I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi


 Sug’urta tashkilotlarining auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

11.4 Sug’urta tashkilotlarining auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha
xulosa va hisobotni rasmiylashtirish tartibi 
 
Sug‘urta tashkilotining auditorlik tekshirish yuzasidan xulosasi auditorlik 
tashkilotining hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikrini ifodalaydi. 
Sug‘urta tashkilotining tekshirish natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasi 
korxonaning yillik moliyaviy hisobotining eng muhim unsurlaridan biridir. 


270 
“Moliyaviy hisobotlar to’g’risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa) berish” 
nomli 700son XAS(Xalqaro auditorlik standarti)ga binoan, auditorlik hisoboti - 
xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbari, mulkdori, ishtirokchilari (aksiyadorlari) 
umumiy yig‘ilishiga taqdim etiladigan, auditorlik tekshiruvining borishi, 
buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga 
chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to‘g‘risida batafsil 
ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan va 
auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat 
bo‘lgan hujjat. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish natijasida olingan va auditorlik 
xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat bo’lgan 
hujjat
87

Auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning haqqoniyligi (to‘g‘riligi) va 
buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlari bilan belgilangan 
talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda 
ifodalangan va xo‘jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy hisobotidan 
foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat
88

Auditorlik hisobotida quyidagilar bo‘ladi: 
a) nomi ("Auditorlik hisoboti" yoki "Auditorlik tashkilotining hisoboti": 
ikkala nom bir xil kuchga ega); 
b) adresatning nomi; 
v) kirish qismi; 
g) tahliliy qism; 
d) yakuniy qism. 
Auditorlik hisobotining har bir sahifasiga moliyaviy hisobotning auditorlik 
tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) imzo chekishi shart. 
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkiloti rekvizitlari, shu 
jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaning raqami va sanasi, 
auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar to‘g‘risidagi 
87
“Moliyaviy hisobotlar to’g’risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa) berish” 700-son XAS 
88
Shu yerda auditorlik xulosasi bandi. 


271 
ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos va xo‘jalik 
yurituvchi sub’yekt faoliyatining umumiy tavsifi keltiriladi. 
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi XASga havola qilishi va unda 
quyidagilar bo‘lishi shart: 
Xizmat ko’rsatuvchi sub’yektda ichki nazorat holatini tekshirish natijalari 
(batafsil bayoni); 
buxgalteriya hisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari; 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga 
rioya etilishini tekshirish natijalari; 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash hamda to‘lashning 
to‘g‘riligini tekshirish natijalari; 
aktivlarning butligini tekshirish natijalari. 
Xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari 
to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
- ichki nazorat tizimining xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt faoliyatining 
miqyoslari va xususiyatiga muvofiqligi umumiy bahosi; 
- auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan ichki nazorat tizimining xizmat 
ko’rsatuvchi sub’yekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga jiddiy 
nomuvofiqliklari bayoni. 
Xizmat ko’rsatuvchi sub’yektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti 
holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi 
kerak: 
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan 
tartibiga rioya qilinishini baholash; 
- auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va 
moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayoni. 
Xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt tomonidan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini 
amalga oshirish paytida qonunlarga rioya etishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi 
axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 


272 
- xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt amalga oshirgan moliyaviy-xo‘jalik 
operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash; 
- auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt 
amalga oshirgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarning qonunchilikka jiddiy 
nomuvofiqliklari bayoni. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi va to‘lashning to‘g‘riligini 
tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
- tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar to‘g‘riligining bahosi; 
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning belgilangan 
tartibini buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga 
chiqishlar bayoni. 
Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va 
o‘z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
olishi kerak. 
Auditorlik hisobotining yakuniy qismi auditorlik tashkilotining aniqlangan 
chetga chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarini, 
shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini o‘zi ichiga olishi kerak. 
Auditorlik tashkiloti auditorlik hisobotini tuzganlik uchun qonun hujjatlariga 
muvofiq javobgar bo‘ladi. 
Auditorlik hisobotida keltirilgan axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor 
etilmasligi kerak. Axborotni oshkor etganlik uchun ushbu axborotdan foydalana 
oladigan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 
Auditorlik hisobotining yakunida faoliyatni tekshirgan ma’sullar tekshiruv 
jarayoni xalqaro audotorlik standartlariga muvofiq o’tkazilganini qayd etib, 
auditorlik tashkiloti rahbari va ma’sullar tomonidan imzolanadi. 
Qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa 
moliyaviy axborot qonun hujjatlariga, shuningdek moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining 
haqiqiy holatiga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashga asoslanishi ko‘rsatilishi 


273 
kerak. 
Qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi fikrni ifodalash uchun yetarlicha 
asoslar berishi xususida auditorlik tashkilotining tasdig‘i berilishi kerak. 
Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik tashkilotining tekshirilgan 
moliyaviy-hisobot xo‘jalik yurituvchi sub’yekt moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining 
haqiqiy holati to‘g‘risida haqqoniy tasavvur berish-bermasligi va moliyaviy 
hisobot qonun hujjatlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi fikri 
ravshan bayon etilishi kerak. 
Auditorlik xulosalarining quyidagi turlari mavjud: 
a) ijobiy auditorlik xulosasi; 
b) salbiy auditorlik xulosasi. 
Auditorlik tashkiloti xizmat ko’rsatuvchi sub’yektning moliyaviy hisoboti 
uning moliyaviy ahvolini haqqoniy yoritadi va xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt 
amalga 
oshirgan 
moliyaviy 
va 
xo‘jalik 
operatsiyalari 
O‘zbekiston 
Respublikasining qonunchiligi talablariga muvofiq degan fikrga kelganda ijobiy 
auditorlik xulosasi tuzilishi kerak. Auditorlik tashkiloti xizmat ko’rsatuvchi 
sub’yektning moliyaviy hisobotida, agar xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt tomonidan 
bartaraf etilmasa, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itishi mumkin 
bo‘lgan buzilishlar mavjud degan fikrga kelsa, salbiy auditorlik xulosasi tuzilishi 
kerak. Xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt amalga oshirgan moliyaviy va xo‘jalik 
operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin qonunchilik 
talablariga muvofiq kelmaydigan hollarda ham salbiy auditorlik xulosasi tuziladi. 
Odatda xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt rahbariyatining auditorlik tashkilotining 
aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar 
kiritish to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilmasligi salbiy auditorlik xulosasini tuzishga 
sabab bo‘ladi. 
Xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan 
buzilishlarni bartaraf etgan holda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi. 
Auditorlik hisoboti. Moliyaviy holat bo‘yicha auditorlik hisobotining 
sug‘urtalovchi faoliyati yuzasidan ko‘rsatmasi:


274 
Auditor izohi: 
a) audit o‘tkazishning maqsadi, sug‘urta kompaniyasining qoniqarli deb 
topish bo‘yicha ko‘rsatmasi, auditning muhimligi, tushuntirishlar haqidagi 
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
v) sug‘urta kompaniyasining hisobiga mos keladigan nazorat kitobining 
bo‘lishi. 
s) agar oldin sug‘urta kompaniyasi auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilgan 
bo‘lsa, o‘sha xulosa natijasi bor yoki yo‘qligi 
d) shuningdek balans ma’lumotlari, foyda va zararlar hisobi, qabul qilish va 
to‘lovni amalga oshirish hisobi o‘z aksini hisobot va hisob-kitobini mavjud yoki 
yo‘qligi 
e) aktuar hisob-kitoblar, to‘lov hisoblashning norma va farazlari, vakolatli 
shaxs tomonidan hal qilingan masalalar o‘sha vakolatli shaxs imzosi bilan 
keltirilgan bo‘lishi kerak.
89
Auditorlar xulosalarida quyidagilarni ifodalashlari 
lozim: 
- haqiqat va rejaning bajarilishi holatini berishi kerak; 
- balans ma’lumotlarida sug‘urtalovchilarning rejadagi va haqiqatdagi 
o‘zgarishlari moliyaviy yil va davr oxirida ko‘rinishi mumkin; 
-yillik foyda hisobi moliyaviy yillik yoki davr uchun defitsit yoki 
profitsitning haqiqat va rejadagi o‘zgarishi aks ettrilganmi yoki yo‘q? 
- foyda va zarar hisobida moliyaviy va davr uchun foyda yoki zararning reja 
va haqiqatdagi holati aks ettirilganmi yoki yo‘q; 
- kirim va chiqim hisobida moliyaviy yoki choraklik hisobotda kirim va 
chiqimning reja va haqiqatdagi holati aks ettirilganmi yoki yo‘qligi
90

Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalash valyutada amalga oshirilgan bo‘lsa, 
auditor chet el valyutasi bilan amalga oshirilgan operatsiyalar qonuniyligini 
aniqlashi kerak.Tekshiruvning ush bu bandiga shuningdek quyidagilar kiradi: 
89
Insurance Regulation in the United States: An overview for business and government /Peter M.Lencsis Audit of 
General Insurance Companies 
90
Insurance Regulation in the United States: An overview for business and government /Peter M.Lencsis Audit of 
General Insurance Companies


275 
Auditor tomonidan sug‘urta to‘lovlarining asoslanganligini tekshirishi 
(quyida batafsil ko‘rib chiqiladi).Shikoyat-da’vo ishlariga rioya qilish, chunonchi 
sug‘urta kompaniyasi zarur hollarning barchasida etkazilgan zarar uchun mas’ul 
shaxslarga nisbatan regressiv talab huquqidan foydalanganmi, regressiv da’vo 
taqdim etish tartibiga va muddatiga rioya qilinganmi va h.k. Amaldagi mehnat 
qonunchiligi talablariga rioya etilishini tekshirish. Auditorlar qo‘shimcha holda 
quyidagilarni tasdiqlaydi: 
- boshqaruv hisoboti va mavjud moddiy qiymatliklar moddiy holatlari bilan 
aks ettirilganligi va noaniqliklar yo‘qligiga sharh beradi; 
- sug‘urta kompaniyasining sug‘urtalovchi bilan tuzgan polislari muddatining 
bajarilish holatini ko‘rib chiqadi
91
. Hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishi va hisob siyosatiga 
rioya etilishi yuzasidan auditorlik tekshiruvi.Mazkur masala yuzasidan tekshiruvga
kirishishdan avval auditor tekshiruvga tortilgan kompaniya bo‘yicha hisobot 
siyosati shakllanadigan tegishli buyruq (farmoyish) mavjudligini, uning 
buxgalterlik hisobi bo‘yicha Nizom, Korxonaning hisob siyosati hamda O‘zR 
buxgalterlik hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizomga talablariga muvofiqligini 
aniqlashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasida buxgalterlik hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi 
Nizomga muvofiq tashkilotning hisob siyosati to‘liqlik, mazmunning shakldan 
ustunligi, qarama qarshiliksiz maqsadga muvofiqlik talablariga javob berishi kerak.
Bevosita auditorlik tekshiruv ishlari jarayonida auditorlik tekshiruvi qatnashchilari
tomonidan auditorlik kompaniya tomonidan tekshirilayotgan hisobot yiliga qabul 
qilingan hisob siyosatiga rioya etilishi kuzatiladi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish