima va penya 
o‘atnashadi. Jarima va penya – bu soliq to‘lovchi tomonidan soliq haqidagi qonun 
hujjatlari 
me’yorlarining 
(davlat 
oldidagi 
soliq 
majburiyatlarining) 
bajarilmaganligi yoki keraklicha bo‘lmagan tarzda bajarilganligi hollarida 
undiriladigan pul summalaridir. 
Jarima - bu soliq haqidagi qonun hujjatlarida foizlarda yoki muayyan miqdor 
(masalan, eng kam ish haqining miqdori, soliqlar va yig‘imlarning qo‘shimcha 
hisoblab yozilgan summasi)ga nisbatan baravar miqdorda belgilanadigan bir marta 
undiriladigan summadir. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganlik 
uchun eng kam ish haqi miqdorining ellik baravari miqdorida, lekin bunday 


227 
faoliyat natijasida olingan daromadning (foydaning) o‘n foizidan kam bo‘lmagan 
mio‘dorda jarima undirladi.
56
Penya – bu soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilgan har 
bir taqvim kuni uchun ortib boruvchi yakun bilan undiriladigan pul summasidir. 
Masalan, soliqlar yoki yig‘imlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har 
bir kun uchun 0.07 foiz miqdorida penya undiriladi, to‘lov kuni ham shunga 
kiradi.
57
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 135-moddasining 8-bandining 
ta’siriga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak ham tushdi. Bundan tashqari, penya 
ko‘rinishidagi javobgarlikka yuridik shaxslar ham, jismoniy shaxslar ham tortiladi. 
Penya undirilishi soliq majburiyatlaridan ozod etmaydi. 
O‘zbekistonda amal qilib turgan soliq huquqbuzarligi tizimi sohaga 
tegishlilik bo‘yicha o‘urilgan bo‘lib, u yuridik javobgarlik belgilangan 
majburiyatrning bajarilmaganligi uchun huquqiy munosabatlar xususiyati bilan 
aniqlanadi va huquqbuzarlikning quyidagi turlarini o‘z ichiga oladi:
a) soliq xususiyatidagi soliq huquqbuzarliklari; 
b) ma’muriy-huquqiy xususiyatdagi soliq huquqbuzarliklari (ma’muriy soliq 
huquqbuzarliklari); 
v) jinoiy-huquiy xususiyatdagi soliq huquqbuzarliklari (soliq jinoyati). 
Soliq huquqbuzarligining turiga mos ravishda yuridik javobgarlik turlari ham 
ajratiladi:
-
moliyaviy – huquqiy; 
-
ma’muriy ; 
-
jinoiy javobgarlik. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 135-moddasining 3-bandi eng qattiq 
moliyaviy sanksiyalarni o‘zida aks ettirgan. Soliq to‘lovchidan: a) daromad (foyda) 
yashirilgan taqdirda, yashirilgan daromadning (foydaning butun summasi va yana 
shuncha miqdorda jarima undiriladi; b) soliq solinadigan boshqa ob’ektlar 
56
Soliq kodeksi
57
Soliq kodeksi


228 
yashirilgan taqdirda, yashirilgan soliq solish ob’ekti uchun olinadigan summasi va 
yana shuncha miqdorda jarima undiriladi. Soliq to‘lovchi yuqoridagi xatti-
harakatlari sanksiyalar qo‘llanilgandan keyin bir yil ichida takroran sodir etgan 
taqdirda, undan tegishli summa va yana shu summaning ikki baravari miqdorida 
jarima undiriladi. 
Davlat soliq xizmati organlaridan 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish