I-bosqich talabasi


Irodasi sustlikning patologiyasi



Download 40,58 Kb.
bet4/5
Sana01.06.2022
Hajmi40,58 Kb.
#625862
1   2   3   4   5
Bog'liq
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

4.Irodasi sustlikning patologiyasi

Mavjud bo‘lib, ular abuliya (yunoncha abulia-qat’iyatsizlik degan ma’noni anglatadi) va apraksiya (yunoncha apraxia – harakatsizlik ma’nosini bildiradi) atamalari bilan ifodalanadi. Abuliya – bu miya patologiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatga intilishning mavjud emasligi, harakat qilish, uni amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan tarzda shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Masalan, shifokor ko‘rsatmalariga rioya qilish zarurligini to‘g‘ri fahmlagan abuliya kasali bilan shikastlangan bemor biror narsani bajarishga o‘zini mutlaqo yo‘llay olmaydi. Apraksiya – miya tuzilishining shikastlanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidan iborat psixopatologik holatdir. Nerv to‘qimalarining buzilishi miyaning peshona qismlarida yuz bersa, u holda xatti-harakatlarni erkin to‘g‘rilashda buzilish namoyon bo‘ladi, natijada iroda akti bajarilishi qiyinlashadi. Abuliya va apraksiya-psixikasi og‘ir kasallangan insonlarga xos, nisbatan noyob, fenomenal psixopatologik hodisalardir. Lekin pedagogik faoliyatda uchraydigan irodaning sustligi miya patologiyasi bilan emas, balki noto‘g‘ri tarbiya mahsuli bilan tavsiflanadi.


Iroda sustligining yaqqol (tipik) ko‘rinishlaridan biri – bu yalqovlik hisoblanib, shaxsning qiyinchiliklarini engishdan bosh tortishga intilishi, irodaviy kuch-g‘ayrat ko‘rsatishni qat’iy ravishda istamasligida o‘zini aks ettiruvchi illatdir. Yalqovlik – shaxs ojizligi va irodaviy sustligining, uning hayotga layoqatsizligining, shaxsiy va ijtimoiy faoliyatga (hamkorlikka) loqaydligining ifodasidir. Yalqovlik – shaxsning ruhiy qiyofasi bo‘lib, uzluksiz tarbiyaviy ta’sir va o‘zini o‘zi tarbiyalash orqali bartaraf etish imkoniyati mavjud ruhiy nuqsondir.
Lekin aksariyat ilmiy psixologik adabiyotlarda irodaviy sifatlar qatorida «ishonch» atamasi sanab o‘tilmaydi. Shunga qaramasdan, ishonch iroda sifati tariqasida tadqiq etilishiga haqlidir. Buning uchun A.I.Sherbakov tadqiqotidan namuna keltirishning o‘zi etarlidir. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, bir talabaga institutni qisqa vaqt (fursat) ichida tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan so‘ng eksperimentator talabada o‘z kuchiga ishonch uyg‘otishga maqsad qilib qo‘ygan va unda irodaviy zo‘r berish, qiyinchiliklarni engish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o‘z maqsadiga erishishga musharraf bo‘lgan. Bunga o‘xshash tajribalar boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham o‘tkazilganligi ilmiy adabiyotlarda uchraydi. Shuning uchun ham o‘z kuchiga ishonch psixologik hodisa sifatida o‘rganilishi ko‘pchilikni qiziqtiradi, chunki kuchli irodaviy zo‘r berish qanday omillar bilan shartlanganligini kashf qilish muhim ilmiy muammo hisoblanadi. Xuddi shu bois hozirgi zamon psixologiyasining irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili (prinsipi) ishlab chiqilmagandir.
Chidamlilik tavsifida «qo‘shimcha impulslar», «qo‘shimcha irodaviy zo‘r berish», «iroda kuchi», «sabr-toqat» jabhalari ifodasining o‘rni mavjud. Chidamlilikka turtkining xususiyatlari tirishqoqlik irodaviy sifatga mos tushish hollari uchraydi. E.P.Ilinning rang jadvalida tirishqoqlik sifati chidamlilikdan keyin joylashgan bo‘lib, quyidagi ta’rifga ega: «Tirishqoqlik – qiyinchilikka va muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan, maqsadga erishish yo‘lida uzluksiz ravishda intilishning paydo bo‘lishidir». Tadqiqotchi D.N.Ushakovning mulohazasicha, «chidam» tushunchasi quyidagi ma’no anglatib keladi:

  1. aksil harakat qilmasdan, shikoyatsiz, hasratsiz halokatli, mushkul, noxush holatlarni dildan kechiradi;

  2. aksil harakat qilmasdan, o‘zgarishlarni kutgan tarzda taqdir haziliga rozi bo‘lish;

  3. biror holatga mubtalolik;

  4. nima bilandir kelishish, biror ortiqcha kechinmaga parvo qilmasdan, og‘irchilikni muruvvatkorona o‘tkazish;

  5. imkon darajada amal qilishga ko‘nikish;

  6. shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ymaslik;

  7. paysalga solishga, kutishga imkoniyat yaratish.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, tirishqoqlik, qat’iyatlik sifatlari bilan bir qatorda chidamlilikni irodaviy xislatlarning etakchisi tariqasida tan olish, qiyinchiliklarga qaramasdan, harakatni davom ettirishga intilish tarzida tushunish muhim ahamiyat kasb etishi shak-shubhasiz. Lekin og‘riqqa chidash, bardoshlikka moyillik nuqtai nazardan yondashinilganda esa irodaning erkinligi ta’biri, irodaviy sohaning paydo bo‘lishi va amalga oshishi mohiyati yuzasidan metodologik nuqsoniy talqin yuzaga kelishi mumkin.
Ilmiy natijalar tahlilining ko‘rsatishicha, iroda faqat tashqi xatti-harakatlarda namoyon bo‘lib qolmasdan, balki insonning ortiqcha, noto‘g‘ri harakatlarni qilmasligida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shunday qilib, irodaviy harakatlar ham qo‘zg‘alish, ham tormozlanish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har ikkalasi bir-biriga uzluksiz ravishda ta’sir o‘tkazib turadi. I.P.Pavlovning tabiricha, biz, normal kishilar doimiy ravishda ma’lum harakat va so‘zlardan o‘zimizni tiyib turamiz-ku, bu esa katta yarim sharlarning muayyan punktlariga tormozlanish impulslari yuborish emasmi, axir.
Shuning uchun har qanday irodaviy harakatning fiziologik asosida bosh miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining murakkab dinamik munosabati yotadi. Qo‘zg‘alish jarayonlari zaif, kuchsiz bo‘lsa, u holda odamda irodaviy faollik susayadi, ba’zan, hatto apatiya holati vujudga keladi. Tormozlanish jarayonlarining kuchsizlanishi shunday ruhiy holatga olib keladiki, bunda shaxs o‘zini o‘zi nazorat qilish, og‘irliklarga bardosh berish, o‘zini tuta bilish, o‘z xatti-harakatlarini tartibga solishga qurbi etmay qoladi. Demak, tana a’zolari (organizm) faoliyatini va uning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasining tartibga soluvchi, idora qiluvchi katta yarim sharlar po‘stlog‘ining sog‘lom holati va me’yorda ishlashi insonga o‘zini, o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish xususiyati faqat inson zotigagina xosdir.
Shuni ta’kidlash joizki, iroda bilimlar, his-tuyg‘ular, tafakkur kabi psixologik kategoriyalar bilan uzviy aloqada, o‘zaro bir-biriga ta’sir o‘tkazishi tufayli ijtimoiy hayotda, insonning individual turmushida shakllana boradi va takomillashadi.
Psixologiyada iroda sifatlari qatoriga maqsadga intilish, o‘zini tuta bilish, chidamlilik, sabr-toqat, qat’iylik, botirlik, intizomlilik, sabotlilik, mustaqqillik, mardlik va boshqalar kiritiladi.
Maqsadga intilish – shaxsning o‘zidagi barcha kuch-quvvatlarini oldiga qo‘ygan maqsadiga qaratish, o‘z xatti-harakatlarini ko‘zlagan maqsadiga erishish vazifasiga bo‘ysundirish, har qanday qiyinchilik va to‘siqlarga qaramay maqsadni amalga oshirish uchun intilish qobiliyatidir.
O‘zini tuta bilish – odamning o‘z xatti-harakatlari, his-tuyg‘ulari, xulq-atvori kabilarni boshqara bilishda aks etuvchi iroda sifatidir.
Chidamlilik – maqsadga erishishda odamning ko‘pincha sovuq va issiqqa ham, ochlik-tashnalikka ham, betoblik va boshqa shu singari qiyinchiliklarga qaramay, barcha to‘siqlarni engib, o‘z maqsadini ro‘yobga chiqarishga intilishda aks etuvchi ijobiy sifatdir.
Qat’iylik - shaxsning vaziyatni tezda baholab, o‘z vaqtida asosli, o‘ylangan va mustahkam qaror qabul qilishi, hech qanday ikkilanishsiz uni bajarishga kirishishidan iborat fazilatidir.
Botirlik – odam sog‘lig‘i yoki hayoti uchun xavfli va murakkab sharoitda ham biron qarorga kelishi va uni bajarishning uddasidan chiqa bilish xislatidir.
Intizomlilik – jamiyat qonunlariga, axloq normalari va qoidalariga, milliy (umumbashariy) urf-odatlariga, ixtiyoriy hamda ongli ravishda bo‘ysunishda ifodalanuvchi inson sifatidir.
Sabotlilik – shaxsning qabul qilgan qarorini bajarish va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun, ko‘p vaqt hamda muayyan qiyinchiliklarni engish talab etilishiga qaramay, og‘ishmay intilishida gavdalanuvchi iroda belgisidir.
Mustaqqillik – insonning o‘zicha biror qarorga kelishi va uni amalga oshirishidan, qarorni amaliyotga tatbiq etishning usul va yo‘llarini o‘zi mustaqil tanlashidan, har bir ishda o‘zining bilimlari, dunyoqarashi va e’tiqodlariga amal (rioya) qilishidan iborat iroda sifatidir.
Mardlik – oliy maqsadlarni ko‘zlab ish ko‘ruvchi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishda qat’iylik, vazminlik, sabr-matonat, chidamlilik, bardoshlilik, mustaqqillik va dadillik ko‘rsatuvchi xislatlar majmuasidir.

Download 40,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish