36 mavzuMo‘g‘ullar davlati
#. Mo'g'ul qabilalari qadimdan qayerlarda yashab kelgan?
+A) Shimoliy Sibir, Manjuriya va Mo'g'ulistonda
B) Janubiy Sibir, Manjuriya va Mo'g'ulistonda
C) Janubiy Sibir, Shimoliy Xitoy, Oltoyda
D) Sharqiy Sibir, O`rxun havzasi va Oltoyda
#. Mo’g’ullarning ko'pchiligi nimalar bilan shug’ullangan.
A) baliqchilik va savdo
+B) ko'chmanchi chorvachilik
C) termachilik va ovchilik
D) savdo va hunarmandchilik
#. Shomonlik dinining asosini nima tashkil etadi?
A) yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga ta'sir ko'rsatishiga ishonish
B) qurbonlik qilish mushkullarni osonlashtirishiga ishonish
+C) ajdodlar ruhiga e`tiqod qilish va ularga qurbonlik qilish
D) barcha javoblar to`g`ri
#. Mo’g’ullarda mulkiy tabaqalanish qachondan kuchaygan?
A) XIII asrning boshlaridan
B) X asrdan
+C) XII asrning ikkinchi yarmidan
D) XI asr boshlaridan
#. Mo’g’ullar mulkiy tabaqalanish natijasida alohida ko’chmanchi xo’jaliklarga, ya’ni .......larga bo’lingan.
A) keshik
B) no’yon
+C) ayl
D) ulus
#. Mo’g’ullarda urug’ boshliqlar qanday atalgan?
A) keshik
+B) no’yon
C) ayl
D) ulus
#. Mo’g’ullarda qabila ittifoqini kim boshqargan?
+A) xon B) sulton
C) podshoh D) xoqon
#. Mo’g’ullarda qabila ittifoqlari o'z yig'inlari, qurultoylarida eng muhim qanday masalalarni hal etganlar?
A) urush, sulh
B) ittifoq tuzish
C) xonni saylash
+D) barchasi to`g`ri
#. Mo'g'ul qabilalari orasidagi o'zaro urushlarda, XIII asrning boshlarida kim g’olib chiqadi?
+A) Temuchin (1155-1227)
B) Tayjuit
C) Kuchluk (1176-1249)
D) Botuxon (1190-1242)
#. Qachon Temuchin Onon daryosi bo'yidagi qurultoyda u ulug' xon deb e'lon qilinadi?
A) 1204-yili +B) 1206-yili
C) 1207-yili D) 1208-yili
#. Chingizxon so'zi qanday ma’nolarni beradi?
A) "jasur", "baquvvat", "erkin"
B) "botir", "erkin", "toza"
+C) "kuchli", "qudratli", "toza"
D) "kuchli", "jasur", "shiddatli"
#. Nima maqsadda Chingizxon Qoraqurum qal'asini o'z davlatining poytaxtiga aylantiradi?
+A) mamlakatni markazlashtirish maqsadida
B) o`z qo`shinlarini saqlash uchun joy ajratish maqsadida
C) Qoraqurumning unga meros bo`lib qolganligi uchun
D) Qoraqurum shahrining mavqeini kuchaytirish maqsadida
#. Mo'g'ullarning sevimli quroli nima bo’lgan?
+A) kamon B) qilich
C) nayza D) sovut
#. Mo’g’ul jangchilarining ko'pchiligi qanday qurollar bilan qurollangan?
A) kamon va nayza
+B) nayza va qilich
C) sovut va kamon
D) qalqon va qilich
#. Mo’g’ullarning har bir ko'chmanchisining kundalik hayotida ham, jang paytida ham albatta, qanday buyumi bo'lishi lozim edi?
A) pichog`I B) qilichi
+C) arqoni D) kamoni
#. Ko'chmanchi mo’g’ullarning qo'shini odatda nechta qismga bo’lingan?
A) ikki qismga bo`lingan: markaz va old qism
B) ikki qismga bo`lingan: old qism va qanot
+C) uchta qismga bo'lingan: markaz va ikki qanot
D) uchta qismga bo`lingan: qanot, markaz va zaxira
#. Asosiy qo'shindan tashqari Chingizxon ixtiyorida qanday maxsus qo’shin bor edi?
+A) "keshik" B) “izofa”
C) “burong`or” D) “kanbul”
#. Chingizxonning qaysi qo’shini favqulodda holatlar uchun doimo jangovor holatda tutib turilar edi?
A) “kanbul” B) “izofa”
C) “burong`or” +D) "keshik"
#. Mo'g'ullarga doimo g'alaba keltirgan omillarni ko’rsating.
A) Jangni mohirona boshqarish
B) kucnli va intizomli otliq qo'shinning bo'lishi
C) qo'shni mamlakatlardagi siyosiy tarqoqlik
+D) barchasi to`g`ri
#. Qachondan Chingizxon Shimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi?
A) 1206-yildan
+B) 1211-yildan
C) 1215-yildan
D) 1218-yildan
#. 1218-yili qayerlarga qarshi bosqinlar boshlangan?
+A) Yettisuv va Sharqiy Turkistonga
B) Yettisuv va Movaraunnahrga
C) Sharqiy Turkiston va naymanlarga
D) Naymanlar va Kuchlik davlatiga
Do'stlaringiz bilan baham: |