Bog'liq I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
245-modda. Valyutaga oid qonunchilik buzilishlarining belgilari bojxona organlari tomonidan aniqlangan taqdirda ko‘riladigan choralar (245-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Valyutaga oid qonunchilik buzilishlarining belgilari aniqlangan taqdirda bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasini quyidagi faktlardan xabardor qiladi:
(245-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organiga tovarning faktura qiymatini eksport qiluvchi (import qiluvchi) mamlakatda tovarning ma’lum qilingan qiymatiga nisbatan asossiz ravishda oshirish (kamaytirish) maqsadida noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilganligi;
tovarlarning kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) bo‘yicha kontragent bo‘lmagan yetkazib beruvchilardan kelib tushganligi;
Oldingi tahrirga qarang. (245-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son) Oldingi tahrirga qarang. eksport-import operatsiyalari amalga oshirilayotganda qonunchilikni boshqa tarzda buzish hollari.
(245-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Taqdim etilgan faktlar soliq organlari tomonidan tasdiqlangan, shuningdek valyutani nazorat qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etilganlik faktlari boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan taqdirda bojxona organlari:
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini kontraktlar bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi uzilguniga qadar rad etishga bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
(245-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) qo‘shimcha bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarishga va undirishga;
valyuta tushumlari bilan bog‘liq materiallarni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga berishga;
“Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan huquqlar doirasida boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.