43 mavzu Afrika xalqlari o‘rta asrlarda
#. Afrika qit’asida aholining aksari qismi qachongacha tashqi dunyodan ajralgan holda yashagan?
A) I ming yillik boshiga qadar
+B) I ming yillik oxiriga qadar
C) I ming yillik o`rtalariga qadar
D) II ming yillik boshiga qadar
#. O’rta asrlarda Sahroi Kabirning atroflarida ko'chmanchi, yarim ko'chmanchi va o'troq qabilalarning aksari qaysi mashg’ulot bilan shug'ullanganlar?
+A) chorvachilik bilan
B) dehqonchilik bilan
C) hunarmandchilik bilan
D) barchasi to`g`ri
#. O’rta asrlarda Sahroi Kabirning janubida qaysi xalqlar yashagan?
+A) barbar va tuareglar
B) sidamo va tigrelar
C) masai va gallalar
D) fulbe va sidamolar
#. O’rta asrlarda g'arbiy Afrikada qaysi qabila yashagan?
A) sidamo
B) tigrelar
+C) fulbe
D) fulbe va sidamo
#. O’rta asrlarda Afrikaning sharqida qaysi xalqlar yashagan?
A) barbar, tuareg, fulbelar
+B) masai, galla, sidamo, tigrelar
C) fulbe, galla, sidamo va tuareglar
D) fulbe va sidamolar
#. O’rta asrlarda Afrikaning sharqida yashagan masai, galla, sidamo, tigrelar qaysi soha bilan shug’ullanganlar?
+A) chorvachilik
B) dehqonchilik
C) savdo-sotiq
D) hunarmandchilik
#. Afrikaning Sharqida qadim zamonlardan Nubiya va Aksum (hozirgi Efiopiya) davlatlarining tashkil topishida qaysi omilning ta’siri bo’lgan?
A) Qizil dengizning yaqinligi va u bilan bo`ladigan savdo ta`siri
B) sharqiy hudud iqlimining qulayligi va yerining unumdorligi
+C) Misr, Arabiston va Hindistonlar bilan savdo aloqalari ta'siri
D) dehqonchilikning yuksak taraqqiyoti
#. Arab savdogarlari VII asrdan G'arbiy Sudan yerlariga, O'rta dengiz sohillaridan Afrikaga yuksak qadrlanuvchi qaysi mahsulotni keltirganlar?
+A) tuz
B) arpa
C) bug`doy
D) jun
#. O’rta asrlarda Afrika qit’asida savdo yo’llari kesishgan joylarda vujudga kelgan yirik qasaba - qo'rg'onlarni belgilang.
A) Aukar, Gana
B) Tombuktu, Gana
C) Gao, Mali
+D) barchasi to`g`ri
#. O'rta asrlarda Afrikada qaysi hududlarda dastlabki davlatlar Gana, Mali, Songailar tashkil topadi?
A) Kongo-zair va Nil qirg’oqlarida
B) Markaziy va janubiy Afrika hududlarida
+C) Niger va Senegal daryolari havzasida
D) Qizil dengiz sohillarida
#. O'rta asrlarda Afrikada tashkil topgan dastlabki davlatni belgilang.
A) Sharqiy Arikadagi Gao
+B) G'arbiy Sudandagi Gana
C) Markaziy Afrikadgi Mali
D) Markaziy Afrikadgi Aukar
#. Afrika qit’asidagi dastlabki davlat – Gana qachon tashkil topgan?
+A) VIII asrda
B) VII asrda
C) IX asrda
D) VI asrda
#. Afrika qit’asidagi dastlabki davlat – Gana qachon o'z taraqqiyotining cho'qqisiga erishadi?
A) IX asrda
+B) X asrda
C) XI asrda
D) XII asrda
#. O’rta asrlarda Gananing daromad manbalaridan biri savdodan keladigan boj to'lovlari bo’lgan. Qaysi javobda bojning asosiy qismini to’lagan chet ellik savdogarlar berilgan?
+A) arablar, barbarlar, yahudiylar
B) fulbelar, yahudiylar, inklar
C) barbarlar, inglizlar, bushmenlar
D) inglizlar, nemislar, fransuzlar
#. O’rta asrlarda Gana davlatining katta boyligi nima bo’lgan?
A) kumush
B) tuz
+C) oltin
D) bug`doy
#. O’rta asrlarda Gana podshosi va zodagonlari qanday mahsulotlarning savdosidan katta foyda olgan?
A) kumush va oltin
B) tuz va ko`mir
+C) oltin va tuz
D) tuz va bug`doy
#. O’rta asrlarda Gana davlatida podshoning kuchli qo'shini bo'lib undagi 200 ming askarning qancha qismini kamonchilar tashkil qilgan?
A) 30 mingini
B) 50 mingini
+C) 40 mingini
D) 80 mingini
#. O'tmishda ... katta xazinasi haqida ko'plab afsonalar yaratilgan.
A) Mali davlatining
+B) arab savdogarlarining
C) Gana podshosining
D) B va C
#. 1076-yilda sodir bo’lgan voqeani aniqlang.
+A) Gana davlati parchalanib ketgan
B) Marokash sultoni Abu Bakr katta qo'shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan
C) Marokashliklarga qarshi qo’zg’olon ko’tarilgan
D) Mali davlati tashkil topdi
#. Qaysi voqeadan so’ng Gana podshosi Marokashga qaram bo'lib, boj-yasoq to'lashdan tashqari, o'z zodagonlari bilan islom dinini qabul qilishga ham majbur bo'lgan?
A) Marokash sultoni Abu Bakr bosqinidan so’ng
+B) Ganada Marokashga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olondan so`ng
C) Gananing inklar tamonidan bosib olinganidan so`ng
D) A va B
Do'stlaringiz bilan baham: |