V.Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar: Amaliy.
VI.Darsda foydalaniladigan jihozlar: Ko’rgazmali qurollar va plakatlar.
VII.Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism -2 m. 2.Kirish so’zi- 2 m 3.Uy vazifasini tekshirish- 11 m 4.Yangi mavzu bayoni -20 m. 9.Mustaxkamlash -4 m. 6.Darsning xulosasi – 4 m. 7.Uyga vazifa – 2 m
VIII.Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism.
A)O’quvchilar bilan salomlashish.B)Navbatchining axboroti.V)Davomatni aniqlash.
IX.Uy vazifasini va o’tilgan darsni umumlashtirish.
X .Yangi dars bayoni:Ajraladigan biriktirishda, asosan, rezbali detallar ishlatiladi. Shuning uchun rezbalar to'g'risida tushunchaga ega bo'lish zarur.Rezbani tasvirlash. Chizmada rezbalar GOST 11708—82 bo'yicha shartli tasvirlanadi. Rezbalar o'yilishiga qarab ikki xil bo'ladi. Boltga o'yiladigan rezbalar sterjenda o'yiladi, gaykaga o'yilgan rezbalar teshikda o'yilgan deyiladi. Sterjenga o'yilgan rezbaning katta (tashqi) diametri d asosiy tutash yo'g'on (kontur) chiziqda, kichik (ichki) diametri dl ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi (24.1-chizma, b). Gaykaga o'yilgan rezbaning kichik diametri dt asosiy tutash yo'g'on (kontur) chiziqda, katta diametri d ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi (24.1-chizma, d). Qirqimda kesim yuzasining shtrixlari rezbaning katta diametrini belgilaydigan chiziqn-i kesib kontur chiziqgacha chiziladi. Rezbalar yon (profil) ko'rinishda 24.1-chizma, a, c dagidek tasvirlanadi. Faskalari bosh ko'rinishda chizilsa ham tores ko'rinishida tasvirlanmaydi. Sterjenga o'yilgan rezbaning tores ko'rinishiga ahamiyat bersangiz, uning kichik diametri aylananing simmetriya o'qlari orasidagi bitta chorakka kam qilib chizilgan. Xuddi shu holatni teshikka o'yilgan rezbaning katta diametrida ham ko'rasiz. Rezbalarning bu diametrlari aylana simmetriya o'qlaridan birini kesib o'tsa ikkinchisiga yetmaydi.Rezbalarni belgilash. Rezbalarni shartli tasvirlariga qarab tayyorlash qiyin. Shuning uchun rezbalarni chizmalarida ularning tashqi (katta) diametri d va qadami P beriladi (24.1-chizma, a, c). Rezba diametri va qadamini belgilovchi yozuv rezbani belgilash deyiladi.Rezbalar turi ko'p. Ularning metrik va quvurli rezbalari bilan tanishasiz. Metrik rezbalarning profili teng tomonli uchburchak bo'lib, uchidagi burchagi 60° ga teng (24.1-chizma, a, c).Metrik rezbalar mayda va yirik qadamli qilib tayyorlanadi. O'lchamda rezbaning mayda qadamligi ko'rsatilsa, yirik qadamli rezbada qadami ko'rsatilmaydi. Mayda va yirik qadamlar standart bo'yicha maxsus jadvallarda beriladi. Metrik rezbalarning oichami soni oldiga M harfi qo'yiladi. Masalan, tashqi rezbasi 24 mm, qadami 2 mm bo'lgan rezbaning shartli belgilanishi M24x2 ko'rinishda yoziladi. O'lcham chiziqlari rezbaning katta (tashqi) diametridan chiqariladi (24.2-chizma, a, b).Quvurli rezbalar bosim ostida ishlaydigan suyuqlik va gaz quvurlarida qo'llaniladi. Quvurli (trubali) rezbalarning tashqi diametri buyumlarda (1" = 25,4 mm), qadami 1" ga to'g'ri keladigan o'ramlar soni bilan oichanadi. Rezbaning profili teng yonli uchburchak bo'lib, uning uchidagi burchagi 55° ga teng. Chizmada 1" quvurli rezba Gl ko'rinishida belgilanadi (24.3-chizma).Quvurli rezbalarda o'lcham chizig'i bevosita rezbaning ko'rinadigan konturidan chiqariladi, gorizontal tokcha chiziJib, unga yoziladi. Chiqarish chizig'ining rezbaga tegib turgan tomoniga strelka qo'yiladi (24.3-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |