I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


II bo‘lim. Bojxona rejimlari



Download 0,89 Mb.
bet13/189
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#495700
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   189
Bog'liq
BK20.01.2016

II bo‘lim. Bojxona rejimlari
4-bob. Umumiy qoidalar
25-modda. Bojxona rejimlarining turlari
Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish maqsadlariga bog‘liq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi:
1) eksport;
2) reeksport;
3) vaqtincha olib chiqish;
4) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash;
5) erkin muomalaga chiqarish (import);
6) reimport;
7) vaqtincha olib kirish;
8) bojxona hududida qayta ishlash;
9) vaqtincha saqlash;
10) bojxona ombori;
11) erkin ombor;
12) erkin bojxona zonasi;
13) boj olinmaydigan savdo;
14) bojxona tranziti;
15) yo‘q qilish;
16) davlat foydasiga voz kechish.
26-modda. Bojxona rejimini tanlash va o‘zgartirish
Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi.
Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga mo‘ljallanganligidan qat’i nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga o‘zgartirishga haqli.
Tanlangan bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona organiga taqdim etiladigan bojxona deklaratsiyasida deklarant tomonidan ma’lum qilinadi.
27-modda. Bojxona rejimida turgan tovarni olib qo‘yish
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik buzilgan taqdirda, bojxona rejimida turgan tovarlar belgilangan tartibda olib qo‘yilishi mumkin.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tegishli bojxona rejimida turgan tovar olib qo‘yilayotganda ushbu bojxona rejimining amal qilishi tovar olib qo‘yilgan kunning ertasidan boshlab to‘xtatib turiladi va ushbu tovarni davlat daromadiga o‘tkazish nazarda tutilmagan qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab qayta tiklanadi.
Agar olib qo‘yilgan tovarlar davriy bojxona to‘lovi to‘langan holda vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan bo‘lsa, bojxona rejimi to‘xtatib turilgan davr uchun davriy bojxona to‘lovi to‘lanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona rejimining amal qilishi quyidagi hollarda bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligiga doir ish bo‘yicha tegishli qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab o‘n besh ish kuni ichida tugatilishi kerak, agar:
(27-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tovarning olib qo‘yilishi bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bog‘liq bo‘lsa va bu uni kelgusida qo‘llashning imkoniyati bo‘lmasligiga olib kelsa;
jismoniy shaxsning ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bog‘liq bo‘lsa va bu uni kelgusida qo‘llashning imkoniyati bo‘lmasligiga olib kelsa.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish