I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi


Bunda sug‘urta xizmatini ko‘rsatish(sotish)dan tushgan yalpi foyda



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

Bunda sug‘urta xizmatini ko‘rsatish(sotish)dan tushgan yalpi foyda 
quyidagicha hisoblanadi:
37
 
(=) Ishlab topilgan mukofotlarining netto qismi 
1232223 
(+) Ko‘rilgan zararlarning netto qismi 
1189256.4 
(+) Qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik to‘lovlarning netto 
qismi 
840.8 
(-) Sug‘urta ishini yuritish xarajatlari 
5136.5 
(-) Davr xarajatlari 
226235.7 
(-) Xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va xo‘jalik xarajatlari 

(=) Asosiy faoliyatdan olingan foyda 
189246.4 
(+) Operatsion. Investitsion va moliyaviy faoliyatdan olingan 
daromad 
214343.3 
(+) Operatsion. Investitsion va moliyaviy faoliyat uchun qilingan 
xarajat 

(=) Soliq to‘langunga qadar bo‘lgan daromad(foyda) yoki zarar 
25096.9 
Manba: «O‘zagrosug‘urta» DASKning 2002 yil ko‘rsatkichlari asosida muallif 
tomonidan hisoblab chiqilgan. 
netto qismi (840,8) yig‘indisidan sug‘urta ishini yuritish xarajatlari (5136,5), davr 
xarajatlari (226235,7), xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va xo‘jalik xarajatlari 
jamisini ayirish orqali asosiy faoliyatdan olingan foyda (189246,4 ming so‘m) 
hisoblab topiladi. Shundan so‘ng, investitsion-moliyaviy faoliyatdan olingan 
daromad va xarajatlar yig‘indisini qo‘shish orqali balansdagi (25096,9 ming so‘m) 
37
O’zagrosug’urta AJ kompaniyasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan 


165 
foyda summasi aniqlanadi.
Sug‘urta qoplamasini ta’minlovchi pul vositalari 2-bosqichdan o‘tadi. 
Birinchi bosqichda sug‘urta resurslari va sug‘urta fondlari tashkil topadi va 
taqsimlanadi. Ikkinchi bosqichda sug‘urta fondidagi sug‘urta rezervidagi vaqtincha 
bo‘sh pul mablag‘lari investitsion daromad olish maqsadida investitsiya qilinadi. 
Ular bir sug‘urta kompaniyasi faoliyatining natijasi bu sug‘urta faoliyatida ruxsat 
berilgan ishni bajarishdan kelib chiqqan moliyaviy mablag‘ ya’ni daromad yoki 
zarardir. O‘zbekitson Respublikasining 6-moddasida binoan sug‘urtalovchilar 
sug‘urtalash bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullana 
olmaydilar. Bunda istisno holatlar: 
-
davlat organi tomonidan belgilangan talablar va tartiblarga asoslangan 
investitsiya faoliyati; 
-
sug‘urtalashga bog‘liq bo‘lgan mutaxassislar tajribasini ottirishga qaratilgan 
faoliyat; 
-
sug‘urta agenti sifatida olib boriladigan sug‘urta vositachiligi. 
Yuqoridagilarni inobatga olib shuni aytish mumkinki sug‘urtalovchining 
asosiy moliyaviy manbasi bu sug‘urtalanuvchi to‘laydigan sug‘urta mukofotidir. 
Sug‘urtaning turiga qarab sug‘urta mukofoti bir necha turlarga bo‘linadi va 
ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy omillar deb sug‘urtalanayotgan 
summaning o‘lchami va sug‘urta ta’siri o‘lchamini keltirishimiz mumkin. Jami 
sug‘urta mukofoti sug‘urtalovchi o‘zining sug‘urtalanuvchilar oldidagi vazifalarini 
uzluksiz bajarilishini ta’minlab berishi kerak. Sug‘urtalovchining vazifasiga 
sug‘urta qoplamasini to‘lash, ishni yuritish bo‘yicha qilingan xarajatni qoplash va 
daromad olish kiradi. Sug‘urtalovchi faoliyatini amalga oshirishda quyidagi 
prinsiplarga tayanadi: 
- O‘z-o‘zini ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini moliyalashtirish, 
daromad olishga qiziqish va javobgarlik. Sug‘urtalovchi kompaniya faoliyatining 
natijasi deb sug‘urta faoliyati moliyaviy natijasi, asosiy vazifalarini nomoddiy 
aktivlarni va boshqa aktivlarni sotishdan tushgan tushum summasining daromad 
yoki zararga aytiladi. 


166 
Daromad (zarar) deb-sug‘urta operatsiyalarini birgalikda sug‘urtalash va qayta 
sug‘urtalash shuningdek investitsiya faoliyatidan olingan daromaddan sug‘urta 
qoplamalariga to‘langan, qayta sug‘urtalashga ketgan shuningdek sug‘urta rezerv 
va fondlarini tashkil etishga ketgan xarajatlar ayirmasiga aytiladi. 
38
Asosiy 
vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni sotishdan olingan. Shuningdek boshqa 
operatsiyalarni amalga oshirishdan yuzaga kelgan moliyaviy natijalar O‘zbekiston 
Respublikasi qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Sug‘urtalovchi faoliyatning moliyaviy natijalari. Sug‘urtalovchi faoliyatning 
moliyaviy holatlari uning daromad va xarajatlarini taqqoslash bilan aniqlanadi. 
Moliyaviy natijalar barcha sug‘urta operatsiyalari uchun shuningdek alohida 
sug‘urta mahsulotlari uchun aniqlanadi. Moliyaviy natijalar ikki limitdan iborat. 
-
foyda (zarar) va sug‘urta o‘sish (kamayish) rejalashtiring. Sug‘urta 
kompaniyasining foydasi summa va daraja bilan o‘lchanadi. Foyda summasi – bu 
daromadning xarajatlardan ustunligini ko‘rsatuvchi ob’ekt hisoblanadi. Bundan 
kelib chiqib daromadi xarajatidan ko‘p bo‘lgan har qanday kompaniyani foyda 
ko‘ruvchi rentabel kompaniya deyish mumkin. Foyda darajasi rentabillik o‘lchovi 
bo‘lib xizmat qiladi. Ikkita sug‘urtalovchidan foyda darajasi ko‘proq bo‘lgan 
sug‘urtalovchi rentabelroq hisoblanadi. Eng keng foydalangan foydaning nisbiy 
ko‘rsatiluvchi bu foyda summasining sug‘urta mukofatlariga bo‘lgan nisbati. Bu 
ko‘rsatkich sug‘urta operatsiyasining untabelligi deb ataladi. Foyda summasini 
sug‘urta badali bilan taqqoslash sug‘urta mukofatining har bir so‘midan 
sug‘urtalovchi ko‘radigan foydani ko‘rsatadi. Foydaning hosil bo‘lishining asosiy 
omili bu sug‘urta operatsiyalariga qo‘yiladigan sug‘urta ta’rifi chunki, aynan 
ta’rif sug‘urta xizmati uchun qo‘yiladigan narxni ko‘rsatadi. Ko‘rilgan foydadan 
sug‘urta kompaniyasi sug‘urta soliq to‘g‘risidagi qonunga asoslanib foydalanadi: 
-
soliq to‘lash, rezerv fondini tashkil etish, aktsionerlar qaroriga ko‘ra foyda 
qo‘shimcha sug‘urta fondlarini tashkil etish uchun qonun darajasidan chiqmagan 
holda va sug‘urtalanuvchilar qiziqishlarini buzmagan holda yo‘naltirishi mumkin. 
38
Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. p.


167 
Sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorligi deganda uning faoliyatida 
doimiy daromadning xarajatlaridan oshib ketishi tushuniladi. Sug‘urtalovchining 
moliyaviy barqarorligining asosi bu uning ustav kapitali, sug‘urta rezervi 
shuningdek qayta sug‘urtalash tizimidir. Moliyaviy barqarorlikning asosi bo‘lib 
sug‘urta tariflarining tarif stavkalari va sug‘urta rezervlaridagi etarlicha bo‘lgan pul 
mablag‘lari tashkil etadi. Shunday qilib sug‘urtalovchining moliyaviy barqarorligi 
deganda uning sug‘urta shartnomasi orqali o‘ziga yuklatilgan vazifalariga
ekstrimal holatlarda javob berishi holatiga aytiladi. Ya’ni uning tashqi va ichki 
omillariga bozor konyukturasining o‘zgarishi va shu kabi salbiy holatlarga qarshi 
olib boriladigan choralardir. Sug‘urtalovchining moliyaviy barqarorligi haqidagi 
umumiy ma’lumoti uning balansidagi aktiv va passivlarini solishtirish yoki bilan 
olish mumkin. Bu taqqoslashdan asosiy maqsad sug‘urtalovchining o‘z 
majburiyatlarini o‘z mablag‘lari evaziga qanchalik bajara olishini ko‘rishdir 
sug‘urtalovchining buxgalter balansining tahlili avtanomiya koyfitsenti 
aniqlashdan boshlanadi. Sug‘urta faoliyatining boshqa faoliyatlar kabi eng muhim 
vazifalaridan bu o‘zining uzluksiz faoliyatiniolib borishi uchun chetdan 
mablag‘lar jalb qilishdir. Aynan shuning uchun sug‘urta kompaniyasi mablag‘lari 
ko‘rib chiqilayotganda uning ichida o‘z va chetdan olingan mablag‘lar ulushi 
ko‘riladi. Avtonomiya koyfitsentida o‘z mablag‘larining balans valyuta summasiga 
aytiladi. O‘z mablag‘lariga asosiy vositalarni qayta baholashdan olingan 
qo‘shilgan kapitalni o‘z ichiga oluvchi ustav kapitali, rezerv kapitali, zaxira fondi, 
jamg‘arma fondlari, taqsimlanmagan foyda kiradi. Taqsimlanmagan foydaning 
mavjud bo‘lishi sug‘urtalovchiga aylanma kapitalni ko‘paytirish imkonini beradi. 
O‘z mablag‘larining ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa avtonomiya koyfitsenti 
shunchalik yuqori, moliyaviy barqarorligi shunchalik mustaxkam bo‘ladi. CHetdan 
jalb qilingan mablag‘lar tarkibini hayot va boshqa turdagi sug‘urta mablag‘lari, 
bankdan olingan uzoq muddatli kreditlar tuzilishi mumkin bo‘lgan xarajatlar 
rezervlari tashkil etadi. Keyingi bosqichda sug‘urtalovchining aktivi strukturasi 
o‘rganiladi. Uning aktivlari sug‘urtalash jarayonida ishtirok etishida likvidlik 
nuqtai nazaridan o‘rganiladi. 


168 
Sug‘urtalovchining faoliyat jarayonida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, 
pul mablag‘lari ishtirok etadi likvidliligi yuqoriroq bo‘lgan aktivlarga hisoblanadi 
pul mablag‘lari qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar kiradi. Likvidliligi eng past 
bo‘lgan aktivlarga asosiy vositalar kiradi. Quyidagi ko‘rsatkichlarga asoslanib 
sug‘urtalovchining moliyaviy barqarorligini tahlilini o‘rganish mumkin. 
1) Sug‘urta zahiralarining darajasi – aktivlarda qancha ulushi egallashi 
sug‘urta zahirasining umumiy aktivda nisbati kabi aniqlanadi. Bu koyfitsent 
qanchalik yuqori bo‘lsa sug‘urtalovchining moliyaviy barqarorligi shunchalik 
yuqori bo‘ladi. 
2) Sug‘urta zaxiralarining mukofatiga nisbati sug‘urta fondining sug‘urta 
faoliyatiga 
qay 
darajada 
bog‘liqligini 
ifodalaydi. 
Ushbu 
koyfitsent 
ko‘rsatkichlarining pasayishi sug‘urtalovchiga sug‘urtalanuvchining ishonchi 
oshishini ko‘rsatadi. 
3) O‘z mablag‘lar tarkibidagi sug‘urta zahiralari ulushi – sug‘urtalovchining 
o‘z mablag‘lari strukturasini ko‘rsatuvchi ko‘rsatgich. Bu ko‘rsatgich sug‘urta 
zaxiralarining o‘z mablag‘lariga nisbati orqali topiladi.
Sug'urta kompaniyalarining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar) odatda ikki 
jihatdan ko'rib chiqiladi: 

tariflardagi foyda (yilning taqsimlanmagan foydasi); 

sof foyda.
Taqsimlanmagan foyda tarifni hisoblashda sug'urta xizmatlari narxiga 
kiritiladi hamda netto stavkanining tarkibida bo’ladi.
Bu sug’urtalovchining
aniq bir sug’urta turi bo’yicha rejalashtirgan taxminiy foydasi hisoblanadi
.
Biroq, 
sug'urta uchun qabul qilingan xatarlarning ehtimoliy tabiati haqiqiy moliyaviy 
natijalarning hisoblangan qiymatdan og'ishiga olib keladi. Sug'urtalash turi 
bo'yicha yakuniy moliyaviy natijadagi sof foyda, ularni olish bilan bog'liq daromad 
va xarajatlarni taqqoslash asosida aniqlanadi. Daromadlar, joriy xarajatlar va 
sug'urta kompaniyasining sof (taqsimlanmagan) foydasini aniqlash "Moliyaviy 
natijalar to'g'risidagi" moliyaviy hisobotida (№2- shakl) aks ettiriladi. 


169 
Yuqorida muhokama qilingan ko'rsatkichlardan tashqari, sug'urtalovchining 
moliyaviy faoliyati boshqa ko'rsatkichlar bilan tavsiflanishi mumkin. Ular orasida 
mutlaq va nisbiy ko'rsatkichlar ajralib turadi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish