24-bob. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida ish yuritish 190-modda. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida iltimosnoma berish Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirishga asoslar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgan paytdan e’tiboran 48 soat ichida uni reabilitatsiya markaziga o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma va uni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs aniqlangan yoki reabilitatsiya markazi joylashgan erdagi tumanlararo ma’muriy sudga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.
(190-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risida Nizom. 191-modda. Iltimosnomaning shakli va mazmuni Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma sudga yozma shaklda beriladi va ichki ishlar organining rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Iltimosnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ichki ishlar organining nomi va joylashgan eri (pochta manzili);
3) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
4) iltimosnomaga asos bo‘lgan holatlar;
5) berilgan iltimosnomaning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimos, joylashtirish muddatini ko‘rsatgan holda;
7) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Iltimosnomada ichki ishlar organining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan iltimosnoma ichki ishlar organiga qaytariladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risida Nizomning 4-bobi.