I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi


-rasm. Sug‘urta tashkilotlari moliyaviy hisobotining yo‘nalishlari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

 
6-rasm. Sug‘urta tashkilotlari moliyaviy hisobotining yo‘nalishlari
76
 
 
Sug‘urta tashkilotlarida auditorlik tekshiruvini o‘ziga xos xususiyatlari ham 
aytib o‘tilgan uchta yo‘nalishdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Chunki, sug‘urta 
mukofotlari mikdorini to‘g‘ri shakllantirilishi hamda ulardan zahiralarni 
75
“O’zbekisyon Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946-
sonli Qarori 2018-yil 19-sentyabr.
76
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan. 


258 
joylashtirilishi va sug‘urta to‘lovlarini vaqtida to‘lanishi ustidan nazorat 
o‘rnatilishi bevosita sug‘urta turlari buyicha zararlilik darajasini kamaytirish bilan 
birgalikda asossiz sug‘urta tovonlarini to‘lanishini va tashki tekshiruvlar davrida 
ko‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli jarima va ko‘ngilsizliklarni oldini oladi. 
Yo‘nalishning birinchi bo‘limiga to‘xtalib o‘tamiz: Sug‘urta mukofotlari 
miqdorini shakllantirish bo’yicha
 
I.V.Shaposhnikova sug‘urta mukofotiga 
quyidagicha ta’rif beradi. Sug‘urta mukofoti mijozning sug‘urta shartnomasi yoki 
qonunga muvofiq kompaniyaga to‘lovi hisoblanadi. Sug‘urta mukofoti bo‘lib 
to‘lanishi ham mumkin, quyidagi formula orqali hisoblanadi
77

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, sug‘urta kompaniyasining moliyaviy 
richagi sifatida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari bo‘lib hizmat qiladi. Zotan, sug‘urta 
kompaniyalari potensial mijozlardan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hisobiga 
o‘zining samaradorlik ko‘rsatkichlarini ta’minlab, mijozlarga ishonchli 
hizmatlarini ko‘rsatishadi. Sug‘urta mukofotlari mijoz tomonidan yaxlit yoki badal 
ko‘rinishida bo‘lib-bo‘lib ham to‘lanishi mumkin. Sug‘urta mukofotlarini audit 
qilish vazifalari quyidagilardan iborat: sug‘urta mukofotlarini sug‘urta 
tashkilotining daromadlari tarkibida aks ettirishning qonuniyligini, ularning 
to‘liqligi va hisobga olinishini to‘g‘riligi, shuningdek ularni buxgalteriya 
hisobotida asosli va o‘z vaqtida aks ettirilishini tekshirish
78
.
Sug‘urta tashkilotlari auditining ahamiyati va o‘ziga xosligi, xususan, uning 
asosiy va muhim yo‘nalish sifatida tanlanishidan maqsad, hozirgi kunda auditorlar 
tomonidan sug‘urta mukofoti va qoplamasiga muhim bo‘lishiga qaramasdan, 
bizning fikrimizcha, auditorlar ushbu sohada mavjud muammolarga etarlicha 
e’tibor bermayaptilar. Bugungi kunda sug‘urta mukofotlari, zaxiralar va to‘lovlarni 
tekshirishning aniq usuli yo‘q. Bunday xulosaga kelishimizdan maqsad, ko‘pgina 
77
И.В. Шапошникова «Бухгалтерский учет, анализ и аудит» Учебное пособие. Саратов, 2013.–180 с, 44-бет 
78
Никулина Н.Н. Аудит страховых премий (взносов) по прямому страхованию и сострахованию //Страховые 
организации: бухгалтерский учет и налогообложение. -2011. -№ 2. 


259 
iqtisodiy olimlar shu qarorga kelishgan, va bu fikrni biz ham qo‘llab-quvvatlaymiz, 
sababi izlanishlarimiz natijasida sug‘urta mukofotlari, sug‘urta to‘lovlar va 
zahiralari bo‘yicha audit o‘tkazishning metodologiyasiga duch kelmadik. Faqat 
umumiy holatda sug‘urta mukofotini auditorolik tekshiruvidan o‘tkazish tartibi 
aytib o‘tilgan. 
Sug‘urta mukofotlarini hisoblash bo‘yicha va imzolangan shartnomalar orqali 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bu sug‘urta kompaniyasi bo‘linmalari uchun ham 
qiyinchilik tug‘diradi shunday ekan yana barcha muammolar sug‘urta mukofoti 
bilan yuz beraveradi. Buning oldini olish maqsadida esa, sug‘urta mukofotlari 
qaysi sug‘urta turlari bo‘yicha ko‘p shartnoma tuzilayotganiga ahamiyat qaratib, 
tanlab tekshirishga alohida urg‘u berish kerak. Bundan tashqari, sug‘urta 
mukofotlari va to‘lovlari bo‘yicha alohida hisob yuritishni tavsiya etamiz, 
yuritilgan hisob orqali sug‘urta mahsulotlaridan tushadigan har qanday mukofot 
va qoplamaga yo‘naltirilgan to‘lov aniq qaerga yo‘naltirilganligi ko‘rinib turadi. 
Oxirida esa, aktiv va passiv qilib hisoblab chiqilsa, qancha qoldiq qolgani aniq 
ko‘rinib turadi.
Shuningdek, sug‘urta mukofotlarining buxgalteriyada aks ettirilishi holatini 
tekshirishda auditor birinchi o‘rinda e’tibor qaratishi lozim bo‘lgani bu shartnoma 
shartlari va unda nazarda tutiluvchi imtiyozlar yoki cheklovlar, ya’ni biz 
bilamizki, bizning qonunchiligimizga ko‘ra, urush faxriylariga, guruh 
nogironlariga yoki sug‘urta kompaniyasining doimiy mijozlariga nisbatan 
siylovlar qo‘llaniladi. Albatta, siylovlarning bo‘lgani yaxshuyu, lekin auditorlik 
tekshiruvi jarayonida auditor diqqatini chalg‘itishi mumkin.
Sug‘urta mukofotini tekshirish jarayonida yana bir yuzaga keladigan holatni 
ham aytib o‘tishimiz lozim. Ya’ni, sug‘urta mukofoti sug‘urta kompaniyasining 
hisobiga kelib tushgandan so‘ng, mablag‘larni bir qancha yo‘nalishlarga bo‘lib 
tashlanadi, masalan vositachilik haqi, zahiralarga ajratmalar, netto yoki brutto 
mukofotlar. Bizga ma’lumki ular bo‘yicha me’yor deyarli belgilab 
qo‘yilmagan,masalan, vositachilik haqi 25-30%gacha deyiladi, shu o‘rinda yana 
auditorni chalg‘ituvchi holat davom etadi. Bu holatni ham hisobga olib, sug‘urta 


260 
kompaniyasining tarmoq tuzilmasidan kelib chiqqan holda vositachilik to‘lovlarini 
aniq belgilab qo‘yishlarini maslahat beramiz. 
Auditor sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan mukofot summasini hisobda aks 
ettirilgan summa bilan taqqoslaydi. Sug‘urta mukofotlarini o‘z vaqtida aks 
ettirilishini baholash sug‘urtalovchi tomonidan qo‘llaniladigan hisob siyosatida 
mustahkamlangan hisob tartibini taqqoslash asosida tuziladi. Biz ilmiy 
tatqiqotlarimiz natijasida sug‘urta mukofotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish 
metodologiyasi bo‘yicha auditor dasturini quyidagi jadvalda keltirib o‘tganmiz: 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish