I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tarif preferensiyalari



Download 0,89 Mb.
bet140/189
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#495700
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   189
Bog'liq
BK20.01.2016

300-modda. Tarif preferensiyalari
Tarif preferensiyalari bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etish, bojxona bojlari stavkalarini kamaytirish yoki muayyan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni bojxona hududiga preferensial olib kirish yoki ushbu hududdan preferensial olib chiqishda kvotalar belgilash tarzida beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona bojlari qo‘llanilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki O‘zbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarda ishlab chiqarilgan va ushbu davlatlardan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va uning bojxona hududidan O‘zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki O‘zbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarga olib chiqilgan tovarlarga.
O‘zbekiston Respublikasi erkin savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risida xalqaro shartnoma tuzgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, agar tovar erkin savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi xalqaro shartnoma ishtirokchilari bo‘lgan davlatlardan birining rezidenti tomonidan eksport qilinayotgan bo‘lsa va ushbu shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan davlatning rezidenti tomonidan shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan boshqa davlatning bojxona hududidan olib kirilgan bo‘lsa, bojxona bojlari qo‘llanilmaydi. Bunda rezident deganda shu davlat hududida tashkil etilgan tashkilot yoxud shu davlat hududida doimiy yashaydigan jismoniy shaxs tushuniladi. Boshqa hollarda boj tarifiga muvofiq bojxona boji stavkasi qo‘llaniladi.
Boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari O‘zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimini qo‘llayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, tovarni jo‘natuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qat’i nazar qo‘llaniladi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan bojxona bojlarining stavkalari ikki baravar oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Rivojlanayotgan davlatlarda, shuningdek kam rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan va bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining preferensiyalar milliy tizimi belgilanishi mumkin.
(300-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tarif preferensiyalari ushbu Kodeksning 50-bobi qoidalariga rioya etgan holda beriladi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish