I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

on-line
tizimida sug‘urtalanish, 
eshikdan eshikkacha sotish, 
bank-insurance
yaxshi yo‘lga ko‘yilgan. 
Investitsion faoliyat nuqtai nazaridan qaralganda, Yaponiya hayot sug‘urta 
kompaniyalari o‘z mablag‘larini davlat qarzdorlariga, qarz beruvchi va xorijiy 
obligatsiya qarzlarni joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi sindikatlarga qo‘yishadi. 
Shuningdek, tijorat va moliyaviy kompaniyalar bilan uzviy hamkorlik olib 
borishadi. Hamkorlik asosan aksiyalarni sotib olish, ishchi va xodimlarni jamoaviy 
sug‘urtalash, pensiya fondlarini boshqarish, kredit berish va ularning 
obligatsiyalariga egalik qilishda namoyon bo‘ladi. Biroq 
on-line
tizimida 


56 
sotishning rivojlanib borishi sug‘urtalovchi uchun sotish xarajatlarini kamayishiga 
olib kelmoqda va natijada agentlarga qaram bo‘lishga qarshi eng yaxshi vosita 
bo‘lib turibdi. 
Fransiyada esa asosiy e’tibor mol-mulk sug‘urtasiga qaratilgan bu degani 
hayot sug’urta biznesiga e’tibor berilmaydi degani emas aksincha hayot ham mol-
mulkdan qolishmaydi. 
1985 yilda Fransiyada hayot sug‘urtasi polislarining banklar va boshqa 
nosug‘urta vositachilar orqali sotilishi 35% dan oshmas edi, bugungi kunda esa bu 
ko‘rsatkich 80% ga yaqinlashib bormoqda. Fransiya Yevropa bo‘yicha bu sohada 
yetakchilik qilib turibdi. Biroq boshqa mamlakatlarda nosug‘urta vositachilar 
(banklar, pochta) orqali sotuv ancha tez rivojlanib bormoqda. 
Biron 
davlatning 
moliya 
bozorida 
bancassurance 
kontseptsiyasini 
muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng muhim omili bu davlatning milliy 
qonunchiligidir. Ba’zi mamlakatlarda banklarning sug‘urta biznesida ishtirok 
etishlari uchun qonunchilik tomonidan hech qanday cheklashlar yo‘q. Biroq, 
o‘tgan asrning 90-yillariga qadar ko‘pgina rivojlangan davlatlarda banklarning 
sug‘urta biznesida ishtiroki taqiqlangan edi. Chunki banklar bilan sug‘urta 
tashkilotlari o‘rtasidagi bunday hamkorlik moliya bozorida banklarning ta’sir 
doirasining kuchayib ketishiga olib keladi deb hisoblanar edi. Keyinchalik esa 
etakchi banklar va sug‘urta kompaniyalarining bosimi ostida ba’zi 
mamlakatlardagi davlat organlari bu masalada o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirishga 
majbur bo‘ldilar. Fransiyada esa moliyaviy va soliq imtiyozlari hayot 
sug‘urtasining uzoq muddatli yig‘ma turlarining jadal sur’atda rivojlanishi uchun 
imkoniyat yaratdi. Bunday qulayliklardan foydalangan xolda banklar keskin 
raqobat sharoitiga qaramasdan ipoteka krediti olayotgan mijozlari uchun hayot 
sug‘urtasi polislarini sotish tarmoqlarini yo‘lga qo‘ydilar. Lekin mijozlarda 
sug‘urta tashkilotini erkin tanlash yoki umuman sug‘urta xizmatini rad etish 
huquqini saqlab qolar edi. Sug‘urtaga bunday yondashish Frantsiyaning yevropada 
hayot sug‘urtasi bo‘yicha etakchi o‘ringa chiqishiga olib keldi. Bank tarmog‘ida 
sug‘urta faoliyati odatda bank jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulotlarni 


57 
sotishdan boshlanadi. Ya’ni, hayotni sug‘urtalash dasturlari, bank va kredit 
bitimlarini sug‘urtalash. Hayot sug‘urtasi mahsulotlarini sotish bilan banklar 
o‘zlarining uzoq muddatli foydalanishga yo‘naltirilgan aktivlari ulushlarini 
oshirishga muvaffaq bo‘ladilar. Sug‘urta risklarini birlamchi qabul qilishda ularni 
ikkilamchi, uchlamchi va hokazo tartibda qabul qilish munosabatlari, ya’ni qayta 
sug‘urtalashning taraqqiy etganligi katta ahamiyat kasb etadi. Qayta 
sug‘urtalashning mamlakat miqyosida rivojlanganligi, sug‘urta munosabatlarining 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borishiga hamda sug‘urtalovchilar to‘lov 
qobiliyatining barqaror bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi.
Shuningdek mamlakatda amalda tibbiy sug‘urtaning bir necha turlaridan 
foydalanishadi. Ayniqsa, kompensatsiya sug‘urtasi deb ataladigan xizmat, ya’ni 
«xizmat uchun to‘lovlar» sug‘urtasi keng tarqalgan. Bunda ish beruvchi tegishli 
polis bilan ta’minlangan har bir xodim uchun sug‘urta kompaniyasiga sug‘urta 
mukofoti to‘laydi. Keyin sug‘urta kompaniyasi kasalxona yoki boshqa tibbiyot 
muassasasi, yo vrach tomonidan taqdim etilgan cheklar uchun pul to‘laydi. SHu 
tariqa, sug‘urta rejasiga kiradigan xizmatlar uchun xaq to‘lanadi. Odatda sug‘urta 
kompaniyasi davolanish xarajatlarining 80 foizini qoplaydi, qolgan qismini esa 
sug‘urtalanuvchining o‘zi to‘lashi kerak. Boshqariladigan xizmatlar sug‘urtasi 
muqobil tur sanaladi. Sug‘urtaning mazkur turi bilan qamrab olingan amerikaliklar 
soni jadallik bilan oshib bormoqda. Bunda sug‘urta kompaniyasi vrachlar, boshqa 
tibbiyot xodimlari, shuningdek, muassasalar, shu jumladan, kasalxonalar bilan 
sug‘urtaning mazkur turida ko‘zda tutilgan barcha xizmatlarni ko‘rsatish 
to‘g‘risida 
shartnoma tuzadi. Odatda, tibbiyot muassasalari xar bir 
sug‘urtalanuvchi uchun oldindan to‘lanadigan o‘zgarmas summani oladi. Ikkala 
sug‘urta turi o‘rtasidagi farq ancha katta. «xizmat uchun to‘lovlar» sug‘urtasida 
bemorlarga amalda ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati to‘lanadi. «Boshqariladigan 
xizmatlar» sug‘urtasida tibbiyot muassasasi ko‘rsatilgan xizmat xajmidan qatiy 
nazar, faqat sug‘urta qilingan xar bir bemor uchun belgilangan summani oladi. 
Tibbiy xizmat xarajatlarining katta qismi AQSHda ish beruvchilar, shuningdek, 
xukumat tomonidan to‘lanadigan ixtiyoriy tibbiy sug‘urta hisobidan qoplanadi. 


58 
Shunga qaramay, tibbiy xizmat xarajatlarining kattagina qismi fuqarolar 
zimmasiga tushadi. Bu to‘lovlarni muvofiqlashtirish mexanizmi bo‘lib, xarajatlarni 
kamaytirishga olib boradi. Chunki fuqarolar xarajatlarning bir qismini to‘laganlari 
uchun xam vrachga kamroq murojaat qilishadi. 
Germaniyada ijtimoiy sug‘urtaga daromadlarni taqsimlashning muhim 
mexanizmi sifatida yondashiladi. Bunda majburiy tibbiy sug‘urta bilan aholining 
tahminan 95% qamrab olingan. Aholining taxminan 5% yuqori daromadga ega 
qatlami faqat ixtiyoriy tibbiy sug‘urta xizmatlaridan foydalanadi, majburiy tibbiy 
sug‘urta tizimiga kiruvchi taxminan yana 5% aholi qo‘shimcha ravishda ixtiyoriy 
tibbiy sug‘urtadan ham foydalanadi, bu esa boshqa shifokorni tanlash, 
kasallanganda qo‘shimcha tovon puli olish imkonini yaratadi. Germaniyada har bir 
tizim faoliyat ko‘rsatish manbalarining shakllanishiga ko‘ra quyidagicha 
moliyalashtiriladi, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishning 60% majburiy tibbiy 
sug‘urta fondlariga to‘lanadigan badallar orqali, 10% tijorat asosidagi sug‘urtalash 
mablag‘lari hisobiga, taxminan 15% davlat byudjeti resurslari hisobiga va 
taxminan 15% fuqarolarning shaxsiy mablag‘laridan tashkil topadi. Xorijiy 
sug‘urta kompaniyasi, qoidaga ko‘ra, sug‘urtalanuvchiga tibbiy yordam olish bilan 
bog‘liq bo‘lgan tibbiy xarajatlarini qoplashning ikkita: 
a) sug‘urtalovchi tibbiyot muassasasi bilan ana shunday shartnomaviy 
munosabatlarga ega bo‘lsa, yoki tibbiy muassasa ko‘rsatilgan xizmatlarga dalolat 
asosida to‘lov o‘tkazilishiga rozilik bergan bo‘lsa, tibbiyot muassasasi bilan 
bevosita hisob-kitobni amalga oshirish, 
b) sug‘urtalanuvchi ana shu tibbiy xizmat xarajatlarini amalga oshirib 
bo‘lganidan so‘ng xarajatlarni uning o‘ziga tibbiyot muassasasi tomonidan 
qo‘yilgan hisob-kitob asosida qoplab berish shaklini tavsiya etadi. 
Angliya sug‘urta biznesi dastlab 16-17 asrlarda shakllanib, sug‘urta 
kompaniyalari milliy sug‘urta va xalqaro sug‘urta bozorda turli yo‘nalishlarda
faoliyat ko‘rsatib kelganlar. Ular hozirgi davrda halkaro sug‘urta bozorida xam 
peshqadamlik qilib kelmoqdalar. Angliyaning sug‘urta kompaniyalari dunyoning 


59 
turli mamlakatlarida 600 dan ortiq bo‘limlariga ega bo‘lib, ular orqali xorijiy 
fuqarolarning milliardlab kapitali Angliya iqtisodiyotiga kirib kelmoqda. 
Hozirgi paytda Angliya sug‘urta kompaniyalarining 400 ga yaqin filiali AQSHda, 
100ga yakin filiali Fransiyada va 100 dan ortiq filiali Shveytsariyada faoliyat 
ko‘rsatib kelmoqda. O‘z o’rnida Angliya sug‘urta tizimi ham iqtisoslashgan bo‘lib, 
bu mamlakatda 143 ta xorijiy sug‘urta kompaniyalari Angliya erkin qonunlari 
asosida faoliyat yuritishmoqda. Jumladan , “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 
ham Angliya sug‘urta tizimining faol ishtirokchisi bo‘lib, u etakchi sug‘urta 
markazlari bilan xar tomonlama hamkorlik qilib kelmoqda. Bu o‘zaro hamkorlik 
va ilg‘or tajriba respublikamiz sug‘urta tizimining rivojiga istiqbolda katta ijobiy 
foyda keltiradi. Angliyada qayta sug‘urta faoliyati xam rivojlangan bo‘lib, ushbu 
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar qayta sug‘urta kompaniyalari xalqaro 
assotsiatsiyasi (LIRMA) a’zolari hisoblanadi. Angliyada sug‘urta faoliyati 1982 
yilda qabul qilingan sug‘urta kompaniyalari to‘g‘risidagi qonun asosida amalga 
oshiriladi. Qonunga asosan sug‘urta turlari xayot sug‘urtasi va ushbu sug‘urta 
tarmog‘iga kirmaydigan boshqa sug‘urta turlari tarmog‘idan iborat. Sug‘urta 
vositachilari faoliyati sug‘urta brokerlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi 
qonun asosida tartibga solinadi. Angliya sug‘urta kompaniyalarining investitsiya 
faoliyati bo‘yicha tajribalarni o‘rganish maqsadga muofiqdir. Angliyada xar bir 
sug‘urta tashkiloti investitsiya dasturlariga ega. Moliyaviy bozorlarning 
rivojlanishi natijasida sug‘urta tashkilotlarining investitsiya siyosatida jiddiy 
o‘zgarishlar yuz berdi. SHunday bo‘lishiga qaramasdan, hozirga paytda Angliya 
sug‘urtalovchilari o‘z investitsiya faoliyatlarini amalga oshirishda o‘tgan asrning 
40-yillari oxirida London aktuariylar instituti tomonidan ishlab chiqilgan 
tamoyillarga asoslanadi. Unga ko‘ra uzoq muddatli xayot sug‘urtasi bilan 
shug‘ullanuvchi kompaniyalar quyidagi tamoyillarga rioya etishlari lozim: 

menejment faoliyatining maksadi kapitalini saqlashni kafolatlagan holda, 
yuqori darajada daromad olishdan iborat bo‘lishi lozim; 


60 

kompaniya mablag‘lari turli tuman ob’ektlarga joylashtirilishi bunda 
iqtisodiy va siyosiy omillarning salbiy ta’sirini mumkin bo‘lgan darajada 
kamaytirishni xisobga olish; 

sug‘urta tashkiloti kelgusida iktisodiyotda va siyosatda extimol tutilgan 
o‘zgarishlarni xisobga olgan xolda o‘z menejment dasturlarini ishlab chiqishi 
lozim; 

sug‘urta tashkilotning investitsiya faoliyati istiqbolli iqtisodiy va ijtimoiy 
loyixalarga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur. 
Angliya sug‘urta tashkilotlari, odatda bankdagi joriy hisob raqamlarida 
kundalik ehtiyoj uchun mo‘ljallangan pul mablag‘laridan ortiqcha bo‘lgan 
mablag‘larni saqlamaydilar. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish