I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

o‘zaro hayrixohlik
. Bu sifat yaxshi ish munosabatlarini o‘rnatish uchun 
muhim shart hisoblanadi. Muruvvatlilik, manfaatlarning umumiyligi hayrixohlikni 
oshiradi.

tomonlarning bir-biriga hurmati. Savdo munosabatlari mustahkam 
bo‘lishining yana bir muhim sharti bu hamkorlarning bir-biriga bo‘lgan hurmatidir.

tomonlarning bir-biriga o‘zaro ishonchi. Sotish texnologiyasining 
muvaffaqiyati hamkorlarining bir-biriga ishonchi o‘zaro ochiqliligida, vijdonda, 
hulqining «tiniq»ligida, tartibliligida va ishonchliligida bilinadi.

o‘zaro tirishqoqlik
.
Sug‘urta mahsulotlarini sotuvchi sifatida agent hamma 
kuch-g‘ayratini mijoz bilan yaxshi muomalada bo‘lishga qaratishi lozim. 
Darhaqiqat, mijozni qiziqtirmay turib, agent umumiy qo‘yilgan maqsad yo‘lida 
hech qanday o‘zgarish qilolmaydi. Ta’bir joiz bo‘lsa, sug‘urta agenti mijozga do‘st 
bo‘lishi, buning ustiga uning muammolarini yechishga yordam berishi, uning har 
qanday istaklarini bajarishga harakat qilishi kerak. Vazmin va bosiq bo‘lish hamda 


137 
kamgaplik savdo munosabatlari muvaffaqiyatining asosini tashkil etadi. Shu bilan 
birga, sug‘urta agentining mijoz bilan suhbat olib borish mahoratini, bir-birlarining 
ish faoliyatiga o‘zaro qiziqishlarini moslashuvchanlik, oliyjanoblilik va mustaqil 
bo‘lish kabi fazilatlarni sotuv jarayonida ijobiy natijaga erishishning zarur 
shartlaridan biri sifatida ta’kidlash joiz.

sotuvchi va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarning jadalligi. Shuni yoddan 
chiqarmaslik kerakki, o‘zaro munosabatlar ikkala tomon bir-biri bilan doimiy 
muloqotda bo‘lib turgandagina yaxshilanadi. Agar sug‘urta mahsulotlarini sotuvchi 
agent mijozlar bilan muntazam yaxshi va mustahkam aloqada bo‘lib turish 
imkoniyatini topa olmasa, u holda hamma e’tiborni va harakatlarni katta daromad 
keltiruvchi mijozlarga qaratishi kerak. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, 
sug‘urta agenti bir paytning o‘zida beshtadan ortiq bo‘lmagan mijozlar bilan 
haqiqatda yaxshi va mustahkam aloqada bo‘la oladi.

puxta bilimli bo‘lish. Sug‘urta agenti o‘z kompaniyasini mijozga 
tanishtirish jarayonida unga kompaniyaning erishgan yutuqlari va ijobiy tomonlari 
haqida haqida so‘z ochadi. Agarda agent o‘zini puxta bilim egasi qilib ko‘rsata 
olmasa, mijoz bilan bo‘ladigan hamma yaxshi munosabatlari izdan chiqadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda sug’urta agentlari faoliyatini 
yuqorida aytib o’tilganidek samarali tashkil qiladigan bo’lsak, sug’urtaning YaIM 
dagi ulushini ancha ko’targan bo’lamiz. Sababi, iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarning sug’urta faoliyatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bitta mijozga 
to’g’ri keladigan agentlar soni 7-8 tani, O’zbekistonda esa buning teskarisini 
ko’rishimiz mumkin. Agent qanchalik yetarli bo’lib ish hajmini zo’r tashkil etsa, 
sug’urtaning ommaviylashuvi ham shunchalik yaxshi bo’ladi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish